SESHANBA, 2025.06.24, 11:52
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ozbekiston chempionat. jahon chempionati. evropa chempionati
ШОУ-Бизнес
Узбекский Шоу Бизнес JAHON SHOU BIZNES SHAHZODA RAYHON BOJALAR RAYXON.UZ SHAXZODA.UZ
SMS YUBORISH
BEPUL SMS YUBORISH UCELL MTS BEELINE PERFECTUM UZMOBILE BUTUN JAHONGA
QIZIQARLI
ENG QIZIQ AJOYIB PRIKOL ZOR MALUMOTLAR WWW.SHERLAR.UZ DA
MP3 KO`CHIRISH
BEPUL MP3 KOCHIRISH UZBEK RUS ARAB JAHON SHAXZODA RAYHON BOJALAR QASHQIRLAR MAKONI
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
SOTKA UCHUN TEMA NOKIA TEMA MP3 JAVA KLIP KINO ZOR TEMALAR
Веб-Мастер
UZ DOMEN OLISH. UCOZNI ORGANISH BEPUL TK DOMEN. YANGI SHABLONLAR
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QASHQIRLAR MAKONI YANGI. OZBEK SERIAL. UZBEK KINO
QO`SHIQ MATNI
YANGI QOSHIQLAR MATNI RAYHON SHAXZODA BOJALAR
IZOHLAR VA SMSLAR
YANGI SMS SHERLAR SHERLAR TOPLAMI
SEVGI
SEVGI MUXABBAT LOVE QIZLAR BILAN TANISHISH 14 FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI
JAHON YULDUZLARI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
PRIKOL XAZIL FUNNY PRIKOL FOTO XAZIL FOTOSURATLAR. KULGILI RASMLAR
ISLOM
TANLOV
Психология
PSIXOLOGIK TESTLAR! PSIXOLOGIK TESTLAR PSIXOLOGIK TESTLAR!
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH.
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
ZOR SAYTLAR . PRIKOL SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
INTERNETDA PUL ISHLASH. PUL TOPISH.
qizlar bilan tanishaman
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
Aforizmlar
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
SHAXZODA RAYHON BOJALAR SHOXRUXXON. OZODBEK. SHOXJOHON
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
WWW.SHERLAR.UZ SAYTI UCHUN MAHSUS YANGILIKLAR HABARLAR SMS SHERLAR MADHIYALAR
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
ENG ZOR KIM?
XAMMA JAVOBLAR: 1098

Статистика

XOZIR SAYTDA 10
MEXMON 10
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2012 » Апрель » 13 » Chin muhabbatmi yoki shunchaki xushtorlik???!!!!
18:00
Chin muhabbatmi yoki shunchaki xushtorlik???!!!!
Aslida chin muhabbat bilan xushtorlik orasida qanday tafovutlar mavjud? Shunchaki maylni sevgidan qanday farqlash mumkin? Farq shundaki, sevgi kishi hayotiga asta-sekinlik bilan kirib keladi, xushtorlik esa juda tez namoyon bo‘ladi. Sevgi xuddi gul kabi bo‘y cho‘zadi, buning uchun esa vaqt kerak. Insonni bir necha marta uchratish bilan uni yaqindan bilib olishning iloji yo‘q. Ustiga ustak ko‘p insonlar "niqob”da yuradi va bu niqobning tagida nima borligini darrov anglash o‘ta mushkul. Bilingki, insonni yaxshi bilish uchun oylar, hatto yillar kerak bo‘ladi. "Bir ko‘rishdayoq sevib qolish” iborasini eshitganmiz va ko‘pchilik bunga ishonadi ham. Biroq bunday bo‘lishi mumkin emas. Hozirgina uchratgan odamingizga nisbatan kuchli havas uyg‘onishi mumkindir, biroq bu havas qanchalik kuchli bo‘lmasin, shunchaki yuzakilikdan boshqa narsa emas. Buni tashqi ko‘rinishga qarab xushtor bo‘lish deya baholash mumkin, xolos. Insonni haqiqatan sevish uchun katta yo‘lni bosib o‘tish kerak bo‘ladi.
Sevgining yurakdan o‘chib ketishi ham qiyin. Oshiqlik esa bamisoli qushdek uchib ketadi. Modomiki, haqiqiy sevgining mustahkamlanishi uchun vaqt kerak ekan, xushtorlik onlari uzoqqa bormay barham topadi.
Sevgi markazida hamisha bitta odam turadi, xushtorlik esa aksincha. Deylik, bir qiz ikki yigitni yoqtirib qoldi: biri ancha ulug‘vor, ishonchli va mas’uliyatni his qiladiganlardan. Ikkinchisi esa sho‘x va bebosh, sayru sayohatni yaxshi ko‘radi. Qiz ulardan qay birini tanlashni bilmay halak. Biroq haqiqiy sevgi bir insonni tanlaydi, o‘zi uchun qadrli bo‘lgan barcha narsani o‘sha insondan topadi va boshqasini qidirib o‘tirmaydi ham.
Sevgi yaratuvchanlik qobiliyatini ato etadi, xushtorlik esa borini ham yo‘qqa chiqaradi. Sevgi sizning shaxsiyatingizdagi barcha yaxshi xislatlarni ochib beradi. U sizga yangitdan kuch-quvvat bag‘ishlaydi, umr yo‘lingizni belgilab beradi va hayotga qiziqishingizni orttiradi. U ijodda va boshqa ishlaringizda yordam beradi. Sizning shaxsiy taraqqiyotingizga ulush qo‘shadi. U sizning qadr-qimmatingizni tiklaydi, o‘zingizga ishonch va yaqinlaringiz oldidagi burch hissini qaytadan vujudga keltiradi. U sizni muvaffaqiyat sari yetaklaydi. Siz chin dildan o‘qishga, rejali yashashga va arzimas narsalarga ahamiyat bermaslikka o‘rganasiz.

Xushtorlik esa sevgiddan farqli o‘laroq buning butunlay teskarisidir. U hayotingizga tartibsizlik olib keladi. Siz oshiq bo‘lib qolasiz-u, muvaffaqiyatlaringiz va mehnatga layoqatingiz kamaya boradi. Mavjud iqtidoringizni namoyon qilishga imkon qolmaydi. Sizning yaqinlaringiz, oila a’zolaringiz ham buni payqagan holda: "Senga nima bo‘ldi? Hech qaerga bormaysan, biror ishga qo‘l urishni xohlamaysan, biror yering og‘riyaptimi?” deya xavotirga tushishadi. U sizni osmonlarga olib chiqadi, siz ham hammasi yaxshi, u meni sevadi deb, maktab, ish, o‘qish, pul, boshqa narsalar oldidagi mas’uliyatdan o‘zingizni yiroq tutib yuraverasiz. Achinarlisi, u sizga hayotga panja ortidan qarashni o‘rgatadi.
Sevgi muammolarni birgalikda yengishga undaydi, xushtorlik esa hamkorlikni inkor qiladi. Agar siz chindan sevsangiz, sevgan insoningizning nafaqat tashqi ko‘rinishi va xatti-harakatlari, balki uning fe’l-atvori, his-tuyg‘ulari, tutgan yo‘li ham sizni qiziqtiradi va o‘ziga jalb etadi. Sevgilingizning omad va muvaffaqiyatsizlikka, hayot qiyinchiliklari va favqulodda musibatlarga munosabati qandayligini kuzatasiz. U saxiy, tarbiyali, jonkuyar insonmi? Sizning dinga, ma’lumotga, oila, jinsiy va moliyaviy hayotga nisbatan qarashlaringiz uniki bilan hamohangmi? Do‘stlar-chi? Ularga ham bir xil munosabatdamisiz? Oqshom payti oila yoki do‘stlar davrasida suhbat qurish, ko‘ngil yozish uchun sayrga chiqish unga ham ma’qulmi? U bilan fikrlaringiz mukammal darajada uyg‘un bo‘lsagina, siz chin ma’nodagi sevgiga erisha olasiz.
Sevgi ma’naviy kamchiliklarni e’tiborga oladi, xushtorlik esa ulardan ko‘z yumadi. Sevgi insondagi eng go‘zal xislatlarni namoyon qiladi. Inson sevgilisining kamchiliklarini ko‘ribgina qolmay, ularni bartaraf qilishga harakat qiladi. Xushtorlik esa insondagi yomon illatlarga nazar solishga umuman yo‘l qo‘ymaydi. Siz uni har qanday tanqiddan himoya qilasiz. Xushtorlik sizni o‘zingiz o‘ylagandan-da ko‘proq savdoyi qilib qo‘yadi. Uning chiroyi, ko‘rkam qaddi-qomati va shirinso‘zligi barcha kamchiliklari (masalan, qo‘polligi, yuzsizligi, yalqovligi)dan ko‘z yumishingizga undaydi. Sevgi esa butunlay o‘zgacha: u bo‘yning pastligi, quloq yoki burunning kattaligiga emas, ichki dunyo go‘zalligiga qarab baho beradi.
Sevgi uchun ayriliqning qo‘rqinchli joyi yo‘q. Xushtorlik uchun esa bu dahshat. Ayriliqda sevgi, hatto mustahkamlanadi. Sevgilingiz sizdan uzoqda ekanida uning qanchalar kerakligini tushunasiz. Xushtorlik esa aynan mana shu sinovga dosh berolmaydi, ayriliq uni "o‘ldiradi”. Chunki xushtorlik jismoniy yaqinlikdagina yashaydi, xolos, vaqt sinovidan esa o‘tolmaydi.
Sevgida jismoniy yaqinlikka nisbatan juda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘linadi. Xushtorlik uchun bu narsa suv va havodek zarur. Haqiqiy sevishganlar jismoniy yaqinlikka zo‘r berib intilmaydilar. Eng avvalo ular bir-birini hurmat qilish, qadrlashni o‘rganadi. Yaqinlik esa nikohdan so‘ng o‘z-o‘zidan amalga oshaveradi.

Sevgi beg‘araz va xolis, xushtorlik esa xudbin. Sevgi faqatgina his-tuyg‘ular bilan chegaralanib qolmaydi, siz unga hamisha e’tibor bilan qaraysiz, uning uchun qandaydir darajada yaxshiliklar qilishni istaysiz va bu bilan uni sevishingizni amalda isbotlaysiz. Chindan sevgan inson sizning muhtojligingizni sezmay qolmaydi, hattoki boshiga kulfat tushganida ham biror iltimosingizni yodidan chiqarmaydi. Xushtorlar esa mehrni o‘zlaridan emas, hamisha sheriklaridan talab qilishadi. Uni sevishlarini, ardoqlashdan charchamasliklarini istaydilar.
Chin sevgi oila va do‘stlarga ham manzur bo‘ladi. Xushtorlik esa faqatgina qarama-qarshiliklarga sababchidir. Agar siz kimnidir chin dildan sevsangiz, sizning oilangiz, do‘stlaringiz munosabatlaringizni qo‘llab-quvvatlaydi. Ular sizning sevgan odamingizga qanchalar munosib ekaningizni aytishadi. Ota-ona va do‘stlar rizoligi odatda, sevgining haqiqiyligidan darak beradi. Mabodo, ota-onangiz yoki do‘stlaringiz sizning munosabatlaringizni ma’qullamasa, hushyor bo‘lavering! Axir sizning kelajakdagi baxtli hayotingizni o‘ylagan odam hech qachon sizga yomon maslahat bermaydi, aksincha ular sizni kulfatdan himoyalashga urinadi. Qolaversa, statistik ma’lumotlarga qaraganda, ota-onalar qarshiligiga qaramay qurilgan oilalarning ko‘pi uzoqqa bormay ajralishgan.
Sevgida ishonch ustun, xushtorlik esa shubha tug‘diradi. Rashk tuyg‘usi hammada ham bor, lekin haqiqiy muhabbatga oshno qalb egasi puxta o‘ylab ko‘rgach, oxir-oqibat sevgilisiga ishonchni his qiladi. Xushtorlik esa huda-behudaga rashk qilish, zaiflikni o‘zida namoyon qiladi. Shubha o‘z sherigini zanjirga solib qo‘yadi va xohlagan paytda uning tizginidan tortishni ma’qul biladi. Bu esa xudbinlikdan boshqa narsa emas.
Sevgi haqiqiy hayotni o‘rgatadi. Unda siz muammolarga ochiq ko‘z bilan qaraysiz, ularning ahamiyatini pasaytirishga urinmaysiz. Yigit va qiz bor kuchi bilan oliy o‘quv yurtini tamomlashga harakat qilmoqda. Nega? Chunki ular o‘qishni bitirib, so‘ng turmush qursa, ularning sevgisi, xususan, oilasi yanada mustahkam bo‘lishini biladi.
Haqiqiy sevgan insonlar muammolardan o‘zini olib qochmaydi. Balki birgalikda uning yechimini topishga urinadi. Agar ularning munosabatiga nimadir xavf solsa, buni ochiqchasiga muhokama qilib, aqlli xulosaga kelishadi. Xushtorlarni esa vaziyat umuman qiziqtirmaydi. Deylik, oilali odam yosh bir qizga oshiq bo‘ladi, qiz ham uni yoqtirib qolgan. Oilasining buzilib ketishi bilan esa uning umuman ishi yo‘q. Hech tortinmay ular birga yuraverishadi...
Endi ham ayting-chi, haqiqiy mehr-muhabbatning oshiqu beqarorlikdan farqi bor ekanmi? Shunday bo‘lgach, "Usiz menga hayot yo‘q. Men uni sevaman”, deb hamma narsadan ko‘z yumishdan avval tanamizga bir o‘ylab ko‘raylik. Boshimizdan kechayotgan bu his-tuyg‘ular o‘tkinchi emasmikan? Biz "sevyapman” deb, avji bilim olish, hayotda o‘z o‘rnimizni topish pallasida vaqtni behudaga sarf etmayapmizmi? Nima bo‘lganda ham sevgi bizga yo‘qotishlar emas, yangicha kuch, intilish va g‘ayrat olib kelsin.

Категория: SEVGI | Просмотров: 4099 | Добавил: clever97 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 31
31 med_otaw777   (2012.05.20 22:26) [MALUMOT]
bumasam xushtorlikdan qanaqilib qutulsa b6ladi?

30 leyla91   (2012.04.18 15:35) [MALUMOT]
zur manga yoqdi maqola

29 ILYOSBEK1111   (2012.04.16 22:11) [MALUMOT]
sevgini qadrga yetganlarga omad. Boylikga 6ch qizlarga tfu....... Yaxshlab s6kardmu bu yerda mumkunmasda.

28 benign9292   (2012.04.16 22:04) [MALUMOT]
dunyoqarawizga qoyilman! Gap yuq. Zur mavzu,

27 hayot91   (2012.04.16 15:19) [MALUMOT]
Rostini etsam oxirga4a öqimadìm...

26 BENOM1990   (2012.04.16 14:40) [MALUMOT]
balki

25 ¤virgo8163¤   (2012.04.16 10:08) [MALUMOT]
yahwi maqola, manga judayam yoqdi, kottakon rahmat

24 Hamid1989   (2012.04.16 08:05) [MALUMOT]
SHU BIR-BIRINI YAXSHI BILIB OLSIH MABAYNIDA ULAR O'ZI ISTAMAGAN JINOYAT SODIL BO'LADI..? YANI O'ZI XOXLAB XOXLAMAGAN SEVGI SHU..?

23 ISHTIXON91   (2012.04.16 02:31) [MALUMOT]
Sevish yo'qotishtir Allohni sev eng to'g'ri yo'l shu!

22 Dj_Sardor_92_92   (2012.04.15 23:25) [MALUMOT]
ha t6g'ridir balkim,z6r yozibsiz lekin gap y6q gaplarni topib yozibsiz,omad.

21 shirinoza8888   (2012.04.15 22:43) [MALUMOT]
tovba

20 Nika1992   (2012.04.15 17:19) [MALUMOT]
Unda sevgi yöq ekan. Lekin yozuvchiga savol siz kim bölibsizki sizni hamma gapingiz tög'ri bölsa? 5qöl barobar emas odam barmog'idagi izlar kaftidagi chiziqlar qanchalik hammada xar hil bölganidek hammada xarakter temprament degan narsalar ham turlicha. Ayniqsa ayriliq sevgini mustahkamlaydi degan gapiz. Jismoniy yaqinlik qilmay yillab sevishib yurganlarniyam ayriliq ado qiladi

19 ixtiyor0775   (2012.04.15 15:13) [MALUMOT]
Inson yaxwi iwdan ko'ra yamon iwlarni qiliwga moilroq ekan. Hozirgi kunda haqiqiy seviwganlarni to'piw qiyin. Mavzudan har kim o'ziga kerakli xulosa chiqarib oladi deb o'yliman.

18 MUSLIMA333   (2012.04.15 14:50) [MALUMOT]
hm to'g'ri,

17 UMIDA3835   (2012.04.15 01:53) [MALUMOT]
Oradan qancha-qancha vaqtlar
o'tdi,
Bir-biriga javob kutib xatlar o'tdi.
Goho shirin goho achchiq gaplar
o'tdi,
Ulg'ayibmiz! Boshqa yo'ldan
borish ekan,
Bu sevgimas u o'rganib qolish
ekan!
Gaplashmasak o'tirolmay
qolishlar ham
Hech tinimsiz smslar yozishlar
ham,
Sevdim deya aqllardan ozishlar
ham
Bu shunchaki telba bo'lib qolish,
Bu sevgimas u o'rganib qolish
ekan!!!

16 angel1121   (2012.04.14 22:27) [MALUMOT]
vaqt hamma narsaga davo!

15 RameO-bEz-JuLLeTTa   (2012.04.14 17:17) [MALUMOT]
Ayrimlada SEVGI to'ydan keyin bowlanadi

14 александр8888   (2012.04.14 16:33) [MALUMOT]
Raxmat Malumotlar Uchun !!!

13 Odil-oxran   (2012.04.14 16:30) [MALUMOT]
yaxwi mavzu raxmat

12 FARZIN   (2012.04.14 14:36) [MALUMOT]
INSON XAYOTDA SEVGIDAN USTUN TUYGULAR VA SEVGANIZDAN AZIZ INSONLAR BORLIGINI UNUTMAY YASHASHI LOZIM DEB OYLIYMAN XAYOT SEVGIDAN TASHKIL TOPMAGAN SEVIB BAXTIZ I SEVIB BAXTLI BOLGANLAR XAM BOR ALLAXNI ETGAN I PESHONAGA YOZILGANI BOLADI

11 ZEBO0516   (2012.04.14 10:46) [MALUMOT]
xa yaxshi

10 _ApAsNiY_   (2012.04.14 10:39) [MALUMOT]
Xm yaxwi

9 _ApAsNiY_   (2012.04.14 10:38) [MALUMOT]
Xm yaxwi yozibsiz

8 Shaneel_92   (2012.04.14 09:54) [MALUMOT]
yozganlariz to'g'ri. Rahmat

7 _DialNeNiNo_   (2012.04.14 09:45) [MALUMOT]
haaaa

6 ZIRAPCHA   (2012.04.14 06:49) [MALUMOT]
Sevgini o'yn qiladganlar kopaygan.

5 MUXTOR1989   (2012.04.14 06:46) [MALUMOT]
xulosa chiqarib oldik. Raxmat sizga kottakon omad!

4 SkRoMnAyA_DeVoChKa   (2012.04.14 06:43) [MALUMOT]
yahwi zor yozibsiz hozi sevgini nma ekaninyam bilmidi.odamla bir martta wirin gapirsa ertssga birga yuriwadi bir birliga suykalib ula un wu.sevgi

3 $_SHERDIL_$   (2012.04.14 03:07) [MALUMOT]
Esimdan chiqdi o'qiganlarim biggrin

2 Ali4742   (2012.04.14 02:54) [MALUMOT]
raxmat sizga xaqiqtdan xam xozirgi kunda sevgi emas siz aytganchalek xushtorlek epedemyaga aylangan?

1 Erkatoy2727   (2012.04.14 02:09) [MALUMOT]
Вой бу мунча куп

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    «  Апрель 2012  »
    Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
          1
    2345678
    9101112131415
    16171819202122
    23242526272829
    30
    2025 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz