Дата: SESHANBA, 2012.04.10, 20:26 | Сообщение # 102
Группа: Удаленные
Sog'inmayman sog'inchim sen bilan qolgan qo'llaring taftini qo'lim unutgan, ko'zlarim qa'ridan siyrating ketgan baribir lablarim isming pichirlar... O'ylamayman o'ylarimdan o'chib ketgansan, kuylamayman kuylarimdan uchib ketgansan, kutmagayman hayolimdan qochib ketgansan, baribir lablarim isming pichirlar... Bugungi kun kechagidan bahtli bo'lsa ham hayotim quvonchlarga chunon to'lsa ham yuragim urishdan to'htab qolsa ham baribir lablarim isming pichirlar
Дата: SESHANBA, 2012.04.10, 20:27 | Сообщение # 103
Группа: Удаленные
Ko'zlarimda suratingiz, Dardlarimni bilolmaysiz, Yig'lamaydi yuragingiz Siz mendayin sevolmaysiz! Siz tilagim desangiz xam, Qon yuragim desangiz xam, Yuz yil yig'lab sevsangiz xam, Siz mendayin sevolmaysiz! Chidolmaysiz qiynoqlarga, Xijron otli firoqlarga, So'ng ketasiz firoqlarga Siz mendayin sevolmaysiz! Jon beray bir so'zingizga, Yoki tikilib ko'zingizga, Jabr qilmang o'zingizga Siz mendayin sevolmaysiz! Ko'z o'ngimda nigoxingiz, Dardim og'ir bilolmaysiz, Chunki yolg'iz gunoxingiz, Siz mendayin sevolmaysiz
Дата: SESHANBA, 2012.04.10, 20:27 | Сообщение # 104
Группа: Удаленные
Osmon to'la yorqin yulduzlar, Ko'zlar esa bir sizni izlar, Sizsiz o'tar tunu-kunduzlar, Naxotki Begona bo'lganmiz bizlar? O'z tuyg'ularim etgandim oshkor, Uyg'onar deb yuragingiz tubida xislar, Naxot bu tuy'gular bexuda bekor, Naxotki Begona bo'lganmiz bizlar? Yuragingiz ekan tosh-muzlar, Parvonadir sizga ko'p qizlar, Ulardan azizroq bo'la olmadim, Shuning chun Begona bo'ldikmi bizlar. Xamon yo'lingizda intizor ko'zim, Qalbimga o'rnashib olgandir kuzlar, Yig'ilib qolgandir dildagi so'zim, Naxotki Begona bo'lganmiz bizlar
Дата: SESHANBA, 2012.04.10, 20:28 | Сообщение # 105
Группа: Удаленные
Sizsiz kunlar kunga o'hshamas, Hatto ko'kda quyoshmas quyosh. Kechalar ham oysiz zimiston. Hayollardan izlayman bardosh. Siz bu hayotimning go'zal mazmuni, Siz ila bahtim ham butundir doim. Bilsangiz ana shu g'arib umrimda, O'rningizni bosolmas hech kim. Hayotimga quvonchlar bilan, Kirib kelgan qalbim o'g'risi. Buni qancha etmayin inkor, Jondan sevganimdir to'g'risi. Qo'rqmas edim sevgi dardidan, Bugun bu yurakka o'tmadi so'zim. Doim sizdan kechmoq bo'laman, Yana sizga qaytaman o'zim. Sizsiz mening qalbda ardog'im, Hayotimga kech kelgan sevgim. Ne qilamiz, taqdir ekan shu, Bir bora bo'lsa ham keladi ko'rgim. Bir bora bo'lsa ham uzoq-uzoqdan, Vaslingizga termulib tursam, Qolmas edi shunda armonim. Bir kun kelib dunyodan o'tsam
Дата: SESHANBA, 2012.04.10, 20:28 | Сообщение # 106
Группа: Удаленные
Eslamaysiz kelmasam, Jim turasiz yig'lasam. Sevib umid bog'lasam, Sizga sevgim kamlik qildi. Hayol aytar: ketolmaysan, Aqlim deydi: yetolmaysan. Balki sizdek kutolmasman, Sizga sevgim kamlik qildi. Muhabbatga sodiq bo'lib, Mehringizdan zavqqa to'lib, Bora-bora hayron qolib, Sevgim sizga kamlik qildi. Men yurakdan yonib suysam, O'z-o'zimdan tonib suysam. Hijron olovida kuysam, Sevgim sizga kamlik qildi. Sevganimni dunyo bildi, Alam bugun bag'rim tildi. Bahtlar tilab o'tdim, sizdan, Biroz mehr kamlik qildi
Дата: SESHANBA, 2012.04.10, 20:31 | Сообщение # 108
Группа: Удаленные
yomg'ir yog'ar mayin mayin yurak ezilar borgan sayin muhabbati yolg'on ekan sevaman deb aldar ekan dardlarim bir dunyo sizga aytaolmadim mahzun yuragimga davo topolmadim judda og'ir menga soginchni yengish qo'limdan kelmadi boshqani sevish
Дата: SESHANBA, 2012.04.10, 20:34 | Сообщение # 109
Группа: Удаленные
Men senga yetaman albat, Orzuyimdir faqat shu niyat. So’zlarim chindir aslo emasdir yolg’on, To o’lguncha sevaman seni. Xoxlasang sinab ko’r, Lekin gaplarim yaxshilab o’ylab ko’r. Shoshilmagin zinxor bu ishda, To o’lguncha sevaman seni. Mayli meni qiynab bu hayot , G`azab bilan solsin firoqqa . Seni sevdim sevaman toki , Tanam tuproqga yetib borguncha
Дата: SESHANBA, 2012.04.10, 20:34 | Сообщение # 110
Группа: Удаленные
Qalbimda mehrdan juda ko'pdir joy, Sevgiga atalgan yana uch saroy, Bir saroy sohibi pok parvardigor, Biriga Muhammad alayhissalom bor. Ikkisidan qolgan uchinchi saroy, Sohibasi sizsiz menga aziz yor. Men sizni baxtli qilmoqga tayyor, Alloh uchun yolg'iz sizni sevdim yor, Naxot sizni qadrlab sizga bo'ldim xor.
Дата: SESHANBA, 2012.04.10, 20:34 | Сообщение # 111
Группа: Удаленные
Sochimdan ko'p oshig'im, Men ularni sevolmayman. Qalbimni sizga berdim, O'zgani deyolmayman. Sadoqat mayidan ichdim, Xushimga kelolmayman, Xushimga kelganda ham o'zgani sevolmayman.
Дата: DUSHANBA, 2012.04.16, 18:05 | Сообщение # 113
Группа: Удаленные
Uzoqlarda qolib ketding. Xayolimni olib ketding. Bowga xijron solib ketding. Seni izlay qaerlardan. Ertayu kech uraman ox. Gulzorimda gullar guvox. Visolingni sogingan chog. Seni izlay qaerlardan. Kuyib ötsam firoqingda. Mexrim bordir qarogingda. Parvonaman chirogingda. Seni izlay qaerlardan. Men Zaifa nola qildim. Yuragimni lola qildim. Köz yowimni jola qildim. Seni izlay qaerlardan. Uzoqlarda qolib ketding. Xayolimni olib ketding. Bowga xijron solib ketding. Seni izlay qaerlardan.
Дата: DUSHANBA, 2012.04.23, 22:23 | Сообщение # 114
Группа: Удаленные
Sokin kechada yulduzlar guvohdek, Esar shamol ham meni tinglagandek Go'yo sirlarim senga yetkazgandek, SEVGILIM SENGA... Esingdami nogohon uchrashganimiz? Bir birimizga uzoq tikilganimiz, Go'yoki bundan oldin uchrashkanmiz, HAMMASI TUSHDAY... Yolg'izim senga Sehrli muhabbatim senga Sevgi to'la yuragim senga Ayt bo'lasanmi doim yonimda? Yuragim senga Bahshida bu yuragim senga Dunyoda topgan bahtim senga Ayt bo'lasanmi doim yonimda? Jonim senga butun hayotimni beray Sening sevgim to'la yuragimni beray Orzu bahtga to'la vujudimni bersam ham yetmas yolg'izim Endi sevgingsiz yasholmasman jonim Vaslingni ko'rolmastan turolmasman jonim Sensiz dunyoga ko'nolmasman yorim YOLG'IZIM MENI... Yolg'izim senla samoda ucharman Yonimda bo'lsang bahtimga yetarman...
Дата: SESHANBA, 2012.05.01, 12:41 | Сообщение # 115
Группа: Удаленные
Ajab, dil shod bo‘lur tinglab Qiyomatdan xabarlarni. Tobora shavqim ortgaydir Sezib kelgich xatarlarni. Na rohat, na azob bois Sen aytgan yo‘lga kirmishman. Shu ishq haqqi, xatarsiz qil O’zing sori safarlarni.
Дата: SESHANBA, 2012.05.01, 12:42 | Сообщение # 116
Группа: Удаленные
Yig'iga öxshagan tabassum bilan Yana yoningizga qaytmoqdadirman Bu yerda xech kimga parvo qilmagan Dilrozimni sizga aytmoqdadirman Men osmondan yerga tushib qolganman Döslar xiyonati boshimni egdi Muxabbat visoldan bezib qolganman Xatto baxtiyorlik jonimga tegdi
Дата: SESHANBA, 2012.05.01, 12:42 | Сообщение # 118
Группа: Удаленные
Hayr sevgilim, mening armonim yo'lingda qolar, mening ko'zlarim sendan ayrilib, endi men faqat seni doimo, sog'inib qolaman. Eslamay seni, deyman sevgilim lekin xech kirmas, so'zga yuragim bu dunyo sensiz, xuddi keraksiz seni doimo, sog'inib qolaman. O'zgani xecham, ko'rmas ko'zlarim ismini faqat, aytar so'zlarim bedorman yolg'iz, bedor tunlarim seni doimo, sog'inib qolaman endi o'zgaga, yonsang yagonam tilagim sendan, bo'lgin vafodor baribir sensan, mening jonginam seni doimo, sog'inib qolaman
Дата: SESHANBA, 2012.05.01, 12:43 | Сообщение # 119
Группа: Удаленные
sani soginvoman sanga yozvoman bu sozlani kecha kunduz hayolimdasan sensiz yashomayapman sen uzoqlarda yuregimi ichida har doim sen.. gozalim san mani hamma narsamsan sevaman seni oxirigacha gozalim sening uchunyashavoman seing qora kozlaring sani sevish mening uchun bir hayot sani soginish mening uchun barbot.. sani dunyoda sevgan 10 kishi bosa, bittasi MAn.. sani dunyoda sevgan 5 kishi bosa, bunladan biri yana man .. sani dunyoda sevgan hich kim bolmasa bilginki man olgandurman sani juuuuuuuda sevaman .............
Дата: SESHANBA, 2012.05.01, 12:43 | Сообщение # 120
Группа: Удаленные
YORVORAMAN KECHIR JONGINAM SENQATIQ SEVGANIM UCHUN MAYLI BAXTGA ZOR BO'LIB O'TAY SEN UMRIM YETGUNCHAY KUTAY KENDUNYODA BIROQ JONGINAM SEN SIZ YASHOLMASAM NETAY MENGA AYTGAN ILIQ SO'ZLARIN YURAGIMDA O'CHMAS NISHONA MUHABBATNI UNING TAQDIR IKKMZN ETI BEGONA MENGA NASIB ETMAYD ENDISENING USHA QORO KO'ZLARIN AYRIDAMDA KIMBILAN BO'LSANG BAXTLI BO'LGIN MENING JONGINAM BAXTLI BO'LGIN ROZIMAN SENDAN MAYLI MEN ESLAMASANG XAMM O'ZINGN SUYMAY DOR BILMA XECHXAM ACHINMA MENING XOLIMGA SENDOYIMO BAXTLI BO'LSANG BASS SHUNING O'Z KOTTA BAXTT MENGA
Дата: SESHANBA, 2012.05.01, 12:43 | Сообщение # 121
Группа: Удаленные
Sevgilim! Seni qanchalik sevishimni ta’riflab berolmayman. Nima bo’lganda ham ishiqing o’tida meni yoqmagin, meni bunchalik zor yig’latmagin, axir qanaqa qilib meni yig’latib o’zing kulib yurishing yurasan? Seni shu qadar sevamanki, oylar, yillar utar, balki butun bir umrim utar, lekin oxirgi nafasimgacha faqat, faqat seni sevaman, hech qachon senga bo’lgan sevgimdan voz kechmayman
Дата: SESHANBA, 2012.05.01, 12:43 | Сообщение # 122
Группа: Удаленные
Hech bir narsani ozini sevgandek sevmagan inson, o’zi sevgan borliq bilan yolg’iz qolishdan hech qachon qo’rqmaydi. Hamma narsani o’zi uchun izlaydi, lekin o’zini yaxshi anglab, to’la ozi haqida bilishni hohlamaydi, chunki o’zini yaxshi anglab yetganda, o’zi istagandek mukammal inson emas ekanligini tushunib yetadi, hech qachon o’z-o’zidan ko’ngli to’lmaydi, doim kunglida bir umid, bir bo’shliq paydo bo’laveradi…
Дата: SESHANBA, 2012.05.01, 12:44 | Сообщение # 123
Группа: Удаленные
O'sha sokin tun...osha sokin tundagi voqealar xali xamon esimda................ Esingdami..? qorli bir oqshom edi,kapalaklarga o'xshar edi qor parchalari ,uzoq-uzoq ularga termulib turar edik..... nimalarnidir hayol qilib....Qalbimizdagi tuyg'ular huddi ular kabi oppoq edi..... Avvallari shu yo'llardan yurar edik....mana yana o'sha yol,.biroq..........Sensiz...........Bu yollardagi har bir borliq seni eslatmoqda..................... Esingdami....?.........
Дата: SESHANBA, 2012.05.01, 12:44 | Сообщение # 124
Группа: Удаленные
Odamiylik istasang sevgimni xor etmagin Uchragan har kimsaga sevgi izhor etmagin Yillar o’tib uzoqlashib bo’lib ketsak begona Ushbu sherlar qolsin Sardordan nishona Hayrlashuv chog’i kelganda hayr jonim deya olasanmi Qo’l uzatib hayirlashkanda sevaman deb aytolasanmi Men yuraman sendan yiroqda meni kutib turolasanmi O’zga bir inson sevaman desa sevgilim bor deya olasanmi Majbur etsa dunyo ishlari o’z so’zingda tura olasanmi Majbur etsa ota-onang ham sevganim bor deya olasanmi Uzoq yerda sog’inganimda suratingni bera olasanmi Orqasiga chiroyli qilib sevganimga deb, yoza olasanmi
Дата: SESHANBA, 2012.05.01, 12:44 | Сообщение # 125
Группа: Удаленные
У калблар куввати, рухлар озукасидир. У кўз кувончи бўлиб, у шундай хаётки, ундан бебахра одам ўликлар жумласидандир. У нурдирки, уни йукотган одам зулуматлар тўфонлари ичра колиб кетибди. У шифодирки, ким ундан ажралиб колса, унинг калбини жамики касалликлар эгаллаб олади. У шундай тотли лаззатки, ким уни согинмас, кўмсамас экан, унинг хаёти гаму-аламлар ичра ўтгусидир