Anvar Sanayev Ism-sharifi: Sanaev Anvar Ismatovich. Tug‘ilgan kuni: 16 noyabr. Burji: Chayon. Tug‘ilgan joyi: Samarqand viloyati, Paxtachi tumani. Tahsil olgan o‘quv yurti: Toshkent davlat madaniyat instituti. TVda ilk bor ijro etgan qo‘shig‘i: 1998 yili “7 dan 70 gacha” dasturida “Aqlu hushim oldi muhabbat” qo‘shig‘i bilan chiqish qilgan. Birinchi muvaffaqqiyati: “Aqlu hushim oldi muhabbat” qo‘shig‘i. Birinchi mag‘lubiyati: Buni eslolmaydi. Birinchi muhabbati: 7-sinfda o‘qib yurganida sinfdosh qizni sevib qolgan. Birinchi kontserti: 1999 yil 10 noyabr kuni “Turkiston” san’at saroyida “Meni tushun, azizam” nomi bilan muxlislarga taqdim etgan. Eng yaqin do‘sti: Do‘stlari ko‘p... Yoqtirgan fasli: Kuz. Yoqtirgan rangi: Oq. Mashinaning qora ranglisini yaxshi ko‘radi. Yoqtirgan raqami: Bir xil raqamlarga qiziqadi. Masalan, mashinasining raqami 30 30 30 bo‘lishini juda-jada istaydi. Ko‘p takrorlaydigan so‘zi: “Xudo xohlasa...” Bo‘yi: 185 sm. Yig‘lashga majbur qilgan film: “Zulmat” (Hindiston). Sevimli filmi: “Vir va Zara”, “Jumboq”, “Kazino”. Sevimli aktyori: Robert De Niro. Sevimli xonandasi: Ayni paytda Shakirani tinglayapti. Sevimli bayrami: Mustaqillik hamda Yangi yil. Sevimli gazetasi: Shubhasiz, “Darakchi”. Sevimli klipi: “Muhabbat” qo‘shig‘iga olingan klip. Sevimli kiyimi: Sport uslubida kiyinadi. Orzusi: Yevropada katta kontsertlarni tashkil qilish. Asl kasbi: Sozanda - musiqachi. Ustozlari: Ota-onasi, Umarjon Sanaev va Muhriddin Xoliqov. Xobbisi: Baliq oviga chiqish. Yomon ko‘radi: Nomardlikni, bevafolikni. Gastrol safarlari: Hindiston, Pokiston va Gretsiya davlatlarida kontsert dasturlarini taqdim etgan. Qiyinchilik tug‘diradi: Yangi qo‘shiq yozish jarayonida har doim ikkilanishi. Eng yaxshi xotira: Ilk kontsert dasturidagi ota-onasining birgalikdagi tashrifi. Qo‘rqadi: Allohning nazaridan qolishdan va hurmatini yo‘qotishdan. Tilagi: Sog‘lik-salomatlik va yurt tinchligi.
|