CHORSHANBA, 2025.07.09, 08:09
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
Модератор форума: биби  
Muslimalar
NishaДата: CHORSHANBA, 2010.04.21, 09:00 | Сообщение # 1
Группа: Удаленные
Сообщений: 4124





Hurmatli qizla biza bu mavzuda diniy va dunyoviy, ilmiy va amaliy, hayotiy va bowqa hamma mavzulada bir birimiza bilan fikr almawamiza, suhbat quramiza. Hayotilada böp ötgan qiziqarli va ibratli voqealaniyam yoziwila mumkin.
Mavzu qoidasi:umuman ög'il bolala kiriwi, post qoldiriwi mumkinmas(uyog' vijdonilaga havola)
 
FuNnySisteRДата: CHORSHANBA, 2011.06.01, 19:51 | Сообщение # 651
Группа: Удаленные





Надеваю платок, потому что в Коране
Мне Всевышний велел его так надевать.
Пусть сейчас я как капля в большом океане,
Мой иман будет только сильней расцветать.
Надеваю платок, укрываясь от грязи,
Защищая себя от греховных услад.
Чтоб не стала добычей развратного глаза,
Чтоб Владыка миров был доволен и рад.
Надеваю платок, для себя надеваю,
Не затем, что хочу выделяться в толпе.
Потому что я братьев своих уважаю,
Тех, что твердо идут по священной тропе.
Надеваю платок – мое сердце в покое,
Мои ангелы будут просить за меня.
Когда я преклоняюсь в молитве, со мною
Они будут Всевышнему делать дуа.
Надеваю платок я во имя Аллаха,
Как Пророк передал, как велит мой адат,
Потому что я – дочь мусульманина-наха!
Потому что во мне говорит Шариат!
Надеваю платок и всегда улыбаюсь.
Не пытайтесь меня второпях оскорблять.
Я во имя Аллаха усердно стараюсь,
Чтобы сестры хотели его надевать…
 
MALIKA_BONUДата: PAYSHANBA, 2011.06.02, 08:35 | Сообщение # 652
Группа: Удаленные





P.s temani nomi "MUSLIM VA MUSLIMA"lamasu bolla nme kriwvotti?
 
_SAXOBIYYA_Дата: YAKSHANBA, 2011.06.05, 19:41 | Сообщение # 653
Группа: Удаленные
Сообщений: 31





Mashallah. Allohning yolida yurganlaga va uning rosuliga ergashgan muslima,soliha kizlarimiz kopayishayotkanidan sevindim.Alhamdulillah allohimga shukronalar bolsin, parvardigorim pok dilli muslimalaringni sonini kopaytir.muslimalar dardi meni dardim. Muslimalar quvonchi meni quvonchim.Shu mavzuni ochgan muslimani ham alloh ajrini bersin. BAROKALLAHI FIHA.
 
FuNnySisteRДата: DUSHANBA, 2011.06.06, 14:21 | Сообщение # 654
Группа: Удаленные





..оставшись наедине с Аллаhом,убирая слезы с глаз и улыбаясь несмотря на все испытания сказать чуть слышно-АлхьамдулиЛляh йа Рабби,я довольна всем,что ты для меня предопределил..это искренний иман И.А.
 
FuNnySisteRДата: DUSHANBA, 2011.06.06, 14:29 | Сообщение # 655
Группа: Удаленные





«Любовь ради Аллаха — это всякая любовь, которую невозможно представить без веры в Аллаха и в последний день и которая усиливается только благодаря этой вере» ♡
 
FuNnySisteRДата: DUSHANBA, 2011.06.06, 14:30 | Сообщение # 656
Группа: Удаленные





АлхьамдулиЛлаh,что жизнь это не вечна...и все получат то к чему стремлись,рай или ад..третьего нету!Инша Аллаh,будем идти к первому-рай.....
 
FuNnySisteRДата: PAYSHANBA, 2011.06.09, 17:14 | Сообщение # 657
Группа: Удаленные





Следуй за Исламом и АЛЛАХ откроет тебе двери , там где раньше были стены !!!
 
FuNnySisteRДата: PAYSHANBA, 2011.06.09, 17:19 | Сообщение # 658
Группа: Удаленные





Выполняй каждый НАМАЗ так, как если бы ты знал что это последний НАМАЗ в твоей жизни. Ведь поистине, не знаешь, доживешь до следующего НАМАЗА или нет!
 
FuNnySisteRДата: PAYSHANBA, 2011.06.09, 17:20 | Сообщение # 659
Группа: Удаленные





Пусть в сердце твоем бьется имя Аллаха,Пусть речью твоей будет суры Корана,Пусть будет в твоем душе больше Имана,Ты смело иди по дороге ИСЛАМА!!!!!
 
FuNnySisteRДата: SHANBA, 2011.06.11, 11:55 | Сообщение # 660
Группа: Удаленные





AYOLLARGA XOS MASALALAR
Muallif: Fotimaxon Sulaymon qori qizi
So‘zboshi
Dunyo yaratilgandan to hozirgi kungacha Zamin ne-ne davrlarni, ne-ne tuzumlarni
ko‘rmadi. Jamiyat doim rivojlangan, yangilangan, o‘zgargan. Albatta bu o‘zgarishlar
inson ongini shakllantirib, unga har taraflama ta’sir o‘tkazib kelgan. Xususan
jamiyatning rivojlanishi mobaynida turli dinlar va g‘oya-mafkuralar davlat siyosatida
hukmronlik qilib, ayollarga munosabat o‘zgarib turgan.
Islom dini jahonga tarqalib, Ovro‘pa mamlakatlarida ham musulmonlar ko‘paygach,
ayollar muammosi nozik masalaga aylandi. Ayollarning diniy liboslarda yurishidan tortib,
to ishlab chiqarishdagi ishtiroki masalalarigacha bir qancha muammolar, turli xil fikrlar,
Islomga har xil yondashuvlar natijasida insonlar o‘rtasida ixtilof-ziddiyatlar, hatto
musulmonlar orasida fitnalar kelib chiqdi. Bu muammolar hozirgi kunda, Islom o‘zining
yana bir yangi bosqichiga ko‘tarilgan paytda jamiyatda o‘ta dolzarb bo‘lib turibdi. Bu
muammolarni hal qilishning turli xil yo‘llari taqdim qilinyapti.
Bir guruh buni g‘arbliklarga xos ruhda hal qilish kerak, desa;
Bir guruh musulmonlar Payg‘ambarimiz (s.a.v.) yashagan davrlarni tiklash kerak,
ijtihodga o‘rin yo‘q, deydi;
Uchinchilari esa, dinni tozalash kerak, shariat hukmlarining ko‘pi eskirgan, uni qayta
ko‘rib chiqish zarur, deydilar.
Shunday bir sharoitda musulmon ayol e’tiqodini saqlab qolgan holda, jamiyatda,
o‘qishda va ishlab-chiqarishda qatnashishi zarurligini davr taqozo qilyapti. Chunki
Islomda din va dunyo degan ayri tushunchalar yo‘q.
Biz bu kitobga qo‘l urar ekanmiz, zamonamizda musulmon ayolning tutgan o‘rni qanday
bo‘lishi kerak, degan savolga atroflicha javob berishga, muslima ayollarimizni
qiynayotgan, o‘ylantirayotgan muammolarni tahlil etishga harakat qildik.
Buning uchun avvalo Qur’oni karimning ayollarga tegishli bo‘lgan oyatlariga, ayollarga
qarata aytilgan, ular to‘g‘risidagi hadislarga murojaat qildik. Yurtimizdagi musulmonlar
Imom Abu Hanifa mazhablarida bo‘lganliklari sababli, hanafiy mazhabidagi fiqhiy
kitoblardan istifoda qildik: ana shu manbalar kitobning asosini tashkil qildi.
Masalaning tahlil uslubiga ko‘ra, avvalo ayollarga tegishli bo‘lgan ko‘rsatma va ilohiy
amrlar ajratib olindi va ularga nisbatan hanafiy mazhabining qarashlari bayon qilindi.
Kitobimiz musulmon ayollarining o‘z diniy haq-huquqlarini bilishlari, bilibgina qolmay,
ulardan o‘z o‘rnida foydalanishlari va jamiyatning faol a’zosi bo‘lishlari yo‘lida ularga
foyda keltirsa, niyatimizga yetgan bo‘lur edik.
Islomda ayollarga tegishli bo‘lgan masalalar talaygina, bu kitob doirasida ularning barini
qamrab ololmadik va ilmiylik da’vosidan ham yiroqmiz. Shuning uchun kitobda kamchilik
va nuqsonlar bo‘lsa, hurmatli ulamolarimiz o‘z fikr va mulohazalarini bildirishadi, degan
 
FuNnySisteRДата: SHANBA, 2011.06.11, 11:55 | Сообщение # 661
Группа: Удаленные





umiddamiz.
Alloh xato va nuqsonlarimizni kechirsin, barchamizni O‘zi rozi bo‘ladigan amallarga
yo‘llasin, omin!
Bismillahir rohmanir rohim.
Alhamdu lillahi Robbil a’lamiyn vassalotu vassalamu ala Rasulina Muhammadin va alihi
va ashabihi ajmaiyn.
AYOLLARNING MA’NAVIY HUQUQLARI
“Kishining iymondan keyingi,
xayriyati va baxtiyorligi – dunyoda
yaxshi xotinga ega bo‘lishligidir.”
Hadisdan
Jamiyatni isloh qilish, insonga baxt-saodat yo‘llarini ko‘rsatish barcha samoviy dinlarning
asosini tashkil etadi.
Tarixdan ma’lumki, jamiyat taraqqiyoti davrida yuksak maqomlarga yetgan va chuqur
tanazzulga yuz tutgan zamonlar bo‘lgan. Har bir din jamiyatdagi bid’at, xurofot va
xilma-xil xastaliklarga qarshi choralar ko‘rgan. Islom dini ham nozil bo‘lgan vaqtidanoq
ijtimoiy hayotda, oilada, davlatchilikda hukm surgan chirkin urf-odatlarga qarshi ilohiy
muolajasini boshladi. Shu o‘rinda biz ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan haqiqatni yana bir bor
eslatib o‘tmoqdamiz.
Allohning basharga birinchi kalomi, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) da’vatlarining boshi,
Qur’onning ilk amri “Iqro’” (“O‘qi”) degan kalom bo‘ldi. Bu amr albatta ayollarga ham
tegishli edi. Islomga ko‘ra ayol va erkak bir butunning ikki parchasi kabidir. Bir-birlarini
to‘ldiradilar. Chunki hadisi sharifda aytilganki: “Ayollar erkaklarning (to‘ldiruvchi)
parchasidir” .
Islomga ko‘ra, ayol ham erkak kabi dindor bo‘lishga, ibodat qilishga haqli va
buyurilgandir. Qiladigan amaliga qarab mukofotlanadi yoki jazolanadi. Jinsiyat farqi
savobining kam bo‘lishiga sabab emas. Qur’on ayol va erkakning tengligini e’lon qildi,
undagi farzlar erkagu ayollarga barobar nozil qilingan.
Ammo ular orasida faqat ayollarga va faqat erkaklarga xos bo‘lgan ko‘rsatmalar mavjud.
Masalan: o‘ranish, hayz, emizishga doir oyatlar ayollarga xos bo‘lsa, bir vaqtning o‘zida
necha marta nikoh mumkinligi, mahr, nafaqa va hokazolar erkaklargagina tegishli
buyruqlardir. Qolgan ilohiy buyruqlar, aytib o‘tganimizdek, har bir musulmon erkak va
ayol uchun barobardir.
Islom dini ayollarga keng huquq va haqlar bergan. Musulmon ayol qulchilik ruhidan ozod
bo‘lishi kerak. Buning uchun u o‘zining haq-huquqlarini bilishi va talab qila olishi kerak.
Islom amrlariga bo‘ysunish, diniy ko‘rsatmalarga amal qilish esa ilmsiz bo‘lmaydi, ilm
 
FuNnySisteRДата: SHANBA, 2011.06.11, 11:56 | Сообщение # 662
Группа: Удаленные





uning debochasidir. Shuning uchun ham bu masalani birinchi o‘ringa qo‘ydik. Ba’zi bir
musulmon erkaklar ayol kishi namoz o‘qishni bilsa, ro‘za tutsa shu kifoya, uning
oliygohlarda o‘qishi shart emas, deb hisoblaydilar. Bu xato fikr. Aksincha, islomni to‘g‘ri
tushunib amal qilgan mo‘min erkaklar, avvalo o‘zlari ilmli bo‘lganlari yoki ilm
olayotganlari holda, ayollarning ham ilm egallashlariga yordamchi bo‘ladilar. Axir o‘zingiz
o‘ylab ko‘ring, erkak o‘zi jamiyatda faol ishlab, ongi rivojlanib ketaversa-yu, ayol uyda
o‘g‘lini o‘ziga o‘xshatib tarbiyalasa, ota va o‘g‘il orasida tafovut paydo bo‘lib qolmaydimi?
Kelajak odamlarini tor fikrli ayollar tarbiyalasa, jamiyat rivoj topadimi? Musulmonlar
uchun Payg‘ambarimiz (s.a.v.) hayotlari o‘rnak va ibrat ekan, ayollarga bunday
munosabat va ularning ilm olishlariga musulmon erkakning qarshilik ko‘rsatishi
noto‘g‘ridir.
Islomda iymondan keyingi farzi aynlardan biri ilm olishlikdir (farz – «bajarilishi shart»
degan ma’noni ham anglatadi). Alloh taolo bandasini tafakkur qilib, borliqqa qarab, tahlil
qilib, O‘zini tanishini xohlaydi. Ko‘r-ko‘rona, taqlidiy iymon keltirishlikni xush ko‘rmaydi.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.): “Ilmni Chinda bo‘lsa ham borib olinglar”, deganlar. Vaholanki,
o‘sha paytda Chin (Xitoy) butlar va butparastlar o‘lkasi bo‘lgan. Lekin ular bunday
deyishga qo‘rqmadilar. Chunki borliqda Allohning qudratini namoyon etib turuvchi sonsanoqsiz
dalillarni aqli bilan ta’ammul qilgan inson Uning vahdoniyyatiga iymon
keltirgach, Rabbisiga shirk keltirmaydi, aksincha haq talabida bo‘ladi.
Islom tarixida olima ayollar ko‘p o‘tgan. Qur’oni Karim amri bilan boshlangan ilm va
madaniy faoliyat tez sur’at bilan ilgarilay boshlagan. Asri saodatda sahobiyalar o‘rtasida
ilmlari, zehnlari bilan ajralib turgan ayollardan hazrati Oysha, Xafsa, Ummu Salama,
Karima bintul Miqdoya, Ummu Gulsum binti Uqba, Oysha bint Sa’d (r.a.)larning nomlari
tarixda qolgan. Ular Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning so‘zlarini tushunib olib,
odamlarga yetkazardilar. Hadis kitoblarida hazrati Oysha, Ummu Habiba binti Abu
Sufyon, Ummu Adb, Asmo binti Abu Bakr, Savdo binti Zam’a, Fotima binti Qays, Durra
bint Abu Lahab, Sofiya bint Abdulmuttolib, Zaynab bint Jahsh, Maymuna bint Xoris,
Ummu haram bint Milhom, Ummu Fervalarning nomlari keltirilgan.
Shubhasiz shariatning uch amal tayanchi bor. Bular ilm, amal, ixlos. Shu uch juzdan har
biri haqiqiylashsa, shariat haqiqiylashadi. Bir kishida bu uch juz bilan shariat vujudga
kelsa, Alloh roziligi qozonilgan bo‘ladi.
 
FuNnySisteRДата: SHANBA, 2011.06.11, 11:56 | Сообщение # 663
Группа: Удаленные





Rasulullohning (s.a.v.) nikohlarida to‘qqiz nafar ayollari bo‘lgan. Umuman shu o‘rinda
aytib o‘tish kerakki, Islomda erkak kishiga to‘rttagacha ayolga uylanishga ruxsat
berilishining ijtimoiy sabablari mavjud, erkakning tabiiy ehtiyoji uchungina emas. Qur’on
erkak kishiga to‘rttagacha nikohni halol qilar ekan, unga ayollar o‘rtasida adolat
qilishlikni ham ta’kidlaydi. Albatta bu oson ish emas, shuning uchun buning savobi ham
kattadir. Rasululloh (s.a.v.) ayollarga nihoyatda yaxshi muomalali bo‘lganlar va
boshqalarni ham shunga da’vat qilganlar. Bu haqda bir necha hadislar rivoyat qilingan:
“Mo‘minlarning to‘la ishonchlisi xushxulqlisidir. Sizlarning yaxshilaringiz ayollarga,
zavjalariga yaxshi muomalada bo‘lganlaringizdir” .
“Ayollar xususida Allohdan qo‘rqingiz. Zero, siz ularni Allohdan omonat o‘laroq olgansiz”
 
FuNnySisteRДата: SHANBA, 2011.06.11, 11:57 | Сообщение # 664
Группа: Удаленные





HAZRAT PAYG‘AMBARIMIZNING (S.A.V.) AYOLLARGA AJRATGAN DARSLARI
HAQIDA
“Bir ayol hazrat Payg‘ambarimizga (s.a.v.) dedi: «So‘zingizni tinglashimizga imkoniyat
bo‘lmayapti, bevosita o‘zingizdan eshitaylik, bir kunni tayin kiling, kelaylik, Alloh sizga
o‘rgatganini bizga o‘rgating!». Hazrat Payg‘ambar (s.a.v) alohida dars o‘tishni qabul
qilib, buyurdilar: “Falon kun, falon yerda to‘planinglar!” O‘sha kun kelgach, ularga va’znasihat
aytdilar, ba’zi diniy ishlarni buyurdilar: “Ey xotinlar, orangizda uch bolasi o‘lgan
birorta ham xotin bo‘lmasa kerak, mabodo bo‘lsa, uni o‘sha bolalari parda bo‘lib do‘zax
o‘tidan asragaydir”, dedilar. Shunda bir xotin: “Ikkita bo‘lsa-chi?”, dedi. Rasululloh
(s.a.v.): “Ikkita bo‘lsa ham (parda bo‘lgaydir)”,-dedilar (bu gap otaga ham taalluqli).
Ayollarning fikr va tushunchalaridan foydalanish kerak emas, deganlar, ularni fikro‘
ylarini bayon etmoqdan mahrum qilib, porloq va nurli shariatga, sog‘lom aqlga qarshi
chiqadilar. Chunki, mo‘mina ayollar bilan maslahatlashishni bevosita shariat amr
etmoqda. Alloh Qur’oni karimda shunday marhamat etadi: “... ishlaringizda ularga
maslahat soling!...” (Oli-Imron surasi, 159-oyat). Diqqat etilsa bu oyati karimada
Rasulullohga (s.a.v.) ham mo‘min erkaklar bilan, ham mo‘mina ayollar bilan
maslahatlashish amr etilmoqda. Tabiiyki, musulmonlar ham shu amrga tobe’dirlar. Bir
xadislarida «Ayollaringizga maslahat soling, ammo ularning aytganlariga teskari ish
tuting» deganlar. Oyati karimada faqat erkaklar bilan maslahatlashib, ayollar bilan
maslahatlashmaslik kerak, bunga ehtiyoj yo‘q, deydigan bir ishora mavjud emas. Bu
oyati karimani faqat erkakka maxsus deyish ayolga muxoliflikdan boshqa narsa emas.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ham erkaklarga, ham ayollarga teng yuborilganlar. Allohning va
Payg‘ambarining xitoblari ayollarga ham, erkaklarga ham qaratilgan. Bu xitoblarni ochiq
bir nass yoki ijmo bo‘lmaguncha erkaklar maxsus etib, ayollarni tashqarida qoldirmoq
joiz emas. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ahli ayollari bilan maslahatlashib ish ko‘rganliklari
ma’lum. So‘zimiz quruq bo‘lmasligi uchun ushbu hadisni keltiramiz. Abu Hurayra (r.a.)
rivoyat qiladilar: “Rasululloh (s.a.v.) bunday deb aytdilar: “Kimki Alloh taologa va
qiyomat kuniga iymon keltirgan bo‘lsa, qo‘shnisiga ozor bermasin! Shuningdek ayollar
bilan doimo yaxshilikcha maslahatlashingizlar...”
 
FuNnySisteRДата: SHANBA, 2011.06.11, 11:57 | Сообщение # 665
Группа: Удаленные





Rasululloh (s.a.v.)ning siyratlari ayollar bilan maslahat qilish xususida bir ibrat
xazinasidir.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) 6 hijriy yilda 1400 sahoba bilan Madinadan Baytullohning
ziyorati uchun borganlarida mushriklar Hudaybiya nomli vodiyda yo‘lni to‘sdilar. O‘sha
yerda sulh tuzilib, musulmonlar Ka’bani ziyorat qilmay qaytib ketadigan bo‘ldilar.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) hudaybiyada oyoqqa qalqib; “Ey insonlar, turing
qurbonliklaringizni so‘ying. Sochlaringizni oldiring va ehromdan chiqing!”, deya ashobga
amr etdilar. Ulardan hech biri joyidan qimirlamadi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) amrlarini
yana bir takrorladilar. Yana qimirlashmadi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) buyruqlarini uchinchi
bor takrorladilar. Yana qimirlamadilar Payg‘ambarimiz (s.a.v.) zavjalari Ummu
Salamaning yonlariga bordilar. Borishlari bilan Ummu Salama: “Yo Rasululloh! Ne
bo‘ldi?”, deb so‘radilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): “Ey Ummu Salama! Xalqning
(musulmonlarning) bu tutimi nedir? Esankiraydigan hol. Ularga: qurbonliklaringizni
so‘ying, sochingizni oldiring va ehromdan chiqing!, deb takror-takror aytdim. Ular
so‘zlarimni eshitar, yuzimga boqisharu amrimni bajarmoqka turishmadi?!”, deb nolidilar.Hazrat Ummu Salama: “Yo Rasululloh! Ko‘rganingizdek xalq shu holga tushmoqda. Ey
Allohning Payg‘ambari! Siz shu ishni bajarmoqni istaysizmi? Istasangiz, tez boring,
qurbonliklarni so‘yguncha, sartaroshni chaqirib, soch oldirguncha ashobdan hech kimga
so‘z aytmang. Siz qurbonliklarni so‘yib, soch oldirsangiz, xalq ham shunday qiladi.
Muhaqqaq sizga ergashadi!”, dedilar.
Shundan so‘ng Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ehromlarini o‘ng qo‘ltiqlaridan chiqarib, chap
yelkalariga tashladilar. Qo‘llariga bir xorba (nayza) olib, baland ovozda «Bismillahi,
Allohu Akbar!», deya, qurbonlik tuyalarini so‘ya boshladilar.
Ashob Payg‘ambarimiz (s.a.v.) qurbonlik so‘yishlarini ko‘rishlari bilan darhol turib,
qurbonlik tuyalarini so‘yishga tushdilar.
Hazrat Ummu Salama shunday dedilar: “Qurbonliklarga qarab shunday chopdilarki,
to‘planganlarini ko‘rib bir-birlarini ezib qo‘yishlaridan qo‘rqdim”6 .
Demak, ilm olishlik Islomda farz ekan va ilm bevosita kasb-hunar bilan bog‘liq ekan,
ayollarning ishlab chiqarishda qatnashishlari, jamoat ishlarida faol qatnashishlari ham
nihoyatda muhimdir.
Ayollarning yurish-turishiga doir masalalar
O‘RANISH VA ISLOM
Islomda ayollarga buyurilgan shar’iy shartlardan biri avrat joylarini berkitishdir.
Islom dini kelishidan avval arab ayollari boshlariga bir ro‘mol tashlab olishardi. Faqat ikki
uchini yelkalaridan orqaga osiltirib, gardanlari va ko‘ksilarni ochiq qoldirishardi. Ayollar
kesilgan (yirtilgan) ko‘ylaklar kiyib, son va boldirlarini namoyish etardilar. Ayolning
onalik viqorini saqlaydigan tasattur yo‘q hisobi edi. U davr ayollarida erkakdan
chekinish, tortinish degan narsalar yo‘q edi. Ayni zamonda hojatxonalar uylardan
tashqarida bo‘lardi. Ayollar tun qorong‘usida hojatga borishganida hur yoki joriya ekani
farqlanmaganligidan yo‘lda shilqimliklar bo‘lib turardi.
 
FuNnySisteRДата: SHANBA, 2011.06.11, 11:57 | Сообщение # 666
Группа: Удаленные





Ayollar uylaridan bezanib, kiyinib chiqishar, yaxshi-yomon erkaklar bilan aralashib
o‘tirib, suhbatlashishardi. Madinai Munavvarada hijob oyati tushgunga qadar bu iflos
odat davom etdi.
Rasululloh (s.a.v.) tasatturning foydasi va zarurligini bilganlari holda, bu xususga
aloqador oyati karima endirilishini kutayotganlari uchun o‘zlaricha bir nima demasdilar.
Haqiqatan, musulmon ayollarga o‘ranish amri hijriy 4-yilda (milodiy 624) zulqa’da oyida
farz qilindi.
Tasattur oyati nozil bo‘lishi bilan Payg‘ambarimiz ashobga yetkazdilar. Sahobalar
tasattur amrini uyidagi ayollarga aytdilar va musulmon ayollar gazmollardan yopinchiq
qildilar.
U davrda ayollar tasatturga amal qilishgani, ya’ni, qanday o‘ranishganini hazrati Oyshaonamiz shunday hikoya qiladilar:
“Vallohi, men Allohning kitobi Qur’onning tasdiqi va uning indirilishiga iymon jihatidan
ansor ayollaridan fazilatliroqlarini ko‘rmadim. «Nur» surasidagi o‘ranish haqidagi oyat
tushishi bilan erkaklar ayollariga borib, Alloh yuborgan oyatlarni o‘qiy boshladilar. Har
qaysisi bu amrlarni zavjasiga, qiziga, singlisiga va barcha yaqinlariga o‘qishardi.
Ayollarning hech biri istisno etilmaslik sharti bilan Allohning Qur’ondagi amriga muvofiq
jundan va paxtadan tayyorlangan yopinchiqlarga o‘randilar. Va shu holda Rasulullohning
(s.a.v.) orqalarida tong namozini o‘qidilar.
Qur’onda Rasulullohga (s.a.v.) xitoban: “Ey payg‘ambar, juftlaringizga,
qizlaringizga va mo‘minlarning ayollariga ayting, ustlariga yopinchiqlarini
o‘rasinlar! Mana shu ularning (cho‘ri emas, balki ozod ayollar ekanliklari)
tanilib, ozorlanmasliklari uchun eng yaqin (vositadir). Alloh mag‘firatli va
mehribon bo‘lgan zotdir». (Ahzob surasi, 59-oyat).
Turli millatlarga mansub mo‘minalarning urf-odatlari ham farqli bo‘lishi tabiiydir. Bizning
diyorimizda azaldan to‘quvchilik sanoati rivojlangan bo‘lib, duxoba, adras, xonatlas,
shoyi kabi gazlamalar xalqning ehtiyojini qondirib kelgan, shu gazlamalardan liboslar
tikib kiyishgan. Chetdan keltirilgan matolarni xalq sotib olishga qurbi yetmagan, shu
milliy liboslarni ayollar avrat chegaralaridan chiqmagan holda kiyishgan. Hozirda esa
zamonaviy liboslar, chet el urflari bo‘yicha bichib-tikilgan kiyimlar ko‘payib ketdi,
ayollarimiz urf deb milliy va diniy e’tiqodimiz chegarasidan chiqib ketyaptilar. Albatta,
moddiylikka bo‘lgan nafs har bandada bor. Islom bunga qarshi chiqmaydi. Ayollar
xonatlas va boshqa turli gazlamalardan ko‘ylaklar va zamonaviy chet el liboslarini ham
kiyishlari mumkin, faqat ular avrat joylarini berkitsa, yupqa bo‘lib badanini bilintirmasa,
nihoyatda tor bo‘lmasa, rang jixatidan kishilarni o‘ziga jalb qilmasa, buning hech bir
zarari yoki atrofdagilarni behuzur qiladigan joyi yo‘q. Avrat chegaralari haqida quyiroqda
ma’lumot beramiz.
 
FuNnySisteRДата: SHANBA, 2011.06.11, 11:58 | Сообщение # 667
Группа: Удаленные





O‘ranishga doir ilohiy amrlarni ko‘rib chiqsak:
“Mo‘minalarga ham ayting, ko‘zlarini (nomahram erkaklardan) quyi tutsinlar.
Va avratlarini (zinodan) saqlasinlar! hamda ko‘rinib turadigan boshqa
ziynatlarini ko‘rsatmasinlar* va ro‘mollarini ko‘kraklari uzra tushirib
olsinlar!...” (Nur surasi, 31-oyat).
“O‘z uylaringizda qaror topinglar, (ko‘chaga chiqqanlaringizda esa) ilgari
jaholiyat (davri) yasanishidek yasanmangizlar...” (Ahzob surasi, 33-oyat).
Bu oyati karimalarga ko‘ra balog‘atga yetgan musulmon ayolning o‘ranishi farzdir. Buni
inkor etgan mutlaq kofir bo‘ladi. Bir kun o‘ranarman degan ayol gunohkor bo‘ladi, lekin
kofir bo‘lmaydi.
Avvalo shuni yaxshilab tushunib olish kerakki, Islomda o‘ranish faqat foydasi uchun
emas, eng avval Allohning amri bo‘lgani va uning rizosini qozonish uchun farz qilingan.
O‘ranishning faqatgina, yolg‘iz foyda ma’nosini dinimiz ma’qullamaydi. O‘ranishdan
murod Alloh roziligi bo‘lmog‘i kerak. Aslida insonning yashashidan va barcha
ibodatlaridan murod ham Rizoi Boriydir, ya’ni, Alloh rizoligidir. Namoz, ro‘za, zakot ham
turli foydalar uchun ado etilmaydi, agar ibodatlar Alloh rizosidan tashqari maqsadlarni
 
FuNnySisteRДата: SHANBA, 2011.06.11, 11:58 | Сообщение # 668
Группа: Удаленные





ko‘zlab qilinsa, maqbul emas. Ibodatlarimizni yolg‘iz Alloh rizoligi uchun ado etsak ,
Alloh kutilmagan joydan ne’matlar yuborib mukofotlantiradi. Ayollar ham Alloh uchun
kiyinib, yashasalar, ham bu dunyoda, ham oxiratda mukofotlarini ko‘radilar, inshoalloh.
“Ma’naviy foyda” deb ta’riflaganimiz, Alloh rizosi uchun kiyinish va boshqa ibodatlarning
ado etilishi hech tugamaydigan jannatga erishtiradi. Janobi Haqqa bir odim
yaqinlashsak, u bizga o‘n odim yaqinlashadi. Bir yaxshilik qilsak, Rabbimiz bizga o‘n
yaxshilik qiladi. Amallarimizning haqiqiy mukofotini abadiy dunyoda ko‘rishimiz
shubhasiz.
Yopinchiqning yana bir foydasi – ayolni erkaklarning yomon nazari, zararli energiyasidan
saqlaydi. Amerikalik bir shifokor mutaxassis g‘arblik ochiq-sochiq ayollarni teri va
tanalari borasida tadqiqot o‘tkazgan. Tadqiqotchi ovro‘palik va amriqolik ayollarning
yosh bo‘lishlariga qaramasdan yuzlarida joziba kamayib, ajinlar ko‘payganini, bo‘yoqlari
to‘kilgan mashina kapotlarini takror bo‘yagandek bo‘lib, go‘zallashish o‘rniga, aksincha
battar buzilganlarini kuzatgan. Amriqolik teri mutaxassisi Sharq musulmon ayollari
borasidagi tadqiqoti natijasi tamoman teskariligini, masalan, 70 yoshli musulmon
ayolning 35-40 yoshdagi ayolday badanida tirish yo‘qligini va yuzi g‘oyatda nurli ekanini
ko‘rdi. Tadqiqotchilarning aniqlashicha, G‘arb ayollaridagi teri raki musulmon o‘lkalardagi
ayollarda yo‘q darajada. Tadqiqotchi buning sababini shunday tushuntiradi: “Mashina
faralaridan taralgan nurlar pashsha va quyonni qanday behuzur qilsa, erkaklar ko‘zidagi
elektromagnit to‘lqinlari – alfa, betta va gamma nurlar ham ayollarning badaniga salbiy
ta’sir ko‘rsatadi”7 .
Tadqiqotchi Sharq jamiyatidagi musulmon ayollarning yuz terilari keksa bo‘lishiga
qaramasdan uncha burishmaganiga va terisida saraton (rak) kasalliklari deyarli
yo‘qligiga tasattur sabab ekaniga, u ayollar tanini quyoshning zararli nurlariga va
erkaklarning elektromagnit to‘lqinlariga to‘yingan nazarlariga to‘siq bo‘lib xizmat
qilishiga va bu hikmatli ekaniga qanoat hosil qilibdi.
IYMONGA MOS KELMAGAN KIYIM TO‘G‘RISIDA
Davrimiz ayolining dindorlik, axloq, nomus haqidagi tushunchalari bilan birga yoqasi
ochiq ko‘ylaklar kiyishi, ochiq-sochiq yurishi ichki dunyosi bilan zidlashadi. Uyida erlariga
hokisorona muomala va ko‘rinishda bo‘lib, tashqarida begona ko‘zlarga go‘zal ko‘rinish
ehtiyojini his etgan ayollar boshqalarga nisbatan har qancha yaxshi niyatli, xolis, pok
qalbli ekanliklarini so‘zlasalar-da, bu ishlari o‘z qadr-qimmatlariga qarorlariga muvofiq
harakat emasligini o‘zlari ham juda yaxshi tushunmoqdalar.
 
FuNnySisteRДата: SHANBA, 2011.06.11, 11:59 | Сообщение # 669
Группа: Удаленные





Islomda kiyim odam tanasini ko‘z-ko‘z yoki namoyish qilish uchun emas, o‘ranish,
berkitish uchun kiyiladi. Kiyim jinsiy maylni kuchaytirmoq, uyg‘otmoq uchun emas,
aksincha tinchlantirmoq, kamaytirmoq uchundir. Ma’naviy yuksalish insonni moddiy
mashaqqatga tashlamaydi. Islom faqat moddiyatga yo‘l ko‘rsatib, uni nazorat qiladi.
Dinning g‘oyasi jismga bee’tiborlik yoki insonni dunyodan uzoqlashtirish emas, Islom
inson hissiyotlarining mo‘’tadilligini saqlaydi. O‘zini faqat tanadan iborat deb bilib,
jismdan foydalanishdan boshqa narsani o‘ylamaydiganlardan bo‘lmasligi uchun o‘lchov,
chegara qo‘yadi.
 
FuNnySisteRДата: SHANBA, 2011.06.11, 11:59 | Сообщение # 670
Группа: Удаленные





Erkak har joyda, duch kelgan ayoldan xohlagancha foydalanishini din ta’qiqlagan. Islom
bu borada ayollar uchun islomiy kiyinish qoidalarini ko‘rsatib, ayollar zimmasiga
majburiyat yuklagan.
Islom buyurgan shaklda kiyinmaganlar o‘zlarini qanchalik yalang‘och ekanliklarini
bilmasalar ham, kiyinganmiz deya o‘ylasalar ham, hazrat Muhammad (s.a.v.)
ifodalaganlaridek “kiyingan yalang‘ochlar”dir.
Yalang‘ochlik lug‘atda “hech narsa kiymagan holat, yechinganlik, uryon, ustida libos
bo‘lmaslik” mazmunida keladi. Yalang‘ochlik islomiy ma’noda esa, avratlari butunlay yoki
qisman ochiq ma’nosidadir. Yalang‘ochlik – Islom dini boshqa insonlardan himoyalanish
uchun o‘rashni amr etgan tana a’zolarining ochiq qolishidir. Balog‘atga yetgan qizlarning
yoki xotinlarning turmushga chiqishi mumkin bo‘lgan erkaklarga vujudining har qanday
bir (avrat hisoblangan) a’zosini ko‘rsatishi yalang‘ochlik sanaladi. Yalang‘ochlik dinimizga
ko‘ra bir fitnadir. Terror insonning tanini o‘ldirarkan, yalang‘ochlik esa ham inson
badanini, ham ruhini o‘ldirmoqda. Yalang‘ochlik tufayli uyalish tuyg‘usi yo‘qoladi. Alloh
Zuljalol ta’kidlagan yomon tuyg‘u va hatti-harakatlardan tiyilmoq va qochmoq hayo
(uyalish tuyg‘usi)dir. Hayo – uyalish va or ma’nosidadir.
Islom atamasiga ko‘ra hayoning boshqa bir ta’rifi; munkar (yomon va harom)dan
chekinmoq, uzoqlashmoq, qochmoq va inson o‘z-o‘zini ayblamog‘idir. Uyalmoq –
noto‘g‘ri xohishdan tiyilmoqdir, shariat ta’qiqlagan ish-harakatlardan to‘xtamoq va
xijolat bo‘lmoq tuyg‘usidir. Uyalish tuyg‘usi insonni yaxshilikka yo‘llab, yomonlikdan
qaytaruvchi bo‘lgani uchun Payg‘ambarimiz (s.a.v.) iymonning bir shoxi deganlar.
“Allohdan haqiqiy hayo qilgan odam, boshini va boshidagi ko‘z, til, quloq kabi a’zolarini,
qornini va qorin bo‘shlig‘idagi a’zolarini (Allohning amriga zid harakatdan) tiysin,
(aksincha) o‘limni va chirib yo‘q bo‘lajagini xotirlasin. Oxiratni istagan dunyo bezaklarini
tark etadi. Bularni ado etgan, Allohdan haqiqiy hayo etgan (uyalgan) bo‘lur” .
Tasattur qoidalari uylanish va oila qurishni himoya qiladi. Erkak bilan ayol orasidagi
fitna, adashish sababi avvalo erkak bilan ayolning birga bo‘lishi va do‘st tutinishidir.
Dinimiz majburiy hollardan tashqari ayol va erkak birga bo‘lishini xavfli hisoblaydi.9
Shariat bu saqlanishni faqat qarindoshlik va ehtiyot chora-chegaralari ichida joiz ko‘radi.
Janobi haq ayol bilan erkakni hassos yaratgan va bu ikki jins orasida ma’lum bir chegara
qo‘ygan. Bu ikki jins orasidagi farqlilik holatiga shunday misol keltirishimiz mumkin.
Urg‘ochi bilan erkak (zid) qarama-qarshi (jins) baholanadi. Pozitiv (+) va negativ (–)
sifatida ta’riflaydigan bo‘lsak, bu baholar ayol va erkak orasidagi tortishish quvvatini
yetishtiradi. Erkakning ayolga bo‘lgan shahvati sababli erkak bilan ayol orasiga
tushadigan ta’sirga to‘siq bo‘luvchi tasattur ayol bilan erkakning aralashuvini man qiladi.
Yalang‘ochlik tug‘dirgan chegarasizlik ayol va erkakni bir-biriga gij-gijlab, uylanish va
oila qurish tamallarini buzadi.
 
FuNnySisteRДата: SHANBA, 2011.06.11, 11:59 | Сообщение # 671
Группа: Удаленные





Jinsiy erkinlik keltirgan xastaliklar
Yalong‘ochlik “madaniyati” bilan birga kelgan jinsiy erkinlik teri-tanosil xastaliklarini
tezlik bilan yoyilishiga sabab bo‘ldi. Qadimdan qolgan jinsiy xastaliklar davosi bugun
osonroq bo‘lsa ham, yangi paydo bo‘layotgan xastaliklar qarshisida tib ilmi davolashdaojizlik sezmoqda. Ba’zi odamlarda asoratini qoldirgan bu xastaliklar ko‘pincha o‘limga
sabab bo‘lmoqda.
So‘zak (gonoreya), zahm (sifilis), xarras va keyingi yillarda paydo bo‘lgan xlamidiya kabi
buzuq jinsiy munosabatdan hosil bo‘luvchi xastaliklar, bularni ham yo‘lda qoldiruvchi
OITS xastaliklari bor.
So‘zak siydik yo‘llarini yallig‘lab, yaralaydi. Bu xastalikka uchraganlar butunlay sog‘ayib,
avvalgi hollariga qaytishlari mushkul. Siydik qopiga, jigar va boshqa a’zolariga ham
zarari bor. Bu kasallik so‘zak xastaliklari bilan og‘rigan odam bilan aloqada bo‘lganlarga
yuqadi. Ayollar bepusht bo‘lib qolishlari mumkin. Zahm mikroblari barcha a’zolarga
tarqaladi, nasldan-naslga o‘tadi, oson yuqadi.
Xlamidiya ayol-erkakka bir xil ta’sir etadi. Hech qanday belgi bermasdan vujudga
yoyilish xususiyatiga ega. Nasl borasida ayol uchun tahlikali. Xastalik ayoldan tug‘ilgan
bolaga o‘tib, miya asorati va saraton (rak) kasaliga olib kelish xavfi bor.
OITS virusi sabab bo‘lgan xastalik esa o‘ta xavfli va halokatli. Bu virus dastlab frantsuz
L. Montagnier, so‘ngra amerikalik Robert Gallo tomonidan 1984 yilda topildi. Bu
xastalikka eng avval 1980 yilda Nyu-Yorkda duch kelindi. Afrikadan, xususan Xaitidan
kelgan juft jins sayyohlar bu virusni qisqa vaqtda Amerikadagi juft jinslarga tarqatdi.
HTLV-3 virusi vujudni xastaliklardan himoya qiladigan T yordamchi hujayralarini
yo‘qotadi. Keyingi bosqichda o‘pka yallig‘lanishi, saraton va shunga o‘xshash kasalliklar
boshlanishi mumkin. Xususan, hujayra pardasida yomon qabariqlar paydo bo‘lib, bu
OITS ekanini dalillaydi. Bu pufakchalar terida binafsharang dog‘lar hosil qiladi. Qon,
tufuk, maniy va jinsiy aloqa orqali boshqaga o‘tadi. OITS virusi xususan bir jansdagilar
va biseksuallarda va ular bilan aloqada bo‘lganlarda tez urchiydi. Insonning kasalliklarga
qarshi qobiliyatini yo‘qotadi.
 
FuNnySisteRДата: SHANBA, 2011.06.11, 12:01 | Сообщение # 672
Группа: Удаленные





Oyatlarning nuzul sabablari
Ali ibn Abu Tolibdan (r.a.) rivoyat qilinishicha: “Rasululloh (s.a.v.) zamonida Madina
ko‘chalarida ketayotgan bir ayol va bir erkak ro‘baro‘ kelishganida qarashadi. Shayton
bu boqishlarini bir-biriga yoqtirishga harakat qiladi. Kishi bir tomondan yurar va u ayolga
qarardi. Boshi ayol tarafga burilgan bo‘lgani uchun oldindan chiqqan bir devorga urilib,
burnini qonatdi; “Allohga (j.j.) qasamki, Rasulullohga (s.a.v.) borib, vaziyatni
tushuntirmagunimcha burnimning qonini yuvmayman”, deb qasam ichdi. Rasululloh
(s.a.v.) huzurlariga borib voqeani aytdi. Rasululloh (s.a.v.) “Burningni devorga urib
qonatganing gunohingning jazosidir”, dedilar. Shundan so‘ng mo‘min erkaklarga:
“Ko‘zni (haromga qarashdan) to‘singlar...” oyati nozil bo‘ldi.
Jobir ibn Abdulloh al-Ansoriy shunday rivoyat qiladi: “Asmo binti Mirsa’dning (r.a.) Bani
Horisa yerlarida bir xurmozori bor edi. Ayollar u yerga etak tutmasdan, ko‘ksi, sochlari
va oyoqlaridagi taqinchoqlarini ko‘rsatib, ochiq holda borardilar. Asmo (r.a.) “Bu
ko‘rinishingiz naqadar chirkin!” dedilar. Shundan so‘ng, “Mo‘minalarga ham ayting,
ko‘zlarini (nomahram erkaklardan) quyi tutsinlar...” oyati nozil bo‘ldi”.
 
FuNnySisteRДата: SHANBA, 2011.06.11, 12:01 | Сообщение # 673
Группа: Удаленные





Oyat tafsiridagi tafsilotlar
Birinchi kuzatish: Alloh taoloning “Ko‘zlarini tiysinlar” va “Nomuslarini qo‘risin”
so‘zlaridagi hikmat shuki, nomahram ayollarga boqish zino elchisi, yomonliklarning
boshidir. Nazarlar qalb elchisi bo‘lgani uchun, ko‘ringan manzaralar insonni o‘ziga tortib,
qiynaydi. Zero, har ko‘rganingni ado etolmaysan, ba’zi ko‘rganlaringga sabr qilolmaysan.
Zero, qarash bilan mubtalo bo‘lish mumkin. Bundan saqlanmoq qiyin. Ko‘z har narsani
qalbga yetkazadigan eshikdir, yo‘ldir. Inson bu yo‘l orqali gunohga botadi. Chunki,
boqish tabassumga, tabassum salomga, salom suhbatga, suhbat kelishuvga, kelishuv
esa, g‘ayri mashru’ ishga vasila bo‘ladi.
Ikkinchi kuzatish: Oyatdagi “ko‘zlarini tiysinlar” amri har narsa uchun emas, Alloh taolo
harom qilgan narsalarga tegishlidir.
Uchinchi kuzatish: Oyatdagi “Ziynatlarini ochmasinlar” ta’biri ziynatlar taqilgan joylarni,
shu sababli ziynatlar berkitilishini ifodalaydi.
Zamahshariy aytadilar: “Oyatda ziynat joyining zikr etilishidan hikmat; ziynat joylarni
berkitish zarurligini ifoda etilishidir. Chunki, Alloh taolo “Ziynatlarini ochmasinlar” deya
buyurar ekan, aslida ziynat joylarining ochilmasligini qasd etgan, ya’ni, maqsad qilib
qo‘ygan. Chunki, taqilmagan ziynatlarning ko‘rinishi harom emas. Bu jihatidan
ziynatlarning ta’qiqlanishiga zarurat yo‘q. Demak, aslida ta’qiqlangani – ziynatlar
taqiladigan joylardir”.
To‘rtinchi kuzatish: ba’zi olimlarning fikriga ko‘ra, odam ko‘z bilan zavqlangani kabi,
quloq bilan ham lazzatlanadi. Shuning uchun, Alloh ayollar yurganlarida, “hamda ko‘rinib
turadigan boshqa ziynatlarini ko‘rsatmasinlar!...” deb buyuradi. Chunki oyoqlar yerga
urilganda taqilgan ziynatlarning masalan, qo‘ng‘iroqchalarning ovozi eshitiladi. Bu ovoz
erkaklarga ayol kelganini bildirib, shahvoniy xohishlarini qo‘zg‘aydi. Shu sababdan bu
oyat ham avvalgi oyatda bo‘lgani kabi ziynat taqilgan a’zolari, oyoqlarining ochilishi
haromligiga dalolat etadi. Xullas, shahvatni qo‘zg‘aydigan atr-upa, nozli yurish va nozli
suhbatlashishlar ham ta’qiqlanadi. Chunki, Alloh taolo: “...Bas, sizlar (nomahram
erkaklarga) mayin so‘z qilmanglarki, aks holda qalbida buzuqlik bo‘lgan kimsa
tama’ qilib qolur..”, degan. Bu oyatdan anglashiladiki, ayollar ataylab ovozlariga
mayinlik, ohang berib, tovushlarini titratib nomahram erkaklarga so‘zlamasinlar, chunki
bundan o‘rtada shar’iy bo‘lmagan munosabat kelib chiqishi, bu esa ko‘ngilsizliklarga
sabab bo‘lishi mumkin.
Beshinchi kuzatish: “Ko‘zni tiyish”ning bir necha foydalari bor:
1. Alloh taoloning amriga itoat qilgan bo‘ladi.
2. Bir o‘q kabi qalbni yaralaydigan manzaralardan himoyalangan bo‘ladi.
3. Qalb quvvatlanadi.
4. Qalb yomon narsalar bilan mashg‘ul bo‘lmaydi. Alloh bilan bog‘lanishga, mashg‘ul
bo‘lishga odatlantiradi, imkon paydo qiladi.
5. Qalbni nurli qiladi.
6. Qalbga (zakovat) farosat beradi.
7. Shayton kiradigan yo‘llarni berkitgan bo‘ladi.
 
FuNnySisteRДата: SHANBA, 2011.06.11, 12:02 | Сообщение # 674
Группа: Удаленные





Erkakning erkakka nisbatan avrati
Erkakning erkakka nisbatan avrati kindigidan tizza ostiga qadar. Mazkur joylarga boshqa
erkakning qarashi harom. Bundan tashqari joylarga qarash harom emas. Chunki,
Rasululloh (s.a.v.): “Bir erkak boshqa bir erkakning avrat joyiga, bir ayol ham, boshqa
bir ayolning avrat joyiga qaramasin!”, deb buyurganlar.
Rasululloh (s.a.v.) yonida hech kim bo‘lmasa ham yechinishni va avrat joylarini ochishni
taqiqlaganlar. “Qip-yalang‘och bo‘lib, yechinmang. Zero, shunday malaklar borki, sizdan
faqat hojatxonada ekaningizda va juftingiz bilan qo‘shilayotganingizda ajrashadi”.
Erkakning ayolga nisbatan avrati
Xoh mahram, xoh nomahram bo‘lsin, erkakning ayolga nisbatan avrati erkakka nisbatan
bo‘lgani kabi kindigidan tizzasininng ostiga qadar. Faqat er-xotinning orasida avrat joylar
yo‘q. “Ular avratlarini (haromdan) saqlovchidirlar. Illo, o‘z jufti halollari va qo‘l
ostidagilar (cho‘rilar) bundan mustasnodir. Bas, ular malomat qilinuvchi
emaslar!” (Mo’minun surasi, 5-6-oyatlar).
Ayolning ayolga nisbatan avrati
Ayollarning ayollarga nisbatan avrati erkaklarning erkaklarga nisbatan avrati kabidir,
kindikdan tizza ostiga qadar. Shunga ko‘ra, bir ayolga boshqa bir ayolning kindigidan
tizzasi ostigacha bo‘lgan a’zolariga qarash haromdir. Bundan tashqari joylarga qarash
mumkin.
Ayolning erkaklarga nisbatan avrati
Sahih (ishonchli) qarashga ko‘ra, ayolning erkakka nisbatan avrati butun vujudidir.
Shofe’iy va Hanbaliylarning qarashi shunday. Hatto imom Ahmad ibn Hanbal (r.a.) bu
xususda: “Ayollarning butun vujudi avrat bo‘lganidek, tirnoqlari ham avratdir”, deganlar.
Imom Abu Hanifa (r.a.) va Imom Molik (r.a.) fikriga ko‘ra, ayolning qo‘llari va yuzidan
tashqari butun vujudi avratdir.
Ushbu qarashlarning o‘ziga xos dalillari bor, shular xususida bir oz to‘xtalamiz:
Hanafiylar va molikiylarning dalillari: hanafiylar va molikiylarning yuz va qo‘llarning
avrat emasligi quyidagilar: “Bulardan ko‘rinib turganlari mustasno” oyati yuz va
qo‘llarning ochiq bo‘lish zaruratiga, ularning avrat emasligiga ishorat etmoqda. Bu
qarash ba’zi sahobiy va tobeinlarda ham rivoyat etilgan. Haqiqatda, Said ibn Jubayr
(r.a.): “Bulardan ko‘rinib turganlari mustasno” oyatidan maqsad “yuz va qo‘llardir”,
deganlar.
Shu yerda nega bizning diyorda momolarimiz paranjida yurishgan, degan savol tug‘ilishi
mumkin. O‘sha davrda ayollar goh sachvonlarini tushirib, goh ochib yurishgan, masalan
 
FuNnySisteRДата: SHANBA, 2011.06.11, 12:02 | Сообщение # 675
Группа: Удаленные





bozorlarda ochishgan. U davrlarda zamon notinch, tez-tez urushlar bo‘lib turgan.
Ayollarning yuzlarini yopib yurishlari ularni ana shunday vaziyatlarda ozor topmasliklari
uchun, ularni asrash uchun bo‘lgan. Osuda paytlarda esa yuzni ochib yurishlariga shariat
qarshilik ko‘rsatmagan.
Shofe’iy va hanbaliylarning dalillari: shofe’iy va hanbaliylarning yuz va qo‘llar avrat
ekaniga dalillari Kitobdagi: “Ziynatlarini ochmasinlar” oyati. Bu oyati karima
ziynatlarni ochishni harom qilgan. Ziynat ikki xildir – biri yaratilishdan bo‘lgan ziynat,
ikkinchisi esa erishilgan ziynat. Yuz yaratilishdan bo‘lgan bir ziynatdir. Hatto
go‘zallikning asli fitna va fasod manbaidir. Erishilgan ziynat esa kiyilgan go‘zal libos,
taqinchoqlar, ko‘zga surilgan surma, qo‘lga qo‘yilgan xinaga o‘xshash narsalardir. Oyati
karima ayollarga qaydsiz, shartsiz ravishda erkaklarga a’zolarini va ziynatlarini ochishni
ta’qiqlaydi, harom qiladi. Shofe’iy va hanbaliylar fikriga ko‘ra, “Bulardan ko‘rinib
turganlari mustasno” ifodasidan maqsad, qasdsiz o‘z-o‘zidan, ya’ni, ixtiyorsiz ochilgan
qismidir. Masalan, shamol ayolning yopinchig‘ini, ro‘molini ko‘tarib ochib yuborishi.
Chunki oyat ma’nosi: “Ayollar ziynatlarini qat’iyan ochmasinlar. Ochgan taqdirda tanqid
etiladi. Qasdsiz o‘z-o‘zidan, shamol kabi ixtiyorsiz narsalar sababi bilan ochilsa tanqid
etilmaydi”. Shunday ekan, yuz-qo‘l ham ochilishi ta’qiqlangan ziynatlardandir.
Yuz va qo‘lning avrat emasligini da’vo qilgan olimlar yuz va qo‘llarda hech bir ziynat
ashyosi bo‘lmasligini va bularning ochilishi fitnaga sabab bo‘lmasligini shart qilib
qo‘ymoqdalar.
Ayollar ziynatlarini ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan mahramlar
Qur’oni karim ayollar ziynatlarini ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan erdan tashqari mahram
erkaklarni umumiy hukmdan istisno tarzda birma-bir sanagan. Buning hikmati oyatda
zikr qilingan erkaklar bilan ayolning davomli muomalada va birga bo‘lish zaruratidir. Bu
erkaklar ayol ila qarindoshlik rishtasi bilan bog‘liq va fitnaga o‘rin yo‘q.
 
Поиск:

2025 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
Хостинг от uCoz