
Статистика |
XOZIR SAYTDA 2 MEXMON 2 FOYDALANUVCHI 0 |
|
 | |  |
|
онажонимиз
Onangizni qo'llarini o’pib qo’ying, O’sha qo’llar tebratganku beshigingiz. Bolam kelsa kutmasin-deb onaizor, Ostonada poylab turgan eshigingiz. ~~~~~~~~~~~~~~~~~ "Onamga" Oh, mening ortimdan ovvora onam, Bir parcha yuragi ming pora onam. Bir baloni ko`rib yorug` dunyoda, Toshkanni ko`rmagan bechora onam. Bolang bo`lib bir bora boshlab keldimmi, Endi men ham senga o`g`il bo`ldimmi, Garchi bisotingda "bayram" so`zi yo`q, Bilaman kutasan sandan to`la cho`g`, Menda yurak deganlarin o`zi yo`q: Men sovg`a bermagan qiz yo`q bu oqshom. Senga na gul berdim na shirin kalom, Endi men ham o`g`ilmi onam?... Deysan: olislarda omon yursang bas, Bolam, senga hamma qiladi havas... Ahir mening dardim she`r emas faqat, Men mashhur shoirmas, mashhur beshafqat, Endi men ham senga o`g`ilmanmi ayt?... Shaning she`r bitdim. U seni topsin, Poyinga tiz cho`kib, qo`lingni o`psin. Undan ham ulug`in borligin ko`rsin, Men uchun ham aziz holingni so`rsin. Sensiz g`arib ko`nglim ko`ngilmi onam, Endi men ham senga o`g`ilmi, Onam!... ~~~~~~~~~~~~~~~~~ Topmoq - yo`qotmoqdir, Yo`qotmoq – topmoq, Sen so`lib, Men yashab, To`lishimga boq. Sensiz topganimdan Ko`proq yo`qotdim – Sen meni yupatding, Seni yig`latdim, Sen meni yaratding, Seni tugatdim. Uyalmay ONA deb, Kelishimga boq!.. ~~~~~~~~~~~~~~~~ Men sizni o'ylayman shomu saharda, Ona, sog'insam ham bora olmayman, Tunlaricharog'on shunday shaharda, Hech kimga ko'nglimni yora olmayman. Men siz aytgandayin hammani sevdim, Hammaga ishondim, mana oqibat: O'z do'stim uyiga ko'mildi sevgim, Kun bo'lib ko'ksimni kuydirdi nafrat.
|
Категория: Manzura mp3 скачать бесплатно | Добавил: FARRUH_6777 (2014.01.08)
|
Просмотров: 414
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|

|