Yashayotgan joyingiz tarixini bilasizmi?! Toshkent shahri nomining kelib chiqishi Eramizdan avvalgi II asrlarda va eramizning boshlarida Toshkent shahri Chirchiq vohasining eng boy suv zahiralariga, yer osti boyliklariga, yaylov va ekin maydonlariga boy o'lka bo'lgan Qanqa va Kushon davlatlariga qarar edi. Zardoushtiylarning qadimiy muqaddas kitobi "Avesto"da Sirdaryo havzasidagi mamlakat Turon aholisi esa "tur"lar deb yuritilgan bo'lsa, Sosoniylar shohi Shopurning Zardushtiylar ka'basidagi 262 yildagi qo'lyozmalarida Chirchiq vohasi Choch nomi bilan atalganligi eslatib o'tiladi. Keyinchalik (VI-VII asrlarda) Choch g'arbiy turk hoqonligi tarkibiga, so'ng arab xalifaligi tarkibiga kirgan. Beruniy o'zining "Hindiston" asarida Toshkent nomining kelib chiqishi to'g'risida fikr yuritib, "tosh so'zi turkcha ism bo'lib, "shosh" ko'rinishini olgan. Toshkent - toshli qishloq demakdir",- deb izohlaydi. Beshyog‘och dahasining mavzelaridan biridir. Chilonzor tumanidagi Chilonzor qabristonining tarixiy nomi “Jilon ota qabristoni ” deb yuritilgan. Qabristonda XIII asrga oid Jilon ota maqbarasi bor. Rivoyatlarga ko‘ra Jilon ota tabobatdan xabardor inson bo‘lib< shifobaxsh o‘simliklar, jumladan chilonjiyda (bu o‘simlik qon bosimi kasalligiga davo hisoblanadi) darxtlari bilan burkangan bog‘ barpo qilgan. Xalqimizda chilonjiyda goho “Jilonjiyda” talaffuzida ham uchrab turadi. Mavzening Chilonzor deb atalishi shundan degan fikrlar bor. Mavzeda Chilonzor oqtepasi IV-XI asrlar arxeologiya yodgorligi ham mavjud bo‘lib, Toshkentning janubiy-g‘arbiy qismida Bo‘zsuv kanali bo‘yida joylashgan. Yodgorlikning balandligi 15 metrliktepalik bo‘lib, atrofida qadimiy qishloq xarobalari joylashgan. Qazilmalar natijasiga ko‘ra undagi imorat xom g‘isht va paxssadan solingan qasr bo‘lganligi, hamda otashparastlarning istehkomli ibodatxonasi ekanligi aniqlangan. Poytaxtimizning Yunusobod dahasi o‘zining ko‘p yillik tarixiga ega. U aslida “Yunusrabot” deb yuritilgan. Xalq orasida “Yunsavat” deb ham talaffuz qilingan. Bu nom uchta, ya’ni “Yunus” (shaxs nomi), “ra” (fors-tojikcha “roh”, ya’ni “yo‘l”) va sug‘diycha “vot” yoki “bot” (ya’ni “qo‘noq”) so‘zlarining birikmasidan hosil bo‘lgan. Demak, mahallaning nomi Yunus ismli shaxsning yo‘l ustidagi qo‘nog‘i yoki karvonsaroyi degan ma’noni anglatgan. Ilgari bu mahalla Toshkent shahrining tashqarisida — Labzak, Taxtapul va Qorasaroy kabi darvozalardan Dashti Qipchoq va Yettisuvga tomon yo‘nalgan qadimgi karvon yo‘li ustida joylashgan edi. Shubhasiz, shimoliy yurtlardan qaytayotgan savdogarlaru sayyohlar kech kirib, shaharga yetib kela olmasalar, Yunusobodda tunab qolganlar. XVI-XVIII asrlarda Toshkentning Dashti Qipchoq, Yettisuv va G‘arbiy Shivir (Sibir) aholisi bilan savdo-sotiq aloqalari jonlanib ketadi. Shu davrlarda Toshkentning shimoliy ostonasida joylashgan Oqtepa-Yunusobod mavzesi shahar sarbozlarining qo‘noqli toshhovlisi sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Yunusobod mavzesi nomining qaror topishi mustaqil Toshkent xonligining asoschisi Yunusxo‘janing ismi-sharifi bilan bog‘liqdir. Keyinchalik Toshkent shahrining kengayishi natijasida Yunusobod shaharga tutashib ketib, uning yirik mahallalaridan biriga, bora-bora alohida tumanga aylandi. Do'mbirabod hozir Chilonzor tumanidagi mahalla. Ayrim mahalla oqsaqollarining gapiga qaragnada, dastlab mavze guzarida Mirsoat nomli qassob do'kon ochib ish boshlagan. har mol so'yganida uning aqli zaif o'g'li do'mbira chalib turgan.. Do'mbira ovozini eshitgan odamlar go'sht olish taradudida guzarga otlanishgan. Shuningdek Mirsoat nihoyatda semiz bo'lgan. va shunga yarasha laqabi ham Do'mbira bo'lgan. Mavzening u yoki bu sababga ko'ra Do'mbirabod nomini olishi shundan. Сиргали ота деган авлиё номига куйилган. Бу манбани "Хидоят сари" журналида укигандим. Афсуским, журналнинг чиккан йили ва сонини эслай олмадим. Кейинги вариант. Абдулазиз Мухаммадкаримовнинг "Тошкентнома" китобида баён этилган. манбада айтилишича, Сергели мавзеси йулдош шахарча сифатида Тошкент худудига кушилган. 1966 йилда бошланган туманнинг асосий укини умумшахар маркази билан богловчи Сергели шохкучаси ташкил этади. Туманнинг асосий кисми илгари Бешёгоч дахасининг Нугойтоштепа (Чоштепа) мавзеси булган. Топономик манбаларга кура козок элатининг таркибида учта кабила гурухлари булган. Жойнинг Сергели деб номланиши хам Тошкент худудида козок элатининг сергели кабиласи яшаганлигидан далолат беради. Samarqand. Qadimiy madaniyat markazlaridan biri Samarqand 2500 yildan ortiqroq tarixga ega..Arxeologik qazilmalardan ma’lum bo’lishicha, Samarqand dastlab Siyob daryosi sohilida qad ko’targan. U So’g’diyona (So’g’d davlati)ning poytaxti bo’lib, so’g’dcha “samarkansa” (ulug’ shahar) deb yuritilgan. Yunonlar uni Marokanda deb atashgan. Dushman hujumidan himoyalanish uchun shahar baland devor bilan o’rab olingan bo’lib, uchta darvozasi bo’lgan. Samarqand qal’asi devorining uzunligi 10,5 kmni tashkil etagan. Hamma tomonlaridan tabiiy suv yo’llari o’rab olgan tik yonbag’rlik, g’uj tepaliklar dushman qamal qilgan paytda qudratli istehkom vazifasini o’tagan. Xiva. O’zbekistondagi ko’xna shaharlardan biri - Xiva O’rta Osiyodan Xorazm orqali kichik Osiyoga o’tgan qadimiy karvon yo’li ustida qad ko’targan. Rivoyatlarga qaraganda qadim zamonlarda g’arbdan kelayotgan savdo karvoni qoraqumni kesib o’tib Xorazmga yo’l olar ekan, uning barxamli qumlarga tutashib ketgan janubiy chegarasidagi ko’hna bir quduq yonida hordiq chiqargan. Tashnalikdan nihoyatda qiynalgan karvon ahli Amudaroning so’l qirg’og’iga tutashgan qumlikdagi bu ko’hna quduqni tozalab, undanmarjondek qaynab chiqqan suvdan bir ko’zani to’ldirib, karvonboshiga uzatishgan. Suv nihoyatda shirin va muzdek bo’lib, uni simirayotgan karvonboshi nihoyatda mamnun holda “Xey-Voh” degan emish. Shu-shu bu quduq Xey-voh qudug’I nomi bilan yuritilib kelgan. Keyinchalik xey-voh qudug’I yonginasida bir rovot so’ngra esa kichik bir qishloq barpo bo’lgan bu qadimgi qishloq kengayib shaharga aylangan va u asta –sekin Xivak, Xiva deb yuritilib ketgan. Qumliklar ichida qad ko’targan bu qadimiy shaharni o’rta asrlarda Raml, ya’ni “Qumzor” deb ham yuritishgan. XVII asrda yashagan Xiva xoni va tarixchi Abulg’oziy Baxodirxon uni Xoyvonik va Xaykonik nomlari ostida tilga oladi. Xiva amudaryoning chap qirg’og’idagi Polvonyop kanali sohilida joylashgan. Xivaning qachon paydo bo’lgani haqida aniq ma’lumotlar xozirgacha mavjud emas. Ayrim arxeolog ma’lumotlariga qaraganda, Xiva meloddan avvalgi 4-3- asrlarda barpo etilgan. Toshkent shahrining 2200 yilligiga bag`ishlanadi
|