Дата: SESHANBA, 2013.01.08, 23:05 | Сообщение # 101
Группа: Удаленные
Dilda bardosh so’lsa ham kulib yashayman, Qalbimga tosh to’lsa ham kulib yashayman. Bu dunyoning g’am- alamin ichimga yutib, Ko’zimda yosh bo’lsa ham kulib yashayman. Ishonganim, ishonchimni qilsa horu- zor, Eng yaqin do’stlarim bersalar ozor. Tashlab ketsa agar bevafo dildor, Ko’zimda yosh bo’lsa ham kulib yashayman. Holdan tolsam agar baxtimni izlab, G’animlar yursalar baxtin ko’z-ko’zlab. Dardlarimni yolg’iz onamga so’zlab, Ko’zimda yosh bo’lsa ham kulib yashayman. Oson kechganida mendan sevgilim, Undan vafo so’rab charchasa tilim. G’amu- anduhlarga to’lsa ham dilim, Ko’zimda yosh bo’lsa ham kulib yashayman
Дата: MUBORAK JUMA, 2013.01.11, 00:09 | Сообщение # 102
Группа: Удаленные
Yurak sanchib tez urarga o’tdi birdan Halovatdan asar ham qolmadi do’stlar. Alangladim yon-atrofga havotirdan, Ibodatdan asar ham qolmadi do’stlar. Ming haqqini yutib qo’ydi musulmonlar, Qorinlari ko’proq to’ydi musulmonlar, Riyokorlik to’nin kiydi musulmonlar, Itoatdan asar ham qolmadi do’stlar. Tirik murda to’ldi, ammo tobut yo’qdir, Gunoxlardan asraguvchi sovut yo’qdir, Avom tugul peshvolarni subut yo’qdir, Sadoqatdan asar ham qolmadi do’stlar. Tilda bolu, qilgan ishi g’irt zaxardir. Munofiqlik bir emas ming kech sahardir, Kim ko’p yolg’on desa, o’sha savdogardir. Tijoratdan asar ham qolmadi do’stlar. Bir birlarin g’ajib yetmish hatoyi deb, Nom olmishlar bulbul honish sadoyi deb, Tajvidlarin to’g’irlarlar xudoyi deb, Tilovatdan asar ham qolmadi do’stlar. Hammasiga ko’niking siz, qonlar yutmang. Foyda yo'qdir rivoyat deb kitob titmang, Namozxonin qizlaridan hayo kutmang, Hijolatdan asar ham qolmadi do'stlar. Lafz izlamang bir taloq ming taloq bo'ldi, Topgan-tutgan fatvolari gunoh bo'ldi, Tamaki-yu, nos tupurish muboh bo'ldi, Karohatdan asar ham qolmadi do'stlar. Allohni bir degan inson qilsa riyo, Oyat-hadis turushinda bo'lsa ro'yo, Saharlarda bulbul zikr qilar ammo, Tarovatdan asar ham qolmadi do'stlar. Jamoatlar firqalarga bo’lindilar, Dum patlari ko’k tovuqdek yulindilar, Vujudla bir qalban qatl qilindilar, Muhabbatdan asar ham qolmadi do’stlar. Bu ummatning faqiri gar bir lof ursa, Tog’lar qular bu kibrga qarshi tursa, Fir’avnni hayron aylar qasr qursa, Sahovatdan asar ham qolmadi do’stlar. Hech biri “ne bo’lar” demas qiyomatda, Hiyonatlar ho’p ko’paymish omonatda, Pora halol hisoblangan bu ummatda, Diyonatdan asar ham qolmadi do’stlar. Er deganlar ertayu-kech uyda uxlar, Ayolidan na hijolat, na qalb tig’lar, Qiz juvonin axvoliga maymun yig’lar, Balog’atdan asar ham qolmadi do’stlar. Qulab kulga aylandi-ku hiyvalari, Chorvasida qo’ydan kichik tevalari, Don eksalar dondan kichik mevalari, Barokatdan asar ham qolmadi do’stlar. Birontasi kechar bilmas molu jondan, Alloh uchun boshqarmas xonadondan, Munofiqni ajratolmam musulmondan, Farosatdan asar ham qolmadi do’stlar. Bir tarafni aylaydilar karvon bozor, Bir tomonda masjid bo’lar qadim mozor, Pirga qo’lin berarlaru, Xudo bezor, Murruvatdan asar ham qolmadi do’stlar. Mo’min bo’lib maqsadlari kayf bo’ldi, Saxobalar siyratlari xayf bo’ldi, Olimlarga bu diyorlar toif bo’ldi, Muhammaddan asar ham qolmadi do’stlar. Gapirsalar shariatdan kulgim kelar, Ming turlanish yuzlarini yulgim kelar, Kas jonlarin olar qotil bilgim kelar, Dalolatdan asar ham qolmadi do’stlar. Birisida botirlik bor, farosat yoq, Birisida qo’rqoqlik bor, jasorat yoq. Muhammadiy ummatiga ko’p qilmang do’q. Shijoatdan asar ham qolmadi do’stlar. Gapirdik ko’p amallardan ketdi hayot, Uzoqlarga qochib ketmish bizdan najot. Qiyomatda yig’lab turar bo’lsak hayxot. Shafoatdan asar ham qolmadi do’stlar. Do’stimizni qatl etdilar, sharxlolmadik, Mo’minlikning qiymatini narxlolmadik, Xarom birla halol ko’rsak, farqlolmadik, Nadomatdan asar ham qolmadi do’stlar. Ming yaxshidan afzal o’tmish yomonlarim, Xov, qaylarga qochdingiz o’ng tomonlarim, Kitoblarga jilo bo’lgan zamonlarim, Hilofatdan asar ham qolmadi do’stlar. Qayga boqmang g’anim o’tliq, yov g’olibdir, Mo’min degan to’rt tarafga ho’p nolibdir, Hamma birdek gumroxlikni tan olibdir. Xikoyatdan asar ham qolmadi do’stlar. Ey g’or nafsim hotirjamsan, tinmay uxla. O’tmish o’tdi, sen moziyni shiftga mixla. Ali Usmon davirlarin eslab yig’la, Matonatdan asar ham qolmadi do’stlar. Savdo demish qutlug’ yo’lda berarlar jon, Lek bomdodga ochilmas ko’z, topib imkon. Topib bering Alloh deyar bitta inson. Layoqatdan asar ham qolmadi do’stlar. Yoddan ketmish bu dunyoning xisoboti, Xaddan ziyod moddiy bo’ldi inson zoti, Yigirma birinchi asr kashfiyoti, Rivoyatdan asar ham qolmadi do’stlar. Manga alam Chingizlarni so’ljaytirgan, Botularning o’ng yo’lini so’lg’aytirgan, Termiziyni, Buxoriyni ulg’aytirgan, Saltanatdan asar ham qolmadi do’stlar. Dinim deya, yanoqlari namlar qani? Odamlarni uxlatmagan g’amlar qani? Har qishlog’i olim bergan damlar qani? Ul shavkatdan asar ham qolmadi do’stlar. Xofizlardan tanga yiqqn shoirlar ko’p, Pishmay turib suvin siqan shoirlar ko’p, To’rt qatorni she’r deb chiqqan shoirlar ko’p, She’riyatdan asar ham qolmadi do’stlar. Arab sori safar qilmang, ming yuviqsiz, Din nomidan nom topurlar haloyiqsiz, Mazxabiga yurmasangiz munofiqsiz, Risolatdan asar ham qolmadi do’stlar. Bashar o’g’li muammoga ho’p yo’liqmish, Bunda nafsi ulush qilgan dardni yig’mish, Lek har tizim manfaatdan kelib chiqmish, Adolatdan asar ham qolmadi do’stlar. Ko’ring bunda tabiblikka da’volarni, O’ylab chiqib turlik tuman balolarni, So’ngra e’lon qilarlar ming davolarni, Tabobatdan asar ham qolmadi do’stlar. Hamma bilar, yolg’onchi so’z zaxar, maydir, Uni mo’min o’z do’stiga ichirmaydir, Taqvodori va’da bersa, bajarmaydir, Omonatdan asar ham qolmadi do’stlar. Ilmlisi ko’p kulodir otib handa, O’zgalarning axvoloti parokanda, Haq so’zga joy qolmagan bu gul makonda, Hidoyatdan asar ham qolmadi do’stlar, Suvlari ters oqqan kunlar halak bo’ldi, Sxobalar hodisoti ermak bo’ldi, Valiylarni ko’rgan damlar ertak bo’ldi, Karomatdan asar ham qolmadi do’stlar. Aytishardi jannat asli erur Vatan, Ul manzilga to yetguncha yo’lllar tikan, Ko’rdim mano bu dunyo xo’p sotqin ekan, Bu rohatdan asar ham qolmadi do’stlar. Ey Hayrulloh hayr seni tark etmasdan, Xudo uchun ish qilib qol jon ketmasdan, Qara telba dunyo seni qaritmasdan, Farog’atdan asar ham qolmadi do’stlar. Hayrullo Hamidov
Дата: MUBORAK JUMA, 2013.01.11, 01:02 | Сообщение # 103
Группа: Удаленные
Internetga kirsa qizla yomon san deb xörlama, Ishratxona emas sherlar.uz aslo kalta öylama, Xamamizda Bordur ONA,Yana kimda Opa Singil, Rasminda sher körindingmi, Qarğa bölip sayrama.Nima qipti ayollar internetda ötirsa, Yoki alam qilvottimi san blan gaplashmasa.Deme arzimisan tengin huddi özinde,Örnini bilgin hatto osmonlaga kötarsa.Qöygin döstim öxshatma gullani xazonlaga, Netdagi Ayollani bir narxi arzonlaga.
Дата: MUBORAK JUMA, 2013.01.11, 08:14 | Сообщение # 104
Группа: Удаленные
Икки қўшни бор эди - бири бой, бири фақир. Аммо ажабки, фақир хонадондан доимо хурсандчилик овозлари эшитилар, бойникида эса мол- давлат бисёр бўлса-да, қувонч кам эди. Айниқса, оқшом бўлиши билан камбағал қўшниникидан севинч, кулгу садолари девор ошиб, бойникига кириб борарди. Шундай кечалардан бирида бой қўшни хотинига дебди: - Хеч нимадан камимиз бўлмаса хам, тўрт девордан бошқа хеч нарсаси йўқ шу камбағал оила хис қилганчалик хаётдан завқ туймаймиз. Эртага қўшнининг аёлидан сўраб бил-чи, бахтларининг сабаби нима, биз хам ўшанга қараб харакат қилайлик. Тонг отиши билан бой хотин қўшнининкига йўл олди. Сухбат асносида мақсадини билдирди. - Бизнинг кичкинагина олтин коптогимиз бор, - деди қўшни аёл. - Оқшом тушиши билан эрим икковимиз ўша копток билан ўйнаймиз, кўнгил очамиз. Бу гапни эшитган бой эртаси куниёқ олтин копток ясатишга буюртма берди. Тайёр бўлган куни оқшом хотини билан коптокни бир-бирларига отиб ўйнашди. Аммо, кутганларидек бўлмади. Бу ўйинда хеч завқ йўқ эди, эришган натижалари эса оғир тўп теккан жойларида турган оғриқлар бўлди. Эртасига бой хотин яна қўшниникига кирди: - Сиз айтгандай олтин копток ясаттирдик, аммо хаётимиз ўша-ўша, зерикарли... - Вой, қўшнижон, мен қизчамиз хақида айтгандим, - Табассум қилди қўшни аёл. - Уни дадаси билан олтин копток деб атаймиз. Чунки оқшом дадаси келиши билан гох унинг, гох менинг қучоғимга югуради, бизни қувонтиради, кулдиради. У билан ўйнаб хамма ташвишларимиз унутилади, чарчоқларимиз чиқади... Чиндан хам, бино қуриларкан, махсус қоришма ғиштларни бирлаштирганидек, оилада эр- хотин муносабатларини мустахкамлайдиган асос молу мулк, уй-жой эмас, балки фарзанддир .
Дата: MUBORAK JUMA, 2013.01.11, 08:15 | Сообщение # 105
Группа: Удаленные
Ko'chada nomahram ko'zini suzar. Ammo sen ularga tashlama nazar. Deydilar shayton odamni buzar. Odamlar haromdan qilaylik hazar. Odam degan nomga bo'lib munosib. Yurmagin nomahramni bag'ringga bosib. Birovni haqqi aslo etmaydi nasib. Odamlar haromdan qilaylik hazar. Or- nomus ibo degan tushunchalar bor. Dunyoda ko'pchilik tirnoqqa ham zor. Aslo birovlarga yetkazma ozor. Odamlar haromdan qilaylik hazar. Biz uchun farz erur besh mahal namoz. Zakot bermoqni ham o'ylaylik biroz. Odam bo'lib yashaylik odamlarga xos. Odamlar haromdan qilaylik hazar. Ilm olmoqlik ham sanaladi farz. Birov sizni yomon deb qilmasin hech arz. Bo'ynimizda bizlarning uzilmagay qarz. Odamlar haromdan qilaylik hazar. Aytingiz gaplarim gar qattiq botsa. Yaxshimi ko'chada dumalab yotsa. Pul uchun bu qizlar nomusin sotsa. Odamlar haromdan qilaylik hazar. Men ham gunohkorman deb goh ko'ngil sezar. Atrofda turli xil insonlar kezar. Qalbimda istorob yurakni ezar. Odamlar haromdan qilaylik hazar. Gohida savoq ish keladi malol. Xor bo'ldi ariqda oqqan bu zilol. Haromdan jirkanib yashaylik halol. Odamlar haromdan qilaylik hazar. She'r yoqar ma'nosi etmaydi ta'sir. Chunki bu bandalar shaytonga asir. O'zingniki bo'lmasa ne kerak qasr. Odamlar haromdan qilaylik hazar. Ko'z yomon narsa deb rosa qarashar. Go'yoki shu ochiq kiyim yarashar. Qizim nima kiyding deb qachon so'rashar. Odamlar haromdan qilaylik hazar. Yolg'on ham bilsangiz aslida harom. Buzilda tarbiya buzildi marom. Ko'chadan o'tishar bermasdan salom. Odamlar haromdan qilaylik hazar. Chunki kattalar ham be parvo yurar. Qizlarchi betiga nimalar surar. Odamlar kamina barchadan so'rar. Odamlar haromdan qilaylik hazar
Дата: MUBORAK JUMA, 2013.01.11, 08:15 | Сообщение # 106
Группа: Удаленные
Yuzingizda tabassum bo'lsin Qalbingizda iymom bo'lsin Dilingizda Alloh bo'lsin JUMA ayyom muborak bo'lsin. Dinimiz faqat ISLOM bo'lsin, Qo'limizda faqat QUR'ON bo'lsin. Do'st-u birodarlarimiz ham AMONDA bo'lsin, Musulmonlar JUMA ayyomingiz muborak bo'lsin... Bomdodda bosh egib ahli musulmon, Joynomoz ustida niyat qilibsiz, O’ziga so’rasin rizq- iymon, JUM'A Ayyomingiz muborak bo’lsin.
Дата: PAYSHANBA, 2013.02.28, 10:44 | Сообщение # 107
Группа: Удаленные
O'LIMNI ESLASHGA FURSAT BERINGLAR Qaykun qizigandan qizidi gurung, Atrofni band etdi, hiring- hiringlar, Do'stlar o'n daqiqa indamay turing, O'limni eslashga fursat beringlar. Tashqari shovqindir uy g'ala- g'ovur, Hayot lazzatidan qalbimda surur, Jondan aziz qizim quchoqlamay tur, O'limni eslashga fursat beringlar. Dardli o'y ko'ryapman qay tomon kezmay, Juftginam sendan ham bo'larmi bezmay, Faqat go'sht qani deb ko'ksimni ezmay, O'limni eslashga fursat beringlar. Ishga borganimda dunyo tashvishi, Tirikchilik deyman bahor, yoz, qishi, Berkinmachon o'ynar ohirat ishi, O'limni eslashga fursat beringlar. Haholab o'tirsak ko'rpa yiqquncha, Pishillab uhlasak quyosh chiqquncha, Foniylik qariga itarmang muncha, O'limni eslashga fursat beringlar. Yuribman namozim go'yo besh qilib, Yozimni bir lahza oppoq qish qilib, Shamdek tutayapman sizga qo'shilib, O'limni eslashga fursat beringlar. Bir bor bo'lsaham Jannatga boshlang, Mening holim harob ko'zingiz yoshlang, Qo'limga kitobni bog'lablar tashlang, O'limni eslashga fursat beringlar. Namozga beparvo bo'lsam gar uring, Roziman eng badbaxt kimsa deb ko'ring, Vaqtincha oshga ham chaqirmay turing, O'limni eslashga fursat beringlar. Garchi bu yoqimsiz nafsga yod so'zlar, Sizdan o'tinchimdir shu entikib ko'zlar, Kunda o'n daqiqa bulsa ham do'stlar, O'limni eslashga fursat beringlar.
Дата: MUBORAK JUMA, 2013.03.08, 11:26 | Сообщение # 110
Группа: Удаленные
Sensizlik og'ritdi mening qalbimni, Yonimda bo'lsangu..dardlarim aytsam! Seni ko'p qiynadim, kechir rashkimni, Yana sevasanmi? yoningga qaytsam! Ko'zyoshlaring to'kib, aldadim ko'p bor! Shirin so'zlaringga bugun bo'ldim zor..! Endi hech qalbingga bermayman ozor, Yana sevasanmi, yoningga qaytsam! Suratingga boqib, surarman xayol! Tushlarimga kirib ,,kel'' deb aytaqol! Sensiz yasholmayman, mayli jonim ol! Yana sevasanmi? yoningga qaytsam...!
Ming bir orzularga boshlama hayot, Söngra armonlarga tashlama hayot. Yölimda uchradi mingta muammo, Endi közlarimni yoshlama hayot. Böldi barchasiga chidadim köndim, Murdadek özimni öylarga kömdim. Nahotki men sendan shunchalar töydim, Endi azoblarga tashlama hayot. Bag'ri tosh nomini oldim seni deb, Mehribon nomini oldim seni deb. Yöling uzra ketdim öyinchoq bölib, Endi hijronlarga boshlama hayot. Közlarimni yumsam men sendan nolib, Kularmisan aytchi böldim deb g'olib. Mening dardimni tushunib bilib, Söngra mendek közing yoshlama hayot..
Qizlani aldamang xiyonat qilmang, U sizni aldasa yomon böladi, Iwonchiga kirgach jinoyat qilmang, Nomardning ustozi hayvon böladi. Qizlani aldamang u sizni sevib, Jonining ichida ehtiyot qilib, Bitta yolg'on b.n qolmasin sovib, Atirgul bag'rida tikon böladi. Qizlani aldamang u ona, u yor, U mehribon singil, opa vafodor, Unga zig'irchalik bermangiz ozor, Pokiza nomlari harom böladi. Qizlani aldamang, uni avaylang, Axir usiz u.n yawaydi öylang, Nozikkina gulni söldirib qöymang, Kim unga sizchalik qalqon böladi. Qizlani aldamang erkaksiz ahir, Nomusin tepkilab körsatmang qahr, Yoningizda uning borligi baxtdir, Nodonning werigi wayton böladi. Qizlani aldamang sevmasangiz ham, Tög'risini ayting u ham bir odam, Ammo yolg'on b.n jonin qiynamang, Sizni deb gul umri hazon bölad.
Номи эр аталган билан эр эмас Хақиқий эркаклар ани эр демас Амирликка қатнар қизи басмабас Унга чойхонаю доллор булса бас Куз ёши шаш қатор қалби маюслар Ғафлат домида донг қотган даюслар.