SHANBA, 2025.06.28, 06:36
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Главная | Регистрация | Вход
Приветствую Вас MEXMON | RSS
sevgi.................
ZaLaTaYa_DeVcHoNkA Дата: SHANBA, 2012.04.21, 06:11 | Сообщение # 676
Группа: Удаленные
Qaysarligim bo‘ldi boshimga balo, Adashdim o‘zimdan o‘tibdi xato. Ketma deb yolvordim kelmadi sado, O‘rnini faryodga almashgan baxtim.
ZaLaTaYa_DeVcHoNkA Дата: SHANBA, 2012.04.21, 06:11 | Сообщение # 677
Группа: Удаленные
Kechirgin qadringni bilmovdim avval, G‘aflatda ekanman azaldan-azal. Sevganing bormidi mendan ham afzal, Yotlarga mehrini ulashgan baxtim.
ZaLaTaYa_DeVcHoNkA Дата: SHANBA, 2012.04.21, 06:11 | Сообщение # 678
Группа: Удаленные
Mudom bardoshimni sinaydi hijron, Yurak ham o‘zini aldaydi oson. Seni sog‘inganman. Sog‘indim ishon, Olis osmonlarga ilashgan baxtim.
ZaLaTaYa_DeVcHoNkA Дата: SHANBA, 2012.04.21, 06:11 | Сообщение # 679
Группа: Удаленные
Sen kelsang tor dunyo asliga qaytar, Gullar izlarimdan orzuga yetar. Quvonchim o‘zini bag‘ringga otar, Chiroyli ko‘ngilga yarashgan baxtim.
ZaLaTaYa_DeVcHoNkA Дата: SHANBA, 2012.04.21, 06:12 | Сообщение # 680
Группа: Удаленные
Qaysar yuragimga bardosh sepaman, Yolg‘ondan bo‘lsa ham umid yopaman. Men seni baribir izlab topaman, Orzular yo‘lida adashgan baxtim.
ZaLaTaYa_DeVcHoNkA Дата: SHANBA, 2012.04.21, 06:12 | Сообщение # 681
Группа: Удаленные
Sen — yagona, darding bilan yagonasan, Men — begona, sen ham menga begonasan. Men telbaman, sen mendan-da devonasan, Saodatdir ikkimizga devonalik.
ZaLaTaYa_DeVcHoNkA Дата: SHANBA, 2012.04.21, 06:12 | Сообщение # 682
Группа: Удаленные
Hayratimiz cheksiz edi bu hayotga, Bandi edik nurday yorug‘ hissiyotga, La’nat aytib bo‘lmaydi hech xotirotga, Burchimizdir ishqqa mangu parvonalik.
ZaLaTaYa_DeVcHoNkA Дата: SHANBA, 2012.04.21, 06:12 | Сообщение # 683
Группа: Удаленные
Bugun yot ham, do‘st ham kulsa tegramizda, Peshonada neki bordir ko‘ramiz-da, Yo‘q, siqilma, zarra gunoh yo‘qdir bizda, Ayb emas-ku, yor husnidan mastonalik.
ZaLaTaYa_DeVcHoNkA Дата: SHANBA, 2012.04.21, 06:13 | Сообщение # 684
Группа: Удаленные
Sizni ranjitdimmi, xafa qildimmi, Ko`nglizngiz og`risa ko`rdimmi huzur, Ko`zlaringiz nammi, bu ham mendanmi? Hatto so`ramadim bir bora uzr!
ZaLaTaYa_DeVcHoNkA Дата: SHANBA, 2012.04.21, 06:13 | Сообщение # 685
Группа: Удаленные
Ammo qarg`amaysiz, la`natlamaysiz Bariga dosh berar sabrgul yurak, Siz meni sevasiz, shuni bilasiz, Joningizga menu, menga siz kerak...
ZaLaTaYa_DeVcHoNkA Дата: SHANBA, 2012.04.21, 06:13 | Сообщение # 686
Группа: Удаленные
Supra qoqdisi — o‘zim, Supra qoqdi-ku ko‘zim, Supra qoqdi bu so‘zim, Kechir meni, Muhabbat.
ZaLaTaYa_DeVcHoNkA Дата: SHANBA, 2012.04.21, 06:13 | Сообщение # 687
Группа: Удаленные
Dardkashim ko‘z yosh bo‘ldi, Hasratlar ko‘z yosh bo‘ldi, O‘ylarim bebosh bo‘ldi, Kechir meni, Muhabbat.
ZaLaTaYa_DeVcHoNkA Дата: SHANBA, 2012.04.21, 06:13 | Сообщение # 688
Группа: Удаленные
Intildim — yetolmadim, Baxt — ko‘ylak yopolmadi, Quvonchim topolmadim, Kechir meni, Muhabbat.
ZaLaTaYa_DeVcHoNkA Дата: SHANBA, 2012.04.21, 06:14 | Сообщение # 689
Группа: Удаленные
Yurakka muz, qor bosdim, Hijrondan tumor osdim, Tumorga xumor yozdim, Kechir meni, Muhabbat, Kechir meni, Muhabbat.
ZaLaTaYa_DeVcHoNkA Дата: SHANBA, 2012.04.21, 06:14 | Сообщение # 690
Группа: Удаленные
Dilimdan to tilimgacha so‘z, Oyog‘imdan qo‘limgacha so‘z, Tangrim, so‘zdan aylama judo, Beshigimdan o‘limgacha so‘z...
ZaLaTaYa_DeVcHoNkA Дата: SHANBA, 2012.04.21, 06:14 | Сообщение # 691
Группа: Удаленные
Dunyosiga yo‘g‘u borimni, So‘zim bilan aytib ketaman. Tinglamasa, tilim zorimni Ko‘zim bilan aytib ketaman!
ZaLaTaYa_DeVcHoNkA Дата: SHANBA, 2012.04.21, 06:14 | Сообщение # 692
Группа: Удаленные
Sokin edim to‘zon bo‘ldim. Butun edim so‘zon bo‘ldim, Yashil edim xazon bo‘ldim, Kuz bo‘lmoqni o‘rgatdi ishq.
ZaLaTaYa_DeVcHoNkA Дата: SHANBA, 2012.04.21, 06:15 | Сообщение # 693
Группа: Удаленные
Kelar yo‘lin poylar bo‘ldim, Qaro tunda oylar bo‘ldim, Izlaridan soylar bo‘ldim, Ko‘z bo‘lmoqni o‘rgatdi ishq.
ZaLaTaYa_DeVcHoNkA Дата: SHANBA, 2012.04.21, 06:15 | Сообщение # 694
Группа: Удаленные
Qay choq mehri dilga tushdi, Yurak shu kun yo‘lga tushdi, Telba holim tilga tushdi, So‘z bo‘lmoqni o‘rgatdi ishq.
ZaLaTaYa_DeVcHoNkA Дата: SHANBA, 2012.04.21, 06:15 | Сообщение # 695
Группа: Удаленные
Qandaydir ul, shunda bo‘ldim, Goh qilich, goh kunda bo‘ldim, Hijronida kunda bo‘ldim, Yuz bo‘lmoqni o‘rgatdi ishq
ZaLaTaYa_DeVcHoNkA Дата: SHANBA, 2012.04.21, 06:15 | Сообщение # 696
Группа: Удаленные
Bekor. Yolg’on. Botmagan, Muhabbatning quyoshi. Tun keldi deb dodlagan, Bevafolar ko’z yoshi.
ZaLaTaYa_DeVcHoNkA Дата: SHANBA, 2012.04.21, 06:15 | Сообщение # 697
Группа: Удаленные
Men boraman. Bu jonim, Senikidir... O’ksima. Tunda qo’rqma. Oq tongning Bir parchasi ko’ksimda...
ZaLaTaYa_DeVcHoNkA Дата: SHANBA, 2012.04.21, 06:15 | Сообщение # 698
Группа: Удаленные
Hovlingizdan sharqiragan soy o'tsa, Yelkangizdan quyosh o'tsa, oy o'tsa. Qoshlaringiz mangu kamon yoy o'tsa Sarv yanglig' adil qolsa bo'yingiz, To'larmidi hech to'lmagan ko'nglingiz?
ZaLaTaYa_DeVcHoNkA Дата: SHANBA, 2012.04.21, 06:16 | Сообщение # 699
Группа: Удаленные
Bor yulduzlar sizga xizmat qilsalar, Ummonlar ham siz deb qurib, to'lsalar, Gullar sizdan rangu ifor olsalar, Chaman bo'lsa yurgan ko'cha-ko'yingiz, To'larmidi hech to'lmagan ko'nglingiz?
ZaLaTaYa_DeVcHoNkA Дата: SHANBA, 2012.04.21, 06:17 | Сообщение # 700
Группа: Удаленные
Sevinch birlan ochilsalar eshiklar, Uyingizni tor aylasa beshiklar, Yangrasalar armon bo'lgan qo'shiqlar, Qiqirlasa ko'rgan qizu o'g'lingiz, To'larmidi hech to'lmagan ko'nglingiz?
2025 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
Хостинг от uCoz