Yaqindagina xonanda Ulug'bek Rahmatullaev tomonidan ijro qilingan yangi taronalar xususida yangiliklarni taqdim qilgan edik. Ulug'bek Rahmatullaevning gapiga qaraganda, u yana gastrol safariga otlanayotgan ekan. Aynan qayerga deysizmi? U holda davomini diqqat bilan o'qing!
Gap shundaki Ulug'bek Rahmatullaev 21 aprel kuni Qashqadaryo viloyatida gastrol safarida bo'ladi. U yerda joylashgan 15 ming kishilik katta stadionida o'zining navbatdagi konsert dasturini taqdim qilishni rejalashtirgan. Undan tashqari Ulug'bek Rahmatullaev 3 may kuni vodiyga yana bir bor tashrif buyuradi.