Yellar qaro zulfingizni qulf etib, Yelib tursa husningizni mulk etib, Saodatu malohatni ko'rk etib, Sarg'aymasa hargiz rangu ro'yingiz, To'larmidi hech to'lmagan ko'nglingiz.
Do'stlar kelib ul kun bag'rim tilsalar, Bo'g'zim yulib, andin bir nay qilsalar, Hammalari qatorlashib chalsalar, Ovozalar bo'lsa o'g'il to'yingiz, To'larmidi hech to'lmagan ko'nglingiz?
Sevgi mening kechmishimdir, bugunimdir, Olovimdir, kulimdir, ham kukunimdir. Bu yo'llarda oxir bir kun to'kilgumdir, Sevgi mening ko'nglimdagi tugunimdir.
Bu tugunni yecholmadim, yecholmadim, Siz o'ylagan daryolardan kecholmadim. Sevgi mening erib ketgan qorimdirur, So'ng boychechak bo'lib ungan zorimdurur.
Yakka-yolg'iz qolib ketdi majnuntolim, Majnuntolim, xabar olgil, qiyin holim. Sevgi mening shovullagan teragimdir, Yulduz kuygan, oy yig'lagan kuragimdir.
Qumga singib ketgan tiniq jilg'am mening, Qumda lola unsa agar ilg'ang meni. Sevgi mening nayson yuvgan ko'ylagimdir, O'lgunimcha o'ylagumdir, o'ylagumdir
Quyosh ko'rpa qavib qo'ygan bog'imdir u, Ko'ksimdagi dog'imdir u, dog'imdir u. Sevgi mening munisgina chirog'imdir, Dilga yaqin, lekin ko'zdan yirog'imdir.
Qaniydi o'z qadamimni puxta qo'ysam, Bir xol birlan bu savdoga nuqta qo'ysam. Sevgi mening hech tuganmas azobimdir, Guvohimdir, gunohimdir, savobimdir.
Butun umr shunday o'tar ko'ngillarim, Ey,siz mening gulgun uka-singillarim, Sevgi tiniq kulgungizdir, saqlang uni, Sizning go'zal mulkingizdir, asrang uni.
So’zlaringda – hasrat, ko’zlaringda – nam, Suyganim, g’ussangga to’ldi-ku olam... Ko’ngil salqinida sevgi – bir shabnam, Quyosh kulganicha yashab o’tadir.
Ishq dedik – yo’lida ado bo’ldik biz, Ishq qayda? Bilmadik – xato bo’ldik biz, Ishqimizu ishq so’rab gado bo’ldik biz – Ishq jondan do’zaxni boshlab o’tadir,