| O‘rtoqlarga otkrevenniy xat   Do‘stlar, danniy mament rodnoy 
tilimizga davlat statusi berilgan 
ukaz chiqqaniga yigirma ikki 
yildan oshdi. Bu katta srok. 
Shuncha yil bo‘libdi-yu, 
fakticheski hali ham tilimizga 
raznob-razniy so‘zlarni 
aralashtirib gapirib, porot 
bo‘layapmiz. Katta bratanlar ham, 
molodoylar ham chista o‘zbek 
tilida gaplashmayapti. 
Inostranslar bu turishda 
ustimizdan tugul, 
yonboshimizdan ham kulib 
tashlaydi. Axir bu pozor-ku. 
Birgina misol, qo‘shiqchi 
zvezdalarimizni olaylik. O‘zbekcha 
kuylaydi, lekin o‘zbekchani 
bilmaydi. Na vsyaki sluchi, hoy 
barakatopgur to‘g‘ri talaffuz 
qilishni o‘rganib qo‘y, deydigan 
odam yo‘q. Otvetsvennost sust. 
Vot problema gde? Bu ketishda 
dedushka, babushkalarimizning 
so‘zlarini polniy unutib 
yuboramiz, shekilli. E, bo‘lmagan 
gap, mazgini qotirma 
deyayapsizmi? 
Vot, naprimer, sizlarga o‘zim 
guvoh bo‘lgan bir ikkita-svejiy 
voqeani aytib beray. Yaqinda bir 
to‘da druglarim bilan stadionga 
futbol ko‘rgani tushdik. 
Biz balet 
qiladigan komanda birinchi 
taymda normalniy o‘ynab turuvdi. 
Ikkinchi taymda suluchayno 
duxiga o‘tirsa bo‘ladimi?! Srazi 2 
ta gol o‘tkazib yubordi. 
Deystvitelniy bemalol yutsa 
bo‘lardi. Aksiga olib futbolistlar 
sudya bilan protiv bo‘lib qolishdi. 
Natijada bir o‘yinchimiz krasniy 
kartochka olib maydondan 
quvildi. Nervim chiqib ketdi. Bir 
payt qarsam yonimdagilar 
ruschasiga Pedya (sudyaning 
ismi shunaqa bo‘lsa kerak) men 
birinchiman deb baqirayapti. Shu 
yerda ham haqiqat yo‘q deb 
xunobim oshdi. E’tibor bersam, 
ular refereni arazladi deb 
o‘ylashgan chog‘i, avval uning 
ismini aytib, keyin araz, araz deb 
baqirishayotgan ekan. Ne mojet 
bыt deya quloqlarimga 
ishonmadim. Bo‘larkan-ku, 
yomon gapni ham shunday 
ifodalasa, malades deya 
yonimdagi kishining yelkasiga 
qoqib qo‘ydim. Notanish kishi 
menga olayib, «Chort poberi, 
durak, sudyani so‘kyapmiz-ku?», 
desa bo‘ladimi. 
Keyin bilsam, 
bolelshiklar baralla so‘kinayotgan 
ekan. Yer, yo‘g‘e, stadion 
yorilmadi kirib ketsam. Rosa 
uyaldim. Kontso kontsov 
yutqazganimiz undan badtar 
alam qildi. 
Shundoq, domimizni yonida 
shkola bor. Ishga ketayotib, bir 
to‘da molodoylarning bir-biri 
bilan urushayotganini ko‘rib 
qoldim. Borib ularni ajratmoqchi 
bo‘lsam, razborga aralashma deb 
baqirishdi. Mushtday 
xuliganlarning priznavat 
qilmagani mayli, nuqul allaqanday 
men tushunmaydigan so‘zlar 
bilan so‘kinib, mening o‘zimga 
naezd qilib ketishdi. Ichimda 
pojar boshlanganday bo‘ldi. 
Grajdanlar, neujilli, sof o‘zbekcha 
gapirishning iloji bo‘lmasa? 
Karochchi, gapni aylantirmay, 
srazi aytib qo‘yay, xullas bu 
holatlardan vobshe 
nedavolenman. Bu problemani 
reshat qilmasak bo‘lmaydi. 
Pomoemu, dastavval problema 
detsadami, maktabdami, yoki 
o‘zimizdami, buni tochno 
aniqlash zarur. 
Ana undan keyin 
unga srochno chek qo‘ysa 
bo‘ladi. 
Bundan tashqari birinchi 
ocheredda davayti, bugundan 
chisto o‘zbekcha gapirishni 
boshlaylik. Spor o‘ynayman, 
nevozmojniy narsaning o‘zi yo‘q, 
harakat qilsak eplaymiz. Tak chto, 
xotya bы haftaning konkretniy 
bir kunida zarubejniy 
aralashtirmasdan gaplashsak, 
otvechayu, maqsadimizga erisha 
olamiz. Naprimer sredami, 
chetvergmi, farqi yo‘q. Barchamiz 
uchun udobni kunni tanlasak 
bo‘ldi. Pojaluysta, o‘sha kuni 
oilada bolalar bilan, ishxonada 
sotrudniklar bilan chista 
o‘zbekcha muloqotda bo‘lamiz. 
Kelishdik-a. Poka shu gaplar. 
Dalshe yana o‘ylashib ko‘ramiz.  
 |