CHORSHANBA, 2025.06.25, 21:11
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ozbekiston chempionat. jahon chempionati. evropa chempionati
ШОУ-Бизнес
Узбекский Шоу Бизнес JAHON SHOU BIZNES SHAHZODA RAYHON BOJALAR RAYXON.UZ SHAXZODA.UZ
SMS YUBORISH
BEPUL SMS YUBORISH UCELL MTS BEELINE PERFECTUM UZMOBILE BUTUN JAHONGA
QIZIQARLI
ENG QIZIQ AJOYIB PRIKOL ZOR MALUMOTLAR WWW.SHERLAR.UZ DA
MP3 KO`CHIRISH
BEPUL MP3 KOCHIRISH UZBEK RUS ARAB JAHON SHAXZODA RAYHON BOJALAR QASHQIRLAR MAKONI
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
SOTKA UCHUN TEMA NOKIA TEMA MP3 JAVA KLIP KINO ZOR TEMALAR
Веб-Мастер
UZ DOMEN OLISH. UCOZNI ORGANISH BEPUL TK DOMEN. YANGI SHABLONLAR
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QASHQIRLAR MAKONI YANGI. OZBEK SERIAL. UZBEK KINO
QO`SHIQ MATNI
YANGI QOSHIQLAR MATNI RAYHON SHAXZODA BOJALAR
IZOHLAR VA SMSLAR
YANGI SMS SHERLAR SHERLAR TOPLAMI
SEVGI
SEVGI MUXABBAT LOVE QIZLAR BILAN TANISHISH 14 FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI
JAHON YULDUZLARI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
PRIKOL XAZIL FUNNY PRIKOL FOTO XAZIL FOTOSURATLAR. KULGILI RASMLAR
ISLOM
TANLOV
Психология
PSIXOLOGIK TESTLAR! PSIXOLOGIK TESTLAR PSIXOLOGIK TESTLAR!
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH.
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
ZOR SAYTLAR . PRIKOL SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
INTERNETDA PUL ISHLASH. PUL TOPISH.
qizlar bilan tanishaman
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
Aforizmlar
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
SHAXZODA RAYHON BOJALAR SHOXRUXXON. OZODBEK. SHOXJOHON
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
WWW.SHERLAR.UZ SAYTI UCHUN MAHSUS YANGILIKLAR HABARLAR SMS SHERLAR MADHIYALAR
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
SEVGANIZ BORMI?
XAMMA JAVOBLAR: 2289

Статистика

XOZIR SAYTDA 2
MEXMON 2
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2009 » Июнь » 2 » QIZIQ
11:08
QIZIQ
«2» BAHO OLGANMISIZ?


So‘nggi qo‘ng‘iroq kuni hamma qadrdon maktabini, mehribon ustozlarini, o‘quvchilik yillaridagi sho‘xliklarini eslaydi. Kimdir o‘z vaqtida dars tayyorlamaganini eslab afsuslansa, kimdir yutuqlaridan sevinadi. San’atkorlarimizda ham shunday holat bo‘lishi tabiiy. Biz ularga ba’zi savollarimiz bilan murojaat qildik.

1. Maktabda yoqtirgan va yoqtirmagan faningiz.

2. Biron fandan “2” olganmisiz?

3. O‘quvchilik hayotida sodir bo‘lgan qiziq voqea.

4. Sinfdoshlaringiz orasida laqabingiz bo‘lganmi?




HOJIMUROD BEKCHANOV:

1. Maktabda yoqtirgan fanim matematika edi, tarixni unchalik xushlamasdim. Tarix o‘qituvchimiz ko‘p so‘kardi-da.

2. O‘qituvchini yoqtirmaganim uchun bo‘lsa kerak, tarixdan “2” olganman. Lekin, aslida, yaxshi va a’lo baholarga o‘qiganman.

3. Qiziq voqealar juda ko‘p bo‘lgan. Chunki juda sho‘x edik. 8-9-sinflarda ba’zan birinchi darsga kirmasdim, uyqu ustun kelardi. Darsdan qochib, kunduzgi diskotekaga borgan paytlarim ham bo‘lgan.

4. Maktabda Hoji deb atashgan, hozir ham hamma shunday chaqiradi. Faqat rasmiy hujjatlarda va matbuotdagina Hojimurod Bekchanovman.


JAKHONGIR.UZ:


1. Maktabda yoq-tirmagan fanim geometriya, yoq-tirgan fanim esa adabiyot bo‘lgan.

2. Geometriyadan uy vazifasini bajara olmaganim uchun “2” olganman.

3. 2-sinfda o‘qiyotganimda sinfimizdagi bir qizni yoqtirardim. Qish kunlarining birida sinfdoshim bilan qizlarni qorbo‘ron qildik. O‘shanda sinfdoshim men yoqtiradigan qizga ham “Qor ot!” deb aytgani uchun qizga emas, do‘stimga qor otib qochib ketganman.

4. Laqab qo‘yishmagan. Bunga imkon bermaganman.


NILUFAR SAIDOVA:


1. Biologiya, zoologiya kabi tabiiy fanlarni yaxshi ko‘rardim. Ona tili va adabiyotga qiziqishim kuchli edi, ayniqsa, she’r o‘qishni sevardim. Eng yoqtirmagan fanim matematika edi.

2. “2” olmaganman. Shunday xavf tug‘ilib qolgan taqdirda ham, bir amallab vaziyatdan chiqib ketardim. Hatto matematikadan ham misollarni yechib topshirardim.

3. Eng qizig‘i, 9-sinfda o‘qiyotganimda Navro‘z bayramida bo‘lgan. O‘shanda maktabda o‘tkazilgan tadbirda mikrofonni hech kimga bermaganman. Raqsga ham o‘zim tushganman, she’rlarni ham o‘zim o‘qiganman. Qo‘shiqlarni ham bir o‘zim aytganman. Ilmiy mudirimiz: “Nega bunaqa qilyapsan? Boshqalar ham tadbirga tayyorlangan-ku!” — deganda, yig‘lab yuborganman. O‘shanda nega bunday qilganimni haligacha tushunmayman.

4. Meni Nilushka, deb chaqirishardi.



ULUG‘BEK RAHMATULLAEV:


1. Tarixni yaxshi ko‘rardim, matematikani uncha xushlamasdim.

2. Geometriyadan “2” olganman bir marta.

3. Uch do‘st: Eldor, Shahobiddin va men uch sinfdosh qizni yaxshi ko‘rardik. Bir kuni ularga xat yozishga qaror qildik. Xatlarni egalariga berishni oramizda eng kichigi bo‘lmish Shahobiddinga topshirdik. Ammo xatlarimizning ko‘rinishi bir xil bo‘lganidan do‘stimiz qizlarning sumkasiga hammasini adashtirib solib qo‘yibdi.

4. Maktabdagi laqabim: diplomat.


MaVeRicK


Категория: ШОУ-Бизнес | Просмотров: 1760 | Добавил: MaVeRicK | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 16
16 yoqimtoy__bola   (2013.01.05 00:24) [MALUMOT]
smile

15 yoqimtoy__bola   (2013.01.05 00:24) [MALUMOT]
smile

14 yoqimtoy__bola   (2013.01.05 00:24) [MALUMOT]
smile

13 yoqimtoy__bola   (2013.01.05 00:24) [MALUMOT]
smile

12 yoqimtoy__bola   (2013.01.05 00:24) [MALUMOT]
smile

11 yoqimtoy__bola   (2013.01.05 00:23) [MALUMOT]
smile

10 yoqimtoy__bola   (2013.01.05 00:23) [MALUMOT]
smile

9 yoqimtoy__bola   (2013.01.05 00:23) [MALUMOT]
smile

8 yoqimtoy__bola   (2013.01.05 00:23) [MALUMOT]
smile

7 yoqimtoy__bola   (2013.01.05 00:23) [MALUMOT]
smile

6 yoqimtoy__bola   (2013.01.05 00:23) [MALUMOT]
smile

5 yoqimtoy__bola   (2013.01.05 00:23) [MALUMOT]
smile

4 yoqimtoy__bola   (2013.01.05 00:23) [MALUMOT]
smile

3 yoqimtoy__bola   (2013.01.05 00:23) [MALUMOT]
smile

2 yoqimtoy__bola   (2013.01.05 00:23) [MALUMOT]
smile

1 yoqimtoy__bola   (2013.01.05 00:23) [MALUMOT]
smile

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    2025 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz