Xitoylik doya yangi tug‘ilgan go‘daklarni sotgani uchun o‘lim jazosiga hukm qilindi. "Sinxua” Xitoy axborot agentligining xabar berishicha, hukm ikki yildan so‘ng amalga oshiriladi. Bundan tashqari, sud uning mol-mulkini musodara qildi.
Veynan okrugi sudi akusherka Chjan Shusyani odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi guruhga yettita go‘dakni sotganlikda aybladi. Doya bolalarda mavjud bo’lmagan kasallikni ularning anketasiga yozib, ota-onalarini farzandidan voz kechishga ko‘ndirgan.
Go‘daklardan biri jinoyatchilar uni oqova ariqqa tashlab ketishi oqibatida vafot etgan. Sud uning o‘limida Chjan Shusyani ayblamayapti, biroq uning bo‘yniga qarovsiz qoldirilgan bolaga javobgarlik aybini qo‘ydi.
Akusherka Fupin okrugida joylashgan onalar va bolalar markazida ishlagan. Chjan Shusyaga qarshi tergov ishlari 2013-yil iyulda bolalarning onalaridan biri chaqalog‘ini o‘g‘irlashganida gumon qilib, politsiyaga murojaat qilganidan so‘ng boshlandi. Uning farzandi avgustda Xenan provinsiyasidan topildi. Chaqaloqni qayta ko‘rikdan o‘tkazishganda, uning sog‘lomligi aniqlandi. Chjan esa uni ota-onasiga tug‘ma kasallik bilan tug‘ildi, deb aytgan edi. Shundan so‘ng politsiya xodimlari yana ikki go‘dakni qutqarishga erishdi.