CHORSHANBA, 2025.06.25, 04:19
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 2 из 5
  • «
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 5
  • »
Модератор форума: AnDiJoNLiK_BeZoRi  
♥ K u n D a L i K ♥
александр8888Дата: SHANBA, 2013.04.27, 02:22 | Сообщение # 26
Группа: Удаленные





Man hali uxlamadim uyqum kelmayapti smile Ayamni sog'indim ularni ko'rgim keldi smile kecha ishga chiqdik biroz ishladik biz tomonga proverka bo'lyapti hamma joyda milisala yuribdi begona chetdan kelgan odamlani hammasini tekshiryapti.Man ishlarimni tugatib bo'ldim lekin ertalab qarasam hali yangi zadaniya berib ketishibdi shuni ertalab bajarishim kerak,dam olish kunlari ishlash yoqmaydida dry shuni yomon ko'raman.Dam olishga nima yetsin xech bo'lmasa bir kungina tinchlikni xohlayman.Bugun yangi sher yozishga harakat qildim,manimcha yaxshi chiqmadi qo'ldan kelgancha yurakdan yozdim ...Xozircha shunaqa gaplar hammaga sog'lik tilayman smile Baxtimga sog' bo'lilar do'stlar...
 
александр8888Дата: YAKSHANBA, 2013.04.28, 23:45 | Сообщение # 27
Группа: Удаленные





Salom bugun manimcha Yakshanba edi shundaymi...Bugun obetga uyg'ondim juda ko'p uxladim mazzade uxlash dam olish kunida,nimagadir manga xech kim tel qilmay qo'ydi esidan chiqargandirda hammasi...Mayli bugun obetga uyg'onib ishga chiqdim juda ko'p ishlarim bor edi shularni boshladim hali juda ko'p dam olish kuni ishlaganimga aloxida pulimni beradilar.Manga nima ishlasam o'zimga yaxshi shuni bilaman xolos...Kech bo'p qoldi uxlash kerak ertaga yana ish kuni mani yana zerikish boshlashi qiynaydida manimcha bu haftadan yana zeriksam kerak xayrli tun hammaga...
 
александр8888Дата: DUSHANBA, 2013.04.29, 21:29 | Сообщение # 28
Группа: Удаленные





Bugun ertalab ishga chiqdim obetgacha boshimni ko'tarmy ishladim oxiri charchadim va obetga chiqib ovqatlanib ozgina dam olib yana ishga chiqdim.Bugun oylik berishdi.Ishlarim hali ko'p ertagayam ishlaymiz keyin esa dam berishadi shu hafta ishlamaymiz.Kech bo'ldi ovqat qildim ertaga bizani rasmga tushirisharkan biggrin mana shunaqasiga...Xozir esa nima qilishimni bilmay zerikib o'tiribman,chiroyli qo'shiq eshitib o'tiribman.Kechga kino ko'rib yotib uxlayman manimcha bugun ham xech kim mani xolimdan xabar olmaydi.Ertagacha Kundaligim smile
 
александр8888Дата: SESHANBA, 2013.04.30, 23:46 | Сообщение # 29
Группа: Удаленные





Salom zerikmayapsilami man esa zerikyapman birozgina smile ...Ertadan boshlab dam olish kuni bayram bo'lyapti Rusda...Mani esa qiladigan ishlarim juda ko'p bir haftalik bayramni ishlab o'tkazaman charchab qolsam kerak mayli sabr qilamiz...Bugun har doimgidek ishlab kechgacha yurdim,avvalgidek yana qo'limni bejab qo'ydim biggrin mayli o'tib ketadi...Kech bo'ldi hali kompuda klip tayyorlashim kerak Osmon guruhiga bir hafta vaqtim ketadi.Kliplarimni xozircha netga 1-tasini joylashtirganman...Mayli xayrli tun yaxshi dam olila smile
 
александр8888Дата: PAYSHANBA, 2013.05.02, 00:25 | Сообщение # 30
Группа: Удаленные





Bugun juda mazza qilib uxladim boshqa ishim yo'q edi yana bayram kuni obetgacha uxladim rosti smile ...Keyin ovqatlanib kino ko'rib o'tirdim kechga yaqin ovqat qildim juda mazali yaqinda qizladan zo'r ovqat pishiradigan bo'lib ketsam kerak biggrin ...Mayli kechasi endi biroz netda o'tirib keyin uxlayman bugunga shu gaplar xayrli tun !!!
 
александр8888Дата: SHANBA, 2013.05.04, 16:46 | Сообщение # 31
Группа: Удаленные





Salom smile yozmay qo'yganimgayam ancha bo'ldiya manimcha.Bizaga bayram bo'lgani uchun har kuni dam olib bazida ishlab yuribman netgayam unchalik kirganim yo'q kechqurun uxlayman ertalab soat 10-gacha rostida ish bo'lmagandan keyin uxlash kerakda xali ish boshlansa uyqu qayoqda faqat tinimsiz ishlaymiz,bizani ish biroz og'irroq charchatib qo'yadi haliyam belim og'riydi shu ishdan mayli qo'ldan kelgancha ishlayapmanu smile Hammaga yaxshi dam tilayman ertaga dam olish kuni dushanbadan ishga yana omad hammaga smile
 
александр8888Дата: DUSHANBA, 2013.05.06, 00:30 | Сообщение # 32
Группа: Удаленные





Xayrli kech ertaga ish boshlanadi ertalab endi tong saharda turaman dam olish ham tugadi bayram ham tugadi hammasi tugadi.Endi buyog'iga ishlash kerak juda zerikdim manga kerak bo'lgan odamla mani eslamay qo'yibdi umuman unutvorsin mayli endi o'zi biladi hammasi bir amallab yashaymanda.Kech bo'ldi xozir uxlayman ertagacha xayr yaxshi dam olila sad
 
александр8888Дата: SESHANBA, 2013.05.07, 00:18 | Сообщение # 33
Группа: Удаленные





Salom bugungi kunni og'ir kun deyishadi chidasa bo'ladi lekin ishlarimni tugatishimga ozgina qoldi ertaga tugaydi xozircha manda tinchlik ishlab yuribman mani unuttiza mayli o'ziz bilasiz lekin man sizzi har kuni eslayman xayrli tun !!! sad
 
александр8888Дата: SESHANBA, 2013.05.07, 20:15 | Сообщение # 34
Группа: Удаленные





Juda uyquchi bo'lib qolibman bugun ishlarimni tugatib obetga chiqib uxlab qolibman keyin tush ko'rdim yuk moshinasi kelibdi uni ko'rib uyg'onib kettim qarasam hali uxlab qolganimga 10-minut bo'lgan ekan biggrin shundan keyin o'rnimdan turib ovqatlandim keyin yana ishga chiqdim.Kechga yani xozir ovqat qilyapman mosh xo'rda juda yaxshi ko'ramanda smile 3-chi yoki 4-chi marta o'z qo'lim bilan pishiryapman smile birinchisiga nisbatan keyingilari yaxshi chiqyapti. smile Bugun kunim har xil bo'ldi shunaqa gaplar xozircha kechga esa kino ko'rib yotib dam olaman hammani Xotira kuni bilan tabriklayman smile
 
александр8888Дата: CHORSHANBA, 2013.05.08, 19:05 | Сообщение # 35
Группа: Удаленные





Bugun ertalab juda ajoyib ish bo'ldi biggrin Ertalab azonda qulog'imga xo'rozni qichqirgan ovozi eshitildi,xo'rozni ovozini eshitib uxlagan joyimda o'zim xuddi uyda uxlab yotganday xis qilibman keyin ozgina uxlab qolibman biggrin tush ko'ryapman deb o'ylab uyg'onib ketib qarasam rostdan ham xo'roz qichqiryapti keyin tushundim akam kecha xo'roz olib kelgandila biggrin derazani tagida turgan ekan biggrin .Shu bilan ishga chiqdim ishim juda ko'pligidan judayam jiddiy odamga aylanib xech kimga etibor bermay o'zimni ishlarimni qildim mani ishlarim 1-haftadayam tugamaydi agar boshqalarga qarab ularga yordamlashsam shuning uchun jaxllanib ishladim ishimni yarmini qilib bo'ldim obetga chiqdim keyin ovqatlanib yana ishga chiqdim tashqariga qarasam xech kim qolmabdi yani ishchila moshinasi bilan kelishardi birortasini moshinasi qolmabdi hammasi uyga ketvoribdi ertaga bayramligi uchun ertachi ketishibdi smile zavodga kirsam Boshliq moshinasini ichkariga kirgizib o'zi xonada ichib o'tiribdi,ha mayli dedimda ishimni qilayotgandim birozdan keyin boshliq bilan akam chaqirib qoldi borsam,magazinga chiqib kelishimni so'radi,nimaga emish aroq olib kelish kerak emish happy Ularni aytgan arog'i o'ziyam 600 rublga yaqin ekan velikni olib 10-minutga magazinga borib keldim magazinda unaqa aroq yo'q ekan boshqasini olmadim.Keyin pulini qaytarib berdimda yana ishladim ishim tugadi.Xozir dam olyapman ertaga bayram...Bugunga yana qiladigan ishlarim har doimgidek bo'ldi smile
 
александр8888Дата: PAYSHANBA, 2013.05.09, 15:40 | Сообщение # 36
Группа: Удаленные





Bugun 9-may Xotira kuni hudodan o'tgan yaqinlarimni joylari jannatdan bo'lishini so'radim,ular uchun o'z bilganimcha duo fotiha qildim yuzlarimni silab o'zimga malham berdim dardimni yaralab yana qaytadan tikdim sad nima bo'lgandayam ularni joylari jannatdan bo'lsin.Bugun bayram bayramdek bo'lsin ko'z yoshlar bilan boshlanib yaxshi niyat bilan tugasin smile barchani ota-onasi yaqinlari erta takr etmasin bugunga hammaga omad smile
 
александр8888Дата: SHANBA, 2013.05.11, 01:13 | Сообщение # 37
Группа: Удаленные





Tushunmadim kechasi har xil tushlar ko'rib chiqyapman bir qarasam o'tgan zamonga o'tib qolamanmiye yoki o'sha urush vaqtlaridagi shpionlaga o'xshab dushmanlani orasida yurib malumot yig'amanmi xullas shunaqa zamonlada yuribman tushimda.Bir marta mani tutish maqsadida dushmanla qidiruv elon qilgan ekan o'shanda ulardan qochib bir uyga kirib qolibman u yerdagi uy egalari juda mehribon ekan meni bir muddat yashirib ular ketgandan keyin ovqat berib qornimni to'yg'izib chiqarvorishdi.Bugun esa umuman boshqacha tush bo'ldi xullas mani 4-ta do'stim bor edi bizlarni bir terrorist ushlab olibdi va uni aytganini qilishimizni buyruq beribdi agar qilmasak bizni o'ldirishini va oilamni ham yo'q qilishini aytibdi.Biz noiloj uni aytganini qilishga majbur bo'ldik.Lekin man bunga chidolmadim bir amallab odamlarni orasida undan qochib kettim lekin do'stlarim uni qo'lida qolib uni aytganini qilisha boshladi.Men undan qochib yurgan vaqtimda qornim ochligi uchun shaharga kirdim va oshxonadan ovqatlanib chiqib ketayotganimda o'sha odamni ovozi eshitildi uning ovozi shunaqangi tanish ediki uni orqamda turganini sezib qoldim va o'rnimdan qimirlamay turdim agar burilsam u mani tanib qoladi va o'ldirishidan qo'rqdim u do'stlarimni ovqatlantirish maqsadida va o'sha oshxonadagi odamlar bilan qo'shib portlatishni rejalashtirgandi,men sekin burilib do'stlarimni ko'rib qoldim ularni shunday kiyintirishgan ediki kiyimini ichida portlatgich modda borligi bilinmasdi men buni sezib sekin tashqariga chiqayotgandim oshxona portlab ketti va ichkaridagi hamma olov ichida qolib ketti men esa tashqariga uchib ketgandim u terrorist esa tirik edi do'stlarim ichkarida qolib hayotdan ko'z yumishdi meni qo'limdan xech narsa kelmadi.Keyin terroristni ortidan tushdim uni qayerda yashayotganini bildim va o'z bilganimcha uni o'ldirishga qaror qildim qurollar yig'ib yo'lga tushdim hamma joyda urush ketyapti shu payt birdaniga uygo'inb kettim qarasam soat obetdagi 12-bo'libdi keyin o'rnimdan turib ovqatlanib ishga chiqdim biroz ishladim va ovqat pishirdim kechki endi saytga kirdim undan oldin kino ko'rgandim multik toje biggrin endi biroz o'tirib keyin uxlayman...O'tgan zamonda yashaganga o'xshayman
 
александр8888Дата: SHANBA, 2013.05.11, 14:53 | Сообщение # 38
Группа: Удаленные





Salom bugun ertalabdan kechgacha bekorman dam olib o'tiribman ishim yo'q zerikyapman nima qilsam ekan deb o'ylayapman ish qilish ham yoqmay qoldi.Bugun kunim shu xolda o''tishi aniq ertagacha...
 
александр8888Дата: DUSHANBA, 2013.05.13, 23:46 | Сообщение # 39
Группа: Удаленные





Salom bugun rostanam ishni og'ir kuni bo'ldi happy juda charchadim ishlarim shunaqangi ko'paydiki dam olish vaqt bo'lmadi.Ishlarimni hammasini mo'ljallangan vaqtimga tugattim reja bilan ishlasa odam yutarkan smile Ishlarim ko'p bo'lsayam o'ylagan soatimgacha tugattim...Endi ertaga ishlarim kamgina bemalol ishlasam kerak bugun yelkam og'rib qoldi ko'tar tushur qo'y ol yana ikki oyoqda ertalabdan kechgacha tik turib ishlayman bazida qiyin ishim bazida oson sabr qilgan maqsadiga yetadi deyishadiyu sabr qilyapman smile ...Bugun kechga ovqatni man qildim smile Xullas ovqatlarimga nom qo'yib chiqdim juda ajoyib nomlar topib qo'ydim biggrin ...Masalan: "Qozonda bori cho'michga chiqadi" -degan ovqat qilaman o'zimni o'ylab topgan ovqatlarimdan.Yana "Ekonom' -degan ovqatni o'ylab topdim.Keyin yana bor edi esimdan chiqdida biggrin Ovqat bormi degan ovqatni ham bilaman biggrin .Bugun Soldatchasiga Makaron yeymiz biggrin Xaxaaxaaa... Mayli man charchadim uxlayman ertagacha smile
 
александр8888Дата: SESHANBA, 2013.05.14, 21:08 | Сообщение # 40
Группа: Удаленные





Yana bitta kun smile Bugun ertalab turib yuz qo'limni yuvib tefalda suv qo'yib qaynatib ertalabdan uyquni ochish uchun kofe ichib oldim.Keyin kompni yoqib netga kirdim ertalabdan Sherlar.uz degan saytga kirib yangiliklarni bilishni yaxshi ko'ramanda biggrin ...Keyin soatga qarasam 8-20 ish boshlanadigan vaqtga kelib qolibdi o'zi.Turib ishga chiqdim hamma bemalol ishini qilib yurdi,maniyam ishlarim kechagiga nisabatan kam edi lekin ora orasida bo'lib turadigan ishlarim bor edi shunga kechgacha dam olib ishladim.Obetda esa ovqatlanib velosiped haydab yurdim.Keyin yana ishga chiqdim.Kechki soat 4-yarimlada ishim tugadi.Ovqat pishirdim bugun ham.Bugungi pishirgan ovqatimni nomini "Yegan sari yeging kelar"-deb nomladik biggrin chuda shirin pishibdi.Bilmadim man juda ko'p ovqat qilamanu lekin qanaqa atalishini bilmaymanda shunga o'zim nom qo'yib olyapman biggrin ...Shu bilan xozir mana kundaligimni yozyapman smile kechasi yana bir kirib keyin uxlayman.Haya bugun yangi malumot chiqargandim kechasi Bosh sahifaga chiqishi mumkin ...
 
александр8888Дата: PAYSHANBA, 2013.05.16, 14:42 | Сообщение # 41
Группа: Удаленные





Kecha yozish esimdan chiqibdiyu uzur...Kecha har doimgidek ishlar bilan vaqtni o'tkazib yurdim.Kechga esa ovqat qildim,keyin nachalnigimizni kompusini buzib qo'ydim shekilli,ishlay qotib qolavergani uchun yaxshilab ikki musht solgandim biggrin o'chib qoldi shu bilan yonmadi.Kechqurun mani eslab tel qilganlaga kotta raxmat yaxshiyam sizlar borsizla bo'lmasa zerikib qolardim smile ...Kechagi gaplar shulardan iborat edi...
 
александр8888Дата: MUBORAK JUMA, 2013.05.17, 01:06 | Сообщение # 42
Группа: Удаленные





Bugun ertalab turib ishga chiqdim o'zimni ishim kamligi uchun boshqalaga yordamlashdim keyin obetga chiqib ovqatlanib yana ishga chiqdim sport bilan shug'ullandim.Kechga esa ovqat pishirib ovqatlanib kino ko'rdim mana xozir esa netdaman birozdan keyin chiqib keyin uxlayman xayrli tun smile
 
александр8888Дата: SHANBA, 2013.05.18, 01:29 | Сообщение # 43
Группа: Удаленные





Bugun mani bloklab qo'yishgandi shunga yozishga kechikdim uzur. Ertalab turib ishga chiqdim keyin ancha ishladim obetga chiqqanimda akam bozorga ketdilar akamga telimga pul qo'yishini so'radim keyin ishga chiqdim birozdan keyin pul tushdi.Uydagilarimga tel qildim ular bilan ancha gaplashdim yangilikla bor yaxshi smile .Keyin kechga ovqat pishirdim netga o'tirdim mp3larni yangilarini ko'chirdim yana klip ham.Keyin biroz kino ko'rib mana yana netga kirsam mani blokdan chiqarishibdi vaqtdan foydalanib yozdim endi dam olaman ertagacha smile
 
александр8888Дата: YAKSHANBA, 2013.05.19, 00:22 | Сообщение # 44
Группа: Удаленные





Shanba ertalab turmadim obetgacha uxladim keyin turib ovqatlanib zavodga kirdimda 2-soatla ishladim keyin ishimni tugatib o'zimni shaxsiy ishlarimni qildim kechga kino ko'rdim xozir netga kirib turibman xozircha yangiliklar shulardan iborat smile Ertaga qanaqa kunligini bilasla deb o'yliyman man dam oladigan kun...
 
александр8888Дата: CHORSHANBA, 2013.05.22, 10:56 | Сообщение # 45
Группа: Удаленные





Voy uzur kundalikka yozish umuman esimdan chiqib ketibdi wacko ishla ko'p edi shunga bo'lsa kere. Mayli bugundan yana yozaman smile
 
александр8888Дата: CHORSHANBA, 2013.05.22, 16:55 | Сообщение # 46
Группа: Удаленные





Bugun ertalab yonimdagi hamkasbimni ertachi uyg'otish uchun budilnikni ertalab soat 7-da chaladigan qilib qo'yib uxlasam ertalab bo'lgandan keyin qarasam u budilnik chalinmasi turib ketib bo'pti biggrin ...Keyin man bemalol uylab turib ishga chiqib ishladim xozircha kayfiyatim yaxhi hudoga shukur.Kechga har doimi axvol desayam bo'ladi bugunga shular smile
 
александр8888Дата: PAYSHANBA, 2013.05.23, 18:18 | Сообщение # 47
Группа: Удаленные





Bugun ertalab turib choy ichib ishga chiqdim shu hafta juda ko'p yomg'ir yog'yapti har kuni tinchlik yo'q momaqaldiroq bo'lib boshni og'ritvordi.Mayli nima bo'lsayam bahorda yaxshi bu smile Ishlarim xozircha yaxshi ketyapti.Manimcha bugun kechka man ovqat qilmayman shekilli boshqa odam pishiryapti biggrin qilgan ovqatim yoqmay qolganmi deymanda.Mayli man bugun yangilik chiqargandim shuni kechqurun qo'yishadi deb o'yliyman manga yordam bergan insonga kottakon raxmat aytaman smile manimcha kechka ishim bormi deyman mayli man kettim kechasi uxlayman xayr
 
александр8888Дата: MUBORAK JUMA, 2013.05.24, 22:03 | Сообщение # 48
Группа: Удаленные





Jonga tegdi yana hammasi dry yo'q mayli agar mani unutmoqchi bo'lsayla umuman unutiylada keyin biror kun ham eslamayla.Nima kerak agar man unutdim deb keyin yana habar olish odamni qiynaydiyu bo'lmasa hammasi o'sha axvolda qolsin nima kerak odamni qiynab dry ... Ha mayli bugun rosa ishlab charchadim yana ish stolimda bitta bloknotda qilgan ishlarimni yozishni boshladim chunki sexda 2-yashshik yuk yo'qolibdi shunga endi qilgan ishlarimni xisob kitobini olishim kerakmish.Mayli buyam yaxshi qilgan ishlarim o'zimda qoladi.Bugun soat kechki 9-gacha ishladim endi dam olaman ovqat ham qilmayman kim nima topsa o'shani yesin degan ovqat bor o'shani yeb turishadi biggrin men ham.Yana bitta narsa jonga tegdi bu yerni pashshalari.xayrli tun ...
 
александр8888Дата: SHANBA, 2013.05.25, 00:15 | Сообщение # 49
Группа: Удаленные





Ha yana bir narsa bu sizga ataladi smile mani kechiring xopmi bu gaplarim sizga atalmagan bu aniq javob beraman xopmi smile endi bir kulingchi o'ziz yaxshisizu smile
 
александр8888Дата: SHANBA, 2013.05.25, 01:25 | Сообщение # 50
Группа: Удаленные





Haya yana bir narsani aytish esimdan chiqibdi bugun ham ovqatni o'zim qildim biggrin ... Mani kechir sani sog'indim esingdami oldinlari har kuni tinmasdik ertalabdan kechgacha telefonda gaplashib o'tirardik,hatto san bilan o'tgan damlarimda zerikish nimaligini ishimni qiyinliginyam esimdan chiqarardim,qani endi o'sha damlar.Bilasanmi biz ikkalamiz juda uzoq uzoqlarda yashaymizu lekin ko'ngil degan narsa bir-birimizni bog'lab turarkan san bilan o'sha paytlardagi kunlarim har kuni ertalab uyg'onganimda esimga kelaveradi,bilasanmi sanga bir gapni aytmaganman ertalab uyg'ongim kelmaydi chunki har kuni tong otganda juda azob chekaman yuragim qiynaladi yana bir kun boshlandi lekin sansiz o'sha shiringina yoqimli ovozing bilan boshlanadigan kunlarim endi unsiz shamol bilan yomg'irni shivirlashi egalladi.Yomg'irda odam ezilib ketaman derkan rostdan ham ezilib kettim.O'zimni ovutishni yangi yo'lini topganman har kuni ertalabdan kechgacha ishimni unutishim uchun zerikishimni bildirmaslik uchun qulog'imga naushnikni qo'yib qo'shiq eshitib yuraman lekin bir kuni shuni deb kasal bo'lib qolishim aniq.Afsus o'sha paytlarda sani shirin ovozingni yozib olsam bo'larkan har kuni eshitib yurardim.Mani kechir ...
 
  • Страница 2 из 5
  • «
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 5
  • »
Поиск:

2025 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
Хостинг от uCoz