CHORSHANBA, 2025.06.25, 16:58
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 2
  • 1
  • 2
  • »
Модератор форума: AnDiJoNLiK_BeZoRi  
♥ ♥ ♥ ღ★♡♡onamga xat ♡♡ ღ★♥ ♥ ♥
ZaLaTaYa_DeVcHoNkAДата: SHANBA, 2012.03.17, 23:18 | Сообщение # 1
Группа: Удаленные





assalomu alekum aziz saytdoshlar betta faqat onamga xat sherlari yozing
 
ZaLaTaYa_DeVcHoNkAДата: SHANBA, 2012.03.17, 23:19 | Сообщение # 2
Группа: Удаленные





Men sizni o'ylayman shomu saharda,
Ona, sog'insam ham bora olmayman,
Tunlari charog'on shunday shaharda,
Hech kimga ko'nglimni yora olmayman.
 
ZaLaTaYa_DeVcHoNkAДата: SHANBA, 2012.03.17, 23:19 | Сообщение # 3
Группа: Удаленные





Men siz aytgandayin hammani sevdim,
Hammaga ishondim, mana oqibat:
O'z do'stim uyiga ko'mildi sevgim,
Kun bo'lib ko'ksimni kuydirdi nafrat.
 
ZaLaTaYa_DeVcHoNkAДата: SHANBA, 2012.03.17, 23:19 | Сообщение # 4
Группа: Удаленные





Boshimdan o'tgani ko'kka ham ayon,
Yulduzlar qiqirlab kular oqbadan:
Men - zangor yaylovda olis, bepoyon,
Uyuridan ajrab qolgan qulunman...
 
ZaLaTaYa_DeVcHoNkAДата: SHANBA, 2012.03.17, 23:20 | Сообщение # 5
Группа: Удаленные





Mana, ketayapman tosh yo'lda ko'zim,
Qadamim moshinlar yo'rg'asiga mos.
Yig'lasam yupatib o'zimni o'zim,
Pishqirib qo'yaman toychoqlarga xos.
 
ZaLaTaYa_DeVcHoNkAДата: SHANBA, 2012.03.17, 23:21 | Сообщение # 6
Группа: Удаленные





Va sizni o'ylayman shomu saharda,
Ona, sog'insam ham bora olmasdan.
Tunlari charog'on shunday shaharda
Hech kimga ko'nglimni yora olmasman...
 
ZaLaTaYa_DeVcHoNkAДата: SHANBA, 2012.03.17, 23:21 | Сообщение # 7
Группа: Удаленные





Ha, sevgi haqida. U dilga ne zeb,
Kuyinmang, ne iloj qilmasa nasib.
Baxtimga hamisha Siz sog' bo'ling deb,
Sog'ingan....................
 
_MAFIYA_Дата: YAKSHANBA, 2012.03.18, 12:38 | Сообщение # 8
Группа: Удаленные





Derazamning oldida bir tup
O’rik oppoq bo‘lib gulladi...

Novdalarni bezab g‘unchalar,
Tongda aytdi hayot otini
Va shabboda qurg‘ur ilk sahar
Olib ketdi gulning totini.

Har bahorda shu bo‘lar takror,
Har bahor ham shunday o‘tadi,
Qancha tirishsam ham u beor
Yellar meni aldab ketadi.

Mayli, deyman va qilmayman g‘ash,
Xayolimni gulga o‘rayman;
Har bahorga chiqqanda yakkash,
Baxtim bormi, deya so‘rayman.

Yuzlarimni silab, siypalab,
Baxting bor, deb esadi yellar.
Etgan kabi go‘yo bir talab,
Baxting bor, deb qushlar chiyillar...

Hamma narsa meni qarshilar,
Har bir kurtak menga so‘ylar roz,
Men yurganda bog‘larga to‘lar
Faqat baxtni maqtagan ovoz:

«Mana senga olam-olam gul,
Etagingga siqqanicha ol,
Bunda tole har narsadan mo‘l,
To o‘lguncha shu o‘lkada qol.

Umrida hech gul ko‘rmay, yig‘lab
O’tganlarning haqqi ham senda,
Har bahorni yig‘lab qarshilab
Ketganlarning haqqi ham senda...»

Derazamning oldida bir tup
O’rik oppoq bo‘lib gulladi...
 
MevazarskiMerlinДата: SHANBA, 2012.03.31, 15:05 | Сообщение # 9
Группа: Удаленные





Mana, ketayapman tosh yo'lda ko'zim,
Qadamim moshinlar yo'rg'asiga mos.
Yig'lasam yupatib o'zimni o'zim,
Pishqirib qo'yaman toychoqlarga xos.
 
_MAFIYA_Дата: YAKSHANBA, 2012.04.01, 12:52 | Сообщение # 10
Группа: Удаленные





Allohning menga bergan
omonatisiz
Otamning yolg'izi yagonasi siz
Duo qilay uzoq umir ko'ring
deb
To'y to'rida davralarda yuring
deb
Quvonchimga doim hamroh
bo'ling
Bahtimge iloyim sog' omon
bo'ling
Boshimda parvonam siz
mehribonim
Ko'nglim to'qdir siz bilan
Onajonim
Bedor o'tkazib tunlarni,
uhlamay sira
Boshimda allalar aytganlaringiz
Qancha ko'p bo'lsam
hizmatingizda
Arzimaydi, bedor o'tgan bir
tuningizga.
 
MevazarskiMerlinДата: DUSHANBA, 2012.04.16, 18:11 | Сообщение # 11
Группа: Удаленные





Va sizni o'ylayman shomu saharda,
Ona, sog'insam ham bora olmasdan.
Tunlari charog'on shunday shaharda
Hech kimga ko'nglimni yora olmasman...
 
_Komow_Дата: PAYSHANBA, 2012.05.24, 07:36 | Сообщение # 12
Группа: Удаленные





Zõr
 
александр8888Дата: DUSHANBA, 2012.05.28, 22:38 | Сообщение # 13
Группа: Удаленные





Hamkasblar Sizlarga Omad Tilayman!!! smile
 
_MAFIYA_Дата: CHORSHANBA, 2012.05.30, 22:38 | Сообщение # 14
Группа: Удаленные





Qadirdonim, qadrimga
etmading
Yog'u-borim, borligim bilmading
Sevdim sani, sevgim
anglamading
Orzuim eding,armonim bo'lding
Azizam.... yolg'izim eding,
yolg'iz qoldirding
Mehribonim eding, mehirga zor
aylab ketding
Hayotimda eding,hayollarimda
qolding
Ko'zlarimni nuri eding, Afsus,
ming afsus ko'z yoshlarimga
aylanding
 
axror-88Дата: PAYSHANBA, 2012.05.31, 07:05 | Сообщение # 15
Группа: Удаленные





smile
 
_MAFIYA_Дата: PAYSHANBA, 2012.05.31, 10:03 | Сообщение # 16
Группа: Удаленные





Uygondim yurak yutib uygondim,
Ko'ngil soginchin tuyib uygondim.
Umid yo'lini kutib uygondim,
Vatanim seni seni sogindim.
Ko'ngilday oqarib tonglar otganda,
Noming takrorlab tun uygotganda,
Vatanim seni seni sogindim.
Shohlarda shivirlar so'ngi yaproqlar
Derazam chaqnatar kuzgi chaqmoqlar
Dilimda bosilmay ajib bir titroq
Vatanim seni snei sogindim
Go'daklardan so'radim Vatan Onam dedilar
Onalardan so'radim Vatan bolam dedilar
Bobolarim pok tuprogin Iymon dedilar
Vatanim seni seni sogindim
 
♥VioLeTTa♥Дата: SHANBA, 2012.11.10, 18:26 | Сообщение # 17
Группа: Удаленные





Yuragimni, bir his o'rtaydi,
Qani, yo'lim yaqin bo'lsaydi.
Ko'nglim har on, sizni qumsaydi,
Onajonim, sog'indim, sizni.

Ko'zlarimga, kеlmaydi uyqu,
Mеni qiynar, bir ajib tuyg'u.
Bilmadim bu, sеvinchmi, qayg'u?
Onajonim, sog'indim, sizni.

Kеling, onam, mеhmonim bo'ling,
Boshim uzra, posbonim bo'ling.
Yuragimga, darmonim bo'ling,
Onajonim, sog'indim, sizni.

Yolvoraman, har tong, Olloxga,
Olib tursin, sizni panohga.
Borolmasam, yo'ymang gunohga,
Onajonim, sog'indim, sizni.

Tonglar, qo'lim ochib duoga,
Iltijolar qilgum, Hudoga.
Umringizni etsun ziyoda,
Onajonim, sog'indim, sizni!
 
_MAFIYA_Дата: YAKSHANBA, 2012.11.11, 07:59 | Сообщение # 18
Группа: Удаленные





O-najon sog'indim közimda
yoshim.
N-etay tugadi kutib sizni mening
bardoshim.
A-tab siz uchun sher yozdim
bugun.
J-onim berardim yonimda
bölsangiz
shu kun.
O-z bölsada tushlarimga ona
kiraqoling.
N-ola qilgan bolangizni ahvolin
siz
bilaqoling.
 
♥VioLeTTa♥Дата: YAKSHANBA, 2012.11.11, 09:45 | Сообщение # 19
Группа: Удаленные





Оnаjоn bugun yuzinggа
Yo’l sоlmish аjin
Umringni
bаg’ishlаgаnsаn
Fаqаt mеn uchun.
Оg’risаm hаttо qоrоng’u tunlаr
Uхlаmаy bo’lding mеngа
pаrvоnа
O’tsа hаm bоlаligim
Bеdоrsаn yanа
Оnаjоn sеn bоrsаn yorug’ jаhоn
Sеn uchun оchilgаy bоg’lаru
bo’stоn
Оnаjоn bоsgаn izlаring jаnnаt
Dаrdingni оlsаm dеymаn оnаjоn.
Оnаjоn bugun yuzinggа
Yo’l sоlmish аjin
Umringni bаg’ishlаgаnsаn
Fаqаt mеn uchun.
Mеhring jоylаb dilimgа
Аytgаn hаr so’zing
Hаr ishdа mаdаd bo’lgаysаn
Dаvlаtim o’zingu
Gаr kеtsаm uzоq sаfаrlаrgа
Оchаsаn qo’lingni duоlаrgа
Qаytsаm sеvinchdаn to’lib
Ko’zing yoshlаrgа.
 
_MAFIYA_Дата: YAKSHANBA, 2012.11.11, 12:09 | Сообщение # 20
Группа: Удаленные





Бахтимнинг богида доим
гуллаган,
Хар ишда лаббай деб
мени кўллаган,
Фарзандлар камолин
тинмай ўйлаган,
Онажон! Бахтимга
бўлинг Сиз омон!
Емасдан едириб
туйдирдингиз,Сиз,
Узингиз киймасдан
кийдирдингиз,Сиз,
Адолат ва Хакни
суйдирдингиз,Сиз
Онажон!Бахтимга Булинг
Сиз омон!
Авайлаб,етаклаб
юргиздингиз,Сиз,
Йикилсам,сиз
йиглаб,тургиздингиз,Сиз,
Йулимни хак йулга
бургиздингиз,Сиз,
Онажон!Бахтимга булинг
Сиз омон!
Ишдан келишимни кутар
эдингиз,
Кел болам овкатни егин
дердингиз,
Шунча куп мехрни
кайдан олдингиз?
Онажон!Бахтимга булинг
Сиз омон!
Сиз борсиз,кўзимда
булмас сира нам,
Сиз борсиз,бу бошим
булмас сира хам.
Сиз борсиз,юракда
булмас сира гам,
Онажон! Бахтимга
бўлинг Сиз омон!
Йўлимни
ёритган,чирогисиз,Сиз.
Отамнинг
севгани,ўртогисиз,Сиз.
Калбимнинг
эъзози,ардогисиз,Сиз,
Онажон!Бахтимга бўлинг
Сиз омон!
ОНАХОН макоми муборак
булсин,
ОЛЛОХнинг саломи
муборак булсин,
Таваллуд айёми муборак
булсин,
Онажон!Бахтимга булинг
Сиз омон!
 
FlegMaTik_RoMaNtiKДата: SESHANBA, 2012.11.13, 12:36 | Сообщение # 21
Группа: Удаленные





Shuncha sher yozibman
qizlarga. Bir marta
yozmabman
onamga. Tariflay olmayman ul
zotni. Onamni sog'indim
onamni. Begona yurtlarda
yuribman. Döstlarga
qöng'iroq qilibman. Onamga bir
sms yozmabman.
Onamni sog'indim onamni. Bilib
bilmay dushmanlar
ortirdim. Xattoyim pastlarni özimga
teng bildim. Axmoqa javob deb
sher yozdim. Onamga atab sher
yozmadim. Xar kuni eslab tel
qiladi. Bolajonim deb
erkalab qoyadi. Qaytishm intizor
kutadi. Onamni
sog'indim onamni. Man uchun
dunyoni unutgan. Xar
kuni duo qilib tolmagan. Bolam
uchun deya non yopgan.
Onamni sog'indim onamni.
Ishimdan köngil töq yuribman.
Döstlarim yonida turibman. Ul
zotga endi sher
yozyapman. Onamni sog'indim
onamni. Bazida
bilmaymiz qadrini. Unutib qöyamiz
borini. Döstlar
ezozlaylik onani. Onamni sog'indim
onamni. Qizlarni
sökkanim bu aybim. Aybimni
kechirsin olloxim.
Döstlarim sizlardan ötinchim.
Ayolni qadirlarng ayolni. Chunki
ularni poyida jannat. Xar biri ona
bölur bir kuni
albat. Ayolsiz xayotmi aytin bu
xayot. Ayolni qadirlang
ayolni. Onajon siz meni borimsiz.
Ishongan yagona
tog'imsiz. Doyimo yonimda böling
siz. Farisha onamni
sog'indim. Mexribon onamni
sog'indim.
 
_MAFIYA_Дата: CHORSHANBA, 2012.11.14, 02:20 | Сообщение # 22
Группа: Удаленные





Бахтимнинг богида доим
гуллаган,
Хар ишда лаббай деб
мени кўллаган,
Фарзандлар камолин
тинмай ўйлаган,
Онажон! Бахтимга
бўлинг Сиз омон!
Емасдан едириб
туйдирдингиз,Сиз,
Узингиз киймасдан
кийдирдингиз,Сиз,
Адолат ва Хакни
суйдирдингиз,Сиз
Онажон!Бахтимга Булинг
Сиз омон!
Авайлаб,етаклаб
юргиздингиз,Сиз,
Йикилсам,сиз
йиглаб,тургиздингиз,Сиз,
Йулимни хак йулга
бургиздингиз,Сиз,
Онажон!Бахтимга булинг
Сиз омон!
Ишдан келишимни кутар
эдингиз,
Кел болам овкатни егин
дердингиз,
Шунча куп мехрни
кайдан олдингиз?
Онажон!Бахтимга булинг
Сиз омон!
Сиз борсиз,кўзимда
булмас сира нам,
Сиз борсиз,бу бошим
булмас сира хам.
Сиз борсиз,юракда
булмас сира гам,
Онажон! Бахтимга
бўлинг Сиз омон!
Йўлимни
ёритган,чирогисиз,Сиз.
Отамнинг
севгани,ўртогисиз,Сиз.
Калбимнинг
эъзози,ардогисиз,Сиз,
Онажон!Бахтимга бўлинг
Сиз омон!
ОНАХОН макоми муборак
булсин,
ОЛЛОХнинг саломи
муборак булсин,
Таваллуд айёми муборак
булсин,
Онажон!Бахтимга булинг
Сиз омон!
 
FlegMaTik_RoMaNtiKДата: CHORSHANBA, 2012.11.14, 10:25 | Сообщение # 23
Группа: Удаленные





Men uni sevaman qattiq
Bu yolg'on emas chin
xaqiqatdur
U meni borlig'im
jonajonimdir
U inson siz emas
onajonimdir.
 
_MAFIYA_Дата: YAKSHANBA, 2012.11.18, 00:08 | Сообщение # 24
Группа: Удаленные





Otam kulganida juda yayrayman,
Olamga bir boshqa ko’zla
qarayman,
Ollohga shukur deb hech
charchamayman,
Otam tabassumin yaxshi
ko’raman.
O’z dardin hech qachon oshkor
etmaydi,
Bizni siqilmasin deya saqlaydi,
Otam kulganida dunyo porlaydi,
Otam tabassumin yaxshi
ko’raman.
 
Kamron12Дата: DUSHANBA, 2013.04.29, 04:21 | Сообщение # 25
Super Faol
Группа: FAOL
Сообщений: 578
Награды: 7
Репутация: 0
Статус: OFLAYN
Ajoyib
 
  • Страница 1 из 2
  • 1
  • 2
  • »
Поиск:

2025 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
Хостинг от uCoz