Bahtlarimni ko’rsatgin darhol..!
Ko’nglim axir,aytolsin dodin..
Izhorlarin qilsin bemalol…
Tugamoqda nihoyat fursat..
Betoqatman,hatto daf’atan,
Menga jonim,visolni ko’rsat..!
Hijronlarim bo’lmasdan vatan..!
Axir o’tdi,oradan vaqtlar,
Toqatlarga qolmadi sabr..
Tugab bitdi,jamiyki naqdlar,
Tushun jonim..sog’indim axir..!
O’tli bo’sa,o’tli nafaslar..
Jonim olgan,ular sog’inchi.
Sarob emas edi u saslar..!
Ular edi qalbim o’tinchi..!
Kechikib bo’lsada keldim-ku axir,
Nega ko’zlaringda yosh oqar sizib..?
Kecha chiqqan edim qayerlargadir..
Meni shunday toshqin,ketdi oqizib..!
Yillar silsilasi ihtiyorimni,
Bukolmay kezmoqda hali sarsari,
Axir tashlab senga,nomus-orimni,
O’zim yo’qolganman..telba singari..!
Ko’kingda o’sha dam,ma’yus kezganim,
Eslab yuragingni o’rtagan tonglar,
Ko’ksingda notanish hisni sezgani,
Mudrab yotar edi,basavlat onglar..!
O”ta oldim axir,o’shal azobdan,
Seni yoningga men,talpindim shoshib..
Kela oldim axir,keloldim tirik..
Ming qancha dovon-u,maskanlar oshib..
Bo’ldi bas..qolmadi mendagi sabr,
Kerakdir endi bir sog’inch so’zlaring..
Dunyoda qolmasa birorta qabr…
Menga mozor bo’lsin sening izlaring..!
Muallif:EL_SHaFeY