Tan olish kerak, oxirgi paytlarda san'atimiz deymizmi, shou biznesimiz deymizmi, xullas san'at va shou biznesda jiddiy qo`shiqlar kamayib ketayapti. Yengil-yelpi qo`shiqlarga bo`lgan talab ham yuqori. Ammo jiddiylikni unutmagan san'atkorlarimiz [aynan san'atkor!] ham talaygina. "Sarbon" guruhi yaqinda jiddiy yo`nalishdagi "Odam bo`lish qiyin ekan" nomli qo`shiq yozdi. Guruh solisti Farhod Saidov bilan bog`langanimizda qo`shiq shu kunlarda tinglovchilar hukmiga havola etilishini ta'kidladi. Albatta qo`shiqqa haqiqiy bahoni tinglovchilar berishadi. Farhod Saidov va "Sarbon" guruhi haqida barcha qiziqarli yangiliklarni Yuld*uz saytidan olishingiz mumkin. Bizni kuzatib borishni unutmang!