Muslimalar
|
|
Nisha | Дата: CHORSHANBA, 2010.04.21, 09:00 | Сообщение # 1 |
Группа: Удаленные
Сообщений: 4124
| Hurmatli qizla biza bu mavzuda diniy va dunyoviy, ilmiy va amaliy, hayotiy va bowqa hamma mavzulada bir birimiza bilan fikr almawamiza, suhbat quramiza. Hayotilada böp ötgan qiziqarli va ibratli voqealaniyam yoziwila mumkin. Mavzu qoidasi:umuman ög'il bolala kiriwi, post qoldiriwi mumkinmas(uyog' vijdonilaga havola)
|
|
| |
Anjela | Дата: YAKSHANBA, 2010.10.17, 00:51 | Сообщение # 326 |
Группа: Удаленные
| man hijob kiysam faqat olloh rizoligi uchun kiyaman. Kimlarnidir gap sozi yoki maska qiliw un emas chin dilddan hijoba bolaman. MAN ARABISTON QIZLARINI FAQAT KINOLADA KORGANMAN TORI ULA HIJOBDA YURIWADI LEKIN ULANI QILGAN MAKIYAJIGA QANDAY QARESIZ VODIMA
|
|
| |
МаRмелаDка | Дата: YAKSHANBA, 2010.10.17, 11:22 | Сообщение # 327 |
Группа: Удаленные
| Кизикарли ва урнак буладиган хикоя экан, Водима опа рахмат
|
|
| |
Vodima | Дата: YAKSHANBA, 2010.10.17, 14:41 | Сообщение # 328 |
Группа: Удаленные
| Anjela singlim tugri inson hijobni birov uchun uramaydi uzi uchun uraydi hijovni urgandan keyin uni qoidalariga ham amal qilish kerak hojobni urab hijobdan foydalanib bulmagur ishlarni qilsa erta ohiratda Allohimga uzi javob beradi endi arabistondagi ayollarga kelsak.bu erdagi yosh qizlar turmushga chiqmagan qizlar buyanishmaydi ular subhanAllo uz guzaligi bilan guzal arab qiz juda guzal bulishadi.turmushag chiqganlar buyanishadi tugri hatto uz kuzim bilan kurganman salonga borsam bir dunyo ayollar arablar bari.shunday buyanishadiki joy qolmaydi yuzida lekin salondan chiqib ketyotib niqob faqat kuzi sal kurinadigan niqob shuni taqishadida chiqib ketishadi uyiga borib eriga kursatadi keyin yuvib tashlashar ekan.man bir arab ayoldan suragan edim qaerga buncha buyanyapsan desam singlimni tuyiga dedi aha gunoh emas begona erkakga shu yuzingni kursatasanmi desam yoq ayollar boshqa erkaklar boshqa toy qilishar ekan hayron qoldim.
|
|
| |
Vodima | Дата: YAKSHANBA, 2010.10.17, 14:43 | Сообщение # 329 |
Группа: Удаленные
| Ho'jayinim besh kun muddatiga ish safariga ketayotganini aytdi.. Farzandlarim bilan oilam oldiga borib turishlikni taklif etdi.. Mana shu judayam munosib vaqt ekanligini his etdim.. Ahli oilamga borishlikdan bosh tortdim.. U bunga rozi bo'ldi va jum'a kuni safarga ketdi.. Yakshanba kuniga va'dalashilgan edi.. Shayton bilan bozorlardan biridagi bir makonda uchrashishlikka kelishib oldim.. Mashinasiga mindim keyin ko'chalarning chetidan yurib keta boshladi.. Hayotimda birinchi marta begona erkak bilan chiqayotgan edim.. Menimcha u mendan ko'ra ko'proq havotirda edi.. Unga: "Uydan chiqqan vaqtim cho'zilib ketishini hohlamayman, biror narsa bo'lib qolishi yoki erim telfon qilib qolishidan qo'rqaman" dedim. Menga: Agar ering bilsa,, balkim taloq qilar shunda undan qutularding" dedi. Gaplari, ovozi menga yoqmayotgandi. Havotirim kuchaya boshladi.. Ko'p ham uzoqqa ketmasliging kerak uyga kech qolishni istamayman dedim unga.. Yon-atrof so'zlar bilan meni band eta boshladi.. Va birdan men bilmaydigan bir joyda.. Qo'rqinchli dala yoki dachaga o'xshardi... Unga baqira boshladim: "bu qanday joy meni qayerga olib ketayapsan deya. U bir necha soniyalardan boshqasi emasdi..... Mashina to'htaydi.. Va boshqa bir kishi eshikni ochib meni quvvat bilan mashinadan chiqazadi.. Uchinchisi dacha ichida... To'rtinchisini o'tirgan holda ko'rdim.. Va u yerdan kelayotgan g'alati hidlar........... Hamma narsa menga chaqmoq chaqqanday tushayotgandi... Baqirdim, yig'ladim, ularga hayrihohlik qildim... Qo'rquvning kuchliligidan atrofimda nima bo'layotganini tushunmayotgandim.. Yuzimga tushgan shapaloqni, menga baqirayotgan qandaydir ovozni his etdim.. Qo'rquv kuchidan aqlimni yo'qotgan zilzila bo'ldi.. Nima bo'lgan bo'lsa bo'ldi...
|
|
| |
Vodima | Дата: YAKSHANBA, 2010.10.17, 14:44 | Сообщение # 330 |
Группа: Удаленные
| Meni qattiq qo'rquv egallab oldi.. Jismim huzurlanayotgandi... Yig'idan to'xtay olmayotgandim... Ko'zlarimni boylashdi.. Mashinaga ko'tarib olishdi.. Va meni uyga yaqin bir joyga tashlab ketishdi.. Uyga tezlik bilan kirdim.. Ko'z yoshlarim qurib bitguncha tinmay yig'layverdim.. Xonamga qamalib oldim.. Bolalarimni ko'rmadim.. Og'zimga bir luqma ham kirmasdi.. O'zimni yomon ko'rdim.. O'zimni o'ldirishga harakat qildim.. Farzandlarimni tanimas.. Bor ekanliklarini sezmasdim ham.. Ho'jayinim safardan qaytdi.. Ahvolim quvvat bilan shifoxonaga olib borish darajasida judayam yomon edi.. Menga tinchlantiruvchi quvvatlantiruvchi dorilar berishdi.. Erimdan eng tez vaqt ichida oilam oldiga olib borishligini talab qildim.. Ko'p yig'lardim.. Oilamdagilar hech narsani bilishmaydi.. Men va erim orasida qandaydir muammo bor deb o'ylashayotgandi.. Otam u bilan kelishib olishga harakat qildi.. Lekin hech qanday natijaga erisha olmadi.. Chunki aslida uning o'zi ham hech narsani bilmaydi.. Hech kim mening yechimimni bilmasdi.. Hattoki oilamdagilar ba'zi qorilarga olib borishdi.. Meni kasal deb o'ylab.. Afsuski... Men ho'jayinim uchun hech qachon mos emasman.. Shuning uchun undan taloq qilishini so'radim.. Alloh haqqi faqatgina uning xurmati uchun.. Ahir men sharafli insonlar orasida yashashga mutlaqo haqli emasman.. Men qo'llarim bilan o'z qabrimni kovladim... Va do'stim (chat) hech kim emasdi.. Chatdan foydalanuvchi qizlarning ovchisidan boshqa.. Erim mening ahvolim uchun kuyundi.. Bir necha kun menga yaqin bo'lishlik uchun ishdan chetlashdi.. Menga taloq berishdan bosh tortdi.. Bechora meni sevardi... Oila uy-joy xosil qilgncha ko'p charchadi.. Uni buzishni istamasdi.. Sirimni ko'ksimda yashirdim.. Har kuni qahrimga qahr ortib boradi.. Yoki o'sha jirkanchlarning jirkanchliligi meni kasal etdi.. Qanday qilib meni jasadimdan hohlaganlaricha foydalanuvchi aroq ichish, narkotik chekish kabilar bilan kun o'tkazuvchi bekorchilar uchun ahlat chuquri bo'lay...... Qanchalar ahmoq edim... Qanday qilib necha necha oylar vaqtimni iffatimni haqli bo'lmagan ablahlar uchun sarf etdim... Va mana men kasallik g'am to'shagidan shi qissani yozayapman.... Qaniydi u o'lim to'shagi bo'lsa........
|
|
| |
МаRмелаDка | Дата: YAKSHANBA, 2010.10.17, 15:29 | Сообщение # 331 |
Группа: Удаленные
|
|
|
| |
Vodima | Дата: YAKSHANBA, 2010.10.17, 16:02 | Сообщение # 332 |
Группа: Удаленные
| Musulmonmiz! Go'zal islom din bizga O'xshar porloq yulduzga Bu din deydi to'g'ri bo'l Bu din deydi toza bo'l Bu dindan yana go'zal Bormidir boshqa bir yo'l Payg'ambarim Muhammad (sav) Ikki dunyo quyoshi Payg'ambarlar ichida Yo'qdir uning hech eshi Kitobimizdir Qur'on O'qiymiz uni har on Ko'p shukrlar Allohga Musulmonmiz, musulmon
|
|
| |
Anjela | Дата: YAKSHANBA, 2010.10.17, 17:14 | Сообщение # 333 |
Группа: Удаленные
| Da achinarli voqea hammasiga ayolni ozi sababchi wu un dugonaladan foyda yu
|
|
| |
Madinka | Дата: YAKSHANBA, 2010.10.17, 18:03 | Сообщение # 334 |
Группа: Удаленные
| O'ho' bu voqeani o'qib ta'sirlandim rost. Iii avvalambor Assalomu aleykum va rahmatullohi va barokatuh. Qizlar yaxshi yuribsizlarmi.Mana hash pash deguncha 20 kun ham o'tibdi . Voqeaga kelsak ayol axmoqlik qilibdi. Eri bor ayolga umuman qizlarga ham mumkinmas shariy jihatdan. Nima qilayotgan ishining xatoligini bilish uchun albatta boshi devorga urilishi kerakmi. Yaramas... Agar men uning eri bo'lganimda bir tepib haydardim. Haya eri bilmaydiku. Aslida sezishi kerak edi,hech qaysi yaxshi,mo'min yigit eri bor ayolga gapirmaydi,yana taloq so'ramish. Alloh u ayolga bu dunyoda hamma jazosini bersin,u dunyoda azobi qattiq bo'ladi. Raxmat Vodima opa,doim meni o'ylantiradigan voqealarni qo'shavering.Men saytga siz,Anjela,Lovely,Nisha,Durdona bilan gaplashish bilim olish uchun kiraman.
|
|
| |
Vodima | Дата: YAKSHANBA, 2010.10.17, 18:46 | Сообщение # 335 |
Группа: Удаленные
| va alaykum assalom asal singlim mani keldingizmi juda hursand buldim endi unday deb qurqitmang hop qulimdan kelgancha topganimcha yozib boraman sizlar kirib uqinglar va inshaAlloh nasihat dars bulsa hursandman. uzingiz qalaysiz singlim akangizni rozi qildingmi uydagilar sog salomatmilar
|
|
| |
Madinka | Дата: YAKSHANBA, 2010.10.17, 18:50 | Сообщение # 336 |
Группа: Удаленные
| Urrey kirdizmi opajon,endi mazza qilib gaplashib o'tiramiz. Ha endi qo'rqitmayman,burgaga achchiq qilib ko'rpani yoqishimga sal qoptiya. Akamni rozi qilishga hojat yo'q deb o'ylayman. Yana nima gaplar?
|
|
| |
Vodima | Дата: YAKSHANBA, 2010.10.17, 18:59 | Сообщение # 337 |
Группа: Удаленные
| burgani yoqaman deb kurpani kuydirdingiz burga uzi kelib uzi ketadi hech hojat yoq uni yoqishizga bizda tinchlik sizni juda sogindim bu erda mandan boshqa hech kim yoq gapirgani 1-2ta qizlar bor lekin kam kirishadi nimagadur bu erga
|
|
| |
Madinka | Дата: YAKSHANBA, 2010.10.17, 19:07 | Сообщение # 338 |
Группа: Удаленные
| Bir ibratli hikoyalardagi oxirgi hikoyamni o'qingchi yomon emasmi? Uni men ma'ruzadan eshitganman.Faqat rostini eting
|
|
| |
Vodima | Дата: YAKSHANBA, 2010.10.17, 19:21 | Сообщение # 339 |
Группа: Удаленные
| juda ibratli voqiya asalim shunday vodiya hadislar bulsa yozavering biz ibrat olib bilmaganimizni urganib olamiz sizga esa sovobi tegadi inshaAlloh
|
|
| |
Vodima | Дата: YAKSHANBA, 2010.10.17, 19:32 | Сообщение # 340 |
Группа: Удаленные
| shu erdamisiz singiljonim
|
|
| |
Madinka | Дата: YAKSHANBA, 2010.10.17, 19:40 | Сообщение # 341 |
Группа: Удаленные
| Men shu yerda. Savolmi mavzumi yo'qmi?
|
|
| |
Vodima | Дата: YAKSHANBA, 2010.10.17, 19:44 | Сообщение # 342 |
Группа: Удаленные
| singiljonim mani ishlarim chiqib qoldi saldan keyin kiraman inshaAlloh
|
|
| |
Madinka | Дата: YAKSHANBA, 2010.10.17, 19:48 | Сообщение # 343 |
Группа: Удаленные
| Ok.Menam hali zamon chiqaman.Omon bo'linг
|
|
| |
AZIZXOJI | Дата: YAKSHANBA, 2010.10.17, 21:15 | Сообщение # 344 |
Группа: Удаленные
| p.s. bu tema juda yaxshi ekan tepada turishi kerak
|
|
| |
Vodima | Дата: DUSHANBA, 2010.10.18, 01:30 | Сообщение # 345 |
Группа: Удаленные
| «Намозсиз бахт» қидирган «янги» мусулмонлар ...Исломни «севган кишиси» туфайли қабул қилган қизлар ҳам анчагина. Баъзи экспертлар бундайларни янги динга кирганлар қаторида юзлаб, ҳатто минглаб рўйхатга киритиб қўядилар. Аммо бундай статистика ҳар доим ҳам ўринли бўлавермайди, чунки уларнинг ичида Исломни бўлажак куёвнинг ота-боболари бир пайтлар ўйлаб топган, эндиликда эса кўр-кўрона риоя қилиниб келаётган ҳар хил маъносиз расм-русумлардан иборат экан, деб тушунганлар ҳам бор... Инсоният тараққий этмоқда. Инсонлар Исломга кириб келмоқда. Турли хил исломшунослар хулосаларини матбуотда чоп этиб, «неофитлик феномени»ни таҳлил қилишмоқда. Исломга янги кирганлар эса китоб ёзмоқдалар, интервьюлар бермоқдалар, жамоатларни ташкил қилмоқдалар. Интернет Ҳақиқатга ташналар ва уни топганлар билан тўлиб тошган. Одамларни калимаи шаҳодатни айтишга ундаётган сабабларни қидирган олимлар ва оддий қизиқувчилар кўплаб кишиларнинг тақдирларини ўрганиб чиқдилар. Улар мавжуд тенденцияларни кузатиб, шундай хулосага келдилар: Исломни қабул қилишда ташқи (мусулмонлар билан муносабатда бўлиш орқали Ислом билан танишиш) ва ички (назарий билимлар орқали Ислом билан танишиш) омиллар роль ўйнамоқда. Аммо инсон Исломни қабул қилгандан сўнг унда қандай ўзгаришлар бўляпти? Бу ҳақда фақат радикализм нуқтаи назаридан баҳо берилади – «янги намозхон»нинг диний жиҳатдан саводсизлиги ёки ақида масалаларида ортиқча тиришқоқлиги танқид қилинади. Бироқ иккинчи тоифа – Ислом эшигидан кириб, остонада туриб қолганлар ҳеч кимни қизиқтирмайди. Айни пайтда, шундайлар борки, Исломни қабул қилгандан кейин уларнинг ҳаётида деярли ҳеч қандай ўзгариш бўлмаган. Хўш, нима учун? Чунки уларни мусулмонларга «айлантирган» калимаи шаҳодат оддий сўзлар йиғиндисилигича қолиб кетган. «Янги иймон тўлқини» «дастлабки нуқтага» олиб келиши ҳам, Исломдан мутлақо бошқа томонга олиб кетиши ҳам мумкин.
|
|
| |
Vodima | Дата: DUSHANBA, 2010.10.18, 01:31 | Сообщение # 346 |
Группа: Удаленные
| «… баҳона дийдор ғанимат» Исломни «севган кишиси» туфайли қабул қилган қизлар ҳам анчагина. Баъзи экспертлар бундайларни янги динга кирганлар қаторида юзлаб, ҳатто минглаб рўйхатга киритиб қўядилар. Аммо бундай статистика ҳар доим ҳам ўринли бўлавермайди, чунки уларнинг ичида Исломни бўлажак куёвнинг ота-боболари бир пайтлар ўйлаб топган, эндиликда эса кўр-кўрона риоя қилиниб келаётган ҳар хил маъносиз расм-русумлардан иборат экан, деб тушунганлар ҳам бор. Бундай келинлар оқкўнгиллик билан «Бўлажак эримни бир хурсанд қилай» деб ўйлайдилар, бироқ бу ишни кўпинча куёв бўлмишнинг миллий урф-одатларига ёки анъаналаригагина қизиқиб қиладилар, холос. Уларнинг Исломни қабул қилиши куёвтўра билан масжидга экскурсияга бориб келиши билан якун топади («арабча (татарча, туркча ва ҳоказо) никоҳ шунақа бўлар экан»). Айтилган калимаи шаҳодат шу куниёқ ёддан кўтарилиб кетади. Бу аёлларнинг ҳаётида уларнинг оилавий аҳволидан бошқа ҳеч қандай ўзгариш юз бермайди. Намоз ўқиш ёки ҳижоб кийиш ҳақидаги гаплар уларни ғоятда ҳайрон қолдиради, чунки эр – «ҳақиқий мусулмон» тимсоли – ўзи намоз ўқимайди, ҳижобни эса ўрта асрларда қолиб кетган хурофот деб ҳисоблайди. Агар бундай гапларни хотин бошласа, эр ҳар доим ҳам хурсанд бўлавермайди, чунки одатда у фақат ўзига қулай нарсаларнигина диний ҳақиқат деб тушунтиради. Масалан, намоз ўқимайдиган мусулмонлар нима учун Исломнинг барча қонун-қоидаларига риоя қилишни бошлашга шошилмаса ҳам бўлаверишини рафиқаларига жуда осон тушунтирадилар. Улар калимаи шаҳодатнинг ўзи «жаннатга тушишга кифоя» дейдилар, қандай яшасанг ҳам, нима қилсанг ҳам, муҳими – сен мусулмонсан, деб уқтирадилар. Зеро, Аллоҳ Таоло Қуръони Каримда барча мўминлар жаннатда бўладилар, деб ваъда берган. Шундай қилиб, улар бу дунёнинг лаззатларидан тотиб қолишни истаб, ўзларини ва хотинчаларини намоз ўқиш ва бошқа «зерикарли» урф-одатлардан «озод қиладилар». Ислом бу дунёдан ҳам лаззатланишни ман қилмаслиги ва ҳатто бунга тарғиб қилиши ҳақида жиддий назарияларни илгари сурадилар. Ибодат кейинроқ, қариганда, «Аллоҳ насиб қилган куни» қилинади… Бундай «назария»лар асли ботил бир тушунчага – бизнинг намозларимиз Аллоҳ таолога керак, деган жоҳил дунёқарашга асосланади. Аслида эса, Аллоҳга ҳам, унга ибодат қилишга ҳам биз муҳтожмиз. Биз Исломни қабул қилган эканмиз, мавҳум бир концепцияни эмас, балки муайян мажбурият ва масъулиятни зиммамизга олганмиз, чунки ўз иймонимиз ва феъл-атворимизни сайқаллашга муҳтож бўлганмиз. Ҳеч ким бизга Парвардигоримизнинг иродасидан бошқа ҳеч қандай кафолат бера олмайди, ва агар Аллоҳ таоло бизнинг мусулмон бўлишимизни ирода қилган бўлса, худди шу каби бизни бу неъматдан маҳрум қилиб қўйишга ҳам қодирдир. Мусулмонлар ичида «қандай амал қилсак ҳам, жаннатга тушишимиз ҳақида ваъда берилган» (мусулмон бўлганимизнинг ўзи кифоя) деган гапларни эшитганимиз ҳамон юқоридаги фикрларни эслатиб қўйишимиз керак.
|
|
| |
Madinka | Дата: DUSHANBA, 2010.10.18, 08:18 | Сообщение # 347 |
Группа: Удаленные
| Assalomu aleykum va rahmatullohi va barokatuh. Menimcha bu yozganlarizdan kelib chiqgan holda ba'zi odamlar musulmon bo'la turib amallarni ado etmaydi... Alloh qalbiga solsa bormi birov namoz o'qima desa ham o'qiy veradi.Balki ular ham tor ma'noda musulmonlar qilishi lozim bo'lgan ishlarni qilishar.Ha mayli ,hamma narsaning yaxshi tarafini ko'rish kerak deyishadiku. Hijob o'raydigan qizlar 3 xil sabab bilan o'rar ekan : 1.Allohga e'tiqodi balandligi,undan qo'rqadigan bo'lsa. 2.Biron bir jismida nuqsoni bo'lsa (pes,kuygan,sochi yo'q) 3.Erga tegish uchun. Bu uchunchisi eng yomoni ,chunki u faqat o'zini aldaydi boshqa hech kimni emas. Yigitlar ham bilmaydi qizning qandayligini.Izhoriga moyillik ko'rsatdimi undan uzoqlashsin. Hech bir muslima qiz sevishib yurmaydi.Shunaqa gaplar
|
|
| |
Madinka | Дата: DUSHANBA, 2010.10.18, 18:48 | Сообщение # 348 |
Группа: Удаленные
| Nega muslimalarga hech kim yo'q?
|
|
| |
Gulnoza(mitticha) | Дата: DUSHANBA, 2010.10.18, 22:22 | Сообщение # 349 |
Группа: Удаленные
| Shu hijob haqida so`ramoqchidim... Hijobga kirish ayol uchun farzmi? Hijobga kirilsin dib yozilganmi masalan Qur`oni Karimda yozilganmi? Ko`pchilik etishadiki,hijobni arab ayollar arabiston cho`llari judayam issu bo`gani uchun hamma joyligini o`rab yurishadi...diyishadi.Shu haqida fikrizzi bilmoqchidim,ayol kishi avrat joylarini yopib yurish kere buni bilaman lekin hijob majburiymi musulmon ayollari uchun?
|
|
| |
Madinka | Дата: DUSHANBA, 2010.10.18, 22:26 | Сообщение # 350 |
Группа: Удаленные
| Ha lekin farz.Farz degani qilinishi shart. Sunnat bo'lganida ixtiyoriy ya'ni o'zingiz xohlab savob uchun. Diniy manbalarda ham aytilgan. Akam Bezori hijob haqida qizlarga savollar mavzusiga bir gala narsa yozganlar,shuni o'qing,keyin forumdagi mavzuda ham borku.Gapning qisqasi shart.
|
|
| |