CHORSHANBA, 2025.06.25, 05:08
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
Модератор форума: AnDiJoNLiK_BeZoRi  
Yoqtirgan sherlarim
♥VioLeTTa♥Дата: YAKSHANBA, 2012.11.11, 11:56 | Сообщение # 201
Группа: Удаленные





Osmondan yog'ayotkan oppoq
qor menga yana sizni
eslatdi.Eg'ayotkan oppoq qorga
termulib siz bilan utkazgam bahtli
wirin damlarimizni
esleyman.SIZCHI ESLAYOLASIZMI?
Men esa hech kachon unutmiman
bu hotiralar bilan bir umir
yawasam kerey.Esizdami oppoq
qorlarni ustida turib kilgan
orzularimizni?Men esa haliyam
uwa orzular bilan
yawayabman.Chunki OLLOXdan
har kuni uwa orzularimiz
uwaliwini sureyman.Mayli siz
bilan bir umir bahtli buliwimizga
zaracha umid bulmasa ham.Men
oppoq qordek pok
orzularimizdan.vos
kecholmeyman sof sevgimizga
xiyonat kilib ketolmeyman.Axir bu
yuragim sizdan uzgani sizdan
bowkasini sevolmeydi.Sizni
judayam kup unutiwga xarakat
kildim.Meni emas uzgani
seviwizni bilsam ham.Sizga
bulgan sevgimni sundra
olmayapman.Yuragimga buyruk
berolmayapman.Sizni bowka
eslamaslika uylamaslika uzimga
suz berdim.lekin bergam suzimda
turolmadim.sizni eslamaslik
uylmaslik kulimdan
kelmayapti.Men bu yolgonchi
dunyoda bir narsani tuwinib
etdim.Sizni bir umir seviwimni
sizdan bowkasi bu yuragimga
sigmasligini tuwindim.Bu
yolgonchi dunyoda yagona
sevgim uzingiz bulib kolasiz bir
umirga. smile
 
_MAFIYA_Дата: YAKSHANBA, 2012.11.11, 12:17 | Сообщение # 202
Группа: Удаленные





Sizdan oldin men ketaman.
Ko'zlarimni yummastan.
Qalbingizni tark etaman.
Mehringizga to'ymastan.
Sevmasangiz sevmabsiz,
Foyda bormi o'ylashdan.
Menga ko'ngil bermabsiz,
Uchrashuvga ko'nmastan.
Hamma baxtli bo'laversa,
Hayot qiziq bo'lmaydi.
Undan keyin qolaversa
Inson qolmas o'lmastan.
Siz ham bir kun albatta
Ortimadan yo'l olasiz.
Balki nargi dunyoda.
Meni sevib qolasiz.
 
_MAFIYA_Дата: YAKSHANBA, 2012.11.11, 12:18 | Сообщение # 203
Группа: Удаленные





Achchiq xotiralar böldi-ku
tilak,Og'ir ayriliqqa köndi bu
yurak, Nima bölsa hamki tan olish
kerak, Sevdim,sevayapman,
sevaman seni. Ötkinchi havasga
berildik goho,Boshga sinovlarni
soldi bu dunyo,Dilim töla nafrat
bölsa ham ammo,
Sevdim,sevayapman, sevaman
seni. Har on hayolingsiz ötmaydi
vaqtm,Seni öylasam bas ortadi
zavqim,Bilmam armonimmi va
yoki baxtim,Sevdim,
sevayapman,sevaman seni. Bu
qanday tuyg'uki seni öylasam,
Pinhona örtanib nominga
kuylasam, Kecham ham bugunim
ertamdan qasam,
SEVDIM,SEVAYAPMAN, SEVAMAN
SENI!
 
_MAFIYA_Дата: YAKSHANBA, 2012.11.11, 12:19 | Сообщение # 204
Группа: Удаленные





Mayli, Taqdirimda bo'lsang,
bo'lmasang, ALLOH panohida
asrasin Seni. Mayli barcha baxtlar
seniki bo'lsin, Sen chun
Armonlarga yor etsin Meni...
Mayli, garchi yonimda bo'lsang,
bo'lmasang, Quvonch-
shodliklarga boy etsin Seni. Mayli
sen doimo kulib yurgin-u, Sen
chun kulgularga zor etsin Meni,
Mayli, garchi meni sevsang,
sevmasang, Faqat ishq
muxabbat yor etsin Seni. Mayli
o'zga yorla baxtga yetolsang,
Sen chun armonlari xor etsin
Meni. Mayli, Qabrimga xam
kelsang, kelmasang, Baxt-u
saodatlar yor etsin Seni. Mayli,
meni eslab bir bor yig'lasang,
Farishtalar yoningda bor etsin
Meni..
 
_MAFIYA_Дата: YAKSHANBA, 2012.11.11, 12:19 | Сообщение # 205
Группа: Удаленные





M-enman o’sha bir devona
Majnun
A-zoblar sevgining hijroni
har kun
J-ondan sevgan Laylim
izlab ovora
N-ido solaman yig’labnachora
U-midim uzmadim deya
topmadim
N-olam yetib oxir topdimku
Laylim.
 
FlegMaTik_RoMaNtiKДата: SESHANBA, 2012.11.13, 12:35 | Сообщение # 206
Группа: Удаленные





Shuncha sher yozibman
qizlarga. Bir marta
yozmabman
onamga. Tariflay olmayman ul
zotni. Onamni sog'indim
onamni. Begona yurtlarda
yuribman. Döstlarga
qöng'iroq qilibman. Onamga bir
sms yozmabman.
Onamni sog'indim onamni. Bilib
bilmay dushmanlar
ortirdim. Xattoyim pastlarni özimga
teng bildim. Axmoqa javob deb
sher yozdim. Onamga atab sher
yozmadim. Xar kuni eslab tel
qiladi. Bolajonim deb
erkalab qoyadi. Qaytishm intizor
kutadi. Onamni
sog'indim onamni. Man uchun
dunyoni unutgan. Xar
kuni duo qilib tolmagan. Bolam
uchun deya non yopgan.
Onamni sog'indim onamni.
Ishimdan köngil töq yuribman.
Döstlarim yonida turibman. Ul
zotga endi sher
yozyapman. Onamni sog'indim
onamni. Bazida
bilmaymiz qadrini. Unutib qöyamiz
borini. Döstlar
ezozlaylik onani. Onamni sog'indim
onamni. Qizlarni
sökkanim bu aybim. Aybimni
kechirsin olloxim.
Döstlarim sizlardan ötinchim.
Ayolni qadirlarng ayolni. Chunki
ularni poyida jannat. Xar biri ona
bölur bir kuni
albat. Ayolsiz xayotmi aytin bu
xayot. Ayolni qadirlang
ayolni. Onajon siz meni borimsiz.
Ishongan yagona
tog'imsiz. Doyimo yonimda böling
siz. Farisha onamni
sog'indim. Mexribon onamni
sog'indim.
 
_MAFIYA_Дата: CHORSHANBA, 2012.11.14, 02:18 | Сообщение # 207
Группа: Удаленные





Shodon kunim gul otgan sen,
Chechak otgan izimga,
Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga.
Singlim deymi, Onam deymi,
Hamdardu hamxonam deymi,
Oftobdan ham o`zing mehri -
Ilig`imsan, Vatanim.
 
FlegMaTik_RoMaNtiKДата: CHORSHANBA, 2012.11.14, 10:28 | Сообщение # 208
Группа: Удаленные





Sizga sog'inch begonadur,
Sog'inch nima bilmaysiz.
Shomu sahar Sizi o'ylab
Sog'inganim sezmaysiz.
Kuttirasiz mayli deyman
Kutmoq menga odatda.
Bir kuni hor bo'lgan narsa
Aziz bo'lar albatta.
Hozir sog'inch begonadir
Sog'inishni bilmaysiz.
Bir kun kutmay ketib
qolsam
Sog'inasiz, yig'laysiz.
 
_MAFIYA_Дата: YAKSHANBA, 2012.11.18, 00:10 | Сообщение # 209
Группа: Удаленные





Bilardim dunyoda borligingizni,
Meningdek telbaga zorligingizni,
Sevgim asir etdi borlig'ingizni,
Men sizni Xudodan so'ragan
edim...
Yig'lardim ko'zimni qoralar qilib,
Tig'lardim o'zimni poralar qilib,
Tunlarda uxlamay nolalar qilib,
Men sizni Xudodan so'ragan
edim...
Bilmadim, men sizni qanchalar
kutdim,
Aqiq lablarimda g'unchalar
tutdim,
Sizni ko'rgan ondan o'zni
unutdim,
Men sizni Xudodan so'ragan
edim...
Samoda charx urgan qushlardan
emas,
So'ngiga yetmagan tushlardan
emas,
Oshnolardan emas, heshlardan
emas,
Men sizni Xudodan so'ragan
edim...
Hijron damlarini bo'lmaydi cheki,
Aslida baxt uchun yaralgan edim.
Sizga bo'lgan sevgim shunday
edi-ki,
Men sizni Xudodan so'ragan
edim ..!
 
♥VioLeTTa♥Дата: SESHANBA, 2013.01.01, 19:50 | Сообщение # 210
Группа: Удаленные





Kechalari shirin hayolimda,
Kunduzi nurli osmonimda,
Umuman shu boru-yug`imdan,
Meni mahrum etma,Sen ketma.

Ochsam kuzim yumsam ham uzing,
Bilganim,bilmaganim sensan.
Kel orzuimga men ham yetay,
Dilim vayron etma,Sen ketma.

Sen ketma!Yana nima deb ishontiray,
Seni bu pok muhabbatimga.
Balki senga jon kerak,
Mana beraman sen ketma.
Yana nima berib kundiray,
Orzularim aksi kuzlaringda,
Bir umr ijozat ber sevay,
Faqatgina mendan keetma

O`tar ma`nosiz hayot,
Taskin berolmas quyosh,
Hijronlardan bedor kungilga
qaydan topaman najot.
Ozorim bul,
Mayli humorim bul.
Yulduzli osmonimda
porlagan eng yorug` yulduzim bulib.

Ojizman kuzlaring bulmasa,
Tark etma.
Jonsizman nurlaring bulmasa,
Yolg`iz qoldirma.
Ayt yarim netaman,
Ajratma,baxtimdan,
jonim yolvoraman
SEN KETMA
 
♥VioLeTTa♥Дата: SESHANBA, 2013.01.01, 19:50 | Сообщение # 211
Группа: Удаленные





Senga beraolganim faqatgina shu azobdur

Bu dunyoda topganim bir parchagina matodur

Balki uchrasharmiz yuz yildan keyin osmonlarda

Sen oppoq libosda men esa bilmayman qay xolda

Sen kechir kechir meni, sevib asrolmadim seni

Sen kechir kechir meni, baxtli qilolmadim seni

Bugun qalbim g'amxona, borar joyim xarobhona

Bo'lolmadik ota -ona, buzildi xayot nachora

Sen kechir kechir meni, sevib asrolmadim seni

Sen kechir kechir meni, baxtli qilolmadim seni

Balki uchrasharmiz yuz yildan keyin osmonlarda

Sen oppoq libosda men esa bilmayman qay xolda

Biz uchun hayot go'zal, etta kunlarimiz baxtli

Osmonga uchding go'zal, men yomoning sababli

Balki uchrasharmiz yuz yildan keyin osmonlarda

Sen oppoq libosda men esa bilmayman qay xolda

Sen kechir kechir meni, sevib asrolmadim seni

Sen kechir kechir meni, baxtli qilolmadim seni
 
♥VioLeTTa♥Дата: SESHANBA, 2013.01.01, 19:51 | Сообщение # 212
Группа: Удаленные





Sog'inchim o'zing jonim bilasanmu?
Mehrim senda jonim sezasanmu?
Seni ko'rgim keladi dunyoda
Yakka o'zimniki degim keladi

To'rt qadam qoladi yetishga senga,
To'rt qadam qoladi yetishga menga.
Lekin chekinamiz nega orqaga,
Qo'rqamizmi baxtli bo'lishga.
Nega ishonmayman o'zimga,
Nega ishonmaysan o'zingga,
Axir balki bu taqdir,
Taqdir balki bu axir...
Ko'z yoshlarim tomadi tim-tim,
Qalbim eziladi sen bo'lmasang kim?
Kim senchalar sevadi meni,
Kim menchalar asraydi seni,
Sevib...

Unutishga intildim seni jonim,
Unutishga intilding meni borim.
Ma'no bormi qalbimiz vayron axir,
Ayriliq azobi qanchalik og'ir.

Nega ishonmayman o'zimga,
Nega ishonmaysan o'zingga.
Axir balki bu taqdir,
Taqdir balki bu axir...
Ko'z yoshlarim tomadi tim-tim,
Qalbim eziladi sen bo'lmasang kim?
Kim senchalar sevadi meni,
Kim menchalar asraydi seni,
Sevib...

To'rt qadam qoladi yetishga senga,
To'rt qadam qoladi yetishga menga.
Lekin chekinamiz nega orqaga,
Qo'rqamizmi baxtli bo'lishga.

Nega ishonmayman o'zimga,
Nega ishonmaysan o'zingga.
Axir balki bu taqdir,
Taqdir balki bu axir...
Ko'z yoshlarim tomadi tim-tim,
Qalbim eziladi sen bo'lmasang kim?
Kim senchalar sevadi meni,
Kim menchalar asraydi seni,
Sevib...
 
♥VioLeTTa♥Дата: SESHANBA, 2013.01.01, 19:51 | Сообщение # 213
Группа: Удаленные





Xijron yuking keting tashlab mendan kulib
Otash olgan vujudimni sen muzlatib
Lekin sevging cho'g' qalbimda qolmas so'nib
Muxabatim qo'yma men yolg'izlatib.
Netay dilim bo'laklarga bo'lolmadim
Yara bo'lgan yuragimni berolmadim
Osmoningda oydek tanxo bo'lolmadim
Muxabbatim qo'yma meni yolg'izlatib
Dovul ezgan maysa bugun jismu tanim
Bargdan tomgan shabnam ekan ul suyganim
Xolim ko'rib do'stim kuydi kuldi g'anim
Muxabbatim qo'yma meni yolg'izlatib
Jon sevgilim ketma meni zor qaqshatib
Muxabbatim keng osmmoni oyi bo'ldi
Qirg'oqlari erkalagan soyi bo'ldi
Endi esa aytmagayman sevgim so'ldi
Muxabbatim qo'yma meni yolg'izlatib
Jon sevgilim ketma meni zor qaqshatib
Muxabbatim xayotimga yor ekansan
Yuragimga vafo ko'nglim sen ekansan
Xayot tirik dunyoda ishq bor ekansan
Muxabbatim qo'yding meni kuy kuylatib
Jon sevgilim ketma meni zor yig'latib
Muxabbatim qo'yma meni yolg'izlatib
 
_MAFIYA_Дата: YAKSHANBA, 2013.01.06, 01:57 | Сообщение # 214
Группа: Удаленные





Yoq! Taqdir atalmish muhtasham
saroy,
Bizlar ikkimiz chun kotarmagan
qad,
Bahor ham shunchalar bersada
chiroy,
Birga ko'rolmaydi bizlarni faqat.
Uzr soramayman ketish oldidan,
Chunki sevish, ahir, emasku
gunohl,
Bosh olib bu yerdan, sening
vaslingdan,
Qayerdan bilmayman topaman
panoh?!
 
_MAFIYA_Дата: YAKSHANBA, 2013.01.06, 01:58 | Сообщение # 215
Группа: Удаленные





Nomingizni saqlab hun
yuragimda
Bir marta ko’rmoqqa bo’laman
intiq.
Sizni izlab turib har qadamimda
Topib olmoqlikdan qo’rqaman
qattiq.
Sizsiz o’tgan kunim to’la iztirob,
Sizla yashamoq ham azobdir
biroq.
Zor-zor kutganimcha bo’lsam da
hunob,
Kelmasligingizni hohladim
ko’proq.
Siz – shirin azobim, sog’inchim
mangu,
Achchiq so’zingiz ham dardimga
malham.
Sizni sevishimni tan olmayman-u,
Ammo ko’zni yumib
tonolmayman ham.
Ikki o’t ichida topmasdan to’zim,
Sevgimni tubsiz bir jarga
tashlayman.
Sizni so’rab turib tangrimdan
o’zim,
Berib qolishidan qo’rqib
yashayman.
 
_MAFIYA_Дата: YAKSHANBA, 2013.01.06, 01:59 | Сообщение # 216
Группа: Удаленные





Ertaga esimdan chiqib qolasiz,
Siz ham unutasiz meni ertaga.
Hozir ko‘nglim uchun kunday
kulasiz,
Kuygani qoladi dilni o‘rtada..
Ertaga ezilmas yuraklarimiz,
Yurakni ezguvchi tuyg‘ular tinar.
Hammadan yashirgan tilaklarimiz,
Tilakni toptagich taqdirga ko‘nar.
Ertaga bir baxtli sizga qo‘ynini,
Gul kabi to‘ldirib ketar baxtiyor,
Aslo o‘ylamaysiz qaydadir sizni,
She’r qilib kuylagan mendek
shoir bor.
Ertaga dunyodan dunyo axtarib,
O’ylar aylaganda kiprigimni nam.
Sizni unutaman, siz ham unutib,
Hatto eslolmaysiz kimligimni
ham...
 
_MAFIYA_Дата: YAKSHANBA, 2013.01.06, 02:00 | Сообщение # 217
Группа: Удаленные





Sen meni ishontir muhabbatinga,
Muhabbating ko’ray ko’zing
ashkida.
Ko’zlaringda ko’zim manguga
qolsin,
Nomim esa qolsin ko’ngling
ko’shkida.
Sen meni ishontir
sog’inchlaringa,
Sog’inch to’la yoshing yuzingga
singsin.
Har bir to’kilgan ul tomchi
yoshlardan
Muhabbat atalmish giyohlar
unsin…
Sen meni ishontir bor
so’zlaringga,
Rost-yolg’on ketmasin bari
chalkashib.
Etguncha sen aytgan “huv
uyimiz”ga
Qolmaylik saroblar ichra adashib.
 
_MAFIYA_Дата: YAKSHANBA, 2013.01.06, 02:00 | Сообщение # 218
Группа: Удаленные





Sen meni ishontir muhabbatinga,
Muhabbating ko’ray ko’zing
ashkida.
Ko’zlaringda ko’zim manguga
qolsin,
Nomim esa qolsin ko’ngling
ko’shkida.
Sen meni ishontir
sog’inchlaringa,
Sog’inch to’la yoshing yuzingga
singsin.
Har bir to’kilgan ul tomchi
yoshlardan
Muhabbat atalmish giyohlar
unsin…
Sen meni ishontir bor
so’zlaringga,
Rost-yolg’on ketmasin bari
chalkashib.
Etguncha sen aytgan “huv
uyimiz”ga
Qolmaylik saroblar ichra adashib.
 
_MAFIYA_Дата: YAKSHANBA, 2013.01.06, 02:00 | Сообщение # 219
Группа: Удаленные





Men sizni sevaman sassiz, yig’isiz
Yurak kuyugisiz, azob tig’isiz.
Asossiz, vaslingiz humorlig’isiz
Jimgina sevgancha
yashayveraman.
O’ylayman… siz buni bilmasangiz
ham,
Hol so’rab qo’ng’iroq qilmasangiz
ham.
Bir umr yonimga kelmasangiz
ham
Jimgina sevgancha
yashayveraman.
Sog’inaveraman negadir har kun,
Ash’orlar bitaman bilmadim
nechun..
Hayotim ertasin o’ylamay bugun
Jimgina sevgancha
yashayveraman.
Qalbingiz tilsimin bilmay,
echolmay.
Qo’lingizdan ishqu-sharob
icholmay.
Dunyolardan kechib, sizdan
kecholmay
Jimgina sevgancha
yashayveraman.
 
_MAFIYA_Дата: YAKSHANBA, 2013.01.06, 02:01 | Сообщение # 220
Группа: Удаленные





U ketmoqda… qadamlaridan
Titrar zamin, titrar hatto dil.
U ketmoqda, alamlaridan
Berkingani ahtarib ko’ngil.
U ketmoqda… nigohi g’amgin
So’zlamaydi tilin yutganday.
Yig’lamas ham tomchi yoshlarin
Odamlardan darig’ tutganday.
Ketmoqdaman… yodga olmayin
Go’yo bari unutilganday.
Yig’lamayman, tomchi yoshlarim
Odamlarga og’ir botganday.
 
_MAFIYA_Дата: YAKSHANBA, 2013.01.06, 02:03 | Сообщение # 221
Группа: Удаленные





Kechagidek bari yodimda hanuz,
O’sha sokin kecha, o’sha mungli
kuz.
Deding ko’zlarimga boqqancha
mayus:
“Kechir”.
“Unut” deb yolvording balkim
qilding do’q.
“Ho’p” dedim, “Mayliga ko’ngling
bo’lsin to’q”
Va’damni unutdim. Seni esa –
yo’q.
Kechir!
O’sha sokin kecha, o’sha mungli
kuz
Yig’ladim qog’ozga qadagancha
ko’z,
Yozib qoldiribsan faqat bitta so’z
“Kechir”
Qaytding…
Kecha sovuq, sovuq edi kuz.
Yurak sovuq qotib bo’lgan edi
muz.
O’tgan kunlar ortga qaytmaskan,
afsus.
Kechir…
 
♥VioLeTTa♥Дата: MUBORAK JUMA, 2013.01.11, 20:44 | Сообщение # 222
Группа: Удаленные





Mening kimligimni
Bilmaydi hech kim.
Men bir g'alatiman,
Men alohida.
Ko'zimning yoshini
Keladi ichgim,
Tilimni chaynagim,
Kelar gohida.

Oy mening yelkamga
O'tirib olgan,
Oftob g'avg'o solar
Yurgan yo'limga.
Xayol tushovidan
Chiqolmay qolgan
Umrimni topshirib
Qo'ydim ko'nglimga.

Endi toshni tepsam,
O'par izimni,
Yerga ag'anasam –
Yer ham devona.
Barmog'im o'pgandim
Suygan qizimni,
Qo'li yonib ketdi
Gurillab, mana.

Yondi,
Yonaverdi
Kokillari, so'ng,
Charsillab yuragi
Yondi bearmon.
Yarmi yonim bo'lgan
Ko'ylagi bir yeng
Ishqning bayrog'iga
Aylandi alvon!..

Va o'pdim bayroqni
Men o'sha alvon,
Olov tan,
Olov jon,
Qizil cho'g' to'shalgan
Chimildiq tomon
Otdim men o'zimni
Misli o'tparast.

Uyg'onsam – ko'rpam kul,
Yig'lar sevgilim.
Men seni yig'la deb
Quchgan edimmi?
Ayiq bosgan gulday
Ezildi ko'nglim,
Yovvoyi o'rdakka
Berdim sevgimni!..

O'rdak uchdi-ketdi,
Mung'ayib qoldim.
Hayratim opketdi
Qanotida u.
Kim meni aldasa –
Xudoga soldim,
Mayli aldanmasin,
Xayotida u.

Qoldim kulko'rpamda
To'shagim — tuproq,
Yumalab yotaman
Ilonlar bilan.
Ularga ishondim
Bir yordan ko'proq.
Ilon chaqar,
Ammo
Gapirmas yolg'on!..

Mening kimligimni
Bilmaydi hech kim.
Men bir g'alatiman,
Men – alohida.
Kiyiklar qonini
Keladi ichgim,
Chayonni chaynagim
Kelar gohida.
 
♥VioLeTTa♥Дата: MUBORAK JUMA, 2013.01.11, 21:01 | Сообщение # 223
Группа: Удаленные





Muloyim, beozor, gulgun kapalak,
Qoraqosh kapalak, durkun kapalak...
Qurtga aylanarkan bir kun kapalak,
Senga nima kerak, ayt, nima kerak?

Shoirgarchilikni tushunging kelmas,
Qadimda ehtimol sevgandirman, bas!
Asiring bo‘lganman, mahbusing emas,
Senga nima kerak, ayt, nima kerak?

Ruhimni qozonga solding – qovurding,
Umidimning latif gulin sovurding.
Qancha shohbaytlarim kulin sovurding,
Senga nima kerak, ayt, nima kerak?

Jon qushi hilpirab etmoqda parvoz,
Oq yulduz parpirab so‘ylamoqda roz.
Ko‘nglimga burningni suqma, iltimos,
Senga nima kerak, ayt, nima kerak?

Nening badaliga o‘lpon so‘raysan,
Kimsanki, betinim qurbon so‘raysan,
Suv ichida turib ummon so‘raysan,
Senga nima kerak, ayt, nima kerak?

Kecha sog‘lom edi, sog‘ edi yurak,
Bugun to‘nka bo‘ldi kechagi terak.
Qurtga aylanarkan bir kun kapalak.
Senga nima kerak, ayt, nima kerak?
 
♥VioLeTTa♥Дата: MUBORAK JUMA, 2013.01.11, 21:10 | Сообщение # 224
Группа: Удаленные





Xotiralarni qo`zg`ab
Yog`ib berdi laylak qor
Yana esimga tushdi
Ul bevafo go`zal yor

Xo`p ajoyib dam edi
Qorli qirovli kunlar
Masrur edim baxtimdan
Shirin tush ko`rib tunlar

Laylak qor yoqqanida
Uni ilk bor ko`rgandim
Ko`rib uni qalbimda
Sexrli xis tuygandim

U turardi qarshimda
Shiringina jilmayib
Qor shu onda atayin
Yog`ar edi kuchayib

Men xech ko`z uzolmasdim
Betakror ko`zlaridan
Maftun bo`lib qolgandim
Samimiy so`zlaridan

U juda dilbar edi
Kulib turardi yuzi
Kulgichlarda yashirin
Bor edi shirin nozi

Ilk muxabbatim edi
Ul bevafo go`zal yor
Uchratgandim men uni
Yoqqanida laylak qor

Samimiy suxbatimdan
Zavq olardi bir jaxon
Uchratmagandim avval
Bundayin shirin zabon

Qo`l ushlashib yurardik
Bog`lar ichra ikkimiz
Xayolimda bir umr
Buzilmasdi sevgimiz

Sirdoshim edi tanxo
Ul bevafo go`zal yor
Tanishgandim u bilan
Yoqqanida laylak qor

Kozimizga tikilib
Tinmay suxbat qurardik
Yoz oylari qirg`oqdan
Chig`anoqlar terardik

Axtu paymon qilgandik
Ul bevafo yor bilan
Qasam xam ichgan edik
Oppoqqina qor bilan

Tunlari uxlamasdan
O`ylab chiqardim uni
U aslo sevmas ekan
Sezmas ekanman buni

Afsus mani tark etti
U bevafo go`zal yor
Sevgan edim man uni
Yoqqanida laylak qor.....
 
♥VioLeTTa♥Дата: MUBORAK JUMA, 2013.01.11, 21:11 | Сообщение # 225
Группа: Удаленные





Qumdan qurgan qo‘rg‘onim qani?
Tolkuchuging qaerda, singlim?
Mingta do‘stim bor edi meni...
Yarim umrim, yarimta ko‘nglim.
Umr – bevafo...

Ota, nega tayoq yo‘nyapsiz?
Tishlaringiz qaerda, momo?
Taqdirga jimgina ko‘nyapsiz...
Umr – bevafo...

Olapar qayoqqa ketdiykin?
Ko‘zlarini juda sog‘indim...
Olapar...
Umr – bevafo...

Palakni daraklab kapalak halak,
Harir qanotini qayirdi sabo.
Kapalak...
Umr – bevafo...

Yaxshi qiz, mengina yomondan
Kulib-kulib ketaverdingiz.
Keyin xat yozdingiz yig‘lab
yolg‘ondan,
Mensiz ham
Murodu maqsadga yetaverdingiz...
Umr ham bevafo...(I.M)
 
Поиск:

2025 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
Хостинг от uCoz