CHORSHANBA, 2025.06.25, 11:42
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 3 из 5
  • «
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 5
  • »
Модератор форума: AnDiJoNLiK_BeZoRi  
♥ K u n D a L i K ♥
александр8888Дата: DUSHANBA, 2013.05.27, 20:06 | Сообщение # 51
Группа: Удаленные





Bugun ertachi turdim biroz tashqarini tomosha qilib o'tirdim keyin turib ishga chiqdim ishlarimni bajardim kechgacha yaxshi ishladim orada biroz zerikdim nima qilishni bilmay o'tirdim.Yaqinlarimni sog'indim kechirila gudok tashaganla tel qilolmayman telimga pul tashaganim yo'q uzur.Kech tushdi xozir yomg'ir yog'ishni boshladi,ovqat qilyapman bugun bilmadim nima ovqat qilishni lekin biror narsa pishiraman.Mayli boriga shukur kechkurun endi soat 1-gacha kino ko'rib biroz netda turib keyin uxlayman xayr
 
александр8888Дата: CHORSHANBA, 2013.05.29, 00:29 | Сообщение # 52
Группа: Удаленные





Salom ... Nima yozishniyam bilmayman uzur kayfiyatim yo'q to'g'risini aytganda judayam zerikdim xayr...
 
александр8888Дата: PAYSHANBA, 2013.05.30, 00:22 | Сообщение # 53
Группа: Удаленные





Zerikarli,achinarli,birozgina qiynoqli hayotning vaqti to'xtab qolganday bir joyda yuragim bilan ko'zlarimdan boshqa xech qayerim ishlamayotganday. Xx a y r. . .
 
александр8888Дата: MUBORAK JUMA, 2013.05.31, 17:23 | Сообщение # 54
Группа: Удаленные





Salom anchadan beri yozmay qo'ydim uzur smile ishlarim ko'p emasdi shunchaki har doimgi kunlar bir xildek o'tardi xolos...Kecha Onamni tug'ilgan kunlari ekan mani bundan umuman habarim yo'q edi,rostini aytsam Onam qaysi oyda tug'ilganlarini bilmas edim.Telefonimda pulim ham yo'q edi hattoki tabriklab ham qo'yolmadim Onajonimni mendan juda qattiq xafa bo'lgandirlar afsus.Men ham shu oilam uchun ishlab yuribmanu topgan pulimni bitta telefongayam qo'yolmayman sababi rejalarim juda ko'p men ham boshqalardek baxtli to'kin sochin butun oilada yashashni Otamdan qolgan eski uyimni qaytadan remont qilib shu uyda bir umir tinch osoyishta yashashni istayman.Mana shu niyatlarim uchun ishlab pul topib hatto yeb ichishimniyam kamaytirib yuribman.Qishda kelganimda biroz kuchim bor non yegan yigitga o'xshardim,xozir esa juda ozib qolganman.Eh Hudoga shukur shularni boriga shukur o'ylaymanki hammasi yaxshi bo'ladi xayr ! smile
 
александр8888Дата: SESHANBA, 2013.06.04, 13:11 | Сообщение # 55
Группа: Удаленные





Salom bugun kayfiyatim ertalab juda yaxshi edi afsuski obetga kelib hammasini rasvo qilishdi kayfiyatimni buzishdi sad
 
александр8888Дата: CHORSHANBA, 2013.06.05, 01:01 | Сообщение # 56
Группа: Удаленные





Bugun ishga ertachi chiqdim kayfiyatim yaxshi edi lekin qayerdandir obatga chiqqanimdan keyin akam bilan tortishib qoldim shu bilan yana kayfiyatim rasvo bo'ldi sad har kuni kayfiyatim yaxshi bo'lishiga harakat qilyapmanu lekin qo'limdan kelmayapti
 
александр8888Дата: CHORSHANBA, 2013.06.12, 21:16 | Сообщение # 57
Группа: Удаленные





Salom Kundaligimga yozmaganimgayam ancha bo'ldi smile hammadan uzur so'rayman shunchaki ishlarim ko'payib ketgandi vaqt topib bemalol o'tirib yozolmadim,endi yana yozishni boshlayman smile Bugun bayram bo'ldi Rossiyani bayrami ekan dam oldik baribir bizga ish bo'ldi bugun og'ir ishladim ertalab soat 10ga turdim lekin biggrin Shu bilan mana kech bo'ldi xozir ovqat qilyapman keyin yana dam olaman ertaga ishga chiqaman xozircha hammasi yaxshi smile Faqat bitta iltimosim bor yaqinlarim mani zeriktirmayla yolg'izlikdan qiynalyapman smile
 
александр8888Дата: MUBORAK JUMA, 2013.06.14, 09:02 | Сообщение # 58
Группа: Удаленные





Salom bugun ertalab turgim kelmadi rosti kecha isj ko'pligidan juda charchagandim kecha qo'limni toshga qisib oldin juda og'riyapti,bugun esa ertalab turib yuz qo'limni yuzganimdan keyin burnim qonab qoldi juda nimjonmanda manimcha.Ha mayli bugun ish yengil bo'lsa kerak axir juma kunida smile
 
александр8888Дата: MUBORAK JUMA, 2013.06.14, 16:57 | Сообщение # 59
Группа: Удаленные





Salom bugun ishlar juda ko'p bo'ldi Yuk keldi obetdan keyin katta Furada yukni tushirdik keyin o'zimizni ishlarni qildik,xozircha hammasi yaxshi hudo xohlasa dam olish kunlari shahar aylanmoqchiman ko'chaga chiqamaganimgayam 7-oyga yaqinlashgandi o'zimga qarab bo'lmaydi rosti Mauvgliga o'xshab qolganman biggrin mani kim ham ko'rardi ...
 
александр8888Дата: SHANBA, 2013.06.15, 17:41 | Сообщение # 60
Группа: Удаленные





Hammaga salom bugun eeertalab turdim tong sahardan soat 10-yarimda turdim biggrin keyin ovqatlanib ishga chiqdim ozgina ishladim yarim ishim qolib ketti dry xalaqit berishdi ishlashimga keyin netga kirib atrofni tomosha qildim bugun qiladigan ishlarim shu kechga hudo xohlasa man ham odam bashara bo'laman biggrin sochim uzun qizlanikidek bo'lib ketgandi sartaroshimizga aytaman olib qo'yadi bu yog'i issiq endi yengilro bo'lib olishim kerakda.Shu bilan kech kiradi uxlayman smile
 
александр8888Дата: DUSHANBA, 2013.06.17, 22:06 | Сообщение # 61
Группа: Удаленные





Salom ! Bugun Dushanba ish kunining boshlanishi va eng og'ir kun deyishadi,lekin bugun manga unchalik og'ir kechmadi chunki man ichmayman chekmayman smile yaxshi niyat bilan ertalab o'rnimdan turib ishga chiqdim qarasan bugun manga tegishli ish yo'q ekan.Bekorchilik qilib yurdim keyin shu bilan kech tushdi.Kechki ovqat qilayotgandim,mani asal singiljonim tel qilib qoldi juda xursand bo'ldim u bilan gaplashib smile yaxshiyam singlim bor ekan u mandan uzoq bo'lsayam u manga yaqindek telefondan bo'lsayam uni issiq taftini xis etib turaman doim ko'nglini olib yaxshi gaplashishga harakat qilaman.Chunki uni juda yaxshi ko'raman baxtimga u qayerda bo'lsayam doimo sog' omon bo'lishini tilayman smile raxmat singiljon.Qilgan gunohlarimni o'zing kechir sani qiynaganim uchun kechir yaxshi yomon kuningda yoningda yoki uzoqdan bo'lsayam sanga dalda bo'lib turmaganim uchun kechir.San bilan o'tgan kunlarimni man eng hayotimdagi mazmunli kunlar deb baholayman smile ... Ha aytgancha bugun ayajonim bilan gaplashdim,ular uyda o'tiraverib zerikkanlaridan Surxondaryodagi amakilarimni ko'rgani ketibdilar smile man o'yladimki raxmatli Dadajonim tushlariga kirganmikan dedim.Chunki o'tgan kuni man tushimda ayajonimni ovozlarini eshitgandim...Shu bilan bugunga ishlar tugadi ertagacha Kundalik .! smile
 
александр8888Дата: SESHANBA, 2013.06.18, 22:13 | Сообщение # 62
Группа: Удаленные





Salom man bugungayam yetib keldik... Bugun ertalab turib choyimni ichib ishga chiqdim har kungidek manga ish yo'q ekan shu bilan aylanib yurdim sexda.obetdan kiyin esa manga ish topildi ozgina ishladim lekin yoqmadi qolganini ertaga qilaman chunki ish vaqti tugagandi ertaga yana ishim yo'q bo'lsa zerikaman deb ishlamadim.Kech bo'ldi endi biroz netda o'tirib ishimni qilaman qo'shiq eshitaman.kino ko'rib keyin kechasi soat 2-lada uxlayman ertagacha smile
 
александр8888Дата: CHORSHANBA, 2013.06.19, 22:03 | Сообщение # 63
Группа: Удаленные





Salom bugun ertalab rosa uxlagim keldi judayam charchaganday turib ishga chiqdim kechagi qolgan ishlarimni qilib bo'lib keyin dam olib o'tirdim.Shu bilan obet o'tdi mana kech bo'ldi ishlar tugadi.Keyin yaqin jo'ramga tel qildim u ham oilaviy tashvishlar tufayli ishlagani Rossiyaga yuribdi manimcha Irkutskiyga ekan biroz gaplashdik,tel qilganimni sababi unga ish taklif qilmoqchi edim yangi ish ochildi biznikiga o'xshash zavod shunga odam kerak ekan.Ishlari yaxshi ekan indamay qo'yaqoldim,jo'ram mandan 2-yosh kichik shu yili uylanmoqchi ekan bir amallab to'yni qish oylariga qilishga ko'ndirdim,chunki qishga dam olgani uyga boramanda do'stlarim o'zi 4-dona hammamiz yig'ilamiz Osmon guruhimiz bor edi o'tgan yili.Shu bilan telimni puli tugadi gapimiz ham tugab qoldi.Endi xozir mp3 ko'chiryapman netdan keyin yana biroz turib kino ko'ramanda uxlashga ketaman bugunga shular smile singiljon man sizni har kuni eslayman sizchi !?
 
александр8888Дата: PAYSHANBA, 2013.06.20, 21:33 | Сообщение # 64
Группа: Удаленные





Bugun biroz kayfiyatim yo'q to'g'risi zerikdim dry nima qilishni bilmay o'tiribman,kunim har doimgidek o'tdi yaxshi.Ertagacha ! kechirasila yozgim kelmay qoldi charchadim. sad
 
александр8888Дата: DUSHANBA, 2013.06.24, 19:58 | Сообщение # 65
Группа: Удаленные





Salom bugun dushanba ekan 2-kun mazza qilib dam oldim akam keldi bizani ko'rgani smile ular bilan gaplashdim.Xozircha kayfiyatim biroz yaxshi,ishlarim ketyapti bugun dam olishdan boshqa ish qilmadim ha naushnigimni sozladim yana ozgina qoldi u yog'ini sozlasam boshqa joyi chiqib o'tiribdi dry o'zbeklada bitta gap boru eskini yamaguningcha esing ketadi degan shunaqa bo'lib o'tiribman wacko biggrin .Kech bo'ldi ovqat qilyapman shirin chiqadi deb o'ylayman smile singlimni sog'indim mani unutib qo'ydi shekilli.Mayli kayfiyatni buzmaslikka harakat qilaman ertagacha xayr smile
 
александр8888Дата: SESHANBA, 2013.06.25, 20:00 | Сообщение # 66
Группа: Удаленные





Salom bugun ertalab turib ishga chiqdim ishlarimni yaxshi tugattim,bugun ishchilarga yordam berib yurdim.Shu bilan kech bo'ldi obetga saytga kirib yangi dramma yozdim hali agar iloji bo'lsa bugun kechqurun bosh sahifaga chiqishi kerak,juda achinarli dramma bo'ldi.Xozircha shu gaplar ovqat qilyapman mehmonga kelilar smile negadir mani xech kim eslamay qo'ydi sad unutish osonmi shunchalik yoki mani aybim shumi gunohlarimga javob berish uchun doim yolg'iz bo'lishim kerakmi. Mayli kayfiyatimni buzmaslikka harakat qilay, ertagacha xayr
 
александр8888Дата: CHORSHANBA, 2013.06.26, 23:12 | Сообщение # 67
Группа: Удаленные





Salom bugun ertalab uyg'ongim kelmadi baribir turganim bilan manga ish yo'q edi shunday bo'lsayam uyg'ondim.Ishga chiqdim obetgacha ishim yo'q boshqalaga yordam berib yurdim obetdan keyin juda og'ir ish chiqib qoldi shularni bajardim.Kayfiyatga kelsak mani yaqin insonlarim unutib qo'ydi xozirda shirin so'ziga mushtoq edim u esa sog'inganimni ham bilmay ketti,mayli lekin juda sog'indim sani singiljon o'zing bilasan endi. Kech bo'ldi ish tugab uyqu bosib yotgandim katta akam keldila smile xozir netdaman shu bilan yana 1-soatdan keyin kirib qarab keyin uxlayman xayr.
 
александр8888Дата: PAYSHANBA, 2013.06.27, 22:59 | Сообщение # 68
Группа: Удаленные





Salom bugun ishlarim juda ko'payib ketti ertalabdan turib choy ichmay ishga chiqib kettim obetdayam xech narsa yemadim kechgacha hamma ishimni qilib bo'ldim,hali ertagayam ishlarim ko'p.Biroz mazam qochib qoldi qo'lim qaltirab boshim aylanib qoldi shekilli,bilmadim wacko .Shunday qilib kech bo'ldi,soat 1-lada uxlayman smile
 
александр8888Дата: CHORSHANBA, 2013.07.03, 23:11 | Сообщение # 69
Группа: Удаленные





Salom... Anchadan beri kundalik yozolmay qoldim kechirasila ishlarim juda ko'payib ketgan esimdan ham chiqib qolibdi sad ancha narsalarni o'tkazib yubrodim endi hayolimga kelganini yozaman.Xullas dushanba kuni ertalabdan kechgacha stanogimda ishladim zakazlarim ko'p edi keyin kechga ovqat qilib yeb kino ko'rib netga kirdim keyin uxladim,seshanba keldi ertalab turib ishga chiqdim har doimgidek ishlarim bor edi boshqa ishchilaga yordamlashdim keyin shu bilan kun ham o'tdi.Bugun esa ertalab turdim yangi zakaz olgandim plitka toshni qayta ishlashim kerak edi granit toshini chiroyli qilib qayta ishladim.shu bilan obet bo'ldi biroz dam olib yana ishga chiqdim.Keyin kech bo'ldi kechga mazaligina ovqat qildimda kino ko'rishga kettim kinoni yarmigacha ko'rdim keyin odamla boshqa kino ko'ramiz dedi man chiqib nachalnigimini netiga kelib o'tirib oldim mana shu yerdan yozyapman smile shu bilan kechasi soat 1-yarimlada uxlayman ertagacha
 
александр8888Дата: PAYSHANBA, 2013.07.04, 22:49 | Сообщение # 70
Группа: Удаленные





Hammaga salom bugun ishlarim juda yaxshi bo'ldi va juda charchadim kayfiyatim ham boshqa kunlarga qaraganda juda yaxshi bo'ldi smile qolgan ishlarni hammasi o'rnida ketyapti bugun yuk mashinalari ko'payib ketti unisi ketmasidan orqasidan boshqa gazel kelib tiqiladi bizda esa hammasi tinchgina yuklab berildi juda yaxshi kun bo'ldi.Kech bo'ldi bugun dam olyapman ovqat qilmadim biggrin shu bilan kechqurun soat 1-lada uxlayman demak ertagacha smile
 
александр8888Дата: SHANBA, 2013.07.06, 00:41 | Сообщение # 71
Группа: Удаленные





Salom bugun juda charchadim ishlarim juda ko'payib ketti ertagayam ish bo'larmish deb eshittim man uxlayman bugun qilganim hammasi ish xayr smile
 
александр8888Дата: SHANBA, 2013.07.06, 15:12 | Сообщение # 72
Группа: Удаленные





Salom bugun umuman kayfiyatim yo'q manimcha yaxshi uyquga to'ymaganimdan bo'lsa kerak sad ishlarim ham juda ko'payib ketdi,juda charchadim xech kim bilan gaplashgim ham kelmayapti shu kundalikni ham bir amallab yozyapman manga bugun nima bo'ldi o'zim ham bilmayman sad
 
александр8888Дата: SESHANBA, 2013.07.09, 01:11 | Сообщение # 73
Группа: Удаленные





Hammaga salom bugun g'irt bosh og'riq kun bo'ldi juda charchadim ishlarim rosa boshni og'ritvordi.Xozir yotib uxlayman ertagacha kunim har doimgidek o'tdi
 
александр8888Дата: CHORSHANBA, 2013.07.10, 02:07 | Сообщение # 74
Группа: Удаленные





Hammaga salom bugun juda g'alati kun bo'ldi uzur kayfiyatim yaxshimas ishlarim joyida keyin yozaman maylimi sad
 
александр8888Дата: CHORSHANBA, 2013.07.10, 19:58 | Сообщение # 75
Группа: Удаленные





Salom bugun ertalab turib ishga chiqdim.Ishlarim ko'p bo'lsayam unchalik charchaganimni sezmadim,balki kechagi gapladan keyin shunday bo'lgandir smile ishlarim tugadi,xozir ovqat qilyapman keyin kino ko'rib ovqatlanamanda yana netga kirib bir aylanib keyin uxlashga yotaman.Xozircha shu gapla yangilikla xozircha yo'q
 
  • Страница 3 из 5
  • «
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 5
  • »
Поиск:

2025 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
Хостинг от uCoz