Главная » 2014»Декабрь»31 » GM Uzbekistan 2015-yildan yangi Labo avtomobilini ishlab chiqarishni boshlaydi
14:30
GM Uzbekistan 2015-yildan yangi Labo avtomobilini ishlab chiqarishni boshlaydi
29.12.2014 // Avto GM Uzbekistan 2015-yildan yangi Labo avtomobilini ishlab chiqarishni boshlaydi
GM Uzbekistan kompaniyasi 2015-yildan Daewoo Labo mikrovenini seriyali ishlab chiqarishni boshlaydi, deb xabar bermoqda “Podrobno.uz”. Qayd etilishicha, 1991-yildan buyon ishlab chiqariladigan ushbu avtomobil Suzuki Carry modelining deyarli aynan nusxasi hisoblanadi. 0,8 litrli dvigatel o‘rnatiladigan avtomobil Damas’ga o‘xshaydi, faqat salon o‘rnida kuzov joylashgan. Mashina 550 kilogrammgacha yuk ko‘tara oladi. GM Uzbekistan ushbu modelning yillik ishlab chiqarish hajmini 5 ming avtomobilga yetkazmoqchi. Ushbu loyihaga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi 15,1 milliard so‘mga baholangan.