Maskvani sovuq ko'chalari universitet binosidan chiqdimu sovuqda uzoq yurmaslik uchun metro tomonga shoshildim. Metroga yaqinlashib qolganimda uzoqda o'zbek tilida urushayotgan ayol va erkakga ko'zim tushdi yuragim uvushib ko'z uzmasdan ular tomonga qarab tez tez yaqinlashdim. Erkak -25 gradusda ayol bechorani kiyimlari kurtkasini ustida yechib tashlab urardi ayol bechorani o'zini ko'tarishga xoli qomaganidi bu axvolga chetdan o'tib ketayotganlar beparvolik bilan qarashardi eng achinarlisi ular orasida vatandoshlarimiz xam bor edi yugurib borib oka o'zizi bosin o'ldirib qo'yasiz dib ayolni ustiga o'zimni tashladim Sen aralashma dib mani qo'llarimdan turtib tashlardi bo'ldi qil axmoq erkak deb ovozimni boricha baqirdim yuzimga kelib tushgan tarsakidan boshim aylandi o'tirib qoldim buni ko'rgan rus kursdoshlarim yugurib kelib yigitlar o'zbek yigitni do'pposlab ketishdi. Qizlar bilan bir amallab ayolni qo'llaridan ko'tarib kafega olib kirib yuvuntirdik ayol bechorani sog' joyi qomaganidi. Unga issiq kofe ichirib voqea sababini so'radim
Turmush o'rtog'im bu yerga ishlagani kelganlar 3 yil bo'ldi uyga boravermaganlariga qaynona - qaynotam er qayerda bo'lsa xotin o'sha yerda deb meni bu yerga jo'natishdi kelib ne ko'z bilan ko'raychi men 6 yil sevishib turmush qurgan erim boshqa ayol bilan yashar ekanlar kelganimga 5 oy bo'ldi xar kuni urib qaydaydilar qaysi pulimga qay axvolda ketaman ayting singlim? Bugun nega ko'chada urdilar? men xomilador ekanman afsus bolani oldirishga kech qolipmiz vrachlar olmayman deyapti bu meni birinchi farzandim erim menga bu bola kerak emas sen meni bu xotinimdan ayrish uchun atay qilding deb ko'chaga xaydadilar endi qayerga boraman???
Rus kursdoshlarimga bu xolatni tushuntirdim ularni xam ayolga raxmi kelib pul tashlab aeroportdan usha kuni bilet olib ayolni uyiga kuzatdik. Afsus samalyot tungi soat 23 da uchar ekan men uyga ketdim ayolni qo'llarida telefonlari xam yo'q edi ular bilan bog'lana olmadim men ularni ketgan ketmaganlarini bilolmadim. Xudodan so'radim iloxim eson omon uylariga yetib olsinlar.
Qadirli erkaklar iymoningizni yo'qotmang axir sizlarni xam ayol dunyoga keltirganku.