_sHaBBoDa_ | Дата: PAYSHANBA, 2014.04.24, 22:16 | Сообщение # 251 |
Группа: Удаленные
| Oy - ko'zim oldida sarg'aygan yaproq, Kuzak - hayolimda mitti tugunchak. Jismim - oyog'ingda toptalgan tuproq, She'rim - anduhlardan yaralgan g'uncha. Tunlar qulog'imda qolib ketgan sas, Tonglar vujudimda esgan bir nasim. Jonim, boshqasini topmadim, hullas, Sening ko'zlaringga kelar havasim.
|
|
| |
Gulruxsor1991 | Дата: SESHANBA, 2014.05.27, 17:21 | Сообщение # 252 |
 Yangi
Группа: Foydalanuvchi
Сообщений: 3
Статус: OFLAYN
| Meni aldab nima topdingiz, Yolg'onlardan, yolg'onroqmidim. Rost so'ylashga yo'qmi tobingiz, Yomonlardan, yomonroqmidim? Ne ko'ribman men sizni suyib, Qolib ketdim qurshovingizda. Tutay-tutay kul bo'ldim kuyib. Yonayverib olovingizda. Yomon tushlar ko'rsam gohida, Yahshilikka yo'yaman uni. Yig'lab oyning guvohligida, Oq shu'laga chayaman uni. So'ng o'zimni ishontiraman, "Aldangan-siz, men emas go'yo. Yulduzlarni yomon ko'raman, Yolg'onchidir asli bu dunyo". Jon-jonimni o'yib ketdiku, Sizning sodda yolg'onlaringiz. Bu dunyodan to'yib ketdiku, Yomonlardan yomonrog'ingiz.
|
|
| |