Дата: MUBORAK JUMA, 2012.03.16, 12:39 | Сообщение # 27
Группа: Удаленные
Azizim, bag’rimni tig’laydi sog’inch, Men kimga to’kilay limmo-lim to’lsam.? Jonimda charx urar ushalmas ilinj, Sizga baribirmi, yig’lasam, kulsam.? Hovuchim hapqirar quvonch yosh to’ksa, Ne qilay, qarshimda anduh tiz cho’ksa.? Alam qilar ekan do’stdan o’q tegsa, Sizga baribirmi, yig’lasam, kulsam.? Bo’yladim, bo’yladim, dorga yetmadim, Qatorda kerilgan norga yetmadim. O’z ko’nglimdan bo’lak zorga yetmadim, Sizga baribirmi, yig’lasam, kulsam.? Toshlarni chiritib bo’lmas ekan- ku, Oy dog’in aritib bo’lmas ekan- ku, Quyoshni qaritib bo’lmas ekan- ku, Sizga baribirmi, yig’lasam, kulsam.? Omonat dunyoga g’animat mehmon, Men chindan so’rasam egilgay osmon, Oy o’tar, yil o’tar, ey, do’sti nodon, Sizga baribirmi, yig’lasam, kulsam.?
Дата: MUBORAK JUMA, 2012.03.16, 13:32 | Сообщение # 28
Группа: Удаленные
Сезмаяпсиз...
Шохдан – шохга қўнмоқликни қўймадингиз, Булбул бўлиб, лек бир гулни суймадингиз, Бевафолик қилиб сира тўймадингиз, Гулзорингиз хазон этиб сезмаяпсиз...
Дата: MUBORAK JUMA, 2012.03.16, 16:59 | Сообщение # 29
Группа: Удаленные
Unutdimmi???? Yo'q unutdingiz. Qizg'ondingiz zarra mexrni. Oyni sovchi qilib yubordim. Ilinj ila kutib mexrni. Unutdimmi???? Yo'q unutdingiz. Xatto tushga kirmay qo'ydingiz. Zerikdingiz sevishdan yoki. Ishqdan , Balki mendan to'ydingiz. Unutdimmi???? Yo'q unutdingiz. Dillar g'amga to'lgani qoldi. Ko'zlarida yoshlari jovdirab. Sevgi sag'ir bo'lgani qoldi. UnuTDiMMi???? Yo'Q UnuTDiNGiZ..
Дата: YAKSHANBA, 2012.03.18, 22:58 | Сообщение # 31
Группа: Удаленные
Tomirimda sovib qonim Urmay qo'ydi xasta yurak Tanamni tark etib jonim Armon bo'lar o'sha tilak Yuragimdan sog'inardim Sog ’ inarmu jonsiz yurak Tugab borar sho ’ rlik umr Jonsiz tanam kimga kerak?.. Tark etsada tanamni jon Sog ’ inmoqda ruhim hamon
Дата: SESHANBA, 2012.03.27, 12:33 | Сообщение # 33
Группа: Удаленные
Endi sen ham sog'inib ko'rchi, Ishq azobida bo'g'ilib ko'rchi, Huddi mendek ko'zlaring yoshlab, Bir ko'ray deb oh urib ko'rchi, Endi kutgin yo'llarim poylab, Sog'inchlardan ko'zlaring botar, Shirin so'zim eslab dilozor, Kechalari to'lg'onib bedor, Endi sening nozik qalbingni, Sog'intirib ado qilaman, Taslim bo'lmas bu g'ururingni, Muxabbatla gado qilaman, Kulib turgan bu nigohimni, Ko'zlaringdan olib qochaman, Sen xam endi qalbingni, Sog'intirib ADO qilaman.
Дата: SESHANBA, 2012.03.27, 12:34 | Сообщение # 34
Группа: Удаленные
Endi sen ham sog'inib ko'rchi, Ishq azobida bo'g'ilib ko'rchi, Huddi mendek ko'zlaring yoshlab, Bir ko'ray deb oh urib ko'rchi, Endi kutgin yo'llarim poylab, Sog'inchlardan ko'zlaring botar, Shirin so'zim eslab dilozor, Kechalari to'lg'onib bedor, Endi sening nozik qalbingni, Sog'intirib ado qilaman, Taslim bo'lmas bu g'ururingni, Muxabbatla gado qilaman, Kulib turgan bu nigohimni, Ko'zlaringdan olib qochaman, Sen xam endi qalbingni, Sog'intirib ADO qilaman.
Дата: PAYSHANBA, 2012.03.29, 22:39 | Сообщение # 36
Группа: Удаленные
Bir qiz yig'lar buloq boshida, Ma'yus majnuntollar qoshida, Ko'ngil ohi ko'zin yoshida: Bevafo ko'p ekan dunyoda... Nigohida oftoblari bor, Nolishlarin javoblari bor, So'ngan sevgi azoblari bor, Bevafo ko'p ekan dunyoda... Tovoniga tushgan kokillar, Qizginaga qo'shilib yig'lar, Bir so'z dilga sanchadi tig'lar - Bevafo ko'p ekan dunyoda... Dildan ko'chib ketsa xayollar, Yomonga yo'q ekan jazolar, Yolg'on dunyo ekan dunyolar, Bevafo ko'p ekan dunyoda. Ermak ekan endi Laylolar, Majnun g'arib kezgan sahrolar, Ertak ekan Tohir-Zuhrolar, Bevafo ko'p ekan dunyoda...
Дата: YAKSHANBA, 2012.04.01, 12:38 | Сообщение # 39
Группа: Удаленные
She’rsiz qalblarga achinaman men, Ularda na tonglar kunduzin boshlar, Na oqshom yulduzlar ufkin ochar keng, Na bahor chog‘ida sayraydi qushlar. Qo‘shiqsiz uylarga kulgi yoqmaydi, Xonadon ahlining qovog‘i osiq. Hatto derazadan quyosh boqmaydi, Soatning o‘zi ham tiqillar bosiq. She’rsiz ko‘chani tole qarg‘agan, Bu yerda sevgining manzili bekik... Quvonch bunda kezar kayfi tarqagan – Keksa xumoridek qomati bukik... Bechora odamlar, bilmaski ular, She’r chin go‘zallik singlisi ekan. Har kimki u bilan sevishsa agar – Husniga chiroylar qo‘shilar aynan. She’riyat diyorin shoirlarimiz, Har uy, har ko‘ngilga baytlar bo‘lsin yor! Elga dastyor bo‘lsa she’rlarimiz – Demakki, umrimiz o‘tmabdi bekor!..
Дата: PAYSHANBA, 2012.05.31, 10:03 | Сообщение # 47
Группа: Удаленные
SIZ AJALSIZ... Siz ajalsiz jonim olguvchi, siz olovsiz o'tga solguvchi. Siz imosiz dilda qolguvchi, man-chi, kimman, eting, Azizim? Siz xayolsiz aldab ketgani, siz bir maysiz tamom etgani. Siz armonsiz armon etganim, man-chi, kimman, eting, Azizim? Siz marvarid bebaxo tengsiz, siz tomchisiz beg'ubor dengiz. Siz ko'kdagi qo'li yetmas yulduz, man-chi, kimman, eting. Azizim?
Дата: PAYSHANBA, 2013.02.28, 19:53 | Сообщение # 49
Группа: Удаленные
AZOB QIYNAR DARDLI, G'AMLI KUNLARDAMAN. JONIM CHIQAR RUHIM UCHAR QAYLARDAMAN. QONLI YOSHIM OQDI BU KO'ZLARIMDAN. SENI SOG'INDIM, SEN KETGAN YO'LLARDAMAN. MENI SEVGAN O'SHA QORA KO'ZLAR QANI. ILK BOR BO'SA BERGAN G'UNCHA LABLAR QANI. BIR BORA QAYTISHINGNI JONIM TILAB O'TIM. ENDI QAYDAN IZLAY, JONIM O'SHA IZLAR QANI. UNUTAMAN DEYMANU LEK KO'NGLIMDASAN. BIR ZUM UYQU QILSAM KO'ZIMDASAN. SENI IZLAB ADO BO'LDIM SAROBLARDA. NEGA SENI SEVAMAN, KUYDIRSANG HAM. AZOB QIYNAR DARDLI, G'AMLI KUNLARDAMAN. JONIM CHIQAR RUHIM UCHAR QAYLARDAMAN. QONLI YOSHIM OQDI BU KO'ZLARIMDAN. SENI SOG'INDIM, SEN KETGAN YO'LLARDAMAN. MENI SEVGAN O'SHA QORA KO'ZLAR QANI. ILK BOR BO'SA BERGAN G'UNCHA LABLAR QANI. BIR BORA QAYTISHINGNI JONIM TILAB O'TIM. ENDI QAYDAN IZLAY, JONIM O'SHA IZLAR QANI. UNUTAMAN DEYMANU LEK KO'NGLIMDASAN. BIR ZUM UYQU QILSAM KO'ZIMDASAN. SENI IZLAB ADO BO'LDIM SAROBLARDA. NEGA SENI SEVAMAN, KUYDIRSANG HAM.