Hissiyot to’la orzular va … turmushdagi ixtiloflar
|
|
JAVOXIR | Дата: DUSHANBA, 2010.05.03, 21:49 | Сообщение # 1 |
Группа: Удаленные
| Hissiyot to’la orzular va … turmushdagi ixtiloflar Yaqinda ayollar o’zlari uchun er tanlab, sotib olsa bo’ladigan do’kon ochildi. Do’konga kirish qismida quyidagi e’lon mavjud: 1. Siz bu yerga FAQAT BIR MARTA kira olasiz. 2. Do’konimiz 6 qavatdan iborat. Qavatlar oshishi bilan, erkaklarning sifati ham oshib boradi. 3. Siz xohlagan qavatdan istalgan erkakni tanlash yoki tepadagi qavatga ko’tarilish imkoniga egasiz. 4. Pastki qavatga qayta tushish man etiladi. Bir ayol o’ziga umr yo’ldoshi topish maqsadida ushbu do’konga tashrif buyurdi. Birinchi qavatdagi “ish-hunari bor erkaklar” degan yozuvni ko’rgach, ikkinchi qavatga ko’tarildi. Ikkinchi qavatda quyidagi e’lon mavjud edi: “Ishli-hunarli va bolalarni yaxshi ko’radigan erkaklar” Ayol uchinchi qavatga ko’tarildi. Uchinchi qavatda “Ishli-hunarli, bolalarni yaxshi ko’radigan va juda go’zal erkaklar” deb yozilgan edi. “Eh-ha!” – dedi ayol va to’rtinchi qavatga ham ko’tarildi. To’rtinchi qavatda “Ishli-hunarli, bolalarni yaxshi ko’radigan, juda go’zal va uy ishlariga qarashadigan erkaklar” deya yozilgan edi. – Juda soz! – deb o’yladi ayol, - lekin baribir keyingi qavatni ham ko’rish kerak. Ayol beshinchi qavatda “Ishli-hunarli, bolalarni yaxshi ko’radigan, juda go’zal, uy ishlariga qarashadigan va juda romantik erkaklar” degan yozuvni uchratdi. Ayol yana bir qavat yuqoriga chiqib, o’zi uchun judayam munosib bo’lgan erni tanlashni xohlardi. U sabrsizlik bilan so’nggi qavatga ko’tarildi. Oltinchi qavatda esa shunday yozuv bor edi: “Siz bu qavatga ko’tarilgan 31 456 012 chi ayolsiz. Bu yerda siz o’ylagan erkaklar mavjud emas. Bu qavat ayollarni yana bir bor hayot haqida o’ylashga, hayotda esa o’ta mukammal shaxsni topish mushkul ekanligiga, har qanday turmushda esa ixtiloflar bo’lishiga ishontirish uchundir. Bizning do’konimizga tashrifingiz uchun tashakkur!” Ali Tantoviy marhamat qiladilar: “Agar sen va birodarlaring er-xotin orasida ixtilofdan holi bo’ladigan juftlik hayotini xohlab turgan bo’lsalar, butun umrlari asal oyidek totli o’tishini xohlab turgan bo’lsalar, Romeo va Juliyettaning majlislaridek go’zal hayotni istasalar, Layli va Majnunning sevgisidek muhabbatda hayot kechirishlikni orzu qilib turgan bo’lsa, BU HARGIZ BO’LMAYDI va BO’LISHI HAM MUMKIN EMAS! Muhabbat majlislari bema’ni gap-so’zdan boshqa narsa emas. Sen unga “sevaman!” deysan, u ham senga “men ham sevaman” deydi. Ikki juft bu gapni qaytaraverib, hatto bu gapning ma’nosi ham qolmay, ikkalalri ham jim bo’lib qoladilar. Hayotning hammasi ba’zi yosh yigit-qizlar o’ylaganidek “Men seni sevaman!”dan tashkil topishi mumkinmi? Agar Majnun ham Layliga uylangandan keyin faqatgina “sevaman!” degan so’z bilan yashaganda edi, 1 oy o’tmay, ularda ham janjal paydo bo’lgan bo’lar edi. Uch oy o’tib esa qo’ni-qo’shnilar bularning urush-janjallarini quloqlari bilan eshitgan bo’lar edilar ham. Bir yil o’tib esa ularning ajralish haqidagi da’volari shar’iy mahkamada ko’rilgan bo’lardi ham. Agar er va xotinlar go’zal hissiyotlar maydoni bilan hayot kechiramiz deb maqsad qilsalar, bu hech qachon bo’lmaydi, bo’lsa ham qissalarda bo’lishi mumkin xolos. Hatto olimning ham uyi ixtilofdan holi emas. Hatto Yer yuzidagi uylarning eng saodatlisi Rasululloh SAVning uylari ham bu ixtilofdan holi bo’lmagan. Hazrati Umar r.a.ning uylariga bir odam ayolidan shikoyat qilib keladi. U odam Hazrati Umarning xonadonlariga kelgach, u zotning ayollari baland ovozda gapirayotgani va hazrati Umarning jim turganlarini eshitadi. Erkaklarning eng bahodiri Umar r.a.ning uyidagi holatni ko’rib, haligi odam indamay keta boshladi. Hazrati Umar chiqib, undan nimaga kelganini so’radilar. Haligi odam ayolining xulqi xunukligi, itoatsizligidan shikoyat qilmoqchiligini, lekin amiralmo’mininning ham o’ziga o’xshashligini aytdi. Hazrati Umar bir kulib qo’ydilar-da, shunday dedilar: “Mening ustimdagi ko’p haqlari tufayli, men uning ishlariga sabr qilaman”.
|
|
| |
MALIKA_BONU | Дата: SESHANBA, 2010.05.04, 03:10 | Сообщение # 2 |
Группа: Удаленные
| Haqiqat bu!
|
|
| |
_=JOXON=_ | Дата: PAYSHANBA, 2010.05.06, 07:12 | Сообщение # 3 |
Yangi
Группа: FAOL
Сообщений: 12
Статус: OFLAYN
| bir alloma etgan ekan tuxmni usti har xilrangda bo'gani bilan ichidagi sarig'i bir xil rangi sariq bo'ladi degan ekan
|
|
| |
_Mahzuna_ | Дата: MUBORAK JUMA, 2010.08.20, 10:58 | Сообщение # 4 |
Группа: Удаленные
| rahmat, Javoxir aka
|
|
| |
Anjela | Дата: DUSHANBA, 2010.09.13, 07:43 | Сообщение # 5 |
Группа: Удаленные
| Mani birinchi qavatdigi erkeladan tanlagan bulardim
|
|
| |
{Lovely} | Дата: YAKSHANBA, 2010.09.26, 20:24 | Сообщение # 6 |
Группа: Удаленные
| CH CH CH SHUNAQA YAXSHI MAVZUNI ENDI KO'RDIMMI ? BU FEL ATVOR HAMMA ODAMDA BOR BUNI CHETDAN TURIB JUDA YOMON ODAM EKAN DIB BAHO BERISHIMIZ MUMKIN LEKIN BIR KUN O'ZIMIZ SHUNAQA VAZIYATGA TUSHGANIMIZDA QANDAY QILIB BU HATONI TAKRORLAGANIMIZNI BILMAY QOLAMIZ... LEKIN CHUNMADIM NEGA 31 456 012?
|
|
| |
munik77 | Дата: PAYSHANBA, 2010.09.30, 07:08 | Сообщение # 7 |
Группа: Удаленные
| qoyil juda zo'r mavzu ekan. ha rostan ham bu dunyoda mukammal inson o'zi yoq. beayb parvardigor diyashadi
|
|
| |
Малак_ЕдинственнаяЧудо | Дата: SESHANBA, 2011.03.15, 18:34 | Сообщение # 8 |
Группа: Удаленные
Сообщений: 5676
| tovba qildim naxotki shu rost bolsa
|
|
| |
Малак_ЕдинственнаяЧудо | Дата: PAYSHANBA, 2011.03.24, 22:14 | Сообщение # 9 |
Группа: Удаленные
Сообщений: 5676
| hm qiziq
|
|
| |
_GooGooWa_ | Дата: DUSHANBA, 2011.04.11, 11:40 | Сообщение # 10 |
Группа: Удаленные
| Raxmat
|
|
| |
Bobur1993 | Дата: MUBORAK JUMA, 2011.04.22, 05:22 | Сообщение # 11 |
Yangi
Группа: FAOL
Сообщений: 8
Статус: OFLAYN
| Qoyil-e. Men +998941541955
|
|
| |
TOXIRBEK | Дата: MUBORAK JUMA, 2011.04.22, 05:44 | Сообщение # 12 |
Группа: Удаленные
| Zör ekan
|
|
| |
Oypari2412 | Дата: YAKSHANBA, 2011.04.24, 18:21 | Сообщение # 13 |
Группа: Удаленные
| thank you
|
|
| |
_GooGooWa_ | Дата: SHANBA, 2011.06.04, 18:56 | Сообщение # 14 |
Группа: Удаленные
| Xaqiqatdan xam be ayb parvardigor.
|
|
| |
Muratti144 | Дата: SHANBA, 2011.08.20, 11:50 | Сообщение # 15 |
Группа: Удаленные
Сообщений: 60
| Raxmat og'ayni xammasi xaqiqat
|
|
| |
Muratti144 | Дата: SHANBA, 2011.08.20, 11:51 | Сообщение # 16 |
Группа: Удаленные
Сообщений: 60
| Xammasi to'gri
|
|
| |
Guli2700 | Дата: SHANBA, 2011.08.20, 12:33 | Сообщение # 17 |
Группа: Удаленные
| xa to`g`ri insonlarni no`shukur banda deyishadi yonida shunday eri bo`lsayu ular shunga ham shukur qilishmaydi erim bunday bo`lsa unday bo`lsa deyaverishadi lekin uni undan yomonrog` bo`lgandachi deb o`ylab ko`rishmaydi. har bir inson bir birini qadriga yetish kerak hoh sevsin hoh sevmasin.
|
|
| |
OsiyoGrand | Дата: SHANBA, 2011.08.20, 15:49 | Сообщение # 18 |
Группа: Удаленные
Сообщений: 122
| Noshukur banda dishadiyu ! Manam usha noshukurlani bittasi bosam kere. Yawinlashsa uzoqlashaman, uzoqlashsa ozim yaqinlashaman.
|
|
| |
_MARAT_0808 | Дата: SHANBA, 2011.08.20, 16:04 | Сообщение # 19 |
Группа: Удаленные
| HA HAQIQATDAN HAM
|
|
| |
Fast-ForWarD | Дата: PAYSHANBA, 2011.10.27, 08:38 | Сообщение # 20 |
Группа: Удаленные
| hammasi haqiqat
|
|
| |
ZIRAPCHA | Дата: SESHANBA, 2012.05.15, 14:00 | Сообщение # 21 |
Группа: Удаленные
| Wunaqami?
|
|
| |
_sHaBBoDa_ | Дата: YAKSHANBA, 2012.06.03, 12:48 | Сообщение # 22 |
Группа: Удаленные
| Raxmat javoxir oka xammasi töri
|
|
| |
_DialNeNiNo_ | Дата: CHORSHANBA, 2012.06.13, 14:33 | Сообщение # 23 |
 ♥۩♡♡♡ ★๑INJIQGINA XONIMCHA♥۩♡♡♡ ★๑
Группа: ==GOLD==
Сообщений: 18063
Статус: OFLAYN
| ajoyib
|
|
| |
_sHaBBoDa_ | Дата: PAYSHANBA, 2012.06.21, 20:07 | Сообщение # 24 |
Группа: Удаленные
| eh hom sut emgan bandalarmizda y6g'iga chidolmimiz boriga qanoat qilmimiz
|
|
| |
_DialNeNiNo_ | Дата: SHANBA, 2012.07.14, 15:48 | Сообщение # 25 |
 ♥۩♡♡♡ ★๑INJIQGINA XONIMCHA♥۩♡♡♡ ★๑
Группа: ==GOLD==
Сообщений: 18063
Статус: OFLAYN
| :xixikayu: midi
|
|
| |