Kecha, 23-oktabr kuni "Bayon” guruhi xonandasi Ma’mur Sultonov hamda o‘zbek kinosining iqtidorli aktrisasi Sevara Soliyevaning baxt to‘yi bo‘lib o‘tdi. E’tiboringizga ushbu baxt to‘yidan kichik reportajni havola etamiz.
Shu kuni bulutli, yomg‘irli havo bo‘lishiga qaramay, to‘y kechasi muhiti kelgan mehmonlar, shou-biznes olamining yorqin vakillari va albatta, to‘y sababchilarining yaqinlari chehrasidagi muloyim tabassum bilan iliqlashdi. Nikoh kechasi "O‘zbekiston” mehmonxonasining "Tantanalar zali”da o‘tkazildi. Kechani aktrisa Dilnoza Kubayeva hamda boshlovchi Oybek Rixsibekov olib bordi. Shuningdek, kechada ko‘plab san’atkorlarimiz o‘z qo‘shiqlari bilan ikki yoshni tabrikladi.