Er o'qlovni yashirdi. Keyin
mushuk singgari, Yaltoqlanib
gapirdi! Xush kelibsiz ayasi,
Bugun kechga qolibsiz. Yarim tun
bo'ldi axir, Yana ichib olibsiz.
Xotinning jahli chiqdi! Baqirdi jim
bo'l o'chir! Yo bor lash-lushingni,
Otang yoniga ko'chir. Er ko'zlari
namlandi, dedi haydaysiz nega?
Turmushning bu g'avg'osi, Og'ir
bo'ldiku mengga. Ovqatizni
tayorlab, Uy-joyizni tarasam. Yana
to'rt bolamizga, Bir o'zginam
qarasam. Xotin dag'dag'a qildi!
Bu vazifa seniki! Kimdan kamsan
qani ayt? Yeb ichirish meniki! Har
haftada bozordan, Yanggi kiyim
olasan. Qiynalib ketdim deya,
Nega nolib qolasan? Er ko'zlari
namlanib, Piqqilab jim yig'ladi.
Bechora o'z qalbini, Yaraladi
tig'ladi. Dedi bo'ldi ayasi,
Qiladirman qanoat. Qo'lizni yuvib
keling, Suzib qo'yibman ovqat.
Xotin mag'rur boshini, Bir
lahzaga ko'taradi. Gandiraklab
yurgancha, Ovqatga o'tiradi.
Ovqatini tinch tinch yedi, Bugun
erin urmadi. Ko'p ichib mast
bo'libdi, Rosa qotib uxladi.
Idishlarni yuvgach er, Xudoga
shukr dedi. Bugun Rabbi
yorlaqab, Tayoq yemagan edi.
Teskari hayot bo'lsa, Er ko'zlari
yoshlanar. O'sha onda azizlar,
Qiyomatham boshlanar. Lekin
falak gardishi, Teskarisin
tutmasin. Tunda qaytgich xotinni,
Erlar aslo kutmasin..