SESHANBA, 2025.06.24, 15:57
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ozbekiston chempionat. jahon chempionati. evropa chempionati
ШОУ-Бизнес
Узбекский Шоу Бизнес JAHON SHOU BIZNES SHAHZODA RAYHON BOJALAR RAYXON.UZ SHAXZODA.UZ
SMS YUBORISH
BEPUL SMS YUBORISH UCELL MTS BEELINE PERFECTUM UZMOBILE BUTUN JAHONGA
QIZIQARLI
ENG QIZIQ AJOYIB PRIKOL ZOR MALUMOTLAR WWW.SHERLAR.UZ DA
MP3 KO`CHIRISH
BEPUL MP3 KOCHIRISH UZBEK RUS ARAB JAHON SHAXZODA RAYHON BOJALAR QASHQIRLAR MAKONI
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
SOTKA UCHUN TEMA NOKIA TEMA MP3 JAVA KLIP KINO ZOR TEMALAR
Веб-Мастер
UZ DOMEN OLISH. UCOZNI ORGANISH BEPUL TK DOMEN. YANGI SHABLONLAR
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QASHQIRLAR MAKONI YANGI. OZBEK SERIAL. UZBEK KINO
QO`SHIQ MATNI
YANGI QOSHIQLAR MATNI RAYHON SHAXZODA BOJALAR
IZOHLAR VA SMSLAR
YANGI SMS SHERLAR SHERLAR TOPLAMI
SEVGI
SEVGI MUXABBAT LOVE QIZLAR BILAN TANISHISH 14 FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI
JAHON YULDUZLARI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
PRIKOL XAZIL FUNNY PRIKOL FOTO XAZIL FOTOSURATLAR. KULGILI RASMLAR
ISLOM
TANLOV
Психология
PSIXOLOGIK TESTLAR! PSIXOLOGIK TESTLAR PSIXOLOGIK TESTLAR!
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH.
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
ZOR SAYTLAR . PRIKOL SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
INTERNETDA PUL ISHLASH. PUL TOPISH.
qizlar bilan tanishaman
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
Aforizmlar
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
SHAXZODA RAYHON BOJALAR SHOXRUXXON. OZODBEK. SHOXJOHON
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
WWW.SHERLAR.UZ SAYTI UCHUN MAHSUS YANGILIKLAR HABARLAR SMS SHERLAR MADHIYALAR
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
SEVGANIZ BORMI?
XAMMA JAVOBLAR: 2289

Статистика

XOZIR SAYTDA 13
MEXMON 13
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2012 » Март » 17 » "Endi u menga sodiq, u menga vafoli, menga hiyonat qilmaydi " deya har doim fikr yuritardim.
03:16
"Endi u menga sodiq, u menga vafoli, menga hiyonat qilmaydi " deya har doim fikr yuritardim.
Assalomu alekum sherlar.uz saytining azolari. Iltimos qilaman hozirgi yozadigan maqolamni saytga qo'ysangizlar!!! Juda qiynalib kettim. Hozirgi sizga yoritib beradigan voqeamni yozish uchun juda ko'p bosh qotirdim. "Yozsammikan? Yozmasammikan" - degan fikr butkul qamrab olgandi! Va nihoyat bir qarorga kelib yozishga qaror qildim. Buni yozishdan oldin sizlardan so'ranib o'tib ketardim. Bu voqeani o'qigach " Ahir sen yoshbolasan, shungadir! Sen qayerdan xam bilarding bu tuyg'uni?" degan fikrdan yiroq bo'lsangizlar! Endi yozadigan maqolaga o'tsam. Men 7-sinfda o'qiyotganimda bir qiz bizni sinfga yangi o'qishga kelgandi. Boshida unga be e'tibor bo'lib yurdim. Keyinchalik e'tibor berib kuzatsam juda hushmomila, juda xam chiroyli, pokiza qiz ekan! Unga astalik bilan yaqinlasha boshladim. U bilan yaxshi aloqani o'rnatdim. Har gal uni ko'rganimda o'zimi yo'qotib qo'yar edim, juda xayolparast bo'lib qolgandim. Men hech ham uni sevib qolaman deb xayolimga ham keltirmagandim. Kunlar o'tar, maktabda o'qishlar, darslar yaxshi bo'lardi! Unga tobora bog'lanib qoldim. To'g'ri , unda yosh bo'lgandurman! Lek Sevgi tuyg'usi yosh tanlamas ekan! U odamning qalbiga beso'roq kirib olib, goh shirin, goh alamli narsani tuxfa qilar ekan! Unga do'st bo'lishni taklif qildim, rozi bo'ldi. Men juda xursand edim. Aloqamiz kundan kunga kuchayardi! Uni sevib qoldim.Men ancha vaqtdan keyin ya'ni oylardan keyin unga sevgi izhor etdim. U sevgimi qabul qildi! Keyinchalik bilsam u ham menga be e'tibor emas ekan! Menga ham sevishini aytdi! Men o'sha paytdayoq 7- osmonga chiqib qolgandek edim. Chunki, men sevgan inson meni ham sevadi. Bundan ham ortiq baht bor ekanmi bu dunyoda! Oradan ancha vaqtlar o'tdi. Maktab ham tamomlab qolgandi. So'ngi kunlarda Nafisa bilan xayrlashdik. Men maktab tugagach nima qilaman? Deya o'ylanaverardim. Uni bir kun ko'rolmasligimi o'ylasam yuragim siqilib ketardi! Shuning uchun ko'pam o'ylanmas edim. Mana maktabdan ham ta'tilga chiqdik. Ta'til paytida hech ham uni esdan chiqarolmasdim. Uni juda juda sog'inardim. Yaxshiyamki uning uy telefon nomerini olgandim. Unga 3-4 kunda qo'ng'iroq qilardim. Nafisa bilan suhbatlashsam yuragimdagi barcha alam, dard, sog'inch, qayg'ular butkul mendan sohit bo'lardi! Kunlar shu tariqa o'tib borardi!!! 3-4 kunda bir martta qo'ng'iroq qilardim. Keyinchalik qo'ng'iroqqa javob bermay qo'ydi! Ya'ni go'shakni u emas oyisi yoki opasi olar edi! Men tushkunlikka tushib qolgan edim. " Nega go'shakni Nafisa olmayapti? Nega? Yoki unga biror korhol bo'ldimikin?"- degan o'yu-fikrlar butun hayolimni yemirardi! Lekin Allohga shukur, Nihoyat bir kuni javob berdi. Men Nega go'shakni u olmayotganini tushuntirishini so'radim. Nafisa esa javoban past ovozda "Akam bilib qolmasin, akamni fe'lini bilmaysiz , uyda akam bo'lib qoldi. Shunga go'shakni men ololmadim. " deya javob berdi. Mening esa ko'nglim hotirjam , Sevgilim tanu-joni sog' . Kunlar o'tib borardi! Nihoyat o'qish payti yaqinlashayabdi. 1- sentyabr! Va nihoyat uni yana munchoq yuzli ko'zlarini ko'raman, shirin so'zlaridan bahramand bo'laman . Sevish naqadar yaxshi!!! Maktabga Nafisani ko'rish ilinjida oshiqardim. Yuragim ot chopgandek duk-duk urar edi! Hayajon hamma tanamni egallab bo'lgandi. Maktabning ostonasidan kirib keldim. Sekin astalik bilan gulimni ya'ni Nafisani qidira boshladim. Ko'zlarim pand bermadi! U maktabga mendan oldin kelgan ekan. Uni oldiga asta qadam ila talpindim! Yoniga kelib salom - alik , hol ahvol so'radim. Nafisa endi butkul boshqacha qiz bo'lib qolgandi. Ya'ni juda go'zal bo'lib ketgandi. U bilan suhbatlashganda beihtiyor hayajonimni bosa olmasdim. Yuzlarim olmadek qip-qizil!! Uni ham hayajonlanishi yuzidan yaqqol bilinib turar edi! Chamasi 30 daqiqa gaplashdik , so'ng uni dugonalari kelib olib ketishdi. Men esa juda juda o'zimda yo'q hursand edim. Mana endi 8 - sinfga ham qadam qo'ydik. Sinf honasiga yo'l oldik. Men endi bir partada do'stim bilan emas Nafisa bilan o'tiradigan bo'ldim. Yanayam quvonib, zavqlanib ketdim. Darslar ham boshlandi. O'qisha ham havasim sustlashib ketdi. Uncha o'qishga qiziqmay qo'ydim. Meni endi o'qish emas Nafisa qiziqiradi. Usiz hayotimni tasavvur qila olmasdim. U xayotim mazmuniga aylangandi. Nafisani yo'qotib qo'yishdan juda qo'rqardim. Uni boshqasi bilan suhbatlashishini, kulishlarini hech ham tasavvur qilolmasdim. Uni yeru ko'kka ishonmasdim. Uni hammadan , hatto o'zimdan xam qizg'onardim. U ham meni chindan sevardi. Meni ham hammadan qizg'onardi. Agar birorta qiz bilan suhbatlashib qolsam jahli chiqib arazlab qolardi. Uni eritish juda qiyin edi. Juda shaddod qiz bo'lgani uchundir balkim. Shu shu kunlar bilan o'qishning yarmi ham o'tib ketdi. Kunlarning birida Nafisa juda jahl otiga mingan edi. Juda boshqacha qiz bo'lib qolgandi. Hatto men bilan gaplashmay qo'ydi. Savol bersam zarda bilan "Siz bilan gaplashmay turganimiz ma'qul" degan gapni aytdi. Men hayron bo'lib unga boqardim. Nega bunday gapirayotganini tushuntirib berishini so'radim. Lek tushuntirmadi. Men uni dugonalaridan surishtira boshladim. Ular ham bu holdan behabar edilar. Bu holat ko'p vaqtga cho'zildi. Nafisa men bilan suhbatlashmay qo'ydi. Gaplarimga zarda bilan javob qaytarar edi. Men aqlan tamom bo'lgandim. O'qish vaqti tugagach uni astalik bilan kuzata boshladim. Ancha vaqt kimnidur kutdi. Keyin bir bola keldida Nafisa bilan ketdi. Men ko'zlarimga ishonmagandim. " Bu tush holos, hozir uyqidan turasan " deya o'zimga dalda berardim. Unga buni oshkor qilmadim. Lek Nafisa ham menga oshkor qilmadi bu haqida. Men hechnarsa bilmagandek yuraverdim. Va hech narsa qilmadim. Keyinchalik Nafisadan hat keldi: "Salom Abdullatif. Yaxshimisiz? Bilaman yaxshi emassiz. Sizni ham qiynab yubordim. Men sizga aytsam Sevgi insonni ne ko'yga solmaydi. Qalbga buyruq berib bo'lmas ekan. Men bunday bo'lishni istamagan edim. Lek men o'zgasini sevib qoldim. Meni kechiring. Siz albatta bahtizi topasiz! Mayli ALVIDO!!! Shu hatni o'qidimu, yuragimga qattiq hanjar urilgandek bo'ldi. Ko'z oldim qorong'ulashib ketdi. Men buni Nafisa yozganiga ishonmagandim. Ammo bu achchiq haqiqat edi. Keyin ming hayol bilan Javob Hatini yozishga qaror qildim Salom Nafisa, qalesiz?? Ha, men yaxshi emasman. Menga gapirmay qo'ymasligizi boisini topolmay hunob bo'layotgan edim. Biroq bu hatni o'qigach bu o'ylashim puchga chiqdi. Ha, to'g'ri aytasiz Qalbga buyruq berib bo'lmaydi. Lek mendan ketmay turib o'ylang. Keyinchalik aldangandan so'ng yana meni oldimga qaytib kelmang. Meni ohirgi so'zim shu, Men Sizni Sevaman! Shu hatni yozdimu stolni ustiga qo'yib zarda bilan ko'zimda yosh ila sinfdan otilib chiqib ketdim. To'g'ri yigit kishiga yig'lash yarashmaydi. Lekin Bu Sevgi tuyg'usi hammani yig'latar ekan! Boyni ham boshini egadi bu tuyg'u! Ertasi kuni yaxshi kayfiyat bilan maktabga keldim. O'zimi siqilayotganimi sezdirmadim. Sho'x shodon , o'ynab kulib yuraverdim. Ammo qalbim , vujudim yonayotgan edi. Oradan hash-pasht deguncha vaqt ham o'tib ketdi. Ya'ni 2 oy o'tdi. Men butkul o'zimni qo'lga ololgan edim. Uni unutishga urinsamda , unutolmasdim. U qalbimda o'chmas alanga bo'lib qolgandi. Maktab tugashidan 2 hafta oldin hat keldi. Kimdan ekanligini surishtirmadim . Unda quyidagicha yozilgandi: Assalomu alekum menga qadrli bo'lgan Abdullatif. Tuzukmisiz??? Uydagilar yaxshimi? Abdullatif siz meni kechiring. Men sizni o'shandayoq gapizga kirishim kerak edi. Sizga qanday tushuntirishni ham bilmayapman. To'g'risi juda afsusdaman. Siz aytkandek u meni aldab ketdi. Menga vafo qilmadi. O'yladimki menga sizdan boshqa hech kim to'la mehr-muhabbatni bera olmas ekan! Men hatoyimni tushundim. Meni kechiring. Lek va'da beraman. Sizga vafoli bo'laman.Hayr. Hurmat ila Nafisa Bu gaplarni o'qib qalbimning yarasi yangilandi. Uni kechirgim kelmagandi. Lek achinib ketdim. Hatdagi gaplari ayni haqiqat ekanini angladim. Uni kechirdim Chunki uni sevardim hali hanuz!! Uni kechirganligimni yozdim. Shu bilan hayrlashdik maktab ham tugadi. Yana ta'tilga chiqdik. Ta'tilda u har doim qo'ng'iroq qilardi. Kunlar shu tariqa o'tdi. Yana hash-pash deguncha maktabga qaytdik . Yana birga edik. U bilan juda bahtli sezardim o'zimni. "Endi u menga sodiq, u menga vafoli, menga hiyonat qilmaydi " deya har doim fikr yuritardim. Keyinchalik yana o'zgarib qoldi. " o'rgangan ko'ngil o'lganda qolar" degan maqolga tayanib ish qildi. Ya'ni yana be etibor bo'lib qoldi. Men yana yomon fikrga bormasdim. Har dam yaxshi fikrlar haqida o'ylardim. Bu yaxshi o'ylarim bekorga ketdi. U yana menga hiyonat qildi. Men bunga bardosh bera olmas edim. Ohiri u bilan urushishga bordim. Har doimgidek gapni aytdim. U ham menga hatda yozgan gapini aytdi. Butkul nafrat qamrab olgandi. Nafisa yana qaytib kelishga ishonardim. Keyinchalik nafrat, jahl degan tuyg'ularim so'ndi. Yana o'qisha berildim. 9- sinfga ham ko'chib bo'lgandim. Noyabr oyida ya'ni oradan 2 oy o'tar o'tmas o'ylaganimdek u yana qaytib keldi. Men yana kechirdim. Unga ayttim: -Meni o'ringda bo'lganingda kechirarmiding??" - dedim. Nafisa esa: -Ha kechirardim, chunki sizni unutish qiyin. -Ho'sh, men uchun hamma narsaga tayyormisan?? -Albattta tayyormanda. -Ha mayli senga ohirgi bora imkon berishim , yana takrorlansa o'zinga qara" - dedimu kettim. (Hamma aytayotgan bo'lsa kerak , Nega kechirdiz? Bu unga loyiqmas! Men sizi o'rnizda bo'ganimda umuman kechirmasdim deyayotgandirsiz! Ha albatta bu aniq!) Men uni sevar edim. To'g'ri shuncha ishdan keyin kechirish yaxshimas!!! Men boshqa yo'l bilan uni sinamoqchi edim. Ertasi kuni men yashirincha bir qiz ya'ni yaqin dugonasi bilan gaplashmoqchi bo'lib harakat qildim. Dugonasiga yolg'ondakam sevgi izhor qildim. Bilardimki u dugonasi Nafisaga bu haqida aytishini. Nafisaga aytti ham . U jahl o'ti bilan men tomonga keldi. Va menga gapirib ketdi: -Siz o'zizi kim deb o'ylayapsiz?? Nima men sizga o'yinchoqmanmi?? -Voy, bu nima deganing?? Nega bunday deyapsan?? Bir boshdan gapirchi... -O'zizi bilmaganga olmang. Kechagina Dugonamga Sevgi izhor qilibsizku. Buni menga dugonam aytdi. Ho'sh.... -Iye, Haaaaaa. Gap bu yoqda degin. Ha to'g'ri sevgi izhor qildim . Nima deysan?? -Sizni bunday hotinboz ekanligizi bilmagan ekanman . Eh afsus... -Ey , nimalar deb valdirayapsan?? Nima men hotinbozmanmi?? A? Bunaqa odam sensanu! Nima senga mumkinu menga mumkun emasmi?? Javob ber. -Ni-ni-ni-nimaaaaa?? Ha men o'shandayman. Alam qilyaptimi? -Hechamda , Ho'sh meni kechirasanmi?? - (Kulib) Menmi?? Sizniya? Yooooo'q , aslo kechirmayman. -Ha, kul kulaverchi, O'sha paytda nima degan eding?? "Ha, kechiraman sizni" degan edingku. Nima endi bu gaplaring esdan chiqdimi?? O'zim ham bilgandim. Agar shu isni qilmaganimda aldanib yuraverar ekanmanda a??? Allohga shukurlar bo'lsin, buni avvalroq bildim. Bo'ldi bas qil. Hayr, meni unut. ALVIDO... Shu so'zni ayttimu uyim tomon ketdim. U esa ko'ziga yosh olib qoldi. Bir narsa ham deyolmagandi, deyolmaydi ham. Chunki asl basharasi ochilgandi uni. Sevgan insonni unutish uchun Mehr o'rniga Nafrat degan tuyg'u qamrab olishi kerak ekan. Ana o'shanda unutish oson bo'ladi. Men bu voqeamni nega yozdim??? Bir insonni kechirishdan oldin yaxshilab o'ylang, bugunni yoki ertangi kunni emas keyinchalikni bilib ish tuting! Bu bo'lgan hayotiy voqeamdan hamma o'ziga yarasha narsani oladi albatta! Hozir Nafisaga nima bo'ldi?? deyayotgandursizlar. U yana eski ishini qilyapti. Uni tashqi ko'rinishi boshqa ichki qalb ko'rinishi boshqa. Uni ko'rgan inson juda esli hushli qiz deb o'ylayashadi. Lek tashqari boshqa ichkari boshqa. Odamni yuziga qarab bir narsa deyish qiyin. Bu borada inson juda ojizlik qiladi. Endi biror she'r yozsam kimga atalishini ham bilib oldingiz. Hammaga chinakam sevish, sevilish nasib etsin. Hali hamon Nafisani unutolmay qiynalaman. Nima qilishga ham boshim qotdi. Eh bu sevgi....... Insonni nimalarga solmaydi deysiz. Nima bo'lganda ham boshimiz omon bo'lsin. Bosh omon bo'lsa hamma narsa topiladi. To'g'rimi? Uzr sizlarni ham vaqtingizni olib qo'ydim. Hurmat ila siz bilgan o'sha AbDuLLaTiF
Категория: SEVGI | Просмотров: 3623 | Добавил: DeUs_AbDuLLaTiF | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 39
39 Bek_viper   (2012.05.20 23:30) [MALUMOT]
e bolar qaney qilb manam yozsam b6ladi. Maslahatlariz k.k edi

38 leyla91   (2012.04.25 12:10) [MALUMOT]
bir narsaga tan beraman yosh bulishingga qaramay xaqiqy sevgi nima ekanligini bilgansan kechirishni xam senga xavas qilishni xam xavas qilmaslikni xam bilmay qoldim ammo u qizga ishonch yuq ekan undan kura uqi izlan baxtni uzi keladi man bunga ishonaman albatta xali zu sevgini topasan omad

37 dilbek3310   (2012.04.18 00:33) [MALUMOT]
Qoyil manda xam shunaqa bo'lgan. Xullas 94 1114443 ga qo'ng'iroq qilingla dardlashamiz yoki dilbek_90@mail.ru ga xabar qoldiringla kutaman

36 Deniz_0998   (2012.04.09 09:25) [MALUMOT]
ukam siqilma xammasi yaxshi bo'ladi.

35 bahrom1989   (2012.03.21 17:09) [MALUMOT]
gap haqiqiy sof sevgi

34 Megan-Fox   (2012.03.21 14:13) [MALUMOT]
Главный враг любви - не ненависть, а равнодушие. Клайв Стейплз Льюис
(SEVGIning asosiy duwmani nafrat emas, kechirimli bo’lishdir.)
UNI KESHIRIB O'Z SEVGINGIZGA CHEGARA QO'YAYOTGANINGIZNI SEZMAGANSIZ. UMUMAN KECHIRMASLIK KEREDI.

cranky console cranky console cranky console BU O'WA QIZGA!!

33 lady5   (2012.03.20 18:30) [MALUMOT]
Amoq!! Tarbiyasi yoq qiz ekan

32 nodi_90   (2012.03.20 10:17) [MALUMOT]
ahmoq qiz ekan owa qiz sevgini qadriga yetmagan ogil bola sevgisiga vafoli bolsa qande yahwi, lekin owa qiz hammani oziga qaratib tawlab ketiwi yahwimi tavba insof bersin,uka siz ham undanam yahwirogini vafolirogini toping nasib qilsa inwalloh bahtizi bersin hafa bolmeng sizga u qiz hayf, yani sizga yahwi qizlar mos.... biggrin guitar guitar guitar guitar http://s9.ucoz.net/sm/2/guitar.gif

31 Beyker   (2012.03.19 22:23) [MALUMOT]
Eh mayli hafa bo'lmang! Unga hudo bor jazosini oladi!

30 Asal0505   (2012.03.19 18:30) [MALUMOT]
Qoyil,tögri yöl tutgansiz,1-marta sizni sevgingizni qadriga yetmay tashlab ketgandayoq voz kechishingiz kerak edi,aytib ötganingizdek "Örgangan köngil örtansa qöymas"

29 Ziyodullo9494   (2012.03.19 18:16) [MALUMOT]
xa yaxwi z6r

28 xurshed27   (2012.03.19 12:28) [MALUMOT]
uzini chiroyli deb bilgan qizlarni 05 foizi shunaqa qiladi mendan xafa bulmangu siz Nafisani u yigitlar bilan faqatgina gaplashib yurmagandir har holda. Siz shular haqida uylasaiz unga bulgan sivgingiz sal bulsaham pasayadi menimcha

27 MiLLi   (2012.03.19 12:12) [MALUMOT]
Ex..

26 Megan-Fox   (2012.03.19 11:44) [MALUMOT]
TAQDIR WUNAQA EKAN, BILASIZMI/ YIGITLAR NEGADIR DOIMO KECHIRIWADI, AMMO QIZLAR.... ULARNI NAZARIDA "YAGONA" BO'LIWLARI KK. SIZ BUNI UDDASIDAN CHIQIBSIZ. BU DUNYODA FAQATGINA U EMAS, BOWQALAR HAM BORLIGINI TUWUNTIRIB QO'YIBSIZ. QOYIL!!! hands hands

25 _kruta_   (2012.03.19 03:10) [MALUMOT]
xaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaa aaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaa aaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaa biggrin

24 _ApAsNiY_   (2012.03.19 02:31) [MALUMOT]
E töri iw qibsiz.nega 2marta ke4iraniziyam 4unaman.sevganiz 4unki uni.

23 angel1121   (2012.03.18 22:46) [MALUMOT]
man sizi qilgan ishizga hayronman 1marta kechirdiz xo'p. 2marta... oshib tushibdi. Arzimas ekan unaqa insonlar kechirishingizga ham, sevgingizga ham. O'zi aslida hiyonatni hech qachon kechirmaslik kerak ekan...

22 MUSLIMA333   (2012.03.18 20:43) [MALUMOT]
cry console confused sadwalk

21 Muhabbat07   (2012.03.18 19:40) [MALUMOT]
Унутиш учун ҳақиқатни билиш кере. Ҳақиқат шуки Нафиса сизни шунчаки эрмак қилган. Ҳоҳлаган вақтида сизни ташлаб кетиб, ёлғиз қолган вақтида эса овунчоқ сифатида сизга қайтган.

20 _sKrOmNaYa_sInYoRiTa_   (2012.03.18 18:18) [MALUMOT]
Nafratiz bormi albatta unutasiz. Unday qizlar sevgiga loyiq emas. Aldadim deydiyu aldangan b6ladi.
Siz buning alamidan ham 4in muhabbatga eriwa olasiz. Aslida 2 bor ke4irib xato qilibsiz..... Mayli kimni, qanday insonni sevganizni bilibsizu. Unaqa yigit-qizlarni bir joyga yigib 6t q6yib yuboriw k.k 6zi....

19 gerard93   (2012.03.18 15:14) [MALUMOT]
to'gisi sizni rosa ahmoq qilibdi menda ham wunday bolgan seni sevaman deb bowqaga erga tegib ketdi bir marta bittasi bilan so'riwib yotgan joyida uwlaganman vabwi wokka tuwib qolganman wundan beri qiz zotiga umuman gapirmayman sad

18 Shabnam_92   (2012.03.18 12:40) [MALUMOT]
xm...

17 Umrinisso1992   (2012.03.18 09:57) [MALUMOT]
bunaqa qizlani bortini berish kere.

16 Muhlisa93fm   (2012.03.18 09:56) [MALUMOT]
Men qoya edim sen esa daryo. Menga bir urilding ketding ilgari. Balki seni tanlab qilganman xato. Nahot ilk sevganlar adawsa bari?...

15 _DialNeNiNo_   (2012.03.18 09:34) [MALUMOT]
vaqt hamma narsaga davo

14 google93   (2012.03.18 09:21) [MALUMOT]
Qoil so'z boyligingizga !
Qizlarni yaxshisi bor,lekin afsus siz yomoniga uchrab qolibsiz.
Hammasi yaxshi bo'ladi.

13 ♥VioLeTTa♥   (2012.03.18 08:40) [MALUMOT]
omad

qalb kechirsa xam kungil kechirmidi xammayoqda xiyonat nima xayot xiyonatdan iboratmi a

11 ZIRAPCHA   (2012.03.18 07:50) [MALUMOT]
Hali hammas oldinda.

10 $PUMPY$   (2012.03.18 07:48) [MALUMOT]
Xm...

9 Nodir4545   (2012.03.18 06:23) [MALUMOT]
xayot xali oldinda ko'p ham siqilavermang

8 Bobur7890089   (2012.03.18 04:44) [MALUMOT]
Umuman bolishi mumkin emas

7 profi7777   (2012.03.18 03:46) [MALUMOT]
1ta yesa aqli kiradi owa qizdi

6 Sevarka_Julietta   (2012.03.18 03:15) [MALUMOT]
Sevgi odamga 1 marta beriladigan tuyg'u. Sevishi bilgan odam kechirishniyam bilish kere. Unutish qiyin,azob. Buni faqat sevgan odam biladi... Sizga faqat sabr-toqat.

5 RADON   (2012.03.18 02:22) [MALUMOT]
Bu sevgimas! Qizlarning köpchiligi (hammasi emas) yurakdan emas, aqli b.n seviwadi...!

4 Erkatoy2727   (2012.03.18 01:34) [MALUMOT]
Укишга крганиздан кейин есиздан чикиб кетади

3 GodfatheR_2666   (2012.03.18 01:18) [MALUMOT]
JUDA TA'SIRLI

2 FARZIN   (2012.03.18 01:17) [MALUMOT]
XAFA BOLMENGU XAMMA AYB OZIZDA BOSHIDAN IMKONIYAT BERMASLIGIZ KERAK EDI XAYOTDA AYRIMLA CHIROYIGA ISHONADIGANLA BORDA BIR INSONNI QANCHALIM SEVSEZ VOXTI KELIB NAFRATLANISHI XAM MUMKIN MANIMCHA SIZ XEC QACHON AFSUS QILMEN SHUKR QILIN YANA QIYNALMASLIGIZN UN SEVGIDAN KUCHLI I NAFISEZDAN MUXIM INSONLAR BORLIGINI UNUTMEN XAYOTDA KELAJAGIZGA QAREN

1 FARZIN   (2012.03.18 00:56) [MALUMOT]
XM

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    «  Март 2012  »
    Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
       1234
    567891011
    12131415161718
    19202122232425
    262728293031
    2025 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz