Inson baxt, omad, sog'liq va tinchlik uchun umrbod doimiy harakatda bo'ladi. Ko'p vaziyatda nimalarga ahamiyat berishni ba'zida bilmay qoladi. Shunda nimalarga ko'p e'tibor qaratish kerak deb o'ylaysiz?
P.S. 1. Siz inson sifatida hayotingizni qanday ezgu ishlar bilan sarf etganingizni o'yladingiz! Shunda siz ...
2. Kimdandir yahshi kayfiyatni ko'rdingiz shunda siz...
3. Hayotda juda tushkun vaziyatda bo'lishingizga qaramasdan siz yolg'izsiz. Shunda siz ...
4. O'qish yo ishda sizni hech kim e'tiborga olmaydi. Shunda siz ...
5. Ota - onangiz bilan o'zaro tushunmovchilik paydo bo'ldi. Muammoni yechimiga aqlinigiz ilojsiz holatda qolmoqda. Shunda siz ...
6. Kim bilandir do'stlashishni istaysiz. Ammo o'zingizni juda noqulay his qilyapsiz. Shunda siz ...
7. Na omad, na muhabbat, na go'zallik, na do'stlikda yutuqlaringiz bor. Shunda siz...
8. Orzu qilishga kimdandir yordam so'rashga tortinasiz. Yoki orzu sizga juda oddiy ermak. Shunda siz ...
9. O'zingiz qilgan xato, kamchilik yoki gunohlardan birdan vijdoningiz to'satdan cho'chib uyg'onib ketdi. Shunda siz ...
10. Hayotingizda eslashga arzigulik yoki qadrlashga arzimaydigan voqealar ko'pligidan yoki yo'qligidan siqilmoqdasiz. Shunda siz ...
Hamma aql o'rgatish juda qiyin, ammo savollarga javob berish kelganda biroz o'ylanib qolamiz? Nega? aybimizni tan olishdan ko'ra kimlarnidir ayblashni hush ko'ramiz? Nega? Yurak ba'zida aqlga bo'ysunmaganda yomon odatlarimiz ma'naviyatimizdan ustunlik qilib ko'ngillarni og'ritib qoldirganimizda nimaga oqibatini o'ylamaymiz? Nega? Savollar juda ko'p, ammo javoblar esa juda kam? Nega?
1) Juda hafa bo'p ketaman. Unchalik ham foydam tegmabdi shu paytgacham 2) men ham xursand bo'p ketaman hatto tushkun kayfiyatimni unutib 3) barchasini o'zim yengib o'tishga o'rganganman barchasini ichimga yutaman va hechnima bolmagandek yuraman 4)E'tiborga arzidigan darajada o'zim ustimda ishlayman faqat yahshi tomonlama etiborda bo'lishga intilaman 5)Sukut saqlayman 6) Barbir dostlashishga harakat qilaman 7) hech bo'lmaganda birontasiga erishishga harakat qilaman 8)... 9) o'zimni qoyishga joy topolmay siqila boshlayman. Aybimni yuvishga harakat qilaman 10) Shunchaki boshqa narsaga chalgiyman. Axir u voqealarni ham hayotimda o'z o'rni bor. Shular sabab men o'zimga ko'p xulosalar olib harakat qiganlarimni eslayman