MUBORAK JUMA, 2025.06.27, 03:14
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 2
  • 1
  • 2
  • »
Модератор форума: GAVHAR  
G'aroyibot
kamolka_Дата: PAYSHANBA, 2009.08.20, 19:42 | Сообщение # 1
Группа: Удаленные





Keling hozir bir hayotimizda bo'lgan eng g'aroyib voqealarni bir eslaymiz.
 
AXEДата: MUBORAK JUMA, 2009.08.28, 20:13 | Сообщение # 2
Группа: Удаленные
Сообщений: 1235





A Man yo'lda ketoyotib velospedda kechasidi bosib ketvotudim 4ta bola ketyabdikan orqasidan man bita yoniga o'tsam bittasi velospedda chiqib turibdiyu qars saytib soldim o'nimdan tursam haligi bola yotibdi tur ukam bor uyinga didimda qochdim shunaqa gapla yana bor uni kegin etaman
 
kamolka_Дата: SHANBA, 2009.08.29, 07:52 | Сообщение # 3
Группа: Удаленные





“KO’Z” KASOFATI

Sadoqat bugun juda erta uyg‘ondi. Hali tong yorishmabdi. Birpas to‘shagidan turmay qarab yotdi. Kayfiyati g‘alati edi. Ko‘rgan tushi xayolidan ketmas, ta’birini bilolmay boshi qotardi.

Tushida oppoq paxtazorda paxta terayotganmish. Qo‘lini tekkizishi bilan qiyg‘os ochilgan paxtalar yulinib, fartugiga tusharkan. Fartugi bir pasda to‘lib ketar, uni bo‘shatib, qiz yana suyunganicha terishga tusharkan.

— Oh-ho, boyib ketayapsan-ku, Sadoq! — paxtazorning narigi burchagidan turib qichqiribdi dugonasi Nargiz. — Shuncha paxtaning pulini nima qilasan?

— Tupurib qo‘y-ey, ko‘zing tegadi! — urishib beribdi qiz. — Axir qanchalik mashaqqat bilan ishlayotganimni bilasanmi? Men bunday baxtni bir umr orzu qilganman. Xudo xohlasa, pulini yig‘ib repetitorga qatnayman. O‘qishga kiraman!

Shu payt paxtazorning har tarafidan xilma-xil kulgilar eshitila boshlabdi. Qiz atrofga alanglab qo‘rqib ketibdi. Katta-yu kichik paxtakorlar ko‘rsatkich barmog‘i bilan uni ko‘rsatib qah-qah otishayapti.

— Nega kulasizlar?! — asabiylashib baqiribdi qiz. — Ochib qo‘yibmanmi sizlarga?!

Kulgi battar avj olibdi. Qahqahaning kuchliligidan osmon gumburlab, yer qimirlab ketayotganga o‘xsharkan. Qandaydir yoqimsiz achchiq hid dimog‘iga urilibdi. Qizning ovozi bo‘g‘ilib, boshi aylanib yerga o‘tirib qolibdi. Qarasa, hozirgina tergan paxtalari qop-qora kulga aylanib yotganmish.

“Ishqilib, yaxshilikka bo‘lsin-da”, — shivirladi qiz o‘ziga-o‘zi. So‘ng sekin o‘rnidan turib, tashqariga chiqdi. Atrofda hech kim ko‘rinmaydi. Hamma shirin uyquda yotibdi. Demak, tong otishiga hali ancha bor. Lekin bu kayfiyatda uxlay olmaydi.

Ichida qandaydir bir kuch uni paxtazor tarafga undadi. “Bormayman! — o‘yladi. — Hali tong otgani yo‘q. Bir o‘zim borishim xavfli”.

O‘zini majburlab, uyga kirdi va hali sovib ulgurmagan to‘shagiga cho‘zildi. Ko‘zini yumib, qaytib uxlashga har qancha urinmasin, bo‘lmadi. Tezroq paxtazorga borgisi, paxta tergisi keldi. G‘ayritabiiy bir kuch uni o‘sha tarafga tortqilardi.

“Bormasam bo‘lmaydiganga o‘xshaydi, — o‘ylab qoldi. — Balki, tushim bejiz emasdir! Hammadan erta borsam, yaxshi qatorga tusharman. Ishim o‘ngidan kelar. Repetitorga berishga loyiq pul ishlab olarman. Lekin... kuyib ketgani nimasiydi? E, ha-a, ko‘z tegishi mumkin. Menimcha, bu odamlar ishga chiqmasidan borib terib ol, yo‘qsa, ko‘z tegadi, degani bo‘lsa kerak!”

Qizning o‘ylariga asos bor edi. Chunki u qishloqdagi eng yaxshi terimchi. Hozirgacha hech kim unga bas kelolmagan. Eh-he, Sadoqatga yetib olish uchun qizlar nimalar qilishmadi! Hatto tushlikka o‘tirmay, kuni bo‘yi tinimsiz teribam undan qolib ketgan. Demak, bugungi tushi uni ko‘z tegish xavfidan ogoh etayapti. Borib, qizlar kelishidan oldin paxtani terib qo‘yadi-da, boshqalarning ko‘z oldida sekinroq harakat qilgani ma’qul. Shunda, o‘ziga kerakli pulni ham topadi, boshqalarning ko‘zini ham kuydirmaydi.

Qiz paxtazorga borib, hayratdan lol qotdi. Paxtalar xuddi tushidagidek qiyg‘os ochilib yotibdi. Qiziq! Uchinchi terimdayam shunaqa bo‘lishi mumkinmi? Kechagina paxtaning yo‘qligidan jig‘ibiyron bo‘lib yuruvdi-ku! Quruq chanoq terayotgandi-ku! Ana xolos, bu taqdirning bir inoyati bo‘lsa kerak-da. Nasib bo‘lsa, u hamma niyatlariga yetadi.

Paxta terishga tushib ketdi. Xuddi tushidagidek oson va tez terardi. Atrof qorong‘i edi, lekin qo‘rquv hissi uni zarracha ham bezovta qilmadi. Aksincha, tanasida qandaydir rohat tuydi. Buning ustiga, paxtalar og‘ir, odatdagidan ancha og‘ir edi. Ozginasi ham ancha kilo chiqadi. Qanday baxt! Qani endi har kuni shunday bo‘lsa! Kelasi yili, albatta, o‘qishga kirib ketardi. Ana, repetitorga tayyorlanib qanchadan-qancha sinfdoshlari o‘qishga kirdi. Ularning ota-onasi boy. Bolasining o‘qishi uchun sharoit yaratib bera oladi. Sadoqat esa... uning kuchiga hali hamma hayron qoladi. O‘qish uchun pulni ham o‘zi ishlab topadi.

— Sadoqat, ertalabdan nima qilib yuribsan? — qiz bolaning ovozi keldi orqa tarafdan.

Qiz burilib, bir guruh qizlarni ko‘rdi. Gapirayotgan Nargiza edi. Tavba, hammasi xuddi tushidagiday! Ishqilib, ishqilib tergan paxtalari kuyib ketmasin-da! Qaerdanam paydo bo‘ldi shular?

Qiz indamay, qovog‘ini osib, paxtasini teraverdi.

— Voy-bo‘y, arpangni xom o‘rganmidik? Buncha ertalabdan qovoq-tumshuq qilmasang? — achchiqlandi Nargiza va narigi tarafdagi paxta dalasiga qarab keta boshladi. Qolgan qizlar ham unga ergashdi.

Sadoqat “yalt” etib jo‘yakka qaradi. Tergan paxtalari uyum-uyum bo‘lib yotibdi. “Xudoga shukr-ey! — o‘yladi ichida. — Paxtalarim kuyib ketmadi! Gapirmaganim yaxshi bo‘ldi! Lekin qizlar nega u yoqqa ketishdi? U tarafda bittayam paxta yo‘q-ku. Faqat chanoqlar qolgan. Nega ular mening yonimga o‘tib terishmayapti? Arazlab, shunday qiyg‘os ochilgan paxtalardan yuz burib ketishdimi? O‘zlaridan ko‘rsin!”

— Sadoqat! — onasining ovozini eshitdi. — Bu yerda nima qilib yuribsan? Axir bu yerga odamlar kunduzi ham qadam bosishga qo‘rqishadi. Bir o‘zing qaysi yurak bilan kelding? Seni tong otmasidan paxtazorga ketibdimi, deb xavotirlanib izlab chiqdim.

— Paxta termay nima qilayapman, oyi? — hayron bo‘ldi qiz.

— Nima? Paxta terayapsan? Aqlingni yedingmi? Eski mozoristonning o‘rnida turibsan-ku! Qo‘lingdagi tezak-ku!

— Tezak? — qiz xavotirlanib yana bir marta jo‘yakka qaradi. Hech qanaqangi jo‘yak yo‘q! Paxtazor ham yo‘q! Tergan paxtalari ham! Faqat tezaklar yotibdi! Uyum-uyum bo‘lib.

Qo‘rquvdan qizning ko‘z oldi qorong‘ilashib, oyoq-qo‘llari o‘ziga bo‘ysunmay qoldi. Turgan joyiga hushsiz yiqildi. Shifokorlar uni o‘ziga keltirib olishganida, o‘ng qo‘li ishlamay, shol bo‘lib qolgandi.

Добавлено (2009.08.29, 07:52)
---------------------------------------------
Tavbasiga tayangan qotil
Ba’zilar shu qadar dahshatli qotilliklarni sodir etishadiki, ularni eng oliy jazoga tortsa ham kam. Lekin shunday jazolar bo‘larkanki...

JAZMAN

Astraxanlik 25 yoshli Nikolay ham o‘z qotilligini o‘n yil o‘tgandan keyingina bo‘yniga oldi. Bunday qilishga... Uni ruh majbur etibdi...

Astraxan ichki ishlar bo‘limiga ko‘zlari qinidan chiqqudek olaygan, ozib ketgan bir yigit kirib kelganida, militsionerlar uni shunchaki piyonistaga yo‘yishdi. Biroq u tergovchiga hikoya qilib bergan voqea haqiqatdan uzoq emasdi...

Nikolayning aytishicha, u turmush o‘rtog‘iga sevib uylanmagan. Qizning ota-onasi “Farzandimiz sendan homilador” degan gaplar bilan majburan uylantirib qo‘yishgan. Vaholanki, kelinning otasi badavlat edi. Kuyovini kvartira, ish bilan ta’minlab qo‘ydi. Afsuski, bu hayot uzoqqa bormadi. Hech qancha o‘tmay er-xotin bo‘lar-bo‘lmasga janjallashadigan bo‘lib qolishdi. Nikolay alamiga chidolmay ichkilikka berildi. Shu orada Nina ismli qiz bilan tanishib uchrashadigan bo‘ldi. Yigit shunchaki Nina bilan uchrashib, alamlarini unutmoqchiydi. O‘xshamay qoldi. Nina uni rostakamiga sevib qolgan ekan. Bir kuni xotini bilan ajrashishni talab qila boshladi. Nikolay quloq solavermagach, talabni yanada qattiqroq qo‘ydi.

— Men sizdan homiladorman, — dedi u. — Agar xotiningizni qo‘yib menga uylanmasangiz, qaynotangizgayam, xotiningizgayam bor gapni aytaman...

Nikolay qaynotasidan juda qo‘rqardi. Axir, xabar topsa, kvartiradan haydab soladi, ishdan ham mahrum etadi!..

Nima qilish kerak?.. Oxiri bo‘lmadi. Nikolay odatiy uchrashuvlardan birida Ninani qo‘rqitib qo‘ymoqchi bo‘lib tomog‘ini xuddi bo‘g‘moqchiday mahkam siqib oldi...

Qarangki, bu gal ham omadi yurishmadi. Nina sal o‘tmay xirillay-xirillay, Nikolayning qo‘lida jon berdi...

Qo‘rqib ketgan yigit nima qilishni bilmay, jasadni ko‘tardi-da, chetroqdagi quduqlardan biriga tashladi. Ustini toshlar bilan bekitib qo‘ydi. Va hammasini unutishga qaror qildi.

KO‘NGILSIZLIKLAR YOMG‘IRI

...Nikolay baribir bu dahshatli voqeani esdan chiqarolmadi. O‘sha kechadan boshlab tushida Nina uni bo‘g‘a boshlar, o‘z qichqirig‘idan uyg‘onib ketardi har safar...

— Mana, o‘n yildan beri shu ahvol, — dedi u tergovchiga. — Nima qilishni bilmayman. Cherkovga borib sham yoqib ham ko‘rdim. Foydasi yo‘q. Har kecha Nina meni bo‘g‘averadi...

Bu hammasi emas ekan. Uyqusizlik, azoblanishlar tufayli cho‘pday ozib ketgan Nikolayning boshiga shu kungacha qancha-qancha baxtsizliklar tushibdi...

Avvaliga Nina uning birinchi farzandini tortib olibdi. Chaqaloq uyqu orasida qorni bilan yotib qolibdi-yu, burni yostiqqa botib nafas ololmay... jon beribdi. Militsiya xodimlari buni ko‘ngilsiz voqeaga yo‘yishdi. Biroq Nikolay bilardiki, bu Ninaning ishi. Chunki dahshatli kechalarning birida Nina uni: “Bolangni albatta olib ketaman!” deya ogohlantirgandi.

Oradan yana bir yil o‘tib xotini olamdan o‘tdi. U so‘nggi paytlarda nafas qisishidan azob cheka boshlagandi.

Shu sabab bo‘lib Nikolay yashab turgan shahrini tashlab, ota-onasinikiga jo‘nab ketdi. Afsuski, dahshatlar bu yerda ham to‘xtab qolmadi. Bir yil o‘tib-o‘tmay onasi tomoq raki tufayli vafot etdi. Keyin singlisi avariyaga uchrab yorug‘ dunyoni tark etdi...

Nikolay bora-bora xuddi arvoh tusiga kirib qoldi. U haqiqatan oyoqda yurardi-yu, odam sifati qolmagandi...

Aksiga olgandek, Ninaning ruhi endi kunduz kunlari ham ko‘ziga ko‘rinib bezovta qila boshladi. Qaerga bormasin, ruh uni ta’qib qilar, ko‘zlarini yumdi deguncha, yuzlarida Ninaning sovuq nafasini tuya boshlardi...

Dahshatlisi, o‘lmasdan burun Nina yosh, navqiron bo‘lsa, vaqt o‘tgani sari Nikolayning ko‘z oldida qari, qo‘rqinchli ko‘rinishda namoyon bo‘lardi...

— Iltimos, meni qutqaringlar! — tergovchining bilagidan tutib yalinardi Nikolay. — Ortiq bardoshim yetmaydi. Mayli, hoziroq qizning jasadini yashirgan joyga olib boraman sizlarni! Faqat... Meni qutqaringlar!.. O‘tinaman, uni odamlar qatori dafn etinglar!.. Arvohi tinchlansin!..

Tergov guruhi a’zolari Nikolay ko‘rsatgan quduqdan Ninaning yarim chirigan jasadini tortib olishdi. Lekin qotilni qonun yo‘li bilan jazolashga ulgurishmadi.

U o‘zini-o‘zi osib qo‘ygandi.

 
Nokia_6600Дата: SESHANBA, 2009.10.06, 11:39 | Сообщение # 4
Группа: Удаленные





Bir kuni tong sahar uyqudan endi uyg`onganimda to`satdan telefonim qo`ng`iroq qildi.
Olsam bir yigitni ovozi o`zini Pitsa yetkazib berish kompaniyasidagi agent deb tanishtirdi.
Xullaskalom bunday:
- Allo
-Allo Assalomu alaykum, man birzumda pitsa yetkazib berish kompaniyasining agenti bo`laman.Kecha shu no`merdan bizaga Pitsa zakaz qilingan bugun uchun.
-Nima qanaqa pitsa tushunmovchilik bo`lgan, man hech narsa zakaz qilganim yo`q.
- Sizga shuni aytib o`tishim kerakki Pitsani puli to`langan man faqat sizni adressizni bilib yetkazib berishim kerak halos iltimos manziliz qayerdaligini aytsez.
- Kechirasiz buni kim qilganini ayta olasizmi?
-Afsuski yo`q.
-Unda bekor qiling man qabul qilmayman.
-Kechirasiz man olib borib berishim kerak bo`lmasa mani ishdan xaydashadi.
-O`zizga olib qo`yavering.
Kegin to`satdan;
-Bu bu rozegresh edi !Tabriklaymiz siz Azia pilus radyosining super yutig`i Domashni kinoteatr soxibasi bo`ldiz.Sizni hamma radyo muxlislari eshitib turibdi o`z tilaklarizni bildirishiz mumkin.
- Urrrrrrrrrrraaaaaaaaa kattakon raxmat
Man o`z tilaklarimni bildirganimdan kegin.U mani manzilimni aytishimni va bugun kechki soat 5 da manga mani yutug`imni yetkazib berishlarini aytdi.
Man xursandlik bilan o`z manzilimni aytib hatto tushintirib ham berdim.
Uydagilaga maqtanib ham ulgurdim.
Va sabrsizlik bilan tezroq kehc tushishini kutdim.
Soat rovna 5da eshik qo`ngirog`i chalindi.
Xursand bo`lib eshikni ochsam bitta kishi yuzi gul buketi bilan berkitilgan qo`lida esa Pitsa bilan turibdi.
Qarasam bir necha kun oldin man bilan telefon orqali tanishmoqchi bo`lgan, va man qarshilik qilganim uchun, mani manzilimni albatta topishini va o`zim buni aytishimni,u topib kelishga qasam ichgan bola ekan. U shu yo`l orqali mani manzilimni bilgan ekan.
Esimda uyalganimdan tez- tez qo`lidan pitsa bilan gulni olib eshikni yopib qo`ygan edim.
 
TimurchikДата: YAKSHANBA, 2009.10.25, 12:34 | Сообщение # 5
Группа: Удаленные





Raxmat!
 
Gulnoza(mitticha)Дата: YAKSHANBA, 2010.01.03, 23:00 | Сообщение # 6
Группа: Удаленные





Quote (Nokia_6600)
Bir kuni tong sahar uyqudan endi uyg`onganimda to`satdan telefonim qo`ng`iroq qildi.
Olsam bir yigitni ovozi o`zini Pitsa yetkazib berish kompaniyasidagi agent deb tanishtirdi.
Xullaskalom bunday:
- Allo
-Allo Assalomu alaykum, man birzumda pitsa yetkazib berish kompaniyasining agenti bo`laman.Kecha shu no`merdan bizaga Pitsa zakaz qilingan bugun uchun.
-Nima qanaqa pitsa tushunmovchilik bo`lgan, man hech narsa zakaz qilganim yo`q.
- Sizga shuni aytib o`tishim kerakki Pitsani puli to`langan man faqat sizni adressizni bilib yetkazib berishim kerak halos iltimos manziliz qayerdaligini aytsez.
- Kechirasiz buni kim qilganini ayta olasizmi?
-Afsuski yo`q.
-Unda bekor qiling man qabul qilmayman.
-Kechirasiz man olib borib berishim kerak bo`lmasa mani ishdan xaydashadi.
-O`zizga olib qo`yavering.
Kegin to`satdan;
-Bu bu rozegresh edi !Tabriklaymiz siz Azia pilus radyosining super yutig`i Domashni kinoteatr soxibasi bo`ldiz.Sizni hamma radyo muxlislari eshitib turibdi o`z tilaklarizni bildirishiz mumkin.
- Urrrrrrrrrrraaaaaaaaa kattakon raxmat
Man o`z tilaklarimni bildirganimdan kegin.U mani manzilimni aytishimni va bugun kechki soat 5 da manga mani yutug`imni yetkazib berishlarini aytdi.
Man xursandlik bilan o`z manzilimni aytib hatto tushintirib ham berdim.
Uydagilaga maqtanib ham ulgurdim.
Va sabrsizlik bilan tezroq kehc tushishini kutdim.
Soat rovna 5da eshik qo`ngirog`i chalindi.
Xursand bo`lib eshikni ochsam bitta kishi yuzi gul buketi bilan berkitilgan qo`lida esa Pitsa bilan turibdi.
Qarasam bir necha kun oldin man bilan telefon orqali tanishmoqchi bo`lgan, va man qarshilik qilganim uchun, mani manzilimni albatta topishini va o`zim buni aytishimni,u topib kelishga qasam ichgan bola ekan. U shu yo`l orqali mani manzilimni bilgan ekan.
Esimda uyalganimdan tez- tez qo`lidan pitsa bilan gulni olib eshikni yopib qo`ygan edim.

salll tushunmadim wacko
 
ShoxruxДата: DUSHANBA, 2010.01.04, 10:56 | Сообщение # 7
Группа: Удаленные





kotta bosez tuwunvolas
 
Gulnoza(mitticha)Дата: DUSHANBA, 2010.01.04, 11:29 | Сообщение # 8
Группа: Удаленные





Quote (Shoxrux)
kotta bosez tuwunvolas

p.s raxmat tekon maslahat uchun happy
 
_ANONIM_Дата: SESHANBA, 2010.03.09, 14:07 | Сообщение # 9
Группа: Удаленные
Сообщений: 193





Bu yerga hayotidagi voqealarni yozishyabdimi? Ili boshqalarni voqeasinimi ........?
 
voxidДата: YAKSHANBA, 2010.05.02, 22:48 | Сообщение # 10
Группа: Удаленные
Сообщений: 107





Eng g'aroyib voqea men bir Qashqadaryolik qiz bilan tanishdim do'stlashib ulgurmasimdan unga sovchi keldi, men toshkentdaman uning oldiga bormoqchi edim endi uni to'yiga borishimga to'gri keladi albatta taklifnoma bersa.
 
SardorSHOXДата: SHANBA, 2010.06.05, 10:12 | Сообщение # 11
Группа: Удаленные





O'o'o'o'o'o'hhhhhh'o'o'o'o'... zo'rkuuuuuuu
 
MR_FOXДата: DUSHANBA, 2010.11.08, 18:17 | Сообщение # 12
Группа: Удаленные





MANI VOQEAM URUSHLARGA ASOSLANGAN AYTMAGANIM MAQUL
 
MR_FOXДата: DUSHANBA, 2010.11.08, 18:17 | Сообщение # 13
Группа: Удаленные





Rahmat
 
MR_FOXДата: DUSHANBA, 2010.11.08, 18:22 | Сообщение # 14
Группа: Удаленные





p.s. uzr man avatarimni o'zgartirdim
 
XonДата: SESHANBA, 2010.11.09, 02:04 | Сообщение # 15
Группа: Удаленные





etsam sig'midi
 
SardorSHOXДата: SHANBA, 2010.11.20, 12:37 | Сообщение # 16
Группа: Удаленные





qani boshlela g'aroybotlardan
 
SanjarchaДата: MUBORAK JUMA, 2010.12.24, 00:23 | Сообщение # 17
Группа: Удаленные





Xayotdagi voqealarmi
 
SanjarchaДата: MUBORAK JUMA, 2010.12.24, 00:24 | Сообщение # 18
Группа: Удаленные





Lekin juda qiziqarli ekan
 
SHERKHAN_0777Дата: DUSHANBA, 2011.03.28, 12:31 | Сообщение # 19
Группа: Удаленные





juda qiziqarli ekan
 
POLAT_8887Дата: SESHANBA, 2011.03.29, 06:52 | Сообщение # 20
Tajribali
Группа: FAOL
Сообщений: 733
Награды: 2
Репутация: 367
Статус: OFLAYN
P.sxm
 
_GooGooWa_Дата: CHORSHANBA, 2011.04.13, 21:24 | Сообщение # 21
Группа: Удаленные





Man öqimadim
 
SHERKHAN_0777Дата: PAYSHANBA, 2011.06.23, 18:46 | Сообщение # 22
Группа: Удаленные





juda qiziqarli
 
JaysonДата: PAYSHANBA, 2011.06.23, 20:28 | Сообщение # 23
Группа: Удаленные





ajoyib
 
_MAFIYA_Дата: YAKSHANBA, 2011.07.03, 23:07 | Сообщение # 24
Группа: Удаленные





uni yozib bo'midi
 
_MAFIYA_Дата: YAKSHANBA, 2011.07.03, 23:07 | Сообщение # 25
Группа: Удаленные





uni yozib bo'midi
 
  • Страница 1 из 2
  • 1
  • 2
  • »
Поиск:

2025 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
Хостинг от uCoz