Главная » 2013»Июль»25 » IzzatiY dan bir biridan olisdagi yuraklar uchun...
01:21
IzzatiY dan bir biridan olisdagi yuraklar uchun...
Ko'zlaring termulgan uzoq yo'llarga
Boqasan ertayu kech o'ngu so'llarga Kutmoqdasan men kabi intizor bo'lib Qachon tegarkin deb qo'llar qo'llarga. Fasllar almashar yurakni ezib Sog'inch o'ti qiynaydi alamdan bezib Menga ham havasmas uzoq uzoqda Yashash jonga tegdi olamni kezib. Muhabbat bu bir ishonch maktabi Ishongin sog'indim yurak yurakdan Ko'rgim kelar har kun huddi sen kabi Ovozing eshtilar har bir burchakdan. Bir yoqda sog'inch g'alayon qilar Bir yoqda manzillar qalbimni tilar Tushunsangchi osonmas menga sensizlik Yiglamagin shuncha ko'z yoshlar yetar. Chida quyosh porlar bizlar tomondan Chida umidimiz bor chiqmagan jondan Chida boraman yoninga bir kun Va asrayman doim yaxshi yomondan. Baxtning ilinjida kutaveraman jim Kurashaman to chiqquncha jonim Faqat bir o'tinchim chida va kutgin Visol nasib etar bizga ham balkim. Muallif IzzatiY