Mashina oynaklari tushirildi..Mashina ro’lida olifta kiyingan,ko’ziga qora katta ko’zoynak taqqan ayol va uning yonida Shabnam ko’rindi.. -Mashinaga chiqsangchi..?dedi Shabnam.. Nihola orqa eshikni ochib mashinaga chiqdi.. Ro’ldagi ayol Nihola bilan obdon so’rashgach: -Singlim..bu yerda bafurja gaplasha olmaymiz..Mening uyimga boramiz..dedi va mashina ravon yo’ldan olg’a siljidi.. Yo’l bo’yi haligi o’zini Malika deb tanishtirgan ayol lom-lum demay ketdi.. Va nihoyat mashina chamasi 40 minutlardan so’ng shahar chetidagi mahallalarning biriga kirdi.. Ayol bir ikki ko’chani aylanib o’tgandan so’ng hashamatli uy darvozasiga to’htadi.. Ro’parada ikki qavatli..Ajoyib ta’mirlanganidan egasining didi nozik ekanligini aytib turgan uy turar edi.. Malika qo’lidagi pultni bosgandan so’ng,uyning darvozalari yuqoriga ko’tarildi.. Mashina ildam uyning hovlisiga kiridi..Nihola esa ko’z oldidagi hashamatni ko’rib,ayolning didiga ichida "qoyil”deb qo’ydi.. Ular birgalashib mashinadan tushishgandan so’ng esa,Malika ularni mehmonhonaga taklif qildi.. Nihola bilan Shabnam ichkariga kirib,hashamdor kresloga cho’kishdi.. Malika esa ularga bemalol o’tiringlar men hozir degancha narigi honaga kirib ketdi.. Nihola tomonga Shabnam ko’z qisgancha so’z boshladi: -Ko’ryapsanmi o’rtoq..Odamalar qanaqa yashayapdi..Men senga aytgandim-ku,uni qandaqa ayol ekanligini..Hali o’zing guvohi bo’lsan.. Nihola bir so’z demasdan uning so’zlarini ma’qulladi.. Bu orada honaga Malika kirib keldi..U Niholaning ro’parasidagi kresloga o’ritdi -Avvalo hush kelibsiz Niholahon..Menimcha siz mendan ajablanayotganga o’hshaysiz..Ammo bilasizmi bu herda hech qanday havotirli joyi yo’q..Chunki siz meni unchalik bilmasligingiz mumkun ammo men siz haqingizda Shabnamda juda ko’p eshitganman.. Nihola qoshlarini chimirib shabnamga qarab qo’ydi.. -Meni kechirasiz Malika opa..Men aslo siz haqingizda bo’lmag’ur hayollarga borganim yo’q..Men shunchaki siz bilan yaqindan tashishni istagandim holos.Bori shu.. So’zini tugallamay kalovlanib turganida uning og’zidagi gapni Shabnam ilib ketdi -Malika opa..Qo’ying shu o’tgan mavzuna chuqurlashtirmaylik..Dugonamga men juda ham ko’p maslahat berganman..Opajon sizdan ilitmos,dugonamga yordam bering.Hudo hohlasa nimaki yahshilik qilsangiz unutmaydi..Albatta u siz istagandek qiz..Bunga men kafil..! Malika opa Shabnamni so’zlarini tinglar ekan,sinchkov nigohi Niholaga qadalgan edi..Nihola esa bundan hijolat bo’lib,ko’zini chetga olib qochardi.. -Men sizni tushundim Niholahon..Albatta har bir odam o’z taqdirini tavakkal bilan yaratadi.Sizga yordam berish istagi.aynan qachonlardir sizni holatingizga tushganim uchunmi menda uyg’ongan..Men odatda chet el.asosan Eron va Bankookga borib,har hil kiyim kechak,va shunga o’hshash buyumlarni olib kelib sotish bilan shug;ullanaman..Mening qiladigan ishim asosan shundan iborat bo’lgani uchun ham doim yolg’iz ishlayman.. Agar ho’p desangiz sizni tanishlarim orqali surishtirib o’sha yerga biror ishga joylashtirib qo’yishim mumkun..Faqat siz notug’ri hayolga borib yurmang..Chunki hozirgi kunda aynan shu kabi ishlarni jinoyat sanalaishidan boxabar bo’lsangiz kerak. Nihola shoshgancha javob berdi.. -Yo’q aslo..Men bunday hayolga borayotganim yo’q.. Uning so’zini bo’lib Malika gapida davom etdi.. -Buni havotirli joyi yo’q..Chunki pasportingiz o’zingizda bo’ladi..Biror muommoga duch kelgan taqdiringizda ham o’z yurtingizga qaytish imkoni sizda mavjud..! SHu tariqa suhbat uzoqqa cho’zildi..Avvaliga biroz tortinib turgan Nihola Malikaning o’zini tutishi va so’zlaridan ancha bexavotir bo’lib,o’zini ancha erkin his eta boshladi.. Uni ayni hayotigan to’yib turgan vaqtida,Malikaning so’zlari kayfiyatini osmondek ko’tarib yuborgan edi.. Ular barchasini kelishib olgandan so’ng tarqalishdi.. Nihola esa bo’layotgan ishlardan terisiga sig’may quvonib,shirin entikkancha kelajakka qattiq umid bog’lagan edi.. Ertasi kuni ertalabdan yahshi kayfiyatda uy’gongan Nihola birinchi qilgan ishi chet davlatga chiqish to’g’risidagi anketani to’ldirish bilan boshlandi.. Harqalay biroz ovora bo’lgan bo’lsada barcha hujjatlar taxt qilinib,samolyotga chipta ham Malikaning hisobidan sotib olindi.. Uchish vaqtidan butunlay boxabar bo’lgan Nihola esa uchish vaqtini intizorlik bilan kuta boshladi.. Nihoyat o’sha vaqt bo’ldi.. Nihola o’lgudek bo’kib ishgan otaning tepasidan turardi.. Orif aka o’zini bilmay,xurrak otgancha uhlardi.. Nihola sekin oyoq uchida yurgancha yozuv stoliga o’tirdi,qo’liga ro’chka olgancha otasiga hat yoza boshladi..
Ota…Afsuski sizga nisbatan ushbu jumlani men keltira olmayman..Balki qaysidir ma’noda meni dunyoga keltirishga sababchi bo’lgandirsiz..Ammo menga chinakamiga otalik qila olmagan bir shahsga nisbatan yozayapman..Tushuning men bungundan boshlab,sizni yoningizdan juda ham uzoqqa ketayapman..Haligacha sizga ayta olmagan so’zlarimni aynan bugun ushbu xatimda aytishga jazm qildim..Esingizdami meni qachonlardir qo’ingizda ko’tarib "Qizim biz albatta bahli bo’lamiz..”degan so’zlaringiz.Agar hali ham miyangizda ozgina bo’lsada hotiralaringizni aroq yuvib ketmagan qismidan asar qolgan bo’lsa albatta eslarsiz..O’shanda men sizni otam,ishongan tog’im sifatida bilar edim..Ammo vaqt o’tishi bilan butunlay bir shisha aroqqa oilangizni,ongingizni alishtirishingizni o’sha vaqtlari bilmagandim..O’zingiz tanangizga o’ylab ko’ring,o’sha vaqtlarda aytgan so’zlaringizga hech qursada bir lahzaga sodiq yashadigizmi.. O’sha vaqtda..Onamni qimorga tikkan vaqtingizda o’ylagandirsiz,balki qizingizni ham nomusini o’sha o’yinga tikkaningizni..Bundan oldinlari qachondir sizni tuzalar degan umidim bor edi,ammo onamni o’limidan keyin barcha umidlarim puchga chiqdi..O’sha voqea ham sizni o’zgartishga ojizlik qildi..Bo’ldi,boshqa bu haqida yozolmayman.. Bugun ketaman va hech qachon qaytib kelmayman..Sizdek ota deyishgada hazar qiladigan insonni yonida yashashni istamayman.. Ketishimdan oldin ham hatto bir og’iz omon bo’ling deya olmayman.chunki siz hali ham bunga arziydigan shahs emassiz..!
Nihola..
Ertalab ushbu hatni ochib o’qigan Orif aka o’krab yig’lab yubordi..Qo’lidagi hatni g’ijimlagancha stolni mushlayotgan bir vaqtda Nihola o’tirgan samolyot Eron davlatida chegarasidan o’tgan edi..