Isroil prezidenti Shimon Peresning fuqarolik huquqi bo‘yicha qilgan ma’ruzasini internet orqali to‘qqiz ming kishi tingladi. Bu esa masofadan o‘qitish bo‘yicha yangi dunyo rekordi hisoblanadi. Bu xususda Associated Press xabariga tayanib Interfax axborot agentligi ma’lumot tarqatgan.
Ginnessning rekordlar kitobi vakili Marko Frigatti ham Peres rekordchilar ro‘yxatiga kiritilganligini rasman tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, g‘oyaning o‘zi ham yaxshi, chunki u "fuqarolik huquqini, texnologiyalarni va mamlakatni boshidan to bugungi kunigacha ko‘rgan muallimni o‘zida jamlagan”.
90 yoshli Peres o‘z ma’ruzasini AQShga qarashli Cisco Systems telekommunikatsiya kompaniyasining Netaniya shahridagi ofisida o‘qidi.
Aytish kerakki, Isroil prezidenti tinchlik yo‘nalishidagi Nobel mukofotining 1994-yilgi sovrindori ham hisoblanadi.