MUBORAK JUMA, 2025.06.27, 18:44
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
Модератор форума: AnDiJoNLiK_BeZoRi  
♥ ♥ ♥ ღ★♡♡Xar xil sherlar ♡♡ ღ★♥ ♥ ♥
MUSILMONДата: SESHANBA, 2012.03.20, 05:49 | Сообщение # 226
Группа: Удаленные





Sevgi nima? degan savolga
Har kim javob berar o''zicha
Ba''zilarga u o''yinchoq tuyg''u
Ayrimlar der "Sevgi bu-og''u".
Xayotida sevgila yashab
Sevgi bilan o''lganlar qancha
Ana shular sevgi qadriga
Yetgandirla oxirigacha.
Menimcha sevgi juda
Oliy, buyuk tuyg''udir
Sevib qolgan odamlar
Juda baxtli insondir.
Sevib yashash xayotda
Eng oliy baxt dunyoda
Sizlar xam bu tuyg''uni
Xurmat qiling xayotda.
 
MUSILMONДата: SESHANBA, 2012.03.20, 05:49 | Сообщение # 227
Группа: Удаленные





SEVGI MEXRI DOIM XAQ BO’LSIN
FAQAT SHUDIR MENI TILAGIM
USHBU SO’ZIM YODINGDA BO’LSIN
SENGA INTIZORDIR NOZIK YURAGIM
 
MUSILMONДата: SESHANBA, 2012.03.20, 05:49 | Сообщение # 228
Группа: Удаленные





Bu dunyoda armon bor-
Ayriliqning garovi.
Va dunyoda sevgining
juda qattiq sinovi.
Bu dunyoda hijron bor-
Olovidan kuyar yoz.
Bu dunyodagi ishqning,
Bag''rida kuyar ayoz,
Bu dunyoda armon bor,
Bu dunyoda hijron bor.
Budunyoda yagona,
Sizni sevgan inson bor.....
 
MUSILMONДата: SESHANBA, 2012.03.20, 05:49 | Сообщение # 229
Группа: Удаленные





Sen bugun shodansan labingda kulgu,
Yashira olmaysan qalbing quvonchin,
Etaklab borarding 1 nozli hurni,
O'zingni mard bilib oshig'ing olchi,
Ko'zlarim ilojsiz tikilar erga,
Bujudimdan qancha alam yog'masin,
Qizg'anib tursamda u qizdan seni,
Derdim, ko'zlaringdan hech yosh tommasin...
 
MUSILMONДата: SESHANBA, 2012.03.20, 05:50 | Сообщение # 230
Группа: Удаленные





Sevsang meni kiyim yarashgan chog'da,
Yarashmagan chog'da ham sev,
Gar bahtimdan umidvor bo'lsang,
Bahtsiz yurgan chog'imda ham sev....
 
MUSILMONДата: SESHANBA, 2012.03.20, 05:50 | Сообщение # 231
Группа: Удаленные





Oy ham menga sen haqda so'ylar,
Hayolim ham bir seni o'ylar,
Nasib qilsa qilamiz toylar,
Faqat sizni sevaman degin,
To'y qilamiz yuzlarda kulgi,
Qalbimizda bir shirin tuyg'u,
Yoring bo'lay yoningda mangu,
Faqat sizni sevaman degin,
Mayliga jonim olsinlar keyin,
Qulog'imga bo'lsa ham sekin,
Faqat, Sizni Sevaman degin!!!
 
MUSILMONДата: SESHANBA, 2012.03.20, 05:50 | Сообщение # 232
Группа: Удаленные





Qo'rqar edim sevib qolishdan
Kechalari yo'qolgan orom,
So'roqlayman seni bolishdan.
Nigohlaring aylaganda rom,
Qo'rqar edim sevib qolishdan.
So'zlashardim sen bilan to'lib,
Charchamasdim hech ham kulishdan.
Ba'zan faqat xayolga tolib,
Qo'rqar edim sevib qolishdan.
Kundan kunga borarding yoqib,
Baxtli edim birga yurishdan.
Vujudimda bir nido oqib,
Qo'rqar edim sevib qolishdan.
Bugun o'ta totli boqishlar,
Qarshisida turolmadim jim.
Qo'rqar edim sevib qolishdan.
Lekin sevib ulgurgan edim.
 
MUSILMONДата: SESHANBA, 2012.03.20, 05:51 | Сообщение # 233
Группа: Удаленные





Sen tabassum qilganda jonim ,olam yog'dularga to'lib ketadi.
Sen tabassum qilganda jonim , orzu og'ushiga olib ketadi.
Sen tabassum qilganda jonim , bahorlarim keladi qaytib.
Sen tabassum qilganda jonim , hijron ketar alvido aytib.
 
MUSILMONДата: SESHANBA, 2012.03.20, 05:51 | Сообщение # 234
Группа: Удаленные





M inut sayin soatga qarab
U chrashuvni kutaman faqat
X amon seni ko'rganda jonim
A ytolmayman yurak so'zimni
B orib aytay deymanu faqat
B orolmayman sening yoningga
A ytay endi yurak so'zimni
T o o'lguncha sevaman seni.
 
MUSILMONДата: SESHANBA, 2012.03.20, 05:51 | Сообщение # 235
Группа: Удаленные





Bahorlar shamolin asraydi,
Bulutlar hilolin asraydi,
Buloqlar zilolin asraydi,
O'zingni men uchun asragin Jonim.
Tiriklik eng buyuk inoyat,
Sevgisiz yashamoq jinoyat,
Azizim bu dunyo omonat,
O'zingni men uchun asragin Jonim.
 
MUSILMONДата: SESHANBA, 2012.03.20, 05:51 | Сообщение # 236
Группа: Удаленные





Mangu birga tashlasak qadam,
Sadoqatli yoringman ishon,
Hudo haqqi ichaman qasam,
Man uchun sen eng aziz inson.
 
MUSILMONДата: SESHANBA, 2012.03.20, 05:51 | Сообщение # 237
Группа: Удаленные





Ko'nglim to'la dardlarim ila,
Sendan so'zlay takror va takror,
Hech bo'lmasa umringda bir bor,
Vaqting bo'lsa meni esga ol.
 
MUSILMONДата: SESHANBA, 2012.03.20, 05:51 | Сообщение # 238
Группа: Удаленные





Siz tilagim desangiz ham,
Qon yuragim desangiz ham,
Yuz yil yig'lab sevsangiz ham,
Siz mendayin sevolmaysiz.
 
MUSILMONДата: SESHANBA, 2012.03.20, 05:52 | Сообщение # 239
Группа: Удаленные





Yodingdami ikkimizkezgan xiyobon,
Sevgimizga ulkan daraxtlar guvoh.
Bizga havas qilib yulduzli osmon,
Har tun makonidan berardi panoh.
Endi muhabbatning ko'zlarida yosh,
Visolga etmagan kunni qarg'aydi.
Nene azoblarga dosh bergan bardosh,
Endi ayriliqqa dosh berolmaydi.
Ayriliq oh bu qadar azob,
Uning taftlaridan muzlaydi yurak.
Sensiz yasholmadim yasholmam ortiq,
Sensiz yashash o'zi kimga ham kerak.
 
MUSILMONДата: SESHANBA, 2012.03.20, 05:52 | Сообщение # 240
Группа: Удаленные





Qalblarda porlagan sevgining nuri,
Notanish yo'lllarga boshladi bizni.
O"tida tovladi hayot tandiri,
Yosh demay otashga boshladi bizni.
 
MUSILMONДата: SESHANBA, 2012.03.20, 05:52 | Сообщение # 241
Группа: Удаленные





XAYOT QIZIQ NEGA BUNCHALAR,
QUVONCHLI KUN QISQA BOLADI.
BAXTDAN SARXUSH XAYQIRGANINGDA,
OMAD SENI TASHKLAB KETADI.
 
MUSILMONДата: SESHANBA, 2012.03.20, 05:53 | Сообщение # 242
Группа: Удаленные





Men keturman sendan yiroqlab,
O‘rtab dillarimni qalbim tig‘lama.
Taqdir ekan bizning sevgimiz,
Ayriliq dardida kuyib yig‘lama.
Ko‘z yoshingni ko‘rmayin jonim,
Meni ham azobda ezib qiynama.
Nima qilay hayot ekan, bu
Qalbim tilib buncha yig‘lama.
Senga baxtlar bera olmadim,
Endi meni sevib sizlama.
Sensiz yashash qiyin, bilaman,
Qalbim tilib buncha yig‘lama.
Yo‘llarimiz boshqa-boshqadir,
O‘z-o‘zingni o‘zing qiynama.
To‘kilgan yoshlarda ezib meni ham
Qalbim o‘rtab buncha yig‘lama.
 
MUSILMONДата: SESHANBA, 2012.03.20, 05:54 | Сообщение # 243
Группа: Удаленные





Qo'rqar edim sevib qolishdan
Kechalari yo'qolgan orom,
So'roqlayman seni bolishdan.
Nigohlaring aylaganda rom,
Qo'rqar edim sevib qolishdan.
So'zlashardim sen bilan to'lib,
Charchamasdim hech ham kulishdan.
Ba'zan faqat xayolga tolib,
Qo'rqar edim sevib qolishdan.
Kundan kunga borarding yoqib,
Baxtli edim birga yurishdan.
Vujudimda bir nido oqib,
Qo'rqar edim sevib qolishdan.
Bugun o'ta totli boqishlar,
Qarshisida turolmadim jim.
Qo'rqar edim sevib qolishdan.
Lekin sevib ulgurgan edim
 
MUSILMONДата: SESHANBA, 2012.03.20, 05:54 | Сообщение # 244
Группа: Удаленные





Yodingdami
Qo’y, jonim, yo’limni to’smagin endi,
Qadringga yetgum deb va’dalar berma!
Ayriliq soyasin tashladi endi,
Yo’limni to’smoq-chun yonimga kelma!
 
MUSILMONДата: SESHANBA, 2012.03.20, 05:54 | Сообщение # 245
Группа: Удаленные





Yodingdamu?
Tunlarimda oy bo’lib mening
Yo’llarimni yoritmoqchiyding!
Kunduzimda bo’lib quyoshim
Jamolimga xo’p to’ymoqchiyding!
 
MUSILMONДата: SESHANBA, 2012.03.20, 05:54 | Сообщение # 246
Группа: Удаленные





Afsus, hamma aytgan so’zlaring
So’zligicha qoldi umrbod,
Aldab meni shahlo ko’zlaring,
Hayotimni qildilar barbod!
 
MUSILMONДата: SESHANBA, 2012.03.20, 05:54 | Сообщение # 247
Группа: Удаленные





Shildiragan tiniq buloqdan
Men seni deb chanqoq bosmadim.
Aldanmagin, desalar yonib,
Qaramadim, quloq osmadim.
 
MUSILMONДата: SESHANBA, 2012.03.20, 05:55 | Сообщение # 248
Группа: Удаленные





Mana o’tdi necha fasllar,
Bardoshginam tugadi mening.
Ko’zlarimdan oqqan yoshlarim
Daryo bo’lib oqizsin seni!
 
MUSILMONДата: SESHANBA, 2012.03.20, 05:55 | Сообщение # 249
Группа: Удаленные





Umr oqmas bir tekisda tek,
Kimlarnidir xasrat yengadi,
Men toparman irodani lek,
Ko'rgim kelar sizni negadir.
Hayot ko'hna dono muallim,
Bir armonga har kim egadir,
Sizsis menga barcha yo'llar berk,
Ko'rgim kelar sizni negadir.
 
MUSILMONДата: SESHANBA, 2012.03.20, 05:55 | Сообщение # 250
Группа: Удаленные





Goh sevgidan toshgan daryosiz,
Goh mehrga tashna sahrosiz,
Men bilaman siz ham tanhosiz,
Ko'rgim kelar sizni negadir
 
Поиск:

2025 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
Хостинг от uCoz