ZIYODA Yolg‘on gapirganlarni yomon ko‘raman Ustoz san’atkor Fahriddin Umarovning “Ey muhabbat” nomli qo‘shig‘ini ijro etdingiz. Qo‘rqmadingizmi? Bu qo’shiqni menga aytib ko‘rishimni maslahat berishganida qo‘qdim, albatta. Katta qo‘shiq. Lekin harakat qildim. Xatolarim bo‘lsa albatta uzr so‘rayman. Muhabbat haqidagi tushunchangiz… – Ishonaman. O‘zim sevmaganaman, lekin oralarida muhabat uyg‘ongan ko‘pgina tanishlarim turmush qurib baxtli hayot kechirashayotganini bilaman. Bularni hammasi muhabbat borligi va sevgiga ishonishda, menimcha. – Shaxsiy hayot haqida ham o‘ylab ko‘rdingizmi? – Uydagilar bu haqda ko‘p gapirishadi. Lekin oldinda hali qiladigan ishlarim ko‘p. – Orzuingizdagi yigit. – Tasavvur qilib ko‘rmaganman. – Ismingiz ma’nosini bilasizmi? – Zoyoda —nurli qiz degan ma’noni bildiradi. – Adashlarizdan dugonalaringiz bormi? – Ha, 3 ta dugonam bor, bittasi yaqin dugonam, bittasi qo‘shnim. – Ziyoda radio yoki tele boshlovchi bo‘lishi mukinmi? – Radioboshlovchi bo‘lishim mumkin, lekin teleboshlovchi… – Kun tartibingiz… – Ertalab vaqtli turaman, to‘g‘risi sal uyqichiroqman, onam choy damlab qo‘ygan bo‘ladolar, birgalshib choy ichib sevimli “Akfa-Media” komponiyasi tomon yo‘l olaman. – Qaysi cholg‘u asbobini bemalol chala olasiz? – Bemalol emasku, lekin fortopioninoni chala olaman. Skripka chalishni o‘rgangim keladi. Bu mening orzuimdan bittasi. – Nimani yaxshi ko‘rasiz-u nimani yomon ko‘rasiz? – Yolg‘on gapirganlarni yomon ko‘raman, eng yaxshi ko‘rganim kimlargadir yaxshilik qilish. – Sevimli mashg‘ulotingiz... – Gohida faqat yakshanba kuni uyda bo‘laman. Shunda xona gullari parvarishi bilan mashg‘ul bo‘laman. – Hayotingizdagi eng qiziqarli voqea… – Qiziqarli voqealar ko‘proq gastrol safarlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Angrenda gastrol safarida edik. Mikrafon simli ekan, qo‘shiq aytishga berilib ketib mikrafon simi uzilib ketganini ham sezmabman. Hamma menga qaraydi. Buncha odamlar menga tikiladi desam hamma hayron ekan bu qanday qilib mikrafonini simi uzulib ketsa ham baqirib bemalol ashula aytyapti deb.
|