Ertasi kuni tong..mahallada muazzinning janozaga aytgan takbiri bilan boshlandi.. Qo’ni qo’shnilardan esa birov bu kim edi deb so’rasa,yana boshqa biri hayronlikdan bosh chayqagancha janozaga otlandi.. Nihola esa onasining jonsiz gavdasiga tikilgancha qon yig’lab qolaverdi.. Mahalla imomini amallab janoza o’qishga ko’ndirgan qo’ni qo’shnilari esa,bir ikki kun ularni uyida Orif akani insofga chaqirgan bo’lishdi ammo ularni ham chegarasi bor uy uylariga birin ketin tarqalishdi.. Nihola esa otasidan shu qadar nafratlana boshladiki..uni savollariga javob bermas,bir burchakka tiqilib olgancha yig’layverib yosh qurib qolgan ko’zlarini uzoqlarga tikkancha jim va mayus edi.. Kunlar esa bir birini quvlab o’taverdi.. Orif aka esa yana o’sha oshnalari bilan ichkilikka battar mukkasidan ketdi.. Mahalla kuy esa uni insofga chaqiraverib horishdi shekilli endilikda biror kim uni mushugini pisht demas edi..
Mana o’sha voqealarga ham 2 yil bo’libdi.. Nihola o’sha voqealarni eslab og’ir ho’rsinib qo’ydi.. Shu vaqt qo’l telefoni jiringlab qoldi.. -Aloo..eshitaman.. Trubkani narigi tomonidan yaqin dugonasi Shabnamning ovozi eshitildi.. -Salom..dugon..qalesan..? -Yahshi rahmat.. -Nimaga kayfiyating yo’q..nima balo bo’ldi senga o’zi.? -Bilasanku..yana so’rab nima qilasan..huddi odamni ustidan kulgandek..?! Niholaning ovozi ho’rsiniq aralash chiqdi.. -Qo’ysangchi..yana o’sha gapmi..men senga million marotaba aytaman..o’sha ablahni qachongacha achchiqlariga chidab yurasan deb..axir o’sha emasmidi rahmatli Sharofat ayani umriga zomin bo’lgan..yana qanchongacha shu ahvol davom etadi o’rtoq..!Mundoq o’zingni o’ylasangchi.. -Bo’ldi..bas qil..!Bu yerdan o’zimga qolsa bugunoq qochib ketardim..Katta shaharda qayerga ham borar edim..Biror kim Nihola kelar ekan deb eshik ochib kutib o’tirmagan bo’lsa kerak..! -Biznikiga kel..!Biroz suhbatlashamiz..uyda bir o’zim zerikib ketdim..!dedi Shabnam.. -Bo’pti..hozir uyni biroz tartibga keltirib olay..biror soatlardan so’ng uyingga kirib o’taman..deb Nihola gapni qisqa qilgancha telni o’chirdi.. Oradan chamasi 2 soatlar vaqt o’tib..Nihola shabnamni eshik qo’ng’irog’ini bosdi.. Ichkaridan Shabnamning "Hozir”degan ovozi eshitilib,eshik ochildi-da ostonada shabnamning hushnud chehrasi ko’rindi.. Ikkala dugona bir biri bilan shodon ko’rishdi..SHabnam Niholani ichkariga taklif qilgandan so’ng ikkisi zalga kirishdi..Nihola qo’lidagi sumkasini stol ustiga qo’yib,kresloga og’ir cho’kdi.. -Bilasanmi dugona..oxirgi vaqtlar dadamni qiliqlari judayam haddidan oshib ketayapdi.. Oxiri nima bo’ladi..bu ketishda deb tuni bilan o’ylayverib boshim qotgan..hayotdan judayam to’yib ketdim..deb so’z boshladi Nihola.. -Afsuski bilaman hammasini..kalovlanib qoldi Shabnam -Ket u yerdan deb doim takrorlaysan-u..ammo qayerga ketaman ayta olmaysan..?? Savolli ko’zlari bilan dugonasiga boqdi.. -Xaa..mana shu muommoda..!Bilasanmi hozir meni bitta tanishim eronga tovarga borib keladi.. O’sha bilan seni tanishtirib qo’yaymi?Aytishicha u yerdan yahshigina foyda bilan qaytayapdi..Va hamma narsa joyidaligini aytayapdi.. -Jinnimisan..qanaqa qilib..o’zimni taqdirimni mutloqo bilmagan odamni ihtiyoriga topshira olmayman-ku..?!dedi Nihola -yo’q meni tushunmading..U o’sha yerdan har hil kiyim kechak,,shunga o’hshagan narsalar olib keladi..Yahshi ayol..Oilasini ham bilaman..eri vafot etgandan so’ng..eridan qolgan mablag’ni savdoga urib,ancha o’zini tutib olgan..U halol ayol..! -Yo’q..bu gaplarni juda ham ko’p eshitganman.SHunga o’hshash gaplarga ishonib ketgan qizlarni kuniga televezorda ko’rsatishadi..Hammasida bitta gap.”ISHONGANDIM”tamom..!boshqa gap yo’q..!Men ham aynan ishonmadim degan gaplarni qurboni bo’lishni istamayman..Tushun axir..! -Namuncha qizishasan Nihola..!Men senga to’grichalik tushuntirayapman.. U bilan sen shunchaki tanishib ko’r..!Menimcha fikring o’zgarishiga ishonchim komil.. Nihola o’ylanib qoldi..Bir tomonda dugonasi aytayotgan gaplar miyasida aylanayotgan bo’lsa,boshqa tomondan o’sha tanish mudhish manzaralar..oTasining ho’rlashlari ko’z oldiga kelardi..Uning uchun huddi nimadir..xa aynan nimadir qilishi kerak degan fikrlar juda zarur va juyali taklifdek ko’rindi.. -O’ylab ko’rishim kerak-da..Oldindan bir narsa deya olmayman..dedi Nihola Suhbat shu tariqa yakuniga yetdi.. Nihola esa uyiga kelib ham dugonasi aytgan gaplarni hayolida taroziga sola boshladi.. O’ziga o’zi "ehtimol barchasini o’zgartirish vaqti kelgandir..”deb qo’ydi.. Orada 3 kun vaqt o’tdi.. Nihola tushga yaqin dugonasiga qo’ng’iroq qildi.. -Alooo..va nihoyat tel qiladigan kuning bor ekan-ku..! -Bilasanmi Shabnam..men sen aytgan narsani o’ylab ko’rdim..va bu fikrni jo’yali deb topdim.O’sha tanishingni oldiga boramizmi..? -Albatta..ertalab u bilan qo’ng’iroqlashgandim..U ayni vaqtda uyda..Men hozir 1 soatlarda bo’shayman..Seni hiyobonning yonida kutaman dedi.. Nihola gapni qisqa qilib,dugonasi bilan uchrashish joyini belgilab bo’lgan telni qo’ydi..
Oradan kutilgan bir soat ham o’tdi..Nihola hiyobon chetidagi o’rindiqqa o’tirgancha dugonasini kutar edi..Oradan yigirma daqiqa o’tdi hamki o’rtog’idan darak yo’q edi.. Uni qo’l telefoniga qo’ng’iroq qilishga tutindi.. Telni shabnam ko’targandan so’ng tutoqib : -Qayerlardasan o’zi..seni kutaverib bu yerda toqatim toq bo’lib ketdi-ku..?dedi -Chap tarafdagi yo’lning ziyiga o’tgin..Men mashinada borayapman..! Nihola qo’lidan telni qo’ymasdan chap tarafdagi yo’lning ziyiga o’tdi.. -Qanisan o’zi..? Teldan qisqa go’dok tovushlari eshitildi.. Shu vaqt Niholaning yoniga oppoq rangdagi,oynalari biroz qoraytirilgan Epica kelib to’htadi.. Mashina oynaklari tushirildi..Mashina ro’lida olifta kiyingan,ko’ziga qora katta ko’zoynak taqqan ayol va uning yonida Shabnam ko’rindi..
Ha El_shafey o'zga yurtlarga ketib pand yeyotganlar qancha? Ular xoru-zor b.b yurishibdi. Zora bormay qolishgani ibratli, ma'noga to'la hikoyaizdan o'zlariga to'g'ri xulosa chiqara olishsa. Ps. Esizdami man sizni odnoda cho'rniga tiqvorgandim. Xikoyaiz manga ham bu o'z ta'sirini ko'rsatmay qolmadi, qilgan xatoyimni to'g'irlashga xarakat qilaman. [xoziroq]