"Jizzax TV2” deb nomlangan telekanal sinov tariqasida o‘z ishini boshladi va tez kunlarda tomoshabinlarga yangi dasturlarini taqdim etadi, deya xabar beradi Uz24 nashri.
Telekanal dasturlarini Bahmal va G‘allaorol tumanlaridan tashqari, barcha tumanlarda ko‘rish mumkin. Shuningdek, Sirdaryo viloyati aholisi ham ushbu telekanal ko‘rsatuvlarini kuzatish imkoniyatiga ega.
Jizzax televideniyesi direktori Baxtiyor Eshonqulovning so‘zlariga ko‘ra, telekanalni tashkil etish uchun Novosibirsk shahri "Teleuzatish tizimlari” Yopiq aksiyadorlik jamiyatidan 25 560 AQSh dollarilik televizion uzatkich sotib olindi.
Jizzax shahri hokimiyati rasmiy axborot portalining ma’lum qilishicha, telekanal dasturlari ko‘ngilochar yo‘nalishda, auditoriyasi esa yoshlardan iborat bo‘lishi nazarda tutilgan.