Parcha Terdan Ato Etib,Meni Tuqqan Onamga Raxmat. Oq Sut Berib-Oq Taragan,Mehribonim Onamga Raxmat. Dunyoga Ko'z Ochganim,Bag'rida Tinch Yotganim. Boshin Qo'ymas Yostiqqa,Ertayu - Kech Parvonam.
Kechalari Beshik Tebratgan,Be Oromim Onamga Raxmat. Orom Ol Deb Allalar Aytgan,Shirin So'zim Onamga Raxmat. Ilk So'zimga Quvongan,Onajon-Desam Yig'laydi. Qo'lim Ushlab Yurgizgan,Kelaqol Deb Quvnaydi.
Quvonchimga Shodlanar Onam,Bag'riga Bosib O'pgan. Dardimga-Darmonim Onam,Boshimda Parvonam Bo'lgan. Onam Bergan Tarbiya,Shunday Kunga Yetkazdi. Qo'llar Ochib Duoga,Tangrim!-Asrasin Dedi.
Baxtimga Sog' Bo'lsinlar,Farzandlarim Ko'rsinlar. O'nta O'g'il-O'nta Qiz,Nabiralarin Boqsinlar. Ular Mendek Sho'x O'ynab,Quvonch Bersin Onamga. Ko'zlari Yoshga To'lib,To'ylar Qilsin Onamga.
Onam Sizga Ming Raxmat,Poyingiz Qilay Tavob. Men Ila Toping Hurmat,Siz Uchun Qilay Savob. Sizga Beray Borimni,Baxtli Hayot Kunimni. Asalim Jonim Onam,Shirinim-Borim Onam.
Meni Katta Qildingiz,Bag'ringiz Bo'lsin Jannat. Sizni Asrayman Ona,Yonimda Bo'ling Har Vaqt. Boshimdan O'tgan Kunlar,O'zga Boshiga Tushmasin. Onam Yosh To'kkan Kunlar,Bag'rin G'amlar Tilmasin.
Otam Qo'yib Tuproqqa,G'am Qayg'u Tortib Ketti. Ko'zlar Quvonch O'rniga,Ko'z Yoshlar To'lib Ketti. Mayli Taqdir Zarbiga,Chidab Ketar Ekanmiz. Nima Ham Qilolardik,Hudo Berar Umrimiz.
Onajon Siz Yig'lamang,Ko'z Yoshlariz Qiynaydi. Baxtimga Sog' Salomat,Onamga Ko'z Tegmaydi. Duo Qiling Do'stlarim,Farishtalar Bor Bo'lsin. Onam Farishtam Mening,Uyimiz Jannat Bo'lsin.
Meni Hurmat Qilganlar,Bu Onamga Hurmatdir. Onam Sizga Ming Raxmat,Barchasi Siz Uchundir. Onangiz Qiling Shodon,Ko'zlari Yosh Ko'rmasin. Yosh Bo'lsa Ham Bu Faqat,Quvonch Yoshlari Bo'lsin.
So'zim Oxiri Keldi,Aytay Sizga Bir Tilak. Ona Farishta Bo'lsa,Siz Bo'ling Unga Farzand. Siz Uchun Tunlar Bedor,Farishta Onangiz Bor. Asrab Avaylang Uni,Mehribon Onangiz Bor...
Sasha.B - Onam Uchun ...
|