PAYSHANBA, 2025.07.10, 07:42
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
Модератор форума: биби  
Muslimalar
NishaДата: CHORSHANBA, 2010.04.21, 09:00 | Сообщение # 1
Группа: Удаленные
Сообщений: 4124





Hurmatli qizla biza bu mavzuda diniy va dunyoviy, ilmiy va amaliy, hayotiy va bowqa hamma mavzulada bir birimiza bilan fikr almawamiza, suhbat quramiza. Hayotilada böp ötgan qiziqarli va ibratli voqealaniyam yoziwila mumkin.
Mavzu qoidasi:umuman ög'il bolala kiriwi, post qoldiriwi mumkinmas(uyog' vijdonilaga havola)
 
FuNnySisteRДата: SHANBA, 2011.06.11, 12:02 | Сообщение # 676
Группа: Удаленные





Ayollarning mahramlari
1. Er. Er xotinining barcha joylariga, butun vujudiga qarashi mubohdir. Oyatda istisno
etilgan a’zolardan tashqari barcha a’zolardan manfaatlanishi mumkin.
Qurtubiy shunday dedilar: “Ayolning eri va joriyaning xo‘jayini uning butun vujudiga
boqishi mumkin bo‘lganidek, bir istisnodan tashqari barcha a’zolaridan ham foydalana
oladi. Shuning uchun ham Alloh taolo ayol ziynatlarini ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan
erkaklar sanog‘ini er bilan boshlagandir”.
2. Ota va bobolar. Ayolning ota va ona tomonidan otalari ayni hukmdadir.
3. Erning otasi.
4. Ayolning o‘z o‘g‘illari, erning o‘g‘illari va nabiralari.
5. Ayolning qarindoshi (aka-uka, opa-singil)lari. Xoh ota-onasi bir, xoh faqat ona yoki
ota bir qarindoshi bo‘lsin, farqi yo‘q.
6. Qarindosh (aka-uka, opa-singil)larning o‘g‘illari.
Sanalganlarning bari ayolga mahramdirlar. Bular oldida ziynatlarini ochish mubohdir.
Alloh taolo bu oyatda amaki va tog‘alariga oid hukmni bayon etmagan. Barchafaqihlarga ko‘ra amaki va tog‘alarning hukmlari ham mahramiyat jihatidan yaqinlik
darajalari sanalgan kishilar bilan birdir. Amaki va tog‘alar ota hukmida bo‘lgani uchun
oyatda alohida sanalmagan.
Oyatda sanalgan nasab yo‘li bilan qarindosh erkaklar ayolning mahrami bo‘lgani kabi bir
onaning sutini emganlar ham ayolning mahramlari hisoblanadi. Zero, Rasululloh (s.a.v.)
“Uylanishi nasab yo‘li sababli harom bo‘lgan ayollar va sut emishganlar ham bir-birlariga
haromdirlar”, deya marhamat qilganlar.
Musulmon ayollarning g‘ayridin ayollarga nisbatan avrati. Faqihlar bu xususda ixtilof
etganlar. Ba’zi olimlarga ko‘ra, oyatdagi “o‘z ayollari” dan murod “musulmon ayollar”dir.
Salafning ko‘pchiligi shu fikrda.
Qurtubiy shunday dedilar: “Oyatdagi “o‘z ayollari”dan maqsad “musulmon ayollar”dir.
Shunday bo‘lsa, mo‘min ayol mushrik, zimmiy va kofir ayol qarshisida vujudining biror
joyini ochishi halol emasdir. Faqat joriyalar hukmi mustasnodir”.
Ba’zi olimlar fikriga ko‘ra, nasoro (xristian) bir ayolning musulmon bir ayolni o‘pishi yoki
musulmon bir ayolning mushrik bir ayolga avrat joyidan tashqari yerlarini (o‘rinlarini)
 
FuNnySisteRДата: SHANBA, 2011.06.11, 12:03 | Сообщение # 677
Группа: Удаленные





ko‘rsatishi makruhdir.
Oyatdagi ayolga ehtiyojsizlar kimlar?
Oyati karima ayolga ehtiyoji bo‘lmagan erkaklarni erkaklik hukmidan istisno etgan. Ayol
neligini bilmagan, ayolga nisbatan xohishsiz, aqlsiz erkaklar qarshisida ziynatlarini
ochishda hech bir gunoh yo‘q. Chunki, bular ayollarga yomon ko‘z bilan qaray
olmaydilar. Oyatdan sahih ma’no chiqarilishi va oyat maqsadini aniqlash uchun ba’zi
sahobiy, tobein va mufassirlarning oyat tafsiri xususidagi qarashlarini keltiramiz:
Ibni Abbos (r.a.) fikriga ko‘ra, “ehtiyoji bo‘lmagan”dan murod ayollarga hech ehtiyoji
qolmagan erkaklardir.
Abu Qatoda (r.a.) fikriga ko‘ra, faqat qorin to‘ydirish uchun uyga kelgan erkaklardir.
Bu xususda bir necha qarash bor. Bularning hammasi oyatdagi “ehtiyoj
bo‘lmagan”lardan murod, yo erkaklik kuchini yo‘qotgan, jinsiy quvvat va xohishi so‘ngan
yoki jinsiyat sohasida hech narsa tushunmaydigan aqli nuqsonli erkaklarni ifodalaydi.
Ayollar necha yoshli bolalar oldida o‘ranmasliklari mumkin?
Ulamolar oyatdagi “hali ayollarning yashirin joylaridan xabardor bo‘lmagan
bolalar” ifodasida ixtilof etganlar. Ba’zi olimlar fikriga ko‘ra, balog‘atga yetmagan
bolalar nazarda tutilgan. Ba’zi olimlar fikriga ko‘ra esa, bolaligi tufayli ayolning maxfiy
bo‘lmagan joylarini farqlay olmaydigan bolalardir. Bu bolalar o‘n yoshga yetmagan
bo‘lishlari kerak. Bola balog‘atga yetmagan bo‘lsa-da, ayolning maxfiy joylarini
tushunsa, ayollar bunday bolalar oldida ziynatlarini ko‘rsatmasligi yanada uyg‘undir.
 
FuNnySisteRДата: SHANBA, 2011.06.11, 12:03 | Сообщение # 678
Группа: Удаленные





Ayol ovozi avratmi?
Islom fitna-fasodga sabab bo‘luvchi har narsani harom qilgan. Hatto ayollar
yurayotganda oyoqlarini yerga qattiq urishini ham ta’qiqlagan. Chunki, ayolning oyoq
tovushi erkaknikidan farqli. Shu jihatdan erkak qalbida ayolga xohish uyg‘otadi.
Haqiqatda Alloh marhamat qilmoqda: “hamda ko‘rinib turadigan boshqa ziynatlarni
ko‘rsatmasinlar! ”
Hanafiylar bu oyatga tayanib, ayol ovozini ham avrat ekaniga hukm etganlar. Bu oyatda
ayollar oyog‘idagi taqinchoqlar ovozi taqiqlanmoqda. Ayol ovozi esa, taqinchoq ovozidan
jozibalidir. Shu sababdan taqiq zaruriydir.
Ba’zi mufassirlarning fikriga ko‘ra, “Bu oyat ayolning baland ovozda suhbatlashishi
harom ekaniga dalolat etadi. Chunki, ayol ovozi taqinchoqlar ovozidan ko‘proq fitna
uyg‘otadi. Shuning uchun bu oyat ayol ovozini ta’qiqlaganiga dalolat etgani kabi
mazhabimiz ayol azon aytishini ta’qiqlagan. Erkaklik hissini uyg‘otishi bilan fitna va
shubha tug‘dirishi tufayli ayol yuziga qarashning ham harom ekaniga dalolat etadi”.
Imom Shofe’iy va boshqa ba’zi olimlar esa ayol ovozi avrat emasligiga hukm etganlar.
Zero, ayol olish-berish qilishi, guvohlik berishi joizdir. Bu holda gapirishi, suhbatlashishi
zaruriydir.
Fitnadan amin bo‘lish sharti bilangina ayol ovozi avrat emas. Zero, Rasulullohning
(s.a.v.) xotinlari erkaklar bilan suhbatlashar, hadis rivoyat etardilar. Shubhasiz,
suhbatlashib hadis rivoyat etgan erkaklar orasida ularga mahram bo‘lmagan erkaklar
ham bor edi. Bularning suhbatlariga hech bir sahobiy e’tiroz etmagan.
Yana ayol qo‘llaridagi bilakuzuklari, qo‘llarini sollantirib, ko‘z-ko‘z etib, kerilib yoki
nozlanib yurishlari haromdir. Tor va jozibasi rangli liboslarda ko‘chaga chiqishi,
chiqayotib xushbo‘y sepishi, surishi va erkaklar e’tiborini tortadigan shaklda yurishi va
suhbatlashishi nojoiz. Chunki, Alloh marhamat qilmoqda: “...Bas, sizlar (nomahram
erkalarga) mayin so‘z qilmanglarki, aks holda qalbida buzuqlik bo‘lgan kimsa
tama’ qilib qolur. Yaxshi (to‘g‘ri) so‘zni so‘zlangizlar! O‘z uylaringizda qaror
topinglar, (ko‘chaga chiqqanlaringizda esa) ilgari jaholiyat (davri)
yasanishidek yasanmangizlar...” (Ahzob surasi, 32-33-oyatlar).
Fasod ko‘payishi, tarqalishi, axloqning buzilishi, erkakning harakatsizligi va
g‘ayratsizligidandir. Nomusini qizg‘anmagan, asramagan kimsa musulmon bo‘lmaydi.
Zero, Rasululloh (s.a.v.): “Uch sinf (guruh, tabaqa) inson borki, jannatga ham
kirolmaydi, jannat hidini ham hidlay olmaydi. O‘zini erkaklarga o‘xshatgan, davomli
(mast qiluvchi) ichkilik ichganlar va dayuslar”, deb marhamat qildilar. Ashobi kirom:
“Dayus kim?”, deb so‘radilar. “Ahli oilasini erkaklardan qizg‘anmaydiganlardir”, deya
javob berdilar Payg‘ambarimiz (s.a.v.).
Musulmonlarning ruxsat so‘rash odobi
“Ey iymon keltirganlar! O‘z uylaringizdan o‘zga uylarga to izn
 
FuNnySisteRДата: SHANBA, 2011.06.11, 12:03 | Сообщение # 679
Группа: Удаленные





so‘ramaguningizcha va egalariga salom bermaguningizgacha kirmangiz!. Mana
shu sizlar uchun yaxshidir. Zora (bu gapdan) eslatma olsangizlar. Bas agar u
(uy)larda hech kimni topmasangizlar, unda to sizlarga izn berilmaguncha
ularga kirmangiz! Agar sizlarga “qaytinglar”, deyilsa, qaytib ketaveringlar! Shu
sizlar uchun eng toza (yo‘ldir). Alloh qilayotgan ishlaringizni bilguvchidir.
(Xususiy) maskan bo‘lmagan (mehmonxona, karvonsaroy kabi) sizlar
foydalanadigan uylarga (izn so‘ramasdan) kirishlaringizda sizlarga gunoh
yo‘qdir. Alloh oshkor qilayotgan narsangizni ham, yashirayotgan narsangizni
ham bilur” (Nur surasi, 27-29-oyatlar).
Bu oyatni keltirishimizga sabab, har bir uyda ayol bo‘lib, u turli holatlarda yurishi
mumkin. Hozirgi zamonaviy uylarda ayol ko‘rinmaydigan tashqari hovlilar yo‘q, bunga
imkon ham yo‘q. Shuning uchun bu oyatni ham bilib, unga amal qilish har bir musulmon
erkagu ayolga farzdir.
Alloh taolo mo‘min qullarini chiroyli odob bilan odoblantirar ekan, ularni eng yuksak
axloqqa da’vat etadi. Birovning uyiga kirishdan oldin ruxsat so‘rash kerakligini amr
etadi. Kirgach, ichkaridagilarga salom berishni buyuradi. Toki, oralarida mehr-muhabbat
paydo bo‘lsin. O‘zlariga oid bo‘lmagan uylarga iznsiz kirishni ta’qiqlaydiki, ular turli
mushkul vaziyatga duch kelib qolmasinlar va ichkaridagilar og‘rinmasinlar. Kirish izni va
salom shubhali holat ko‘tarilib ketishiga va hurmatga sabab bo‘ladi. Izn berilmagan
taqdirda ortga qaytish eshikda kutishdan, ichkariga kirish qat’iyatidan va qayta
so‘rashdan xayrlidir. Uy ahlining ruxsat bermasligida bir sabab yoki noqulaylik bor, yo
bir uzrlari yoki ziyoratchini munosib qarshilashlariga mone bor hol mavjud. Borilgan
uyda kimsa yo‘q bo‘lsa, kirish joiz emas. Chunki, maskanlar uchun ulkan ehtirom borki,
u yerga kirmoq uy ahlining ruxsat berishi bilangina bo‘ladi.
Maskan bo‘lmagan, insonlar foydalanishi uchun qurilgan karvonsaroy, hammom,
oshxona kabi joylarga kirish uchun ruxsat shart emas.
 
FuNnySisteRДата: SHANBA, 2011.06.11, 12:04 | Сообщение # 680
Группа: Удаленные





siqmayman, bir ayolga nima desam, yuz ayolga o‘tadi”, dedilar”.
Hazrati Oysha onamiz marhamat qiladilar: “Allohga qasamki, Rasulullohning (s.a.v.)
qo‘llari biror ayolning qo‘llariga tegmagan. Rasululloh (s.a.v.) ayollarga so‘z orqali bay’at
etardilar”.
Mufassir Ali as-Sabuniy bu hodisalarni shunday sharhlaydilar; Barcha rivoyatlar
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) na bay’atda, na boshqa joyda ayollar bilan musofaha
etmaganini (qo‘l berib ko‘rishmaganini) ko‘rsatadi. Gunohdan ma’sum bo‘lgan
Rasulullohning (s.a.v.) bu harakatlari biz ummatlariga bir irshoddir. Allohning Rasuli
tohir, nazih va pok zot bo‘la turib, bay’atdek muhim voqeada ayollar qo‘lini
ushlamadilar, boshqa erkaklar begona ayol qo‘lini tutishlari muboh bo‘lishi mumkinmi?!
U erkaklar shahvatdan amin va fitnadan salim emasdirlar. Shayton ichlarida qon kabi
kezmoqda.
Bizning asrimiz va Payg‘ambarimiz (s.a.v.) yashagan davr orasidagi farq osmon bilan
yerchalik. Davrimizning ekologik muammolari, yer yuzining juda ko‘p davlatlaridagi
iqtisodiy tanglik, buning natijasida insonlarning ma’naviy holatlari va boshqa turli
sabablarga ko‘ra xilma-xil kasalliklar ham ko‘payib bormoqda. Masalan, o‘rta asrlarda
ayollar uyga doya chaqirib tug‘salar, hozir bunday qilish ona va bola uchun jiddiy xavf
tug‘diradi. Tug‘ruqxonalarda doyalar kechayu-kunduz ishlashlari kerak. Albatta, u yerda
u yoki bu kasb egasi bo‘lgan erkaklar ham ishlashlari tabiiy. Shunday sharoitda ayol
kishi nima qilishi kerak? Bunga to‘rt mazhabda javob yo‘q. Bu borada shaxsiy fikrimiz
bo‘lishiga qaramay, savolni hurmatli ulamolarimiz ijtihodlariga qoldirsak.
Uyga xotinsifat erkaklar kiritilmaydi
Islomiy uy pok va go‘zaldir. U yerga ayolsifat erkaklar va erkaksifat ayollar kiritilmaydi.
Shuning uchun Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ayoldek harakat qilgan erkaklarni va erkakdek
harakat qilgan ayollarni la’natlaganlar va: “Ularni uylaringizdan chiqaring!”, deganlar.
O‘zlari bundaylarni uylaridan chiqarganlari kabi, hazrat Umar (r.a.) ham chiqarganlar.
Hazrat Oysha (r.a.) jonli bir voqeani so‘zlaydilar:
“Madinada ayolsifat bir odam bor edi. Ayolga ehtiyoji yo‘q hisoblanardi. Ora-chora
Payg‘ambarimizning (s.a.v.) xotinlari yoniga kelib turardi. Bir kuni Rasululloh (s.a.v.)
ichkari kirdilar. U xotinlaridan birining yonida so‘zlardi: “Oldindan qaralsa, qornida to‘rt,
ortdan qaralsa, sakkiz buklangan ko‘rinadi”. Shundan so‘ng, Rasululloh (s.a.v.)
xotinlariga: “Ko‘rdingizmi, bunday-bunday narsalarni biladi. Endi yoningizga hech
kelmasin”,-dedilar”.
Bir kun Rasullullohning (s.a.v.) huzurlariga qo‘liga xina qo‘ygan ayolsifat bir kishini
keltirdilar. “Bu nima ish qildi?”, deb so‘radilar. Sahobalar: “Yo Rasululloh, bu xotinlarga
o‘xshashga harakat qiladi”, deyishdi. Rasululloh u odamni Noki o‘rmoniga surgun qilishni
buyurdilar. “Uni o‘ldiraylikmi yo Rasululloh”, deganlarida, Rasululloh (s.a.v.) marhamat
etdilar: “Alloh meni namoz o‘qiganlarni o‘ldirmoqdan man etdi”.
 
FuNnySisteRДата: SHANBA, 2011.06.11, 12:05 | Сообщение # 681
Группа: Удаленные





Balog‘atga yetgan qiz qarindoshlar bir o‘rinda yotadimi?
Islom dini (oxirgi chegara sifatida) o‘n yoshga kirgan qiz bolalarning erkak qarindoshlari
tugul, hatto qiz qarindoshlari bilan bir o‘rinda yotmasligini amr etadi.
Bu diniy buyruqdan maqsad – qiz bola nomusini himoya qilmoqdir.
Hayz – odat ko‘rish
Hayz ham ayol organizmiga xos holat bo‘lib, uni bilish Islomda muhim ahamiyat kasb
etadi. Hayzning odat ko‘rish, oy ko‘rish, nopoklik, betahoratlik, benamozlik kabi nomlari
bor. Hayz ilmini o‘rganish ayollarga farzi ayndir. Hamda eng muhim masalalardandir.
Imomi Muhammad hayz haqida alohida bir kitob yozganlar. Chunki poklik, namoz, ro‘za,
Qur’on o‘qish, e’tikof, haj, balog‘at, jinsiy munosabat, ajrashish, idda kabi bir necha
ibodatlar hayzga bog‘liqdir.
Nifos
Nifos: lug‘atda – ayol ko‘zi yorishi ma’nosida kelgan. Shariatda esa, bola yoki bolaning
ko‘p qismi – (hatto a’zolari parcha-parcha bo‘lsin) chiqqandan so‘ng ayol rahmi
(bachadon)dan kelgan qondir.
Bolaning oz qismi chiqqandan so‘ng qon kelsa, nifos emasdir. Ayol tahorat olib namozini
o‘qiydi. Ruku’ va sajdaga iloji bo‘lmasa, imo-ishora bilan o‘qiydi. Kechiktirmaydi, tark
etmaydi.
– Ko‘z yorigan ayol hech qon ko‘rmasa nifosli bo‘ladimi?
– Ha, nifosli bo‘ladi.
Bolani tabiiy tug‘ib, rahmi (bachadoni)dan qon kelgan taqdirda nifoslidir. Chunki, ko‘z
yorigach qon rahmidan chiqqandir. Qon qornidan, ya’ni kesilgan joydan kelsa, nifos
emas, yaralidir.
Nifos – tug‘ishdan keyin oqadigan qondir. Ko‘z yorigan holda qon ko‘rmagan ayol g‘usl
qilishi shart emas. Bu Abu Yusuf hazratlarining qarashi28 .
Imom Muhammad hazratlaridan ham shunday rivoyat bor, faqat bu ayolga tahorat olish
vojib. Chunki, bola bilan birga ifloslik ham chiqqan.
Imom A’zam Abu Hanifa hazratlariga ko‘ra, bunday ayolning g‘usl etishi zarur.
Olimlarning ko‘pchiligi shu qarashni qabul qilgan.
Ayollar ko‘radigan qon ikki xil
1. Sahih qon – hayz muddatidan: 3 kundan oz, 10 kundan ko‘p bo‘lmagan haqiqiy
 
FuNnySisteRДата: SHANBA, 2011.06.11, 12:05 | Сообщение # 682
Группа: Удаленные





6. Sariq, ba’zilari pilla sariqligida, ba’zilari somon rangida, ba’zilari tish sariqligida bo‘lishi
aytilgan. Ammo e’tiborlisi: ilk ko‘rgan paytdagi rang o‘zgarishiga e’tibor qilinadi.
Masalan, ayol oq rangda bir oqindi ko‘rdi-yu, qurigach sarg‘ayishi mumkin. Yoxud qirmizi
yoki sariq ko‘radi, qurigach oqaradi (keyingi holi e’tiborsiz).
Agar ayol bo‘z ustida yangi, tiniq, tomchilagan bir oqlik ko‘rsa va bu quriganda
sariqlashsa, uning hukmi oq hukmidadir.
Hayz muddatidagi qonlarning barchasi hayzni bildiradi. Oqindining oqarishi bilan hayz
tugagan bo‘ladi.
Mazhablarga ko‘ra odatlar muddati
Hanafiylarga ko‘ra: 9 yoshdan 50-55 yoshlargacha ko‘rilgan qon – hayzdir. Bu yoshdan
avvalroq odatdan to‘xtaydiganlar ham bor.
Shofe’iylarga ko‘ra: qat’iy muddat yo‘q. Iqlimga qarab o‘zgaradi. Faqat 62 yoshdan
keyin to‘xtashi g‘olib (ustun)dir.
Ba’zi ayollarda odat kunlari sobit emas. Doimo o‘zgaradi. Masalan, bir oy 5 kun, boshqa
oyda 6 kun odat ko‘rishlari mumkin. Bu holda ehtiyotlik bilan amal qilish lozim bo‘ladi.
Shundayki, bu ayol 6 kun bo‘ldimi, cho‘milib-yuvinib namozlarini o‘qiydi, ramazon to‘g‘ri
kelsa, ro‘zasini tutadi. Chunki, bu 6 kundagi qonning istihoza (xastalik) bo‘lish ehtimoli
bor. Faqat 6 kun chiqmaguncha (tugamaguncha) jinsiy munosabat qilinmaydi.
Ajrashgan bo‘lsa, iddati bitgan hisoblanmaydi. Zero, bu 6 kundagi qon hayz bo‘lishi ham
mumkin.
Keksa ayollarda odat to‘xtashining aniqlanishi
Odat qoni, umuman, 45-50-55 yoshlarda to‘xtaydi. Bunga odatdan qolish davri
(menopaz) deyiladi.
Menopaz: ayol vujudida to‘l homila tuxumlarini yetishtirishning to‘xtash davridir.
Menopaz sababi nima? Ayol keksaya boshlagach, tuxum yetishuvi ozayib, garmon ishlab
chiqish to‘xtaydi. Shunda ayolning buzilgan tuxumlarining ziyodasi tashqariga chiqishga,
demak oy ko‘rishga zarurati qolmaydi. Odatlar siyraklashib, bora-bora to‘xtaydi.
Menopaz davrining muddati: bu mavzuda ma’lum bir qoida yo‘q. 10 yil, 5 yil yoki ozroq.
Menopaz davriga bosh unsurlar; ayolning ruhiy va jismoniy ahvoli, jinsiy munosabatlar,
sog‘lik va garmonlar holati, barcha a’zolarning ishlash hollari, yashash va hayot
kechirish tarzi ta’sir qiladi.
Har bir ayolning o‘ziga xos organizmiga ko‘ra, odat qoni bu yoshlardan avval yoki so‘ng
ham to‘xtashi mumkin. Lekin ko‘pchilik ayollarda 50-55 yoshlarda odat to‘xtaydi. Homila
umidi va ehtimoli qolmagani qabul etiladi. Bu yoshdan so‘ng ayoldan kelgan qon shar’an
hayz sanalmaydi, istihoza (uzr)dir.
 
FuNnySisteRДата: SHANBA, 2011.06.11, 12:06 | Сообщение # 683
Группа: Удаленные





haromdir. Hatto Masjidi haramga kirib tavofni boshlagach, odati boshlansa ham Ka’ba
tavofi halol emasdir. Ka’ba tavofida pok bo‘lmoq vojibdir.
Hayz holida bo‘lgan ayol tavofdan boshqa hajning barcha ruknlarini bajarishi mumkin.
Hajning farzlaridan bo‘lgan ziyorat tavofini majburiy o‘laroq hayzdan tozalanguncha
kechiktiradi. Zero, bu tavofni ma’naviy nopoklik holida bajargan ulkan gunoh orttirgan
bo‘ladiki, bir tuya yoki sigir kabi katta mol qurbon qilishi zarur.
Hazrati Oysha (r.a.) marhamat qiladilar:
“Rasululloh (s.a.v.) bilan birga chiqdik. Maqsadimiz haj qilmoq edi. Sarif degan joyga
borganimizda hayz bo‘ldim. Yig‘larkanman Rasululloh (s.a.v.) yonimga kirdilar va:
– Nima qildi, hayz bo‘ldingmi?, – deb so‘radilar.
– Ha, – dedim. Payg‘ambarimiz (s.a.v.):
– Bu, Alloh taolo ayollarga xos qilgan bir xususiyat. hajning Baytulloh tashqarisidagi
barcha talablarni o‘rinlat,– dedilar. Rasululloh (s.a.v.) keyinroq xotinlari uchun bir sigir
qurbon qildilar”.
Bir ayol oy ko‘rgan (hayz) holida ehromga kirarkan, haj sunnatlaridan bo‘lmish g‘usl
qilishi mumkin. Zero, bu g‘usl vujud pokligi uchundir. Nifos (nifosli) bo‘lsa ham g‘usl
qiladi. Faqat Masjidi Sharifga kirishi joiz emas, tavofni kechiktiradi.
Bu mavzuda hazrati Oyshadan (r.a.) qilingan rivoyatlarda aytiladi:
“Umays qizi Asmo Muhammad ibn Abu Bakrni (haj yo‘lida) Zulxulayfaga yaqin
Hudaybiya sulhi (bitimi) tuzilgan daraxt yonida tug‘di. Shundan so‘ng Payg‘ambarimiz
(s.a.v.) Abu Bakrga Asmo g‘usl etib, shundayligicha talbiya aytishini amr etdilar”.
Bir ayol farz bo‘lgan bu ziyorat tavofini qilgach, oy ko‘rsa, undan (zimmasidan) vido –
ayriliq tavofi tushadi. Va tark etgani uchun hech narsa lozim emas. Bir ayol hayit
(bayram) kunlarida ziyorat tavofini yoki uning ko‘pini bajaradigan vaqt toza bo‘la turib,
tavofni tark etadigan bo‘lsa, o‘sha ayol jazo (kafforat) sifatida bir qurbonlik qilishi
lozimdir.
Agar qurbon xayitining birinchi, ikkinchi, uchinchi kunlari poklanmagan bo‘lsa, tavofni
keyinga qoldirgani sababli o‘ziga hech narsa lozim emas. Shu bilan birga, agar haj
farzlaridan bo‘lgan bu tavofni yoki uning ko‘pini bajaradigan qadar muddat toza bo‘lgan
bo‘lsa va o‘sha kunlarda bu tavofni qilmagan bo‘lsa, kechiktirganligi sababli bir qo‘y yoki
bir echki qurbonlik qilishi lozim bo‘ladi. Chunki, vojibni uzrsiz tark etmoqda. Agar ayol
ehromdalik paytida odat ko‘ra boshlasa, g‘usl etadi va hajning barcha ruknlarini erkak
kabi bajarishi mumkin, faqat bu holda (hayzli) ziyorat tavofini ado etolmaydi (keyinga
qoldiradi, kechiktirgani uchun qurbonlik qilishi ham lozim emas).
Kechiktirishga to‘siqlar – sabablar bo‘lsa, masalan, hajga birga borgan safardoshlari
kutmasdan ketadigan bo‘lsalar, mone bo‘lgan taqdirda tavofni ado etib, jazo sifatida bir
tuya qurbon qilishi mumkin. Tavba qilib, istig‘for aytadi yoki ziyorat tavofini keyin qiladi.
 
-DiLNuRa-Дата: YAKSHANBA, 2011.06.12, 12:09 | Сообщение # 684
Группа: Удаленные
Сообщений: 206





raxmat Funnysister
 
FuNnySisteRДата: YAKSHANBA, 2011.06.12, 12:32 | Сообщение # 685
Группа: Удаленные





fasini ado eta oladi. Muzdalifada duo qilib, Minoda
shaytonga tosh otishi mumkin va bunga mone’lik yo‘q. Faqat Masjidi Harom va boshqa
jome’larga kirolmaydi. Shuning uchun Ka’bani tavof etish haromdir.
Shofe’iy mazhabida qilingan tavof sahih emasdir.
Hanafiy mazhabiga ko‘ra, sahih bo‘lsada, tahriman makruhdir. Jazo sifatida bir tuya
so‘yish lozim.
Hayzli va nifosli ayolga vido tavofining hukmi
Makka tashqarisidan kelganlar uchun bu tavofni qilmoq vojibdir. Makkadan ajralganda
oy ko‘rgan va nifos bo‘lganlarga vojib emas. Chunki, ayollar bunday hollarda masjidga
kirishlari harom.
 
FuNnySisteRДата: YAKSHANBA, 2011.06.12, 12:32 | Сообщение # 686
Группа: Удаленные





Tib ilmining bu mavzudagi tavsiyalari
Oy ko‘rganda ichki kiyimlar va badan tozaligiga e’tibor qilish lozim. Bu holdagi ayol
kunda yuvinishi, pardoz qilishi bilan birga vujudining pokligiga ham ko‘proq diqqat qilishi
kerak. Bir ayol mustasno hadislarda bir necha bor, faqat me’yoriy (normal) vaqtlarda
kunda bir marta tanosil a’zosini yaxshilab yuvish majburiyatidadir. Yuvinmasdan avval
bo‘shanishida o‘zi uchun yengillik bor. Tanosil a’zosiga upa, imkoni bo‘lsa, lavanda
gulidan tayyorlangan xushbo‘y (malham) surishi lozim. Chunki, lavanda guli vujud hidini
eng yaxshi bekituvchi vositadir.
Ayol odat ko‘rish vaqtini unutib qo‘ysa
Islomda har bir ayol hayz, nifoslik va poklik kunlarini, bularning hisobini, muddatini
bilishi kerak. Agar din xususida diqqatsizlik, e’tiborsizlik va loqaydligi tufayli bunday
jiddiy va muhim masalalarga beparvo holda ahamiyat bermaydigan, umrini maydachuyda
ishlar bilan band qilib, shu sababli odat vaqtlarini unutadigan bo‘lsa, buning
mas’uliyati, hisob va jazosi juda katta va og‘ir bo‘ladi (Xudo saqlasin). Behushlik va
jinnilik sababli unutib, amal qilmaydiganlar, albatta bu hukmdan mustasnodirlar.
Qoida: Hayz ma’lum bo‘lgan ayol qoni davom etganini yoki hayz kunlarining sanog‘i
tamom bo‘lib-bo‘lmagani xususida shubhaga tushsa va yoxud hayz o‘rnida va davriy
aylanishida ikkilansa, o‘ylab ko‘radi; fikri nimaga qanoat qilsa, o‘shanga qaror qiladi.
Agar qanoat hosil qilmasa, toza yoki hayzli bo‘lgani haqida aniq hukm etilmaydi. Lekin
ehtiyotlik bilan harakat etiladi. Bu holda ayol hayzli holatlarda ta’qiqlangan ishlarni
qilmaydi va har vaqt uchun yangidan tahorat oladi.
Ayolning xar namoz vaqti uchun tahorat olishi faqat tozalik uchun bo‘lmay, hayzli bo‘lishi
ehtimoli uchun hamdir. Bu taqdirda namoz o‘qish bilan o‘qimaslik halol va harom
xususida teng bo‘ladi. Mavzu namozdek muhim ibodat haqida bo‘lgani uchun ehtiyotga
rioya qilinadi va ayol namozini o‘qiydi. Chunki, zimmasida namoz qarz bo‘lib qolishidan
ko‘ra, o‘qilgani yaxshi (xayrli)roqdir.
Ayol hayz bilan tozalik orasida va tozalikka kirib-kirmaganiga (hayzdan chiqibchiqmaganiga)
ikkilansa, har namoz uchun yuvinadi. Ayolning har namoz uchun
yuvinishi o‘sha onda hayzdan chiqib, tozalikka kirishi joiz ekanidandir. Bunday holdagi
ayol g‘ayri muakkada sunnatlarini, masjidga kirishni va jinsiy munosabatni tark etadi.
Mushafga tegmaydi, nafl ro‘za ham tutmaydi. Tilovat sajdasini eshitishi bilan sajda qilsa,
qarzi tushadi. Chunki, o‘zi toza bo‘lsa, sajdaning adosi sahihdir. Toza bo‘lmasa, zotan,
vojib emasdir.
Hayz kunlarini, muddatini unutgan ayollar ramazonda ro‘zalarini ehtiyotlik bilan tutadilar
va ikkilanganlari tufayli ramazondan keyin hayz muddati – 10 kunning ikki misli 20 kun
o‘laroq ro‘zalarining qazosini ado etadilar. Bu 20 kun tutishlari ehtiyotan va shubhani
ketkizmoq uchundir
 
FuNnySisteRДата: YAKSHANBA, 2011.06.12, 13:23 | Сообщение # 687
Группа: Удаленные





хоп топиб бер асалим
 
Oypari2412Дата: YAKSHANBA, 2011.06.12, 13:24 | Сообщение # 688
Группа: Удаленные





asalim ana qara topib quydim happy savriddin bu yer qizla uchun
 
FuNnySisteRДата: YAKSHANBA, 2011.06.12, 13:25 | Сообщение # 689
Группа: Удаленные





салом двордим асалия
 
Oypari2412Дата: YAKSHANBA, 2011.06.12, 13:27 | Сообщение # 690
Группа: Удаленные





httpForumdoshlarga Avik taqdim etamiz!
 
FuNnySisteRДата: YAKSHANBA, 2011.06.12, 13:28 | Сообщение # 691
Группа: Удаленные





сангаям салом диди энди сансиравотти biggrin biggrin
 
Oypari2412Дата: YAKSHANBA, 2011.06.12, 13:29 | Сообщение # 692
Группа: Удаленные





HAHAHA salomdan boshqasini bilmimanda cool happy
 
FuNnySisteRДата: YAKSHANBA, 2011.06.12, 13:30 | Сообщение # 693
Группа: Удаленные





кайси булимдалигини этвар жжан
 
FuNnySisteRДата: YAKSHANBA, 2011.06.12, 13:32 | Сообщение # 694
Группа: Удаленные





ёзип колдиргин ман кеттим асалим сани яши кураман
 
Gulnoza(mitticha)Дата: YAKSHANBA, 2011.07.03, 17:18 | Сообщение # 695
Группа: Удаленные





Nisha bu mavzuni ochganda faqat qizlar kirsin,qizlar o'qisin,qizlar yozsin digandilar.
Afsus oramizada gap tushunmidiganlaram ko'pde...!
 
Gulnoza(mitticha)Дата: YAKSHANBA, 2011.07.03, 17:19 | Сообщение # 696
Группа: Удаленные





Keyin qizlar silayam bu mavzuni oddiy bowqa mavzulaga o'xwatib chat qib tawamasdan,muslima qizlaga maslahat berila,so'rela javob beriwadi,mavzuniyam qadrini yo'q qimasdan.
 
Gulnoza(mitticha)Дата: YAKSHANBA, 2011.07.03, 17:21 | Сообщение # 697
Группа: Удаленные





Qizlar bu mavzuga kirganilada birinchi sahifasini va Nisha nikli qiz yozganlarini yaxwilab o'qib chiqila,wunda bu mavzu nimaga ochilganini bilasila!
 
Gulnoza(mitticha)Дата: YAKSHANBA, 2011.07.03, 17:21 | Сообщение # 698
Группа: Удаленные





Qizlar bu mavzuga kirganilada birinchi sahifasini va Nisha nikli qiz yozganlarini yaxwilab o'qib chiqila,wunda bu mavzu nimaga ochilganini bilasila!
 
MadinkaДата: YAKSHANBA, 2011.07.03, 20:16 | Сообщение # 699
Группа: Удаленные





Avvalgi Muslimalar sahifasi bilan hozirgisi umuman bir biriga o'xshamay qolgan. Sulaymon o'ldi,devlar qutuldi deganday darrov bu yerni ham bo'lar bo'lmas gaplar bilan to'ldiribsizlar. Nisha dugonamdan tashqari yana muslimalar bormi gaplashib,nimadir oladigan. Fayzi uchibdi ,bölmasa bir ajoyib mavzu bu. Muslima qizlar bo'lsa kirsin. Savol javobni o'zim qo'ldan kelgancha boshlab beraman.
 
MadinkaДата: YAKSHANBA, 2011.07.03, 21:00 | Сообщение # 700
Группа: Удаленные





Savol: mana bugun Sha'bon oyining birinchi kuni tög'rimi. Bu oyda nimalar qilish, qaysi amallarni ziyoda bajarish kerak böladi? Va bu oy kimning oyi?
 
Поиск:

2025 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
Хостинг от uCoz