Jonim meni izla,tonglardan izla! Mavhumlik onlarin unutib butkul. Izlagin adashgan onglardan izla, Toki azoblaring qolaversin tul.. Men va sen diydorla intilganimiz, Muhabbat soyada qolibdi tutqun. Balki so’roqlar-da kutilganimiz, Gardishida olib uzoqlar ochun..!
Nafasimiz tekkan yashil yaproqlar, Kuzgi hazon yanglig’ poyingda gilam. Ox..kuzak keldi yana so’roqlar, Qalbim sog’inchlari abadiy erkam..!
Bahor kelayotdan chog’lardan izlar, Shamolman ko’zingga ilg’anmas bedor. Ovozim nafasim bog’lardan izla, Shu’laman,u borki bilki men ham bor..!
Ayriliqlar bizni yengolmas baskim, Tingla o’tgan umr so’roqlarini. Qalbing otashlari so’nmabdi sezdim, Haroratli kafting titroqlarini..!
Izla shoshilmasdan ko’zlaringni yum, Men tomon bir qadam bosa olsang bas.. Barmog’ing uchiga qo’naman jonim, Qarshingda qoyadek turaman besas..!
Meni izla jonim..ko’zlaringni yum..!
Muallif El_SHafeY
|