Bir go‘zal malika yashardi. U kun bo‘yi deraza oldida o‘tirib, o‘zining orzusidagi yagona muhabbatini kutardi. Ertaklarda bo‘lganidek, uning qo‘lini so‘rash maqsadida qasriga ko‘plab kuyovlar kelishardi. Lekin hammasi quruq qaytib ketardi. Malika hech kimning taklifini qabul qilmasdi. Malika yagona muhabbati qanday bo‘lishi kerakligini allaqachon hal qilgan, hatto birorta jihatini unutib qo‘ymaslik uchun o‘zicha ro‘yxat ham tuzgandi. Qo‘lini so‘raganlarning birortasi esa bu ro‘yxatdagi xususiyatlarga to‘la mos kelmasdi. Nuqul bir narsasi to‘g‘ri kelmasdi. Bittasi judayam yosh, bittasining yoshi katta, uchinchisi tepakal, to‘rtinchisi ziqna, beshinchisi xunuk kuladi, oltinchisi tartibsiz kiyingan, o‘zini tutishi ham g‘alati... Xullas, hammasidan kamchilik topilardi.
... DAVOMINI KO`RISH
Bir kuni daraxt kesuvchi daraxt kesayotib, daryoga boltasini tushirib yubordi. Qayg`urganidan yig`lashga tushdi. Shu payt qarshisida avliyo paydo bo`ldi. — Nimaga yig`layapsan?
... DAVOMINI KO`RISH