Дата: CHORSHANBA, 2012.11.14, 10:28 | Сообщение # 1527
Группа: Удаленные
Sizga sog'inch begonadur, Sog'inch nima bilmaysiz. Shomu sahar Sizi o'ylab Sog'inganim sezmaysiz. Kuttirasiz mayli deyman Kutmoq menga odatda. Bir kuni hor bo'lgan narsa Aziz bo'lar albatta. Hozir sog'inch begonadir Sog'inishni bilmaysiz. Bir kun kutmay ketib qolsam Sog'inasiz, yig'laysiz.
Дата: YAKSHANBA, 2012.11.18, 00:11 | Сообщение # 1530
Группа: Удаленные
Xayolimda bo‘lding uzun kun, Seni izlab qirg‘oqqa bordim. Och to‘lqinlar pishqirgan tunda, Topib ber, deb oyga yolvordim. Ishon, bunda seni doimo Esga solar chiroyli tunlar, Sho‘x yulduzlar, salqin saharlar, Esga solar baxtiyor kunlar. Toleimning oshinosi sen, Sen sevgimning ko‘kargan bog‘i. Sening bilan birga iqbolim, Ishonchimning sen vafo tog‘i. Meni qurshar salqin bir havo, Suv ustidan tun quyuladi. Shunda qancha-qancha gaplarni Esga solib oy ham to‘ladi. Kecha jim-jit, yolg‘iz to‘lqinlar Pishqiradi bilmay tinimni. Hiylagar oy, sehrgar dilbar, Solib qo‘yding yodimga kimni?..
Kulfatlar kеltirib boshimga, Jim kulib ko'zdagi yoshimga. Mеn o'lsam kеlarsiz oshimga, EY MENING BEVAFO DO'STLARIM..... Go'yoki qo'limdan tutarsiz, Ko'nglimni kulib shod etarsiz. Yiqilsam tеpkilab o'tarsiz, EY MENING BEVAFO DO'STLARIM..... Jonimni azoblab to'ymaysiz, Xеch kimni mеnchalik SUYMAYSIZ. Nе uchun xolimga qo'ymaysiz, EY MENING BEVAFO DO'STLARIM..... Tinglamang dildagi zorimni, Yo'q qilmoq istaysiz borimni. Xam yo'ldan urasiz yorimni, EY MENING BEVAFO DO'STLARIM..... Bilmaysiz siz mеning QADRIMNI, O'lsam xam sinaysiz sabrimni. Tеpkilab to'ymaysiz QABRIMNI, EY MENING BEVAFO DO'STLARIM..... Dog'imda kuydirib OTAMNI, Bo'zlatib siz mushfiq ONAMNI, Ko'z yoshin to'karsiz BOLAMNI, EY MENING BEVAFO DO'STLARIM..... Gado xam xol so'rar gadodan, Nе istab mеn ko'ngli adodan. Qo'rqmaysiz xattoki XUDODAN, EY MENING BEVAFO DO'STLARIM.
Ketaverding Sevgimizdan Mendan Tonib! Qolaverdim Otashlarda O'tday Yonib. Vafosi Yo'q Yor Ekansan Bag'ritoshim, Senga Uvol Ko'zyoshlarim Tursa Tomib. Baxtdan Ustun Qo'yding Bevafolik Balosini, Uyalmayin Qilding Sevgi Savdosini. Bu Kulfatlar Tushganida O'z Boshingga, Bilar Eding Shunda Sevgi Azobini. Dushmanlarim Qoldi Ortda Kulib- Kulib, Ketaverding Raxim Qilmay Bag'rim Tilib. Bir Umrga Seni Qiynar Vijdon Azob, Nima Topding Menga Bevafolik Qilib? Qaytar Dunyo Derlar Bir Kun Qaytar Boshga, Qaytib Kelma To'lganida Ko'zing Yoshga. Mag'rur Boshing Egilganda Ortga Qaytsang, Aylanaman Menham Sendek BAG'RITOSHGA
Дата: YAKSHANBA, 2012.12.02, 00:17 | Сообщение # 1533
Группа: Удаленные
Xayolimda bo‘lding uzun kun, Seni izlab qirg‘oqqa bordim. Och to‘lqinlar pishqirgan tunda, Topib ber, deb oyga yolvordim. Ishon, bunda seni doimo Esga solar chiroyli tunlar, Sho‘x yulduzlar, salqin saharlar, Esga solar baxtiyor kunlar. Toleimning oshinosi sen, Sen sevgimning ko‘kargan bog‘i. Sening bilan birga iqbolim, Ishonchimning sen vafo tog‘i. Meni qurshar salqin bir havo, Suv ustidan tun quyuladi. Shunda qancha-qancha gaplarni Esga solib oy ham to‘ladi. Kecha jim-jit, yolg‘iz to‘lqinlar Pishqiradi bilmay tinimni. Hiylagar oy, sehrgar dilbar, Solib qo‘yding yodimga kimni?..
Дата: SESHANBA, 2013.01.01, 19:47 | Сообщение # 1535
Группа: Удаленные
Qani endi men boshidan, Hayotimni boshlasam seni bilmasdan. Ko’rmasam men xiyonat, Bo’lmasdim balki shunda men aybdor. Bo’lardim quvnoq, baxtliroq, kuyardim kamroq, Agar bilsam avvalroq, Men seni sevmasdim, Aslo sirim aytmasdim, Bilsam men oldinroq
Sog’indim ishon, Ammo bormayman eysiz o’tkizgan, Ko’nglim og’ritgan, Kunlarni eslamayman, Bo’ldi endi kech, O’tkan necha yil. O’ylasang ham, Achinsang ham, Baribir tamom. Sog’indim ishon, Ammo bormayman!?
Sog’indim deb ayt sen ham bir bor, Yuribsan-ku baribir bir o’zing bekor, Topolmay o’zinga joy, Bilasan,sezasan, Aybdorligin o’zing san, lekin aytolmaysan.
Sog’indim ishon, Ammo bormayman eysiz o’tkizgan, Ko’nglim og’ritgan, Kunlarni eslamayman, Bo’ldi endi kech, O’tkan necha yil. O’ylasang ham, Achinsang ham, Baribir tamom. Sog’indim ishon, Ammo bormayman!? Ishonnn…
Дата: SESHANBA, 2013.01.01, 19:47 | Сообщение # 1536
Группа: Удаленные
Yolg’iz qoldim bu uyda, Kulib turar surating, Nima bo’lgan o’tmishda, Aytib turar nigohing, Kim bilan baxtli eding sen? Kimni orzusi eding, Nima qoldi u kundan menga? Faqat surat faqat…
Baxtli bo’l senga oq yo’l, Sen albatta baxtli bo’l. Baxtli bo’l senga oq yo’l, Sen albatta baxtli bo’l. Sen baxtli bo’l…
Shahar shovqini uzra, Eshtiladi ovozing, Eshtiladi yo’q narsa, Yoki aqldan ozdim, Yurib tongacha yo’lg’iz men, Qidirib kecha-kunduz seni, Yuz ming odamlar ichra, Bo’ldim hor ming bor, Ming bor izlab nigohing.
Baxtli bo’l senga oq yo’l, Sen albatta baxtli bo’l. Baxtli bo’l senga oq yo’l, Sen albatta baxtli bo’l. Sen baxtli bo’l…
Qayga ketdi mening g’ururim, Qayda qoldi buzilmas axtim, Bilmayman qaydan izlay javob, Ayting menga kim berdi buncha azob.
Дата: SESHANBA, 2013.01.01, 19:48 | Сообщение # 1537
Группа: Удаленные
Sog'inchim o'zing jonim bilasanmu? Mehrim senda jonim sezasanmu? Seni ko'rgim keladi dunyoda Yakka o'zimniki degim keladi
To'rt qadam qoladi yetishga senga, To'rt qadam qoladi yetishga menga. Lekin chekinamiz nega orqaga, Qo'rqamizmi baxtli bo'lishga. Nega ishonmayman o'zimga, Nega ishonmaysan o'zingga, Axir balki bu taqdir, Taqdir balki bu axir... Ko'z yoshlarim tomadi tim-tim, Qalbim eziladi sen bo'lmasang kim? Kim senchalar sevadi meni, Kim menchalar asraydi seni, Sevib...
Unutishga intildim seni jonim, Unutishga intilding meni borim. Ma'no bormi qalbimiz vayron axir, Ayriliq azobi qanchalik og'ir.
Nega ishonmayman o'zimga, Nega ishonmaysan o'zingga. Axir balki bu taqdir, Taqdir balki bu axir... Ko'z yoshlarim tomadi tim-tim, Qalbim eziladi sen bo'lmasang kim? Kim senchalar sevadi meni, Kim menchalar asraydi seni, Sevib...
To'rt qadam qoladi yetishga senga, To'rt qadam qoladi yetishga menga. Lekin chekinamiz nega orqaga, Qo'rqamizmi baxtli bo'lishga.
Nega ishonmayman o'zimga, Nega ishonmaysan o'zingga. Axir balki bu taqdir, Taqdir balki bu axir... Ko'z yoshlarim tomadi tim-tim, Qalbim eziladi sen bo'lmasang kim? Kim senchalar sevadi meni, Kim menchalar asraydi seni, Sevib...
Дата: YAKSHANBA, 2013.01.06, 02:04 | Сообщение # 1541
Группа: Удаленные
Aldoqchi de hafa bo’lmayman. Noshud ata, savol berma lek! Men o’zimni aldab yashayman Xuddi seni aldaganimdek. Ertaklardan shirin sevgimiz Yolg’ondir deb aldaganim rost. Tushun meni, men yo’llarimiz Ayroligin bilaman, holos. Bilasanku ayriliq yomon, Bilaman-ki, chidolmas yurak. Sendan keyin saqlash uchun jon, Bir amallab aldanmoq kerak, O’zni aldab yashamoq kerak.
Дата: YAKSHANBA, 2013.01.06, 02:04 | Сообщение # 1542
Группа: Удаленные
Nomingizni saqlab hun yuragimda Bir marta ko’rmoqqa bo’laman intiq. Sizni izlab turib har qadamimda Topib olmoqlikdan qo’rqaman qattiq. Sizsiz o’tgan kunim to’la iztirob, Sizla yashamoq ham azobdir biroq. Zor-zor kutganimcha bo’lsam da hunob, Kelmasligingizni hohladim ko’proq. Siz – shirin azobim, sog’inchim mangu, Achchiq so’zingiz ham dardimga malham. Sizni sevishimni tan olmayman-u, Ammo ko’zni yumib tonolmayman ham. Ikki o’t ichida topmasdan to’zim, Sevgimni tubsiz bir jarga tashlayman. Sizni so’rab turib tangrimdan o’zim, Berib qolishidan qo’rqib yashayman.
Дата: MUBORAK JUMA, 2013.03.08, 12:11 | Сообщение # 1547
Группа: Удаленные
Köngling muhabbatni qömsab qolganda Firoqlar qalbingga nazar solganda Yölimga termilib közing tolganda Qalbingga olovdek kirgan bölaman Körmaysan... yoningda turgan bölaman Közingga yosh emas daryo tölsa ham Sendaman to abad sevging ölsa ham Hajringda özgalar yonib kuysa ham Atrofda tentirab yurgan bölaman Qarasang yoningda turgan bölaman Meni eslab turgin tonglar otganda Nasimlar sochlaring silab ötganda Mening navolarim kökka yetganda Qara ... huzuringga kelgan bölaman Tiz chökib yoningda turgan bölaman...