PAYSHANBA, 2025.06.26, 16:53
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 2 из 2
  • «
  • 1
  • 2
Модератор форума: GAVHAR  
G'aroyibot
_MAFIYA_Дата: YAKSHANBA, 2011.07.03, 23:07 | Сообщение # 26
Группа: Удаленные





uni yozib bo'midi
 
_MAFIYA_Дата: YAKSHANBA, 2011.07.03, 23:07 | Сообщение # 27
Группа: Удаленные





xe
 
PepPerДата: CHORSHANBA, 2011.10.19, 06:46 | Сообщение # 28
Группа: Удаленные





Xa
 
_MAFIYA_Дата: SESHANBA, 2011.11.15, 20:25 | Сообщение # 29
Группа: Удаленные





bilmadim
 
☜❶☞OltiNBoL@☜❶☞Дата: DUSHANBA, 2012.02.27, 14:43 | Сообщение # 30
Группа: Удаленные





билмасам
 
_MAFIYA_Дата: DUSHANBA, 2012.03.26, 16:03 | Сообщение # 31
Группа: Удаленные





xa
 
ZIRAPCHAДата: SESHANBA, 2012.06.05, 08:11 | Сообщение # 32
Группа: Удаленные





Bilmadim
 
_DRIFT_Дата: SESHANBA, 2012.06.05, 09:49 | Сообщение # 33
Группа: Удаленные





Blmadm
 
_MAFIYA_Дата: SESHANBA, 2012.06.05, 16:05 | Сообщение # 34
Группа: Удаленные





qani boshlela g'aroybotlardan
 
Fast-ForWarDДата: SESHANBA, 2013.02.26, 01:51 | Сообщение # 35
Группа: Удаленные





men blmimanda
 
MuNchoQchaДата: MUBORAK JUMA, 2013.03.08, 02:44 | Сообщение # 36
Группа: Удаленные





ps wacko
 
MuNchoQchaДата: MUBORAK JUMA, 2013.03.08, 02:45 | Сообщение # 37
Группа: Удаленные





ps wacko
 
MuNchoQchaДата: MUBORAK JUMA, 2013.03.08, 02:46 | Сообщение # 38
Группа: Удаленные





ps wacko
 
Fast-ForWarDДата: YAKSHANBA, 2013.03.10, 08:12 | Сообщение # 39
Группа: Удаленные





yomonku
 
_MAFIYA_Дата: SHANBA, 2013.03.30, 04:02 | Сообщение # 40
Группа: Удаленные





“KO’Z” KASOFATI
Sadoqat bugun juda erta
uyg‘ondi. Hali tong yorishmabdi.
Birpas to‘shagidan turmay qarab
yotdi. Kayfiyati g‘alati edi. Ko‘rgan
tushi xayolidan ketmas, ta’birini
bilolmay boshi qotardi.
Tushida oppoq paxtazorda paxta
terayotganmish. Qo‘lini tekkizishi
bilan qiyg‘os ochilgan paxtalar
yulinib, fartugiga tusharkan.
Fartugi bir pasda to‘lib ketar, uni
bo‘shatib, qiz yana suyunganicha
terishga tusharkan.
— Oh-ho, boyib ketayapsan-ku,
Sadoq! — paxtazorning narigi
burchagidan turib qichqiribdi
dugonasi Nargiz. — Shuncha
paxtaning pulini nima qilasan?
— Tupurib qo‘y-ey, ko‘zing
tegadi! — urishib beribdi qiz. —
Axir qanchalik mashaqqat bilan
ishlayotganimni bilasanmi? Men
bunday baxtni bir umr orzu
qilganman. Xudo xohlasa, pulini
yig‘ib repetitorga qatnayman.
O‘qishga kiraman!
Shu payt paxtazorning har
tarafidan xilma-xil kulgilar eshitila
boshlabdi. Qiz atrofga alanglab
qo‘rqib ketibdi. Katta-yu kichik
paxtakorlar ko‘rsatkich barmog‘i
bilan uni ko‘rsatib qah-qah
otishayapti.
— Nega kulasizlar?! —
asabiylashib baqiribdi qiz. —
Ochib qo‘yibmanmi sizlarga?!
Kulgi battar avj olibdi.
Qahqahaning kuchliligidan
osmon gumburlab, yer qimirlab
ketayotganga o‘xsharkan.
Qandaydir yoqimsiz achchiq hid
dimog‘iga urilibdi. Qizning ovozi
bo‘g‘ilib, boshi aylanib yerga
o‘tirib qolibdi. Qarasa, hozirgina
tergan paxtalari qop-qora kulga
aylanib yotganmish.
“Ishqilib, yaxshilikka bo‘lsin-da”,
— shivirladi qiz o‘ziga-o‘zi. So‘ng
sekin o‘rnidan turib, tashqariga
chiqdi. Atrofda hech kim
ko‘rinmaydi. Hamma shirin
uyquda yotibdi. Demak, tong
otishiga hali ancha bor. Lekin bu
kayfiyatda uxlay olmaydi.
Ichida qandaydir bir kuch uni
paxtazor tarafga undadi.
“Bormayman! — o‘yladi. — Hali
tong otgani yo‘q. Bir o‘zim
borishim xavfli”.
O‘zini majburlab, uyga kirdi va
hali sovib ulgurmagan to‘shagiga
cho‘zildi. Ko‘zini yumib, qaytib
uxlashga har qancha urinmasin,
bo‘lmadi. Tezroq paxtazorga
borgisi, paxta tergisi keldi.
G‘ayritabiiy bir kuch uni o‘sha
tarafga tortqilardi.
“Bormasam bo‘lmaydiganga
o‘xshaydi, — o‘ylab qoldi. —
Balki, tushim bejiz emasdir!
Hammadan erta borsam, yaxshi
qatorga tusharman. Ishim
o‘ngidan kelar. Repetitorga
berishga loyiq pul ishlab olarman.
Lekin... kuyib ketgani nimasiydi?
E, ha-a, ko‘z tegishi mumkin.
Menimcha, bu odamlar ishga
chiqmasidan borib terib ol,
yo‘qsa, ko‘z tegadi, degani bo‘lsa
kerak!”
Qizning o‘ylariga asos bor edi.
Chunki u qishloqdagi eng yaxshi
terimchi. Hozirgacha hech kim
unga bas kelolmagan. Eh-he,
Sadoqatga yetib olish uchun
qizlar nimalar qilishmadi! Hatto
tushlikka o‘tirmay, kuni bo‘yi
tinimsiz teribam undan qolib
ketgan. Demak, bugungi tushi
uni ko‘z tegish xavfidan ogoh
etayapti. Borib, qizlar kelishidan
oldin paxtani terib qo‘yadi-da,
boshqalarning ko‘z oldida
sekinroq harakat qilgani ma’qul.
Shunda, o‘ziga kerakli pulni ham
topadi, boshqalarning ko‘zini
ham kuydirmaydi.
Qiz paxtazorga borib, hayratdan
lol qotdi. Paxtalar xuddi
tushidagidek qiyg‘os ochilib
yotibdi. Qiziq! Uchinchi
terimdayam shunaqa bo‘lishi
mumkinmi? Kechagina paxtaning
yo‘qligidan jig‘ibiyron bo‘lib
yuruvdi-ku! Quruq chanoq
terayotgandi-ku! Ana xolos, bu
taqdirning bir inoyati bo‘lsa
kerak-da. Nasib bo‘lsa, u hamma
niyatlariga yetadi.
Paxta terishga tushib ketdi. Xuddi
tushidagidek oson va tez terardi.
Atrof qorong‘i edi, lekin qo‘rquv
hissi uni zarracha ham bezovta
qilmadi. Aksincha, tanasida
qandaydir rohat tuydi. Buning
ustiga, paxtalar og‘ir,
odatdagidan ancha og‘ir edi.
Ozginasi ham ancha kilo chiqadi.
Qanday baxt! Qani endi har kuni
shunday bo‘lsa! Kelasi yili, albatta,
o‘qishga kirib ketardi. Ana,
repetitorga tayyorlanib
qanchadan-qancha sinfdoshlari
o‘qishga kirdi. Ularning ota-onasi
boy. Bolasining o‘qishi uchun
sharoit yaratib bera oladi.
Sadoqat esa... uning kuchiga hali
hamma hayron qoladi. O‘qish
uchun pulni ham o‘zi ishlab
topadi.
— Sadoqat, ertalabdan nima qilib
yuribsan? — qiz bolaning ovozi
keldi orqa tarafdan.
Qiz burilib, bir guruh qizlarni
ko‘rdi. Gapirayotgan Nargiza edi.
Tavba, hammasi xuddi
tushidagiday! Ishqilib, ishqilib
tergan paxtalari kuyib ketmasin-
da! Qaerdanam paydo bo‘ldi
shular?
Qiz indamay, qovog‘ini osib,
paxtasini teraverdi.
— Voy-bo‘y, arpangni xom
o‘rganmidik? Buncha ertalabdan
qovoq-tumshuq qilmasang? —
achchiqlandi Nargiza va narigi
tarafdagi paxta dalasiga qarab
keta boshladi. Qolgan qizlar ham
unga ergashdi.
Sadoqat “yalt” etib jo‘yakka
qaradi. Tergan paxtalari uyum-
uyum bo‘lib yotibdi. “Xudoga
shukr-ey! — o‘yladi ichida. —
Paxtalarim kuyib ketmadi!
Gapirmaganim yaxshi bo‘ldi!
Lekin qizlar nega u yoqqa
ketishdi? U tarafda bittayam
paxta yo‘q-ku. Faqat chanoqlar
qolgan. Nega ular mening
yonimga o‘tib terishmayapti?
Arazlab, shunday qiyg‘os
ochilgan paxtalardan yuz burib
ketishdimi? O‘zlaridan ko‘rsin!”
— Sadoqat! — onasining ovozini
eshitdi. — Bu yerda nima qilib
yuribsan? Axir bu yerga odamlar
kunduzi ham qadam bosishga
qo‘rqishadi. Bir o‘zing qaysi
yurak bilan kelding? Seni tong
otmasidan paxtazorga ketibdimi,
deb xavotirlanib izlab chiqdim.
— Paxta termay nima
qilayapman, oyi? — hayron bo‘ldi
qiz.
— Nima? Paxta terayapsan?
Aqlingni yedingmi? Eski
mozoristonning o‘rnida turibsan-
ku! Qo‘lingdagi tezak-ku!
— Tezak? — qiz xavotirlanib
yana bir marta jo‘yakka qaradi.
Hech qanaqangi jo‘yak yo‘q!
Paxtazor ham yo‘q! Tergan
paxtalari ham! Faqat tezaklar
yotibdi! Uyum-uyum bo‘lib.
Qo‘rquvdan qizning ko‘z oldi
qorong‘ilashib, oyoq-qo‘llari
o‘ziga bo‘ysunmay qoldi. Turgan
joyiga hushsiz yiqildi. Shifokorlar
uni o‘ziga keltirib olishganida,
o‘ng qo‘li ishlamay, shol bo‘lib
qolgandi.
 
Fast-ForWarDДата: PAYSHANBA, 2014.04.10, 18:39 | Сообщение # 41
Группа: Удаленные





Vuuu
 
  • Страница 2 из 2
  • «
  • 1
  • 2
Поиск:

2025 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
Хостинг от uCoz