SHANBA, 2025.06.28, 02:31
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
Модератор форума: AnDiJoNLiK_BeZoRi  
SEVGI MUXABBATNI TARANNUM ETGAN SHERLAR
ZaLaTaYa_DeVcHoNkAДата: SESHANBA, 2012.05.01, 12:49 | Сообщение # 151
Группа: Удаленные





Uning sevgisi yuragida pinhon
Izhorin aytolmas, to’sar hayajon
U Hudoning suygan bandasi, ishon
Sevmaganlar telba derlar ularni
 
ZaLaTaYa_DeVcHoNkAДата: SESHANBA, 2012.05.01, 12:49 | Сообщение # 152
Группа: Удаленные





O’rtalari bo’lsa-da ko’p yiroq
Yuragini kemirsa-da o’tli firoq
Ularning sevgisi so’nmaydi biroq
Sevmaganlar telba derlar ularni
 
ZaLaTaYa_DeVcHoNkAДата: SESHANBA, 2012.05.01, 12:49 | Сообщение # 153
Группа: Удаленные





Hayotni uning ko’zida ko’radi
Meni sevasanmi,takror so’raydi
Unga boqib sira to’ymaydi
Sevmaganlar telba derlar ularni
 
ZaLaTaYa_DeVcHoNkAДата: SESHANBA, 2012.05.01, 12:50 | Сообщение # 154
Группа: Удаленные





Qayg’uni qilib obod,
Undan yonib yashayman.
Sobiq sevgim umrbod,
Seni sevib yashayman.
Mana bugun sen bilan,
Xufyona uchrasharmiz.
Baxtli yoshlikni eslab,
Bir to’yib dardlasharmiz.
Sen bilan uchrashishni,
Qalbim aldamayapti.
O’sha vaqtni kutishga,
Sabrim chidamayapti.
Soat o’n bir bo’lyapti,
Men tez yo’lga shaylanay,
Uchrashuvga ertaroq,
Borib yo’lingni poylay.
Yoshlikda aytgan edim,
Meni unutgin deya.
Bu dunyoda bo’lmasa,
U yoqda kutgin deya.
Ishq-muhabbat tufayli,
Mana ko’rishib oldik.
U dunyoga yetmasdan,
Uchrashishga ulgurdik.
Sen meni ko’rganingda,
Meni quchib yig’laysan.
Yo yig’lashga keldingmi?
Nega darding aytmaysan?
So’ng ko’zimga termulib,
O’zingni qo’lga olib,
"Nega shu yoshga kirib,
Uylanmadingiz?” – deysan.
O’yga tolib qolarsan,
"Baxtsizman” deysan keyin.
Gar sen baxtsizman desang,
Unda men nima deyin?
Sening baxting yoningda,
Menku, men axir yolg’iz.
Agarda men uylansam,
Osha qiz bo’lar baxtsiz.
Qalbim yonib bo’lgan cho’g’
Buni aniq bilaman.
Yuragimda bo’sh joy yo’q,
Chunki seni sevaman.
 
ZaLaTaYa_DeVcHoNkAДата: SESHANBA, 2012.05.01, 12:50 | Сообщение # 155
Группа: Удаленные





Kechir meni sevgilim,
To’yingga borolmadim.
Yuragim qiynalsa ham,
Hech buyruq berolmadim.
Ko’rgim keldi-yu, seni
Yuragim bo’ysunmadi.
O’zga bilan ko’rishga
G’ururim yo’l qo’ymadi.
Nega unday qilganing
Tushunaman, bilaman.
Ota-onang tufayli
Azoblarda yonaman.
Men sendan ayrilsam ham,
Sen men uchun yagona.
Ming bor agsuslar bo’lsin,
Endi bizlar begona.
Senga she`r yozayotib,
Qalamim cho’chib ketdi.
Yoshlikdagi voqea,
Esimga tushib ketdi.
Yoshligimiz eslayman,
Sen tengi yo’q qiz eding.
Shu damlarni qo’msayman,
Sevgan yorim siz derding.
Biz ilk uchrashgan damlar
Hali-hamon esimda.
Chumchuqlar sayrashardi
Chinorlarning uchinda.
Shu chinorlar ostida,
Har kuni uchrashardik.
Ishq-muhabbat sathida,
To’yolmay dardlashardik.
Kelmay qolsam sen mening,
Yo’llarimni poylarding.
Nega kelmadi deya,
Sog’iniblar yig’larding.
Senga qoyil qolardim,
Erga boqib so’zlarding.
Agar meni sog’insang,
Yuragingdan izlarding.
Xuddi senga o’xshardi,
Sovg’a qilgan gullarim.
Sen uchun yozgan edim
Yuzdan ortiq she`rlarim.
 
ZaLaTaYa_DeVcHoNkAДата: SESHANBA, 2012.05.01, 12:50 | Сообщение # 156
Группа: Удаленные





Xayol surarman juda ham uzoq,
Kimgadir qo'yarman xayolan tuzoq.
Nima o'ylaganim bilmasman biroq,
Ammo u boshlaydi doimo yiroq..
Ortimga qaytganda yana o'sha joy,
Guvohlik qilguvchi faqat to'lin oy.
Nimadir aytadi sekingina soy,
Churq etmay tinglaydi uni mahzun oy
 
ZaLaTaYa_DeVcHoNkAДата: SESHANBA, 2012.05.01, 12:50 | Сообщение # 157
Группа: Удаленные





Buncha sog'intirdi bizlarni bu baxt,
Nechun ko'ksimizda cho'g'lar ichra cho'g'?
Bahorda orzular qilgandim biroq,
Kuzda ham baxtimni topolganim yo'q..
 
ZaLaTaYa_DeVcHoNkAДата: SESHANBA, 2012.05.01, 12:50 | Сообщение # 158
Группа: Удаленные





Sizni uzoq kutdim kelmadingiz ham,
Maylida, bilsangiz, bilmasang ham,
Sezibmi, sezmaymi yoki ataylab,
Qalbim xijronlarda qiynasangiz ham.
Sizni sevdim sizning ko'nglingiz bilmay,
Sizni dedim sizdan o'zgani sezmay.
Sog'inchdan yog'ilsa yuragim tinmay,
Kutgin dedingiz-u, ketdingiz kelmay.
Siz-siz yashayapman va sizni kutib,
Siz-siz men o'zimni qo'ydim unutib.
Kelsangiz bir qoshiq qonimdan o'tib,
Ko'nglingiz olardim g'azallar bitib!
 
ZaLaTaYa_DeVcHoNkAДата: SESHANBA, 2012.05.01, 12:51 | Сообщение # 159
Группа: Удаленные





Muhabbatning kuychisi mo'l
Muhabbatning ramzi - qizil gul
Muhabbatning uyasi - yurak
Muhabbatning navosi bu - dil
Muhabbatning yomoni - rashq bo'lsa
Muhabbatning muxri bu - bo'sa
Muhabbatning azobi - firoq
Muhabbatning bog'i - dil biroq
Muhabbatning ta'rifi cheksiz
Muhabbatning ko'zi - yigit , qiz
Muhabbatning so'zi - sevaman
Muhabbatning bir telbasi - man.
 
ZaLaTaYa_DeVcHoNkAДата: SESHANBA, 2012.05.01, 12:51 | Сообщение # 160
Группа: Удаленные





Sevaman, bu dunyodan ko'zim yumguncha
Sevaman, ruhim osmon uzra chiqquncha.
Sevaman, sevgim sizga yetguncha
Sevaman, to siz ham mendek sevguncha!
 
ZaLaTaYa_DeVcHoNkAДата: SESHANBA, 2012.05.01, 12:51 | Сообщение # 161
Группа: Удаленные





Sizning vaslingizni ko''rib, ko''zimni yumsam,
Shirin bo''sangiz ila ertaga uyg''onsam,
Bag''ringizda sezsam o''zimni doim,
Sizdan ayirmasin meni Xudoyim
 
ZaLaTaYa_DeVcHoNkAДата: SESHANBA, 2012.05.01, 12:52 | Сообщение # 162
Группа: Удаленные





Inson yashasayu sevmasa qiyin.
Sevsayu visoliga yetmasa qiyin.
Umrni oxirigacha sevsayu SEVGIDAN.
Biror bir sado ham chiqmasa qiyin
 
ZaLaTaYa_DeVcHoNkAДата: SESHANBA, 2012.05.01, 12:52 | Сообщение # 163
Группа: Удаленные





Bilmadim siz meni sevarmikansiz
Men kabi sog’inib yasharmikansiz
Sizga deb atalgan murg’ak qalbimni
Jonginam qadriga yetarmikansiz!!!
 
ZaLaTaYa_DeVcHoNkAДата: SESHANBA, 2012.05.01, 12:52 | Сообщение # 164
Группа: Удаленные





Bahordan ayrilsangiz yig’lamang zinxor
U fasl aylanib keladi takror
Sevgidan ayrilsangiz yig’lang zor-zor
Chunki chin sevgi qaytmaydi zinxor.
 
ZaLaTaYa_DeVcHoNkAДата: SESHANBA, 2012.05.01, 12:52 | Сообщение # 165
Группа: Удаленные





Ko'zingga ko'zim tushgan kuniyoq,
Yuragimga yetsa ajib bir titroq,
O'sha kuni bo'lmas mendan baxtliroq,
Balki seni sevarman hammadan ko'proq!
 
ZaLaTaYa_DeVcHoNkAДата: SESHANBA, 2012.05.01, 12:53 | Сообщение # 166
Группа: Удаленные





Sog’inch,iztiroblar qiynaydi meni,
Ko’rasam bo’lmaydi bir kun ham seni.
Gar bo’lsa xohshing ko’rmoqqa meni,
Kutishga tayorman bir umr seni.
 
ZaLaTaYa_DeVcHoNkAДата: SESHANBA, 2012.05.01, 12:53 | Сообщение # 167
Группа: Удаленные





Sizni tushlarimda hamon kuraman.
Uyg`ongach armon kuraman.
U dunyo, bu dunyo sizni sevaman.
Sizni sevgan insonni yomon kuraman
 
ZaLaTaYa_DeVcHoNkAДата: SESHANBA, 2012.05.01, 12:53 | Сообщение # 168
Группа: Удаленные





Sizni tushlarimda hamon kuraman.
Uyg`ongach armon kuraman.
U dunyo, bu dunyo sizni sevaman.
Sizni sevgan insonni yomon kuraman
 
ZaLaTaYa_DeVcHoNkAДата: SESHANBA, 2012.05.01, 12:54 | Сообщение # 169
Группа: Удаленные





Shunday baxt topgin g'aming bolmasin.
Do’stlaring ichida kaming bolmasin.
Shunday yor topginki vafoli bo'lsin.
O'zingdan o'zgaga ko'ngil bermasin
 
ZaLaTaYa_DeVcHoNkAДата: SESHANBA, 2012.05.01, 12:54 | Сообщение # 170
Группа: Удаленные





Севмок гунох булса, гунохимиз бир,
Сенинг айбинг шуки, гузалсан тенгсиз.
Ёр сени севганим менинг айбимдир,
Бир лахза яшолмам ёлгизим сенсиз
 
ZaLaTaYa_DeVcHoNkAДата: SESHANBA, 2012.05.01, 12:54 | Сообщение # 171
Группа: Удаленные





Qalbim yarim bir cho`gdir ,
Aytay desam dardim ko`pdir ,
Agar meni demasang jonim !
Sen siz menga bu hayot yo`qdir
 
ZaLaTaYa_DeVcHoNkAДата: SESHANBA, 2012.05.01, 12:54 | Сообщение # 172
Группа: Удаленные





Ketay desam ketolmayman hech,
Visolizga yetolmayman hech.
Orzuimga yetsam,yetmasam,
Sizde yordan kecholmayman hech.
 
ZaLaTaYa_DeVcHoNkAДата: SESHANBA, 2012.05.01, 12:54 | Сообщение # 173
Группа: Удаленные





Achchiq xotiralar bo‘ldi-ku tilak,
Og‘ir ayriliqqa ko‘ndi bu yurak,
Nima bo‘lsa hamki tan olish kerak,
Sevdim, sevayapman, sevaman seni
 
ZaLaTaYa_DeVcHoNkAДата: SESHANBA, 2012.05.01, 12:55 | Сообщение # 174
Группа: Удаленные





O‘tkinchi havasga berildik goho,
Boshga sinovlarni soldi bu Dunyo.
Dilim to‘la nafrat bo‘lsa ham ammo,
Sevdim, sevayapman, sevaman seni.
 
ZaLaTaYa_DeVcHoNkAДата: SESHANBA, 2012.05.01, 12:55 | Сообщение # 175
Группа: Удаленные





Har on xayolingsiz o‘tmaydi vaqtim,
Seni o‘ylasam, bas, ortadi zavqim.
Bilmam, armonimmi va yoki baxtim,
Sevdim, sevayapman, sevaman seni
 
Поиск:

2025 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
Хостинг от uCoz