CHORSHANBA, 2025.06.25, 04:25
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 2 из 2
  • «
  • 1
  • 2
Модератор форума: AnDiJoNLiK_BeZoRi  
♥ ♥ ♥ ღ★♡♡onamga xat ♡♡ ღ★♥ ♥ ♥
александр8888Дата: DUSHANBA, 2013.04.29, 21:13 | Сообщение # 26
Группа: Удаленные





Oyijon... Dadamni sog'indim ular qayerga ketdilar,nega bizni ko'rgani kelmayaptilar... Eh bolajonim dadang har doim biz bilan birga,osmondagi yulduzlarni ko'ryapsanmi...Dadang ham o'sha yulduzlardan bittasi har kuni kech tushganda bizga yorug' nur sochib qarab turadilar... Oyijon osmondagi yulduzda dadam bormi,men ham yulduzga chiqqim kelyapti,qachon u yerga chiqaman oyijon... Ha o'g'lim tushmagura seni hali bu dunyoda qiladigan ishlaring juda ko'p meni tashlab qayerga ketmoqchisan bolajonim... Yo'q oyijon men sizni xech qayerga tashlab ketmayman,siz doim yonimdasiz dadam ham har kecha yulduzdan bizga qarab tursalar faqat ularni juda-juda sog'indim... Oyijon men yetimmanmi... Bu nima deganing bolam,bu gapni kim senga aytdi... Xech kim aytmadi maktabdan kelayotganimda o'rtog'larim bilan yo'lda mehribonlik uyi degan katta bino yonidan o'tayotgandik.Ichkarida ikkita bola urushib qolishganini ko'rib qoldik.Ular bir-biri bilan janjallashib shunaqa gaplarni gapirishdi-"Seni dadang tashlab ketgan bu yerga.Seni xech kiming yo'q sen yetimsan" degan gaplarini eshitib qoldik... Keyin do'stlarim meni qo'limdan ushlab u yerdan tortib olib ketishdi... Yo'q bolajonim sen yetim emassan oyijoning shu yerdaku bolam...Hali ko'rasan katta bo'lib yaxshi o'qib katta odam bo'lganingda,oilamiz yana to'ladi seni ham,jajji-jajji farzandlaring bo'ladi... O'shanda ular meni bobom qanilar deb so'rashganida,-"Seni bobong ana bolam osmonga qara yulduzlar porlayapti,ulardan xohlaganingni tanla bolam o'sha sening bobojoning bo'ladi" deysan... Oyijon kecha kechqurun tushimga dadamni ko'rdim,ular menga ancha vaqt termulib o'tirdilar,qo'limdan ushlab yuzimdan o'pib qo'ydilar...Dadamni tanasi shunday issiq va yumshoq ediki xuddi bulutlarga uchib yurganday xis qildim o'zimni... Ha bolajonim dadang yaratganni yonida jannatning issiq bag'rida...Ular bizni sog'inganligi aytdilar...Oyijon nega yig'layapsiz...Yig'laganim yo'q bolajonim,ko'zimni piyoz achchig'i yoshlatdi...Voy oyijon axir bu piyoz emas kartoshkayu mana piyoz archib bo'lgansizu... O'zimmi aqlliginam sani shunaqangi gaplaringni eshitishni yaxshi ko'ramanda odamni juda xursand qilib yuborasan,shuning uchun xazillashdim...Mayli bolam endi borib ko'chaga o'rtog'laring bilan o'ynayver.Men senga ovqat pishirib beraman...Xop bo'ladi...
O'g'lizni ko'rdizmi dadasi xuddi sizdek sho'x quvnoq aqlli bo'lib o'syapti,faqat sizni mehringiz yetmayapti dadajonisi...Yo'q yig'laganim yo'q piyoz archib o'tirgandim ko'zimni yoshlattida dadajonisi...
Onamni eshik orqasidan poylab gap so'zlarini eshitib qoldim,ular ham dadamni juda sog'inibdilar yig'lamayapman deydilaru lekin har safar uyga kelganimda ko'zlari yoshlangan bo'ladilar...
Dadajon mana endi katta yigit bo'lib qoldim,sizni sog'insam oyijonim aytgan yulduzlarga qarab o'tiraman...Ishlarim yaxshi ketyapti bizdan xavotir olmang oyijonimni ko'z qorasidek asrayman...Dadajon bir qizni sevib qoldim unga uylanmoqchiman siz rozimisiz,menga maslahatlariz yetmayapti kimdan yordam so'ray maslahat bering dadajon xech bo'lmasa tushimga kirib turing,axir ilgari har doim tushimga kirardizku endi nega tushimga kirmayapsiz sizni sog'inib kettim...Osmondagi yulduzlarni eng kattasini tanladim o'sha yulduz sizsiz dadajon...Qayerda bo'lsangiz ham ruxingiz osuda orom topsin joyingiz jannat bo'lsin dadajon...Bu dunyoda sizdek mehribon chin do'st faqat bitta siz ekansiz...Sizni xech qachon unutmayman dadajon...Sizga bitta sher yozdim o'qib beraymi dadajon...

Ko'zimda Yosh Yig'laganim,Ko'rmasin Xech Kim,
Ko'chada Ko'p So'rashadi,Seni Dadang Kim.
Yordam Bersam Eshitaman,Otangga Raxmat,
Sog'inganmiz Onam Yig'lar,Siz Yo'qsiz Faqat...
 
_MAFIYA_Дата: PAYSHANBA, 2013.05.02, 10:27 | Сообщение # 27
Группа: Удаленные





Allohning menga bergan
omonatisiz
Otamning yolg'izi yagonasi siz
Duo qilay uzoq umir ko'ring
deb
To'y to'rida davralarda yuring
deb
Quvonchimga doim hamroh
bo'ling
Bahtimge iloyim sog' omon
bo'ling
Boshimda parvonam siz
mehribonim
Ko'nglim to'qdir siz bilan
Onajonim
Bedor o'tkazib tunlarni,
uhlamay sira
Boshimda allalar aytganlaringiz
Qancha ko'p bo'lsam
hizmatingizda
Arzimaydi, bedor o'tgan bir
tuningizga.
 
  • Страница 2 из 2
  • «
  • 1
  • 2
Поиск:

2025 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
Хостинг от uCoz