 Bir kam dunyodir but bo'lib qolmas, Kimgadir baxt kulib, kimgadidir kulmas, Goh wodlik gohi g'am hech kami to'lmas, Bir chimdim mehrni qizg'angan otam! Gunohim bilmadim bilmadim aybim, Bolalikdan tuydi armonni qalbim, Murg'akkina jonda siz erur dardim, Ko'nglimga armonni to'ldirgan otam! Ba'zilar farzandga zoru intizor, Yig'lagim keladi ko'z yowim bisyor, Sizni kechirmayman zinhor va zinhor, Mening ko'zlarimni yowlatgan otam! Lablarim titranib pichirlar "Yo Rab", Ketdiku o'z qizin o'ksitib xo'rlab, So'rayman o'zimga bardowni tilab, Farzandim deyiwni or bilgan otam! Sizga yomonlikni tilamam aslo, Bir baxtimni ko'rib bo'lingiz ado, Gunohlar qolmaydi hech ham bejazo, O'zga bir ayolni yor bilgan otam! Atrofimda barcha barcha parvona, Kimnidir izlaydi ko'zim giryona, Nahot etib ketdi meni begona, Tirik nomim tirkagan otam! Onajonim aytar o'ksinma qizim, Mag'rur bo'p Xudodan so'ragin to'zim, Ko'nglimga jo qilgum ularning so'zin, Volidam ko'zlarin yowlatgan otam! Bir qatra mehrni ololmay sizdan, Zo'r bazo'r tiyarman yowlarni ko'zdan, Og'rinmang bu so'zdan ojiza qizdan, Dunyoga nafratim uyg'otgan otam! _ßحíllìâñtkã_007_
|