
Bugun tug`ilgan kunim erta tongdan yuzlarimni yuvdimu do`stlarim davrasiga oshiqdim. ular bilan turli ko`ngil ochar joylarda bo`ldik o`ynadik, kuldik, tunga qadar kayfiyatimiz a`lo va qaytar chog`imda do`stlarimga minatdorlikni bildirib uyimga qaytdim. eshikdan kirar ekanman uymning mutlaq o`zgarganiga, did bilan bezatilganinga ko`zim tushdiyu negadir ichim yorishib ketti go`yoki tug`ulgan kunim emasu biz qandaydir bayramni nishonlayapkandekmiz. shuncha xarakat.... men oshxona tomon yurib, xar bir xonaga nazarim tushar va xar bir xona xam ozoda toza xar kungidan boshqacha edi. oshxonada nimanidir kuydurib pishirayapkan onamga ko`zim tushdi salom berdim va shuncha xarakatning sababini so`radim balki mexmonlar kelishar bu tun dep o`yladim onam menga bugun sening tug`ulgan kuningku tentekkinam senga ko`p shirinliklar pishirdim, ikki uch xil taom pishirdim, bozorlik qilib keldim, uylarni tayyorladim bugun sening unitilmas kuning bo`lishi kerak sen dasturxonga o`tir xozir eng yaxshi ko`rgan ovqating pishdi tayyorlab olib boraman dedilar. men ortimga qaytib dasturxon tomon yurib borar ekanman ko`p narsalar xayolimdan o`tib borardi dasturxonda yo`q narsaning o`zi yo`q edi va xammasini onam qo`llari bilan pishirib tayyorlagan edi. shu payt bo`g`zimga nimadir tiqildi bu afsusmi yoki bir e`tiborsizlik alamimi ?. xammamiz dasturxon atrofida o`tirdik onam xam men yoqtirgan taomni olib keldilar va menga qarab bularning bari sen uchun tug`ilgan kuning muborak dedilar garchi bilardilar men xammasini yeya olmasligimni va do`stlarim bilan mayishat qilib to`q kelganimni lekin sezmaganday tutardilar mening xijolat bo`lishimdan cho`chib. ko`zlarida charchoq bo`lsa xam yuzlarida mayin tabassum. kiyimimni alishtirish baxona xonamga kirdim shu payt juda yig`lagim keldi ko`p afsuslar qildim bu afsusim : men bugun nima qildim ? bugun kimgadir quvonch bera oldimmi ? ko`zim ochilib do`stlarim tomon bordimu ammo onamning qanchadan qancha xarakatini unutdim. do`stlarimning dilini yoritdimu onamning men uchun qilgan bir dona ishiga yordam bera olmadim. do`stlarimning mayishati bilan qornim to`ydiyu ammo onamning o`sha men yoshligimda xarxasha qilib sevib yeydigan ovqatlari tomog`imdan o`tmadi. bularni o`ylaganim sari yuragimning to`xtab qolgisi kelar va butun vujudim mendan nafratlanar edi go`yo. ayni dam jannatimning oyog`iga bosh urib kechirim so`ragim kelardi lekin qilgan ishimdan juda uyalar edim shu sabab xonamdan chiqqim kelmas edi tanim o`zimga bo`ysuna olmasdi. ayni damda xudodan faqat bitta narsani yolvorib so`rar edim dilimda bir so`z aylanaverar edi " ey xudo bugunimni qaytib ber ertaga. bugun onam uchun qilolmagan ko`p ishlarim qolibdi ularni qila olishimga kuch va jur`at ber " deb yolvorardim. erta keldi ko`zlarimni ochdimu dilimda og`irlik bor edi yuzlarimni yuvdimu onamning bag`riga shoshildim onam sho`rlik erta tongdan xam oshxonada edilar onamni bag`rimga bosdimu bugun men uchun vaqt ajratishlarini o`tindim onam ko`ndilar quvonchim shu qadar ediki men xali nima qilishimni o`zim bilmasdim rejam yo`q sababini so`rardilar lekin bunga javob yo`q edi menda xozir yuragimda bitta so`z aylanar edi '' bugun onam mendan ko`ra baxtli bo`ladilar, xammayoqni ko`rsataman, aylantiraman, bugun onamning xayotiga yangitdan mazmun kiritaman toki bu quvonch kechagi kunning xatosini unuttirsin, onamning men sabab tolgan bellarining og`rig`i, ko`zlaridagi mayus nigoxlari, qayg`uli tabassumlarini unuttirsin. bugun men uchun imkon bor va men bugun onamga quvonch beraman......va bag`imga bosib bir so`zni aytaman ONAJONIM BU KUN SIZ UCHUN ! (Zuhra Azizova)
|