Дата: CHORSHANBA, 2012.03.14, 23:53 | Сообщение # 2
Группа: Удаленные
Bu dunyoni tark etar bo'lsam. Balki sizga men yetar bo'lsam. Darddan yig'lab oh chekar bo'lsam. Shunda ham men sizni sevarman. Tashlab keting siz jonim mayli. Nasib etmas siz siz baht sayli. Joningizni sog' etsin tangri. Bir umrga sizni sevarman. Orzulariez bo'lmasin ro'yo. Bahtsiz kunni ko'rmasman ravo. Gar o'lsam ham men ikki dunyo. Faqat faqat sizni sevarman. Dunyolarga o't ketar bo'lsa. Yurakkinam armonga to'lsa. Siz undirgan ishq guli so'lsa. Baribir men sizni sevarman. Ketmang deya yalinmayman yor. Lekin ko'nglim faqat sizga zor. Eshiting siz bitta gapim bor. Chin yurakdan sizni sevarman.
Дата: MUBORAK JUMA, 2012.03.16, 00:19 | Сообщение # 8
Группа: Удаленные
Bandasidan bo'lma umidvor, Umid qilgin yolg'iz ollohdan. Hamisha, har joyda, dindoshim, Asrab qol o'zingni gunohdan. Aslo og'ritmagin biror bir qalbni, Seni deb to'kilmasin ko'zida yoshi. Ko'ngilni musaffo osmondek sof tut, Hech qachon botmasin qalbing quyoshi. Eng muhimi bilgin dunyoda, Butun bo'lsin dilda iymoning. Suysang, suygin olloh yo'lida, Istaging pok bo'lsin, bo'lmay gumoning. Hammamiz ham gunohkor banda, Bazida noliymiz, ba'zan noshukur, Boshingga ne qismat tushsa hamki sen, Ollohga shukur qil, ollohga shukur.
Дата: MUBORAK JUMA, 2012.03.16, 00:37 | Сообщение # 16
Группа: Удаленные
Ibtidosi bor dunyoning, bordir intihosi ham, Qalandari bor davlatning bor buyuk dahosi ham, Agar tinchlik, xotirjamlik tilak bo’lsa har dilda, Baxtli bo’lgay o’sha yurtning gadosi, podshosi ham.
Дата: MUBORAK JUMA, 2012.03.16, 00:38 | Сообщение # 17
Группа: Удаленные
Bizdan biror kimsa so’rasa agar, Musilmonman deya javob beramiz Aslidachi azizlar dunyoga kelib Islomdan behabar o’tib ketamiz 18 ming olamni yaratgan Alloh Turg’azib qo’ydi yerni mualloh Bo’ysindirib unga quyosh, oy va havoni Chiroyli qilib yaratdi unga Odam Atoni So’ng buyurdi farishtalarga Sajda qilinglar. deya Odam Atoga Farishtalar sajda qildilar, ammo Faqat A’zozil farishtasi ketdi riyoga Meni yaratding dedi olov nuridan Odamni esa loy balchiq tubidan Olim bo’lib dars berdim farishtalarga Endi sajda qilaymi Odam Atoga A’zozildan ranjigan Parvardigori olam Berdi unga qo’pol qolib, shayton degan nom Bosildi A’zozilga la’natli tamg’a Bir umr Jannatdan bo’ldi badarg’a Shunda ham Xudaga qilmasdan ta’zim So’rardi Allohdan faqat bir izn Bandang tufayli shayton bo’libman Endi bir umr odamga bo’layin dushman O’rab olay bandangni to’rt tomonini Yemirib asta sekin qalb iymonini Yuraman uning yurak qonida Ko’ramiz yuramikin Sening yoki mening yo’limda Odamga aql berdi yaratgan Xudo Evaziga hech narsa so’ramay xatto Muqaddas kitoblar orqali yo’lin ko’rsatib Tanla dedi: Haq yoki shayton yo’lin aql ishlatib Shu bois odamga qast bo’lib shayton Qurdi inson ichida o’ziga makon Gunohlar qildirish uchun jangga otlandi Shu zayil yer yuzida hayot boshlandi Odam Atodan Momo Havvo paydo bo’lgandan keyin Ularda zurriyot tarqala boshladi sekin Zurriyotlar turli millatlarga bo’linib ketdi Asta sekin ularda mehr oqibat ketdi Odamlar omonatga qilib xiyonat Kasblari o’g’irligu bo’ldi jinoyat Tanimay qolishib bir birlarini Unutdilar bir ota onadan bo’lganlarini Insonlarda qolmadi zarracha vijdon Unitib Xodoni qoraydi iymon Yomonlar yaxshilarga yovuzlik tilab Ketdilar jaholat botqog’iga qulab Na uyat qoldi, na sharmu hayo Ayollarga oru erkakda vafo Bir o’rinda yotib ikkovlari be nikoh Bundan ham og’irroq bulurmu gunoh Ey voh, shunda ham Alloh Haq subhanahu va taolo Ularning ustiga yubormay balo Qutqarib zalolatdan bandalarin Elchi qilib yubordi payg’ambarlarin Odam Atodan to hozirga qadar Tahminan 124 ming o’tdi payg’ambar Ularda Muso, Iso hullasi kalom Oxirgisi Muhammad alayhissalom Rasulimiz payg’ambar bo’lmasdan holi Xaro g’origa kirdilar ibodat qilgani Shunda Alloh farishtasi Jabroil kelib Sizni Alloh sayladi dedi payg’ambar qilib Nur bo’lib yoritg’aysiz debon hayotni Qalblariga jo qildi ushbu oyatni Muhammad sollallohu alayhi vassallam Yozishni, o’qishni bilamasdilar ham Qo’vonchlaridan payg’ambarning ko’zi yoshlandi Shu kundan Islom uchun da’vat
Дата: MUBORAK JUMA, 2012.03.16, 00:40 | Сообщение # 18
Группа: Удаленные
Topmoq - yo‘qotmoqdir,Yo‘qotmoq – topmoq, Sen so‘lib,Men yashab, To‘lishimga boq.Sensiz topganimdan Ko‘proq yo‘qotdim –Sen meni yupatding, Seni yig‘latdim,Sen meni yaratding, Seni tugatdim.Uyalmay ONA deb, Kelishimga boq!..Sog‘inch haqda she’rlar Yozdim o‘zimcha,Mendan peshonangda Dog‘lar tizimcha.O‘g‘il bo‘lmay o‘lay, Attangb ming attang.Qiz tug‘sang netardi, Ko‘proq qiz tug‘sang!..Tirgak bo‘lolmadim Bitta qizingga Uyalmay shoirman Deyishimga boq.Joningdan aylanay, Turgil jonajon,Yo‘l qarab bo‘ldimi Jigarginang qon?Boqma, ko‘zlarimga Bemajol, xasta,Mening topganlarim Gulmi bir dasta,Yo‘qotganim senmi Endi ONAJON?..O‘z etimni o‘zim Yeyishimga boq.Bilsang yuragimni Bir alam elar.Buyursang qo‘limdan Kelmaydi nelar, Ayt,Pichan yig‘aymi, O‘tin yoraymi, Yerni haydayinmi,Ko‘k ag‘daraymi?.. Itdek oyog‘inggaSuykalgim kelar – Uchib-uchib, manaQo‘nishimga boq.
Hech narsa kerakmas,Bolam, hech deysan. Endi kech deysan-da,Endi kech deysan. Yuzimni bosaman Muzday yuzingga, ONAJON,Zor qilib ketma izingga! O‘lim oldida ham G‘amimni yeysan, Men-chi, jim, taqdirgaKo‘nishimga boq.
Дата: MUBORAK JUMA, 2012.03.16, 00:43 | Сообщение # 19
Группа: Удаленные
Hozirgi zamon yigitlar Qancha qiz bilan yurishar. Qanchasiga sevaman deya, Yolg'on so'zlab ketishar Sevgi o'yinchoq deya, Uni hor-zor qilishar. Sevgini qadriga etmay, Kekkayishib yurishar. Lekin yil o'tib, vaqti kelib, Sevgi nima bilishar. Ammo unda kech bo'ladi, Boshini qashib qoladi.
Дата: MUBORAK JUMA, 2012.03.16, 00:43 | Сообщение # 20
Группа: Удаленные
Inson kelar dunyoga g’am bilmay armon bilmay, quvonch ila ulg’ayib kulib hayotni bilmay, so’ng esa u biladi va sekin u so’nadi, chunki baht neligin bilmay armon neligin biladi
Дата: MUBORAK JUMA, 2012.03.16, 00:45 | Сообщение # 23
Группа: Удаленные
Ko'nikaman barisiga yetar bardoshim. Garchand sizni deya tinmas ko'zdagi yoshim. Sizsiz menga borliq zulmat tanxo quyoshim. Men baribir, men baribir sizni sevaman. Vafo izlab tokay kezay telba dunyoni. Qaydan topay kuygan qalbga zarra ziyoni. Tasir qilmas birovlarning ògit farmoni. Men barbir Men barbir sizni sevaman. Umrim òtib borar kònglimchi yarim. Bitta sizdan topar tuzalmas dardim. Tinglang,dil izxorlarim bisyordir manim. Men baribir Men barbir sizni sevaman.
Дата: MUBORAK JUMA, 2012.03.16, 00:46 | Сообщение # 24
Группа: Удаленные
Kel dunyoning g'amlarin unut Baxt quyoshing to'smasin bulut, Saqlamasdan qarshimda sukut Bir ayt meni sog'inganingni. Visolingiz etsin deb nasib, Dil chigilim tashlagin yozib. Va bag'ringga turgancha bosib, Bir ayt meni sog'inganingni. Hayajondan qizarsa yuzlar, Bir-biriga to'ymasa ko'zlar, Izlamasdan chiroyli so'zlar, Bir ayt meni sog'inganingni. Shunda baxtni yetay men anglab, Ololmasdan hushimni o'nglab , Mast bo'layin shu so'zni tinglab, Bir ayt meni sog'inganingni. Men- umringning bahor, yoziman, Muhabbatning dardli soziman, Sevishingni aytma roziman. Bir ayt meni sog'inganingni!!!
Дата: MUBORAK JUMA, 2012.03.16, 00:47 | Сообщение # 25
Группа: Удаленные
Siz ajalsiz... Siz ajalsiz jonim olguvchi, siz olovsiz o'tga solguvchi. Siz imosiz dilda qolguvchi, man-chi, kimman, ayting, Azizim? Siz xayolsiz aldab ketgani, siz bir maysiz tamom etgani. Siz armonsiz armon etganim, man-chi, kimman, ayting, Azizim? Siz marvarid bebaxo tengsiz, siz tomchisiz beg'ubor dengiz. Siz ko'kdagi qo'li yetmas yulduz, man-chi, kimman, ayting Azizim?