Ukrainaning Xarkov shahrida Gollandiya hamda Daniya termalari o`rtasidagi uchrashuv orqali "V" guruhining o`yinlari boshladi.
Qiziqarli o`tgan ushbu bellashuvda 0:1 hisobi qayd etildi va Daniya termasining g`alabasi bilan yakunlandi.
Birinchi bo`limning 24-daqiqasida Daniya futbolchisi Kron-Deli hisobni ochdi. Shundan keyin ikki jamoada ham gol urish uchun bir necha vaziyatlar sodir etildi. Ammo, tomonlar boshqa darvozani aniq nishonga ola bilishmadi.
Bu o`yinda Daniya o`ta muhim 3 ochkoni qo`lga kiritdi va dastlabki sensatsiyani qayd etdi.
Evro-2012. "V" guruhi
Gollandiya – Daniya — 0:1
Gol: 0:1 - Kron-Deli (24).
Gollandiya: Stekelenburg, van der Vil (Kyuyt, 85), Xeytinga, Flar, Villems, N. de Jong (van der Vart, 71), van Bommel, Robben, Sneyder, Afellay (Xuntelar, 71), van Persi.
Daniya: Andersen, Yakobsen, Ker, Agger, S. Poulsen, Kvist, Tsimling, Rommedal (Mikkelsen, 84), Eriksen (Shone, 74), Kron-Deli, Bendtner.
Ogohlantirishlar: van Bommel (66), S. Poulsen (78), Kvist (81).