Дата: YAKSHANBA, 2012.06.03, 14:02 | Сообщение # 59
Группа: Удаленные
Biling bamisli binafsha bog'imda bitta borimsiz Baxtimning belgisi bo'lgan beqiyosim, bahorimsiz, Benihoya baxtiyor bo'lgayman birga bo'lolsak biz Borliqda bittayu bitta bilganim beqarorimsiz.
Дата: YAKSHANBA, 2012.06.03, 14:15 | Сообщение # 70
Группа: Удаленные
Senga aytay men farzaning burchlarin, Bu dunyoda ado et ular barin. Ota - onang oldida sen baqirma, Ismlarin aytib zinhor chaqirma. Maslahat bergandaular har mahal, Gaplarin barchasiga qilgin amal. Dillariga zarracha berma ozor, Bu ishni sen o'zing uchun bilgin or. Ko'ngillarida paydo bo'lganda g'am, Doimo qidirgin dardiga malham. Tanbehlarin hech qachon yomon bilma, Aytganlarin mutlaqo sen rad qilma. Qilmoqchi bo'lsang agar uzoq safar, Duo ol har ishda bergaydir zafar. Taom uchun yozilganda dasturxon, Yuz qo'lingda tahorat bo'lsin har on. Avvallo uy to'ridan to'shab sen joy, Ota-onang o'ltirgach keltirgin choy. Yeb bo'lsangda hammadan oldin ovqat, Hamma bo'lgunicha sen qilgin toqat. Omin o'qilgandan ,so'ng turib darhol, Barcha narsalarni tezda yig'ib ol. Ota-onang birla yursang keng yo'lda, O'tib qaytma oldidan o'ng-u so'lda. So'zlaganda gaplarini bo'lma hech, "Otilgach o'qni qaytaish bo'lar kech" Fikringni etmoqchi bo'lsang sen bayon, O'ylab shirin so'zlar ila ayt ravon. Qalblarin har dam, har yer yerda ayla shod, Qilg'usi ishlaring bitar tez obod. Bu foniy dunyoda ishlarning sozi, Ota-onasin qilmoqlikdir rozi. Sen ham ota-onang aylagin rizo, Shunda u dunyoda ko'rmaysan jazo. Doim narsaning ozi shirin bo'l Senga aytmoqchi bo'lganlarin shular.
Дата: YAKSHANBA, 2012.06.03, 14:19 | Сообщение # 71
Группа: Удаленные
Dunyoni netamiz, qo‘ying birodar, Mol-dunyo bo‘lmasin, omon jon bo‘lsin Va ofat bo‘lmasin, u bo‘lsa agar Vatan deyapmiz-ku... ( Xudo asrasin!) Jon shirin...
Otajon, bilaman zahmatlaringiz, Ona kuningizni ko‘rib turibman. Yo‘limni yoritdi mehnatlaringiz, Men esa beparvo bo‘lib yuribman... Jon shirin...
Hozir jonlarini qilishar va’da, Aytgan shartlaringga ko‘nishar bir-bir... Yaxshi qiz, yettinchi osmoningdan tush, Tushungan qizsan-ku, o‘zing... Baribir Jon shirin...
Дата: YAKSHANBA, 2012.06.03, 14:20 | Сообщение # 73
Группа: Удаленные
Tunda uyqum kelmay, osmonga qarab Tag‘in shirin-shirin o‘ylarga yarab Tursam oy ta’rifin keltirdi osmon... Oyga balo bormi, sen turganingda...
Axir men yerdagi bitta notavon, Oyni o‘ylarmidim, ayting hech zamon. Xayolim ikki pul, o‘ylarim arzon... O’yga balo bormi sen turganingda...
Faqat g‘ash qiladi, dilni mish-mishlar, Nega nuqul hamma bizni tashvishlar... G’iybatchi xotinlar aytgani yolg‘on..! To‘yga balo bormi men turganimda...
Дата: YAKSHANBA, 2012.06.03, 14:22 | Сообщение # 75
Группа: Удаленные
Borliq oppoq qorga burkangan zamon Oppoq niyyatlarga to’ladi olam. Lekin bahsh etar u men uchun har on Tuganmas azobu tuganmas alam.
Xuv daraxtning bargi kabi, do’stlarim, Mening ham barglarim bir-bir ezilgan. Shundandir yoshlarga to’la ko’zlarim, Shundan ko’zlarimga yoshlar tizilgan.
Men ham daraht bo’ldim, ne-ne poylarga – To’kilgan, sochilgan gullarim qoldi. Talpinib, intilib to’lin oylarga, Havoda muallaq qo’llarim qoldi.
* * *
Bulut yig’lar dardini to’kib, Tun uyquga ketib qolgan chog’. Turar yog’lab yuboray deyib Vahimalar qoplagan qishloq.